Home / Madaniyat / Farishtalar yaxshi ko’radilar va yomon ko’radilar

Farishtalar yaxshi ko’radilar va yomon ko’radilar

Farishtalarga iymon keltirmoqning musulmonlar hayotida katta samaralari bor. Bu samaralaridan biri Allohning naqadar kuchli, quvvatli va hukmi yuruvchi buyuk zot ekanini bilishdir. Chunki yaratilgan bandalarning buyukligi Yaratuvchining buyuk ekaniga dalildir.

voina-angelovRosululloh -sallallohu alayhi vasallam- farishtalar Alloh yaxshi ko’rgan kimsani yaxshi ko’rishlarini va Alloh yomon ko’rgan kimsani yomon ko’rishlarini xabar berdilar. Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- dedilar: “Agar Alloh bir bandani yaxshi ko’rsa Jabroil -alayhis-salom-ga nido qiladi: “Alloh falonchini yaxshi ko’radi sen ham uni yaxshi ko’r”.

Jabroil -alayhis-salom- uni yaxshi ko’radi va osmon ahliga: “Alloh falonchini yaxshi ko’radi, sizlar ham uni yaxshi ko’ringlar” – deb nido qiladi, shunda osmon ahli ham uni yaxshi ko’radilar. Keyin erda unga qabul bo’ladi (yani, odamlarning qalbida unga muhabbat bo’ladi, odamlar undan rozi bo’ladilar va unga moyil bo’ladilar).

Agar Alloh bir bandaga g’azab qilsa Jabroil alayhis-salom-ga nido qilib: “Men falonchini yomon ko’rdim sen ham uni yomon ko’r” – deydi. Jabroil -alayhis-salom- uni yomon ko’rib, osmon ahliga: “Alloh falonchini yomon ko’rdi, sizlar ham yomon ko’ringlar”, – deb nido qiladi. Osmon ahli ham uni yomon ko’radilar. Keyin erda uni yomon ko’rishadi (yani, odamlar qalbi unga zid bo’lib qolib, hamma uni yomon ko’radi, undan nafratlanadi). (Muslim rivoyati).

Яна маълумот

moloko-1024x768

Yangi tug’ilgan chaqaloqni ko’krakdan boqish

Yangi tug’ilgan sog’lom chaqaloqni kqkrakdan boqishni u tug’ulgandan sung dastlabki 30 minut ichida boshlagan makul. …