Home / Iqtisodiyot / Tijorat banklarining passiv operasiyalari

Tijorat banklarining passiv operasiyalari

Bank resurslarini shakllantirish bilan bog’liq bo’lgan operasiyalar banklarning passiv operasiyalari deyiladi. Passiv operasiyalar yordamida tijorat banklarining passiv va aktiv-passiv hisob raqamidagi pul mablag’larining salmog’i oshib boradi. Tijorat banklari passiv operasiyalar yordamida kreditlash uchun zarur bo’lgan kredit resurslarini tashkil qiladi:

27-oper

Birinchi. ikkinchi operasiyalar tufayli bankning o’z mablag’lari yuzaga kelsa, so’nggi ikki operasiya tufayli bankning jalb qilingan resurslari yuzaga keladi.

Banklarning o’z mablag’lari tarkibiga:

  • bankning ustav kapitali;
  • bankning zaxira kapitali;
  • maxsus fondlar;
  • moddiy rag’batlantirish fondi;
  • bankning taqsimlanmagan foydasi;
  • boshqa har xil tashkil qilingan fsndlar kiradi.

Amaliyotda bank passivlarining 20 foizi banklarning o’z mablag’lariga to’g’ri keladi.

Jalb qiling’an mablag’lar tijorat banklari kredit resurslarining asosiy qismini tashkil qiladi. Bular:

  • depozitlar;
  • kontokorrent;
  • korrespondent schyotlaridagi mablag’lardir.
  • . Depozit so’zi lotincha “depositum” so’zidan olingan bo’lib, omonat, asrab qo’yilgan degan manolarni beradi. Depozitlar bu:
  • bank va omonat kassalarga qo’yilgan omonatlar;
  • mijozlarning bankka muayyan talablarini tasdiqlovchi, bank daftaridagi yozuvlar;
  • kredit muassasalariga saqlash uchun topshirilgan qimmatli qog’ozlar (aksiyalar va obligasiyalar);
  • bojxona muassasalariga boj va bojxona yigimlari tarzidagi to’lovlar uchun oldindan berilgan badallar;
  • sud va mamuriy muassasalarga davoni va sudga kelishini taminlash maqsadida o’tkaziladig’an pul badallari.

Demak, depozit banklarda saqlash uchun topshirilgan pul mablag’lari yoki qimmatli qog’ozlardir.

Depozitlar — xo’jalik subektlari va xususiy shaxslarning’ pul mablag’lari yoki qimmatli qog’ozlarini talab qilinishi bilanoq shartnoma asosida kelishilgan muddatda foizlar yoki ustama haq to’langan yohud bunday to’lovlarsiz hammasini qaytarib berish sharti bilan sakdash uchun bankka qo’yiladigan omonatlardir. Depozitlar banklarning kredit berish, faktoring operasiyalari o’tkazish, investisiyalarni amalga oshirishda foydalaniladig’an ssuda fondini tashkil qilish manbai qisoblanadi.

  • . Depozitlarning quyidagi turlari mavjud:
  • talab qilib olinguncha depozitlar;
  • jamg’arma depozitlar;
  • muddatli depozitlar;
  • jamg’arma (depozit) sertifikati;
  • boshqa depozitlar.

Talab qilib olinguncha depozitlar yuridik va jismoniy shaxslarning kundalik maqsadlari uchun xohlagan vaqtda talab qilib olishlari mumkin bo’lgan (talab qilib olinguncha hisobvaraqlardagi) mablag’lardir. Bank o’z omonatchilarining birinchi talabiga ko’ra ularning to’lovlar bo’yicha topshirig’ini bajarishi lozim.

