Home / Iqtisodiyot / Markaziy bankning nazorat funksiyasi

Markaziy bankning nazorat funksiyasi

O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida-gi qonunning 50-moddasida banklar faoliyatini nazorat qilish va tartibga solishga doir quyidagi vazifalar belgilangan:

  • Markaziy bank bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilinishini taminlash maqsadida banklar faoliyatini nazorat qiladi va tartibga solib boradi;
  • Markaziy bank banklarni ro’yxatga oladi va ularga bank operasiyalarini amalga oshirish xuquqini beruvchi lisenziyalar beradi. Bank-larni ro’yxatga olish va ularga lisenziyalar berish uchun haq olinadi;
  • Markaziy bank banklarni davlat ro’yxatiga olish daftarlarini yuritadi. Banklarning ro’yxatga olinganligi to’g’risidagi malumotlar elon qilinishi lozim.

upl_1539953438_172638

Nazoratni tashkil qilish mamlakatning qonunchilik bazasiga va xalqaro bank tashkilotlarining tavsiyalariga asoslanadi.

«O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi qonunning 52-moddasida banklar uchun majburiy bo’lgan quyidagi iqtisodiy normativlarni qo’llash takidlangan:

  • kapitalning etarlilik koeffisientini;
  • bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga tavakkalchilikning eng ko’p mikdorini;
  • likvidlik koeffisientlarini;
  • aktivlarni tavsiflash va baholashga doir talablarni, shuningdek, bunday tasniflar asosida bankning operasiya xarajatlari jumlasiga kiritiladigan chegirmalardan shubhali va harakatsