Iqtisodiyotning rivojlanishida chet el investisiyalarini yurtimizga olib kirish va aholidagi bo’sh pul mablag’larini banklarga jalb qilish juda muhim ahamiyatga ega. Ana shu maqsadda 1996 yil sentyabr oyida Uzbekiston banklar assosiasiyasi tomonidan tashkil etilgan «Axbor reyting» banklararo kompaniyasi har chorakda investorlar va bozor iqtisodiyotining barcha qatlamlari uchun respublikamiz banklari faoliyati to’g’risida aniq malumotlarni berib kelmokda.
Yani kompaniya tomonidan tijorat banklarining reyting tadbirlari o’tkazilib, ushbu natijalar barcha ommaviy axborot vositalarida, radio va televidenieda muntazam ravishda elon qilib borilyapti. 2007 yil birinchi yarim yillik yakunlari bo’yicha o’tkazilgan reytingda mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan 29 ta tijorat bankidan 21 tasi qatnashib quyidagi natijalarga erishdilar (65,66 -jadvallar).
Tijorat banklari faoliyatining 2007 yil 1 yarim yillik yakunlari bo’yicha reytingining o’rtacha ko’rsatkichi 40,95 ballni tashkil etdi, bu esa o’tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli darajada yuqoridir. (2006 yilning birinchi yarim yilligida ushbu ko’rsatkich 34,10 ballni tashkil etgan). Bunga banklar faoliyatining ko’lamlilik va rentabellik ko’rsatkichlarining yaxshilanishi sabab bo’ldi.
64-jadval.
Yirik tijorat banklari faoliyatining reyting baholari | |
Bank nomi | Yakuniy reytingbali |
“O’zsanoatqurilishbank” | 80.61 |
“Paxtabank” | 76.88 |
“Ipotekabank” | 70.14 |
“G’allabank” | 57.12 |
“Kapitalbank” | 51.52 |
“Ipak yo’li banki” | 50.12 |
ABN AMRO BANK MB O’zbekiston AJ | 12.24 |
Ko’lamlilik ko’rsatkichining o’sishi tijorat banklari jami aktivlari va umumiy daromadlarining ijobiy dinamikasi evaziga yuz berdi. Tahlil qilinayotgan davr mobaynida reytingda ishtirok etgan tijorat banklari aktivlari 45,2 foizga o’sdi. Tahlil qilinayotgan davr mobaynida aktivlarning yuqori o’sish suratlari Alp Jamol bank (145 foiz), Trastbank (137 foiz), ABN AMRO Bank (hozirgi RGB) MB O’zbekiston AJ (109 foiz), Ipotekabank (62 foiz) va O’zsanoatqurilishbank (52 foiz) larda kuzatilmokda. Jalb qilingan mablag’larning 45,0 foizga o’sishi banklar aktiv operasiyalari hajmining kengayishini taminladi.
Nomoliyaviy sektor depozitlari va olingan ssudalar banklarning jalb qilingan mablag’larining asosiy manbai hisoblanadi. Ularning umumiy hajmi banklarning umumiy majburiyatlarining 80 foizdan ko’prog’ini tashkil qilmokda. Banklarning depozit bazasi 56,1 foizga o’sdi. Depozitlarning o’sishi asosan talab qilib olinguncha (63,5 foizga) va muddatli (51,8 foizga) depozit hisobvaraqlari qoldiqlarining ortishi evaziga yuz berdi. Ularning jami depozitlar tarkibidagi ulushi tegishli ravishda 71,5 foiz va 22,1 foizni tashkil qildi. Boshqa banklardan jalb qilingan mablag’lar qoldig’i 96,6 foizga o’sdi. Depozit bazasining yuqori.o’sish surati Trastbank (164 foiz), Alp Jamol bank (96 foiz), O’zsanoatqurilishbank (87 foiz), G’allabank (85 foiz) va Paxtabank (66 foiz) larda kuzatilmokda.
Bank aktivlarining asosiy qismini kredit qo’yilmalar va likvid mablag’lari tashkil qilib, ularning umumiy hajmi banklar aktivlarining 85,4 foizini tashkil qilmokda. Kredit qo’yilmalari (sof qoldiq) tahlil qilinayotgan davr mobaynida 35,4 foizga o’sdi. O’tgan davr mobaynida banklarning lizing faoliyati jadallashib, ularning lizing portfeli 52,1 foizga o’sdi. Banklarning likvid mablag’lari (nakd pul qoldig’i, Markaziy bankdagi va boshqa banklardagi hisobvaraqlar qoldig’i) 58,5 foizga o’sdi. Natijada tijorat banklari likvid mablag’larining jami aktivlardagi ulushi 33,9 foizga oshdi.