Talab qilib olinguncha depozitlar mijozning topshirig’iga ko’ra, shartnomaning oldindan kelishilgan shartlari asosida ushbu mijozning boshqa turdagi depozitlarig’a o’tkazilishi mumkin. Bu depozitlar bankning jalb qilingan mablag’larining’ salmoqli ulushini egallaydi.|Ular bankning eng arzon resurslari hisoblanadi. Mijozning har qanday vaktda ogohlantirmasdan bu mablag’larni olishi ehtimoli bankdan yuqori likvidlikni saqlash uchun doimo etarli mablag’larni kam likvidli, lekin yuqori daromad keltiruvchi mablag’lar hisobiga zaxirada saqlab turishni talab qiladi. Shu sababli, bank o’z omonatchilariga anchagina past foiz to’lachdi. Depozitlarning harakatchanligi yuqori bo’lishiga qaramasdan, bank ulardan kredit berishda foydalanadi.

Jamg’arma depozitlarning boshqa depozitlardan ajralib turadigan xususiyati shundaki, bank omonatchiga omonat daftarchasi beradi. Jamg’arma depozitlar davriy badallar asosida shakllanib, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun depozit hisobvaraqda, malum miqdorda pul summasini jamlash maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar nomiga ochiladi. Agar shaxs nomiga berilgan omonat daftarchasi yo’qolsa, yoki taqdim etish uchun yaroqsiz holga kelib qolsa, bank omonatchining arizasiga ko’ra unga yangi omonat daftarchasini beradi.

Muddatli depozitlar yuridik va jismoniy shaxslarning shartnomada qatiy kelishilgan muddat va unda ko’rsatilgan foizlarni to’lash! a doir mablag’laridir.

Muddatli depozitlar quyidagi muddatlar bo’yicha tasniflanadi:

  • muddati 30 kungacha bo’lgan depozitlar;
  • muddati 90 kungacha bo’lgan depozitlar;
  • muddati 180 kungacha bo’lgan depozitlar;
  • muddati 365 kungacha bo’lgan depozitlar;
  • muddati 365 kundan ortiq bo’lgan depozitlar;

Agar muddatli depozit muddati o’tgandan keyin mijoz tomonidan talab qilib olinmasa, shartnomada boshqa hollar ko’zda tutilmagan takdirda, asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’iga o’tkaziladi.

Muddatli depozitlar ikki xil bo’ladn:

  • xususiy muddatli depozitlar;
  • avvaldan ogohlantirish sharti bilan qo’yiladigan muddatli depozitlar.

Xususiy muddatli depozit omonatchi tomonidan bank ixtiyoriga shartnoma asosida malum muddatga butunlay beriladi. Muddat tugagandan so’ng, qo’yilma omonatchi tomonidan xohlagan vaqtda olinishi mumkin. Bunday depozit uchun to’lanadigan foiz depozitning muddati, hajmi va omonatchi tomonidan shartnomaning bajarilishiga bog’liq.

Avvaldan ogohlantirish sharti bilan qo’yilgan muddatli depozitni olish uchun shartnomaga ko’ra, omonatchi qachon va qancha miqdorda mablag’ini olishi haqida bankka xabar berishi lozim. Xabar berish muddatiga ko’ra, omonatga foiz o’rnatiladi. Muddatli depozitlarning hajmi shartnomada ko’rsatilgan muddat ichida o’zgartirilmaydi. Bu depozitlardan joriy hisob-kitoblar, to’lovlar uchun foydalanilmaydi.

Jamg’arma (depozit) sertifikati bu bankka ko’yilgan omonat summasini va omonatchining sertifikatni bergan bankdan yoki uning har qanday bo’limidan belgilangan muddat tugagandan keyin, omonat miqdorini va sertifikatda shartlashilgan foizlarini olish huquqini tasdiqlovchi qimmatli qog’ozdir. Jamg’arma (depozit) sertifikati taqdim etiladigan yoki egasi ko’rsatilgan bo’lishi mumkin. Jamgarma (depozit) sertifikati muddatdan oldin taqdim etilgan hollarda, agar depozit shartlariga ko’ra, foizlarning boshqa miqdori belgilanmagan bo’lsa, ushbu bank sertifikati bo’yicha talab qilib olinguncha depozitlar uchun to’lanadigan omonat mikdorini va foizini to’laydi.

