Home / Iqtisodiyot / Bank foizi va undan foydalanish mexanizmi

Bank foizi va undan foydalanish mexanizmi

Suda foizi vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun to’lanadigan o’ziga xos to’lovdir. Uning to’lovchisi ham, taminot manbai ham mijoz va uning foydasi hisoblanadi.

Ssuda foizi turli ko’rinishlarda bo’lib, ularni bir qator belgilar bo’yicha tasniflash mumkin (60-jadval).

60-jadval.

Ssuda foizining turkumlanishi

Tasnnflash belgilari Ssuda foizi turlari
1.

2

Kredit shakllari bo’yicha •    Tijorat krediti bo’yicha foiz

•    Bank foizi

•    Istemol krediti bo’yicha foiz

•    Lizing shartnomalari bo’yicha foiz

•    Davlat krediti bo’yicha foiz

2. Kredit tashkilotlari bo’yicha •    Markaziy bank xisobiga foiz

•    Lombard krediti bo’yicha foiz

•    Bank foizi

3. Investisiyalar turi bo’yicha •    Aylanma mablag’lar uchun berilgan kredit bo’yicha foiz

•    Asosiy fondlar uchun berilgan kredit bo’yicha foiz

•    Qimmatli kog’ozlarga investisiyalash uchun berilgan kredit bo’yicha foiz

4. Kreditlash muddatlari bo’yicha •    Qisqa muddatli ssuda foizi

•    Uzoq muddatli ssuda foizi

•    o’rta muddatli ssuda foizi

5. Kredit tashkilotlarining operasiyalari turlari bo’yicha •    Depozitfoizi

•    Ssuda foizi

•    Banklararo kredit foizi va boshq.

Bank foizi kredit munosabatlariga kirishgan ikkita subektning bittasi bank bo’lsagina vujudga kelishi mumkin.

Shuni takidlash lozimki, kredit tashkiloti ssudani asosan o’zining emas, balki jalb etilgan mablag’lar hisobidan beradi. Vaqtincha bo’sh bo’lgan pul mablaglarini qayta taqsimlashdagi vositachilik faoliyati uchun bankning olgan daromadi kompensasiya rolisi bajaradi. Bank aktivlari zimmasidagi majburiyatlarning bajarmaslik riski omonatchilar passivlari oldidagi majburiyatlarning bajarmaslik riskining oshishiga olib keladi. Shunday qilib bank ssudalar bo’yicha to’lay olmaslik riskini o’z zimmasiga oladi.

Foiz siyosati nafaqat pul-kredit siyosatini muvofiqlashtirishda, shuningdek, kredit munosabatlarini boshqarishda ustuvor iqtisodiy vosita vazifasini bajaradi.

Bank foizidan foydalanish mexanizmi deganda ssuda foizi siyosatini olib borishda va uni amaliyotga joriy qilishda qo’llaniladigan vositalar, choralar to’plami tushuniladi. Ularning ayrimlari quyidagilar hisoblanadi:

  • foiz darajasini shakllantirish usullari;
  • foiz stavkalarini tabaqalashtirish mezonlari;
  • Markaziy bank tomonidan foiz meyorlarini muvofiqlashtirish usullari;
  • foizlar bo’yicha o’zaro to’lovlar va undirishlar tartibi;
  • foizni to’lash manbalari;
  • qarz oluvchilar manfaatlarini himoya qilish tizimi bilan foiz o’rtasidagi bog’lanish;
  • kredit tashkilotining daromadi va xarajatini shakllantirishda foizning o’rni.

Bu mexanizm, bir tomondan, foizni tovar ishlab chiqarish iqgisodiy kategoriyasi sifatida ifodalasa, ikkinchi tomondan, uning foiz siyosatini olib borish maqsadiga bog’liq ekanligini ifodalaydi. Amaliyotda aksariyat xollarda uning iqtisodiy tabiatiga qarama-qarshi subektiv ustuvorlik namoyon bo’ladi. Bozor munosabatlarigacha, yani xo’jalik mexanizmi amal qilgan davrda bank foizidan foydalanish asosan davlatning xo’jalik yuritish siyosatiga bo’ysungan xolda amalga oshgan. Bu siyosat o’zgarishi bilan bank foizidan foydalanish mexanizmi ham o’zgargan.