2007 yilning birinchi yarim yilligi davomida banklarning umumiy daromadi 29,2 foizga ortdi. Umumiy daromadlarning 52,6 foizini foizli daromadlar tashkil qilmokda. Foizli daromadlar tahlil qilinayotgan davr mobaynida 36,6 foizga o’sdi. Ssuda va lizing operasiyalaridan olingan
65-jadval.
O’rta tijorat banklari faoliyatining reyting baxolari | |
Bank nomi | Yakuniy reyting ball |
“Trastbank” | 61,15 |
“Alp Jamol bank” | 58,64 |
“O’zKDB-bank” | 43,06 |
“O’T Bank” | 27,21 |
“O’ktambank” | 10,44 |
daromadlar (71 foiz) va boshqa banklardagi hisobvaraqlar bo’yicha daromadlar (8 foiz) foizli daromadlarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Tahlil qilinayotgan davrda foizsiz daromadlar 21,9 foizga o’sdi.
Banklar faoliyatini moliyalashtirishning barqaror manbai bo’lgan aksiyadorlik kapitali asosan taqsimlanmagan foyda (56, foiz) va ustav kapitali (43,9 foiz) hisobiga shakllanmokda. Tijorat banklarining aksiyadorlik kapitali tahlil qilinayotgan davr ichida 20 foizga o’sdi. Banklarning kapitallashuv darajasi barqarorligi
taminlanmokda. Kapitalning etarlilik koeffisienti (jami kapitalning aktivga nisbati, xatarni hisobga olgan holda) 2007 yilning birinchi yarim yillik yakunlari bo’yicha 23,2 foizni tashkil qildi, bu esa meyoriy ko’rsatkichdan (10 foiz) sezilarli darajada yuqoridir. O’z ustav kapitalini O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining minimal talablariga binoan shakllantirilgan banklar o’rtasida kapital etarliligi bo’yicha yuqori ko’rsatkichlar O’T bank (52,9 foiz), O’zQDB bank (39,2 foiz), Mikrokreditbank (23,4 foiz), G’allabank (21,2 foiz)larda kuzatilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 iyundagi PP-670 sonli “Bandlarning kapitallashuvini yanada oshirish va qitisodiyotning modernizasiyalashdagi investisiya jarayonlarida ularning ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari to’risida” gi qarorining qabul qilinishi tijorat banklarining kapitallashuv darajasini yanada oshishiga ijobiy tasir ko’rsatmoqda.
66-jadval.
Kichik tijorat banklari faoliyatining reyting baxolari | |
Bank nomi | Yakuniy reyting ball |
“Davr bank” | 63,86 |
“Universalbank” | 19,26 |
“T urkistonbank” | 12,07 |
“Samarkandbank” | 1,41 |
Banklarning umumiy aktivlari va aksiyadorlik kapitalining yuqori suratlarda o’sishiga qaramasdan, banklar faoliyatining rentabellik ko’rsatkichlari ijobiy dinamikasi ko’zatilmoqda. Banklarning sof foydasi o’tgan yilning shu davrga nisbatan 91,3 foizga o’sdi. 2007 yilning birinchi yarim yillik yakunlari bo’yicha banklar ustav kapitali rentabelligining o’rtacha qiymati 63,1 foizni, umumiy kapital rentabelligi 22,4 foizni, jami aktivlar rentabelligi 4 foizni tashkil qildi.
Shunday qilib, respublikamiz tijorat banklari, umuman, bank tizimi yildan-yilga jadal suratlar bilan rivojlanmokda, ular o’rtasida haqiqiy raqobat muhiti vujudga kelyapti. Buning natijasida tijorat banklarining o’z mijoziga xizmat ko’rsatish darajasi oshib boryapti, ularga yanada ko’p yangi xizmat turlari ko’rsatilishi taklif qilinyapti. Bu holatni reytingda qatnashib, o’z axborot erkinliklarini namoyish qilayotgan banklar misolida yaqkol ko’rishimiz mumkin.