Ko’pgina banklarda keyingi vaqtlarda mijozlar orasida muddatli depozitlarga bo’lgan qiziqish juda ortdi va depozitlar umumiy qo’yilmalar hajmining 80 foizini tashkil qilmoqda. Muddatli depozitlarning turlari orasida yuqori daromadli jamgarma qo’yilmalari, ayniqsa, bozor sharoitidagi o’zgarishlar tufayli omonatchilar daromadlarining ortib borishiga qattiq tasir ko’rsatuvchi pul bozoridagi depozitlar muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Oddiy, talab qilib olinguncha depozitlar hajmi esa keskin qisqardi.

Pulning qadrsizlanishi, pul muomalasining buzilishi, raqobatning kuchayishi hamda mijozlar bilimi va saviyasining ortishi banklar xizmat ko’rsatishi mumkin bo’lgan depozitlar tarkibining anchagina o’zgarib ketishiga olib keladi. Hozirgi davrda jahon amaliyotida keng tarqalgan asosiy depozitlarning ikkinchi turi xorijiy davlatlar, u erdagi biznesmenlar va fuqarolar depozitlaridir. Depozitlarning bunday turlari mamlakatimiz bank tizimi amaliyotida hali uncha keng qo’llanilmaydi. Lekin bunday depozitlar haqida bilimga ega bo’lish foydadan xoli emas.

Bunday depozitlar hajmining tez o’sib borishi, jahon savdosining rivojlanishi va xorijiy investisiyalarning oshishi bilan bog’liq. Lekin keyingi paytlarda bunday depozitlarning hajmi qisqarib bormoqda. Bunga sabab mamlakat ichidagi depozitlarga qo’yiladigan foiz stavkalarining omonatchilar uchun ancha qulay bo’lib borayotganidir.

Asosiy depozitlarning yana bir turi boshqa bank qo’yilmalarndir. Bularga vakillik xizmatlari haqlarini to’lash maqsadida bir-birlarining banklaridagi hisobvaraqlarda saqlaydigan mablag’lar kiradi.

Boshqa banklar mablag’larini o’zida saqlaydigan bank bu mablag’larni o’z balansida «loro» hisob raqami bo’yicha qarz deb hisoblaydi (mazkur bankning vakillik hisob raqamidagi qoldiq). Boshqa bankda o’z mablag’ini saqlab turg’an bank esa o’z balansida ularni «nostro» hisoblash raqami bo’yicha aktiv deb belgilaydi (vakil banklarda).

Depozit sertifikati kredit muassasasining omonatchiga depozitni olish huquqini tasdiqlovchi, pul mablag’lari deponent qilinganligi haqidagi yozma guvohnomasidir. Boshqacha qilib aytganda, depozit sertifikati kredit muassasasining’ pul mablag’ini saqlashga topshirilganligi haqida omonatchining depozitni olish huquqini tasdiqlovchi yozma guvohnomasi.

Depozit banki pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar va boshqa boyliklarni saqlash bilan shug’ullanuvchi bank.

Depozit indossamenti depozitlarni boshqasiga o’tkazish haqidagi o’tkazma xat.

Depozit muassasasi pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar va boshqa boyliklarni saqlash bilan shug’ullanuvchi muassasa. Depozit muassasalarining umumiy xususiyati shundan iboratki, ular chek yoki jamg’arma hisobvaraqlarini ochish yo’li bilan mablag’larni jalb qiladi hamda ulardan turli xil kreditlar berish, hukumat va korporasiyalarning qimmatli qog’ozlarini olishda foydalanadi.

Depozit moliya muassasalari ikkita katta toifaga bo’linadi:

  • tijorat banklari;
  • bank bo’lmagan depozit muassasalar.