Bugungi kunda bank foizining quyidagi mexanizmlaridan foydalanilmokda:

  • foiz darajasi kredit resurslariga bo’lgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda subektlar o’rtasida tuziladigan shartnoma asosida o’rnatiladi;
  • ssudalar bo’yicha foiz stavkalarini o’rnatishi kredit kelishuvlari amalga oshirilayotgan aniq sharoitlarga qarab, yani:
  • ssuda summasi va uni uzish muddati;
  • ssuda taminotining mavjudligi;
  • mablag’larni jalb qilish sarflari;
  • kreditni rasmiylashtirish va nazorat qilish xarajatlari;
  • bankni rentabelli bo’lishini taminlash zaruriyati;
  • mijozning kreditga layoqatliligi kabilarni inobatga olgan holda bank va mijoz kelivduvlari asosida amalga oshiriladi.
  • bankning passiv operasiyalariga nisbatan foizning ahamiyati oshib borishi kuchayadi, bo’sh pul mablag’larini omonatga qo’yish rag’batlantirilib boriladi;
  • foizlarni o’rnatish va undirish o’zaro kelishuv bitimi asosida amalga oshirilib, odatda har oy foiz o’tkazib (to’lab) turiladi;
  • kredit jamg’armalarining yo’nalishiga qarab foizlarni to’lash (o’tkazish) turlicha bo’lishi mumkin:
  • aylanma mablag’lari uchun berilgan kreditlar bo’yicha to’lovlar mahsulot tannarxiga qo’shiladi;
  • asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa aylanma mablag’lari bo’lmagan aktivlarni sotib olish uchun berilgan kreditlar bo’yicha xarajatlar korxona foydasiga qo’shiladi.

Bank kreditlaridan foydalanganligi uchun to’langan foiz xarajatlari MB tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkalari doirasida soliqqa tortiladigan bazani kamaytiradi. Ammo muddatdan o’tgan kreditlar foizi soliq bazasini kamaytirmaydi.

Foiz mexanizmidan foydalanish foizlar bo’yicha daromad va xarajatlarning bankning pirovard moddiy manfaatdorligi bilan bevosita bog’liqligida namoyon bo’ladi.

Ssuda foizida foydalanish mexanizmidagi asosiy unsurlaridan biri bu ssuda foizi darajasini shakllanish usuli hisoblanadi. Bozor munosabatlarining rivojlanish sharoitida, kredit to’lovlarining erkinligida, makroiqtisodiyot darajasida foiz uchun o’rtacha foyda meyoriga erishish ustuvor vazifa hisoblanadi. Foizning o’rtacha foyda meyoridan u yoki bu tomonga og’ishiga bir qator omillar tasir qiladi. Ularni ikki guruhga, yani umumiy va xususiy omillarga bo’lish mumkin.

Umumiy omillarga quyidagilar kiradi:

  • zayomlarga bo’lgan talab va taklif nisbati;
  • Markaziy bankning muvofiqlashtiruvchi siyosati;
  • qadrsizlanayotgan pulning taminot darajasi.

Xususiy omillar tabiati tijorat banklarining faoliyat ko’rsatish sharoitlari, shuningdek, mijozlar bilan tuziladigan bitimlarning xususiyati bilan belgilanadi. Bulardan tashqari, bu omillar ssuda foizining ayrim turlari bo’yicha turlicha bo’lishi mumkin.

Masalan, depozit foizi darajasi yuqoridagi omillardan tashqari quyidagi omillar tasirida bo’ladi:

  • bankning aktiv operasiyalari bo’yicha foiz darajasi;
  • jalb qilinadigan depozitning muddati va summasi;
  • bankning ishonchliligi.

Banklararo pul bozorida foiz darajasi, boshqa sharoitlarni hisobga olmaganda, odatda, depozit foizi meyoridan oshadi. Chunki ssuda berilayotganda kredit muassasasining xarajatlari va manfaati hisobga olinadi.

Bank aktivlari bo’yicha foiz darajasiga quyidagi xususiy omillar tasir qiladi:

  • ssuda summasi va uni to’lash (kaytarish) muddati;
  • ssuda summasining taminlanganlik darajasi;
  • bank ssuda kapitalining tannarxi;
  • mijozning kreditga layoqatliligi va uning bank bilan bo’lgan o’zaro munosabatining mustahkamligi.