Hozirgi vaqtda banklarning umumlashtirilgan reytinglarini aniqlashning tan olingan bir qancha usullari mavjud.
Yuqorida ko’rib chiqqanimizdek, AQSh da «CAMEL» tizimidan foydalaniladi. Unga ko’ra tijorat banki faoliyati besh balli tizim bo’yicha baholanadi. Raqamli reytinglar, kapital, aktivlar sifati, boshqaruv, foyda ko’rish va mijozlar tahlili asosida beriladi. Ana shu besh ko’rsatkich «CAMEL» reytingi deb atalgan yagona ko’rsatkichga jamlanadi. Bu xilda reytingni aniqlashga bank ishonchliligining asosiy mezoni sifatida qaralib, u bank nazorati organlari uchun mo’ljallangan, ammo matbuotda ochiq elon qilinmaydi.
Rossiyada har bir reyting muassasasi (bank axborot agentligi, «Kommersant Daily» ekspert guruhi, Orgbank, «PAKK» firmasi, «Reyting» axborot markazi, Moliyaviy axborot tahliliy markaz) o’z umumlashtiruvchi usuliga ega. Ular muayyan moliyaviy ko’rsatkichlarga asoslangan bo’lib, banklar ishonchliligini baholashda ayrim ko’rsatkichlar ahamiyatini ifodalovchi ko’rsatkichlar to’plami, soni va salmoq koeffisientlarini taqsimlashda bir-biridan farqlanadi. So’ngra muayyan ko’rsatkichlar yig’indisi sifatida har bir bank ishonchliligining jamlanma ko’rsatkichi chiqariladi. Mustaqil agentliklar tomonidan aniklanadigan Rossiya banklarining shunday reytinglari ochiq matbuotda elon qilib boriladi.
Uzbekiston banklarining muayyan reytinglari mamlakat bank tizimi xususiyatlarini albatta hisobga olishni talab qiladi. «Axbor-reyting» agentligi mutaxassislari G’arb va Rossiya nazariyotchiamaliyotchilari tomonidan ishlab chiqilgan uslublardan farqli o’laroq o’zlaripipg umumlashtirilgan reytinglarini aniqlash usulini, yani respublikaning o’ziga xos rivojlanishini inobatga olgan holda qo’llaniladigan usulni ishlab chiqdilar.
Ushbu usulning mohiyati quyidagidan iborat. Eng avvalo banklar balanslariga asoslanib, mutlaq moliyaviy ko’rsatkichlar aniqlanadi (67-jadval).
67-jadval.
Bank balansi:
Mutlaq moliyaviy ko’rsatkichlar manbalari
№ | Mutlaq ko’rsatknchlar | Balansdagi | |||
shakl rakami | qator | ustun | jadval (izoh) | ||
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 |
1. | Kapital A | OllOBS | 32 | — | — |
2. | Kapital V | — | VII | g | 3004SAV “Bank kapitali hisobi” |
3. | Jami aktivlar | OHOBS | 14 | . — | |
4. | Riskni xisobga olgan holdagi jami aktivlar | 8 | 3006CAR “Riskni hisobga olgan holda aniqlangan aktivlar” (Balansorti aktivlar) | ||
5. | Likvid aktivlar | 6 | B
(2 vaZ qator) |
1-jadval 0022AAL “Likvidlik taxlili” 0024 AAL “Bank aktivlari taxlili” | |
6. | Zudlik bilan likvid shaklini oluvchi aktivlar | 1+2+3+4 | B | 0024AAL “Bank aktivlari taxlili” | |
7.