Bank bo’lmagan depozit muassasalari o’z tarkibiga jamg’armakredit uyushmalarni, kredit uyushmalarini va o’zaro pul fondlarini oladi.

Jamg’arma-kredit uyushmalar jamg’arma hisobvaraqlarini ochish yo’li bilan mablag’larni jalb qiladi hamda ulardan aniq maqsadga mo’ljallangan garovli kreditlar berishda foydalanadi. G’arbda jamg’arma-kredit uyushmalarga o’xshash o’zaro jamg’arma banklari keng tarqalgan, biroq ularning farqi shundaki, bunday banklarning xizmatidan mayda omonatchilar foydalanadi. Odatda ular omonatlarning eng yuqori chegarasini belgilab qo’yib, omonatlarning barqaror ravishda oqib kelishiga umnd bog’laydi.

Kredit uyushmalar nisbatan mayda jamg’arma-kredit muassasalar bo’lib, istemol kreditlarini berishga yo’naltirilgan. Ular diniy tashkilotlar, kasaba uyushmalari va shunga o’xshash tuzilmalar tomonidan tashkil etiladi. Kredit uyushmalar o’z azolarining jamg’arma hisobvaraqlarini ochadi xamda qarzni ham faqat o’z azolariga beradi, yani kredit uyushmalar omonatchilar tomonidan «jamoatchilik asosida» idora qilinadi.

O’zaro pul fondlari foizlar bilan to’lanadigan omonatlarni qabul qiladi, buning uchun mijozlarga chek yozib berishi mumkin. Chek bo’yicha qo’yilgan omonat summasi kabi hajmi ham malum darajada chegaralangan bo’ladi.

Moliya muassasasining bunday turi ko’p minglab omonatchilarning mablaglarini jalb etadi hamda hosil bo’lgan fond daromad keltiradigan qimmatli qogozlarni sotib olish uchun ishlatiladi. Sanab o’tilgan moliya muassasalaridan farqli o’laroq, o’zaro pul fondlaridagi omonatlar sug’urta qilinmaydi, biroq ularning aktivlari (omonatchilarning mablag’iga sotib olingan qimmatli qog’ozlar) yuqori likvidli bo’lgani sababli katta foizlar olib keladigan etarli darajada ishonchli jamg’arma vositasi hisoblanadi.

Depozit multiplikatori bankka qo’yilgan mablag’larning har bir pul birligidan ko’riladigan umumiy daromad hajmining o’zgarishini tavsiflovchi ko’rsatkich. Bank tizimining bir qadar qiziqarli xususiyati shundan iboratki, aytaylik, agar alohida tijorat banki o’zidagi mavjud zaxira hajmidagina ssuda bersa, butun bank tizimi uning zaxirasidan bir necha barobar ortiq miqdorda ssuda takdim etishi mumkin.

Bunday hodisa depozitlarning multiplikasiya tarzida kengayishi (ko’p karrali omonatlar orqali kengayish) degan nom olgan.

 Depozitariy dspozitlarni saqlash uchun ishonib topshirilgan huquqiy shaxs. Depozitariy bank deganda depozitlar (qimmatli qog’ozlar)ni saqlash uchun ishonib topshirilgan bank tushuniladi.

Fond boyliklarini saqlash vazifasini amalga oshirishga zamonaviy yondashuv uning ixtisoslashgan tashkilotlar depozitariylarda markazlashuvini taqozo etadi. Bunday markazlashuv qimmatli qog’ozlar aylanishida xizmat ko’rsatishga ketadigan xarajatlarni kamaytiradi, hisobga olishni soddalashtiradi va tezlashtiradi. Markazlashgan depozitariy mavjud bo’lgan takdirda qog’ozlarning oldi-sotdisi bo’yicha bitimlar sertifikatlarini tashib o’rin almashtirish va kuzatib borishga hojat qolmaydi.

Depozitariyning asosiy vazifasi qimmatli qog’ozlar sertifikatlarini saqlash va (yoki) qimmatli qog’ozlarga egalik huquqini hisobga olish bo’yicha xizmat ko’rsatishdan iborat.