Bank ssuda kapitalining tannarxi jami qilingan xarajatlar summasini maqsadli joylashtirilgan mablag’lar (ishlayotgan aktivlar) summasiga bo’lish srdamida aniqlanadi:

BSK=BX/IA

Bu erda:

BSK-bank ssuda kapitalining tannarxi;

BX – bank xarajatlari. Bu xarajatlar barcha ssuda kapitaliga taluqli bo’lmay faqat maqsadli joylashtirilgan qismiga qiling’an xarajatlardir. Maqsadli joylashtirilmagan ssuda kapitali qismi xarajat sifatida qayd qilinadi.

IA – ishlayotgan aktivlar.

Bank xarajatlari quyidagi ikki turdagi xarajatlardan tashkil topadi:

  • bank resurslarini shakllantirish bo’yicha xarajatlar;
  • bank faoliyatini taminlash bo’yicha xarajatlar.

Birinchi guruhga: bankka jalb qilingan bank va boshqa mijozlar mablag’lari bo’yicha foiz to’lovlari, zayomlar va depozitlar, shuningdek, chiqarilgan qimmatli qog’ozlar majburiyatlari bo’yicha foizlar kiradi.

Mavjud tasniflash tartibiga binoan ikkinchi guruh xarajatlariga quyidagilar kirali:

  • mamuriy boshqaruv va ijtimoiy-maishiy xizmatlar uchun qiling’an sarflar
  • chet el valyuta operasiyalari bilan bog’liq xarajatlar;
  • • qimmatli qog’ozlar operasiyalari bilan bog’liq xarajatlar;
  • kassa, hisob raqamlari operasiyalari, olingan grantlar bilan bog’liq xarajatlar;
  • boshqa operasion xarajatlar, shu jumladan, texnikaga ko’rsatilgan qarov, axborotlashtirish xizmatlari, blankalarni tayyorlash, ularni pochta-telegraf orqali jo’natish, amortizasiya, binoinshootlar, transport vositalarni saqlash bo’yicha xarajatlar;
  • ijara to’lovlari, nodir metallar bilan bog’liq operasiyalar bo’yicha xarajatlar, valyuta, faktoring, lizing operasiyalari bilan bog’liq xarajatlar va boshqalar;
  • jarima, penya va to’langan qarzlar.

Ssuda kapitalining tannarxi amaliyotda aktiv operasiyalar bo’yicha foiz darajasini aniqlash uchun asos hisoblanadi. Ssuda foizining yuqori chegarasi bozor sharoitlari tasiri ostida shakllanadi. Ssuda foizining quyi chegarasi bankka jalb qilingan mablag’lar bo’yicha xarajatlar va mazkur kredit muassasasi faoliyatini tashkil qilish bo’yicha sarflar tasiri ostida shakllanadi. Bular esa, o’z navbatida, kredit resurslarining tarkibiy tuzilishi sifatiga bog’liq bo’ladi. Masalan, mablag’ uchun to’lov salmog’ining’ oshishi foiz darajasining quyi darajasini ko’taradi va aksincha.

Foiz meyorini hisoblashda tijorat banklari tomonidan quyidagilarni inobatga olish nazarda tutiladi:

  • Tayanch foiz stavkasining darajasi. Bu ko’rsatkich, odatda, taminlangan ssudalar bo’yicha kreditga layoqatli mijozlar uchun o’rnatiladi.
  • Har bir bitim (kelishuv) shartlarini hisobga olgan holda risk uchun ajratilgan qo’shimcha mablag’.

Tayanch foiz stavkasi taxmin qilinayotgan ssuda kapitali tannarxi va bo’lajak davrda mo’ljal qilingan rentabellik darajasiga asoslanib aniqlanadi:

T=S1+S2 +F

Bu erda:

T — tayanch foiz stavkasi;

K1 rejalashtirilayotgan davrda kredit resurslarining o’rtacha real bahosi;

K2 — bank fa eliyatini taminlash bo’yicha rejalashtirilgan xarajatlarning (R ) maqsadli joylashtirilishi kutilayotgan mablag’lar hajmi (Kmch) a bo’lgan nisbati;

F bank ss; sa operasiyalarining rejalashtirilayotgan foydalilik (rentabel. ik) darajasi.

Kredit peky slarining o’rtacha real bahosi (s.) quyidagicha hisoblanadi:

909

Яна маълумот

708

Risklarni boshqarish usullari

Eng avvalo shuni takidlash lozimki, bank faoliyatida gap riskdan umuman qochish to’g’risida emas, balki uni …