Home / Madaniyat / Jabroil alayhi salom va Sidrotul muntaho

Jabroil alayhi salom va Sidrotul muntaho

Abdulloh ibn Zubayr -roziyallohu anhu- momaqaldiroq ovozini eshitsalar: “Alloh pokdir! Momaqaldiroq U zotga (Allohga) hamdu sano bilan tasbeh aytur. Farishtalar ham U zotdan qo’rqqanlari sababli (tasbeh ayturlar)”, – deb aytar, – “Insonlar uchun bu qattiq tahdiddir”, – der edilar.

Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- Kaba yonida uxlab yotgan ekanlar. O’sha vaqtlarda quraysh qabilasida bazan Kaba yonida uxlash odati bor edi. Shu vaqt Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- oldilariga uch farishta kelib, ulardan biri savol qildi: “Uxlab yotganlarni qay biri Muxammad -sallallohu alayhi va sallam-?”.

jabrail

Ikkinchi farishta: “U ularning ichida eng yaxshisi”, – dedi. Uchinchi farishta: “Ularning eng yaxshisini  olinglar”, – dedi.  Ular Muhammad -sallallohu alayhi vasallamni ko’tarib, Zamzam qudug’i oldiga olib bordilar. Jabroil -alayhis-salom- Muhammad -alayhissalom-ni farishtalardan olib, ko’kraklarini yordi hatto ichlari toza bo’lgunicha zamzam suvi bilan yuvdi, keyin tilladan bo’lgan bir idish olib keldilar, bu idish ichida iymon va hikmatga to’la bir idish bor edi. U bilan ko’kraklarini to’ldirib, ko’kraklarini yopdi. So’ng Muxammad -sallallohu alayhi vasallamni dunyo osmoniga olib chiqdilar.

Jabroil alayhis-salom- osmon eshiklaridan birinchi eshikni taqillatdilar. Osmon ahli: “Kim bu?” – deb nido qilishdi. Jabroil -alayhis-salom- “Men Jabroilman” – dedilar. Osmon ahli: “Sen bilan birga kim bor?” – deyishdi. Jabroil -alayhissalom-: “Muhammad” – dedi. Osmon ahli: “U payg’ambar qilib yuborildimi?” – deyishdi. Jabroil -alayhis-salom-: “Ha” – dedilar. Osmon ahli: “Marhabo xush kelibdi” – deyishdi.  Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- dunyo osmonida Odam -alayhis-salom-ni ko’rdilar. Jabroil -alayhis-salom- rosululloh -sallallohu alayhi vasallam-ga “Bu otangizdir, u kishiga salom bering” – dedi. Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- Odam -alayhis-salomga salom berdilar.

Odam -alayhis-salom- salomga alik olib: “Marhabo, xush kelibsiz, ey o’g’lim! Siz qanday yaxshi o’g’ilsiz” – dedi. Keyin Jabroil -alayhis-salom- Rosululloh sallallohu alayhi vasallam-ni ettinchi osmongacha olib chiqdi. Har-bir osmonda birinchi osmondagi kabi savol-javoblardan so’ng eshik ochilar edi. So’ng Allohning o’ziga malum bo’lgan o’ringacha ko’tarildilar. Hatto sidrotul muntahoga ham bordilar…

Яна маълумот

moloko-1024x768

Yangi tug’ilgan chaqaloqni ko’krakdan boqish

Yangi tug’ilgan sog’lom chaqaloqni kqkrakdan boqishni u tug’ulgandan sung dastlabki 30 minut ichida boshlagan makul. …