Qimmatli qog’ozlarni saqlash va ularga eg’alik huquqini hisobga olishda depozitariy xizmatlaridan foydalanuvchi shaxs deponent deb yuritiladi.

Depozitariy va deponent o’rtasida tuzilgan ularning depozitariy faoliyatiga oid munosabatlarni tartibga solib turadigan shartnoma depozitar shartnoma (depo hisobvarag’i haqida shartnoma) deyiladi. Depozitor shartnoma yozma shaklda tuziladi.

Depozitariy faoliyatini faqat:

  • yuridik shaxslar;
  • fond birjalari (birjalarning fond bo’limlari);
  • investisiya muassasalari (investisiya bo’yicha maslahatchilar, investisiya fondlaridan tashqari);
  • mutlaq depozitariy faoliyati bilan shug’ullanuvchi ixtisoslashgan depozitariylar amalga oshiradi.

Depozitariyning yaxlit faoliyatini shartli ravishda ikki qismgabo’lish mumkin (28-chizma).

Depozitariyning faoliyati

ichki TAShQI
•   deponentlarni qabul kilish;

•   xisobvaraq bo’yicha yozuvlar qayd etish;

•    bitimlarni ro’yxatgaolish;

•    deponentlarga xabar etkazish;

•   qimmatli qogozlar yuzasidan daromad to’lash va x.k.

•   transfer-agentlik operasiyalari;

•   reestrda aksiyadordan depozitariyga (nominal saylovchiga) qayta ro’yxatdan o’tkazish va aksincha,

•   emitendan (ro’yxatdan o’tkazuvchidan) axborot olish;

•   emitenga axborot o’tkazish.

28-chizma. Depozitariyiing bajaradigan ishlari.

Depozitariyning asosiy faoliyati «depo» hisobvaraqlari bo’yicha xizmat ko’rsatish hamda chiqarilgan qimmatli qog’ozlarni depozitariy ro’yxatidan o’tkazishga qaratilgan.

«Depo» hisobvaraqlari bilan bo’ladigan operasiyalar uchun depozitariyda qabul qilingan baholarda mijozdan haq undiriladi, u depozitariy kassasi orqali hisob-kitob varag’iga kelib tushadi.

1994 yil aprel oyida O’zbekistonda ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati sifatida «Vaqt» milliy depozitariysi tashkil etildi. Uning’ tasischilari O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasi, «O’zmoliyainvest» aksiyadorlik jamiyati, SAMTU «Granit», «Toshkent» respublika fond birjasi hisoblanadi. «Vaqt» AJ aksiyadorlari orasida «Turon» aksiyadorlik tijorat banki, Rossiyaning «Rinako» depozitariysi, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bor.

Milliy depozitariyning asosiy vazifasi O’zbekiston Respublikasi hududi bo’yicha muomaladagi qimmatli qog’ozlarni xisobga olinishi, saqlanishi hamda harakat qilishini taminlashdan iborat.

Milliy depozitariy quyidagi ishlar bilan shug’ullanadi:

  • bozorda muomalada bo’ladigan jami chiqariladigan qimmatli qog’ozlarni hisobga olish;
  • aksiyadorlar reestrlarini yagona texnologik tartibda yuritish;
  • qimmatli qogozlar chiqarilishini naqdsiz shaklda rasmiylashtirish;
  • qimmatli qog’ozlar emissiyasi naqdsiz joylashtirilayotganda ularni soxtalashtirish va yo’qotishdan yuz foiz muhofazalash kafolati;
  • qimmatli qog’ozlarga egalikdan kelib chiqadigan huquqlarni (sotish, sovg’a qilish, garovga qo’yish, meros qilib qoldirish) amalga oshirish yuzasidan topshiriqlarni bajarish;
  • O’zbekiston Respublikasidagi emitentlar tomonidan chiqarilgan yoki chiqarilishi ko’zda tutilayotgan qimmatli qog’ozlarni O’zbekiston Respublikasi hududida muomalaga kiritish kvotalaridan foydalanishni hisobga olish.