8. |
Daromad keltiruvchi aktivlar Jami majburiyat | OllOBS
OHOBS |
3+4+5+6+ 7++8+9
25 |
— | |
9. | Talab kilib oluvchi majburiyatlar | 13 | B | 0026AAL “Bank majburiyati tahlili” jadvalining B ustunidag’i 1.2; 1.3; 5 va 9 qatorlari qiymatlarisiz | |
10. | Depozitlar | 1+4+8 | J | 0026AAL “Bank majburiyati tahlili” | |
Yoki | — | 4 | 2Yu6DMS «Mijozlar turlari bo’yicha depozitlar to’g’risida hisobot» |
11. | Jalb qilingan mablag’lar | 0110BS | 16+17+18+ +19+21 | – | – |
12. | Sof foyda (zarar) | 0204 IS | 11 | — | «Foyda va zarar to’g’risida xisobot» |
13. | Foizdan daromad | 0204 IS | 1l | — | «Foyda va zarar to’g’risida xisobot» |
14. | Foizdan xarajat | 0204 IS | 2l | — | «Foyda va zarar to’grisida xisobot» |
15. | Daromadlar (yalpi daromad) | 0204 IS | 1l+4e | — | «Foyda va zarar to’g’risida hisobot» |
16. | Xarajatlar | 0204 IS | 2l+5e+7z | — | «Foyda va zarar to’g’risida xisobot» |
Aniqlangan mutlaq ko’rsatkichlar asosida har bir bank faoliyatining turli tomonlarini tavsiflovchi moliyaviy ko’rsatkichlar hisoblanadi (68-jadval).
68-jadval.
Reyting: Nisbiy ko’rsatkichlar
№ | Nisbiy ko’rsatkichlar | Hisoblash tartibi | I z o x |
1 | 2 | 3 | 4 |
1. | Kapitalning etarliligi (F|) | f]=X„X2,X3 | • Bu ko’rsatkich uchta moliyaviy koeffisient asosida xisoblanadi. U bank kapitalining etarlilik darajasini, yani tavakkal ko’yilgan mablag’larni bankning’ o’z kapitali bilan qoplay olish darajasini ifodalaydi. |
• Tavakkalchilik | k. | • Kv kapital V | |
koeffisienti (Xi) | X =—S- | AR riskni hisobga olgan xolda jami aktivlar | |
• Qarz bo’yicha kapital (X2) | II | • M jami majburiyatlar | |
• Kapital koef- | A’, = | • KA kapital A | |
fisienti (X3) | A | A jami aktivlar | |
2. | Bankning daromadliligi (F2) | g’2 = x,,x5,xb | • Bu ko’rsatkich bankning kay darajada foyda bilan ishlayotganini ifodalaydi, yani bankning o’z va jalb kiling’an moliyaviy mablag’larini ko’payti- |
rish kobiliyati |
3. | • Aktivlar bo’yicha qaytim (X^)
• Aktivlar bo’yicha daromad (Xs) • Kapital bo’yicha daromad (X6) Bank likvidligi (etarlilik darajasini, yani tavakkal qo’yilgan mablaglarni bankning o’z kapitali bilan koplay olish darajasini ifodalaydi.) • Umumiy likvidlik koeffisienti (X7) • Qarzlarning depozitlarga nisbati (Xs) • Xususiy likvidlik koeffisienti (X9) |
(Fs) sof foyda
• Df foiz(dan)li daromad Ad daromad keltiruvchi aktivlar • Bu ko’rsatkich bankning o’z majburiyatlarini darhol bajarish qobiliyatini anglatadi, yani bankning mijozlar oldida o’z majburiyatlarini vaqtida bajarish imkoniyatini ifodalaydi. • A likvidlik aktivlari • Mj jami majburiyatlar • D depozitlar • A t zudlik bilan likvid shaklini oluvchi aktivlar • Mtk talab qilib oluvchi majburiyatlar. |
Qayd qilingan har bir ko’rsatkich (Fl, G’2, G’Z) uchtadan nisbiy moliyaviy ko’rsatkichlarni o’z ichiga qamrab oladi. «Yakuniy reyting» esa oxirgi pirovard baho bo’lib, agregatlangan (kompleks) reyting (G’) deb yuritiladi. Tahlil yakunida banklar beshta ko’rsatkich natijalaridan kelib chiqqan holda baholanadilar:
Yakuniy reyting mezonlari
1 ball –
2 ball – |
Sog’lom bank faoliyatidan dalolat beradi.
Bank barqarorligiga tasir kiluvchi kamchiliklarni inobatga olgan xolda bank umuman sog’lom xisoblanadi. |
3 ball –
4 ball – |
Bankning moliyaviy kamchiliklari mavjudligidan dalolat beradi. Bankning jiddiy kamchiliklari mavjudligi sababli bosh nazorat organlarining darxol aralashuvi talab kilinadi. |
5 ball – | Kelajakda bankning bankrotlikka uchrashi xavfi mavjud, tashqi manba va aksionerlarning moliyaviy yordamlariga muxtoj. ____________ |