Hozirgi paytda milliy depozitariy quyidagilarni shakllantirish ustida ish olib bormoqda:

  • elektron pochta tizimi;
  • yirik kompyuter tarmoqlarida elektron imzo va kript himoya tizimi;
  • elektron shakllar yordamida malumotlarni elektron ayirboshlash tizimi;
  • abonent o’rinlaridan foydalanish;
  • elektron pochtamtlar.

Milliy depozitariy boshqa depozitariylar bilan vakillik munosabatlari o’rnatgan.

Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlarning muomalada bo’lishini tezlashtirish hamda aholi mablag’larini xususiylashtirish jarayonlariga jalb qilish maqsadida milliy depozitariy tomonidan tanlov asosida davlat mulkining opsion savdosi dasturi ishlab chiqilgan.

Emissiyani joylashtirish va hisobvaraq bo’yicha o’tkazishda aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Milliy depozitariy respublikaning barcha viloyatlari hamda Qoraqalpog’iston Respublikasida o’zining filiallari va ro’yxatga olish punktlarini ochgan.

Jahon banklari amaliyotida banklar, odatda, arzon depozitlarni jalb qilish va ularni sotish orqali daromad olishga harakat qiladilar. Aholining chek ko’rinishidagi depozitlari, shu jumladan, oddiy foizsiz depozitlari eng arzon depozitlar hisoblanadi.

Bunday chek depozitlari bilan ishlash va ularni hisobga olish katta xarajatlarni talab qilgani bilan, mijozlar juda kam foiz daromadlari (bazida esa umuman foyda olmaydilar) oladilar. Bu esa bankka jalb qilinadigan boshqa mablag’lar manbalariga qaraganda uning xarajatlarini kamaytiradi.

Fuqarolarga beriladigan chek depozitlarga nisbatan tijorat firmalariga beriladigan chek depozitlari banklar uchun ancha arzonga tushadi. Chunki tijorat firmalariga beriladigan chek depozitlar xarajati xususiy shaxslarga beriladigan chek depozitlar xarajatining yarmini tashkil qiladi. Bundan tashqari, xususiy shaxsning chek depoziti hajmi tijorat firmasining chek depoziti hajmining 1/3 qismidan oshmaydi. Lekin banklar va moliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi firmalar o’rtasidagi chek depozitlari bo’yicha rakobatning kuchliligi tufayli banklar bunday depozitlardan keladig’an sof daromadni uncha katta deb hisoblamaydilar.

Muddatli depozitlar, nafaqa hisobvaraqlari, depozkt sertifikatlari va pul bozoridagi hisob raqamlar, ularga mablag’lar qo’yish yoki ulardan olish yuzasidan kam muddatli depozitlar va pul bozoridagi hisobvaraqlariga o’rnatiladigan foiz stavkasining ancha yuqori bo’lishi tufayli ular jamg’arma qo’yilmalar bilan tenglashib qoladi. Yirik bo’lmagan banklar yirik banklarga qaraganda jamg’arma depozitlar va pul bozoridagi hisobvaraqlar bo’yicha katta xarajatlar qilsa ham, muddatli depozit va nafaqa hisob varaqlari bo’yicha qilinadigan xarajatlari, yirik banklarg’a qaraganda ancha kam bo’ladi.

Banklarning maqsadi ancha arzon depozitlarni jalb qilishdan iborat bo’lgani bilan, qanday depozitlarni taklif qilish mijozlarga bog’liq. Mijozlar talablari bilan kelisha olmaydigan banklar ularning talablarini bajarishga rozi bo’lgan banklar foydasiga mijozlarini yo’qotadilar.

Depozitlar bo’yicha xizmatlarning qiymatini belgilash bank boshqaruvchisi uchun murakkab muammo hisoblanadi. Chunki ko’proq mablag’ talab qilish maqsadida mijozlar depozitlarni sotish orqali ulardan yaxshi daromad olishni ham ko’zlaydilar. Albatta, bu faoliyatni amalga oshirishdagi kuchli raqobat bank daromadiga katta tasir ko’rsatadi. Kuchli raqobat tufayli depozitlarga bahoni alohida bir bank emas, balki bozor o’rnatadi. Bunday sharoitda boshqaruvchi bozor o’rnatgan foiz stavkasidan foydalanib, ko’proq depozitlarni jalb qilish yoki qatiy o’rnatilgan foiz stavkasi negizida ko’proq depozitlarni jalb qilish yohud o’rnatilgan foiz stavkalaridan kam miqdordagi foiz stavkalarini taklif qilish bilan depozitlar hajmini kamaytirish maqulligi to’grisidabir qarorga kelishi lozim. Chunki bunda boshqaruvchi daromadlilik yoki o’sishni tanlaydi. Qimmat depozitlarning ko’p hajmda jalb kilinishi bankning o’sishini taminlaydi, lekin bank daromadi hajmi pasayadi.

Hozirgi paytda depozitlarni baholashning bir qancha usullari mavjud:

  • «xarajat + daromad»;
  • depozitlarga eng yuqori hajmdagi xarajatlarga asoslangan holda foiz stavkasini o’rnatish;
  • alohida qo’yilmalarga o’rnatilgan foiz stavkalarini guruhlarga bo’lish;
  • depozitlar bozoriga kirib borish maqsadida foiz stavkasi o’rnatish;
  • yuqori daromadli mijozlarni jalb qilish maqsadida depozitlarga qiymat o’rnatish;
  • mijozlarga ko’rsatilgan xizmatlar soni va turiga qarab depozitlarga foiz stavkasi o’rnatish (qiymatni o’rnatishning ko’p omilli usuli);
  • bankning o’z maqsadlariga erishishini ko’zlab, depozitlarga baho o’rnatish usuli.

Hozirgi davrda mijozlarning alohida depozitlar bo’yicha xizmatlardan foydalanish darajasiga qarab xizmat haqlari o’rnatish usuli keng qo’llaniladi.

Yirik hajmdagi DS rasmiy depozit, lekin amaliyotda qarz bo’yicha berilgan «tilxat»ning bir turidir. Bu tilxat foydalanilmayotgan ortiqcha mablag’ga ega yirik kompaniyalardan, yuqori daromadli shaxslardan va nihoyat, Markaziy bankdan malum bir muddatga malum mikdorda qarz olish uchun beriladi. DS foizli tilxat bo’lib, olinayotgan qarzning muddati va hajmiga qarab, kelishilgan holda foiz stavkasi o’rnatiladi. Yirik hajmdagi DS laridan qisqa muddatlarda, asosan bir haftadan to bir yilgacha muddatlarda foydalaniladi. Uning afzalligi shundaki, bunday DS ni ro’yxatdan chiqarish muddati kelguncha ikkilamchi bozorda bir necha marta sotilishi mumkin. Shuning uchun ham, uni «o’tkazma» DS ti deyiladi. Foiz stavkasi o’rnatilgan DS lari barcha yirik hajmdagi DSlarning 4/5 qismini tashkil qilib, ularni chiqarishdan asosiy maqsad, foiz daromadi olishdir.

Masalan, agar bank 100 000 dollarlik qiymatga ega olti oylik DS ni sotib oluvchi xaridorga yillik 8% mikdorida foiz stavkasi vada qilsa, depozitor 6 oydan so’ng quyidagi mablag’ga ega bo’ladi.

0215415

 

Яна маълумот

909

Bank foizi va undan foydalanish mexanizmi

Suda foizi vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun to’lanadigan o’ziga xos to’lovdir. Uning to’lovchisi ham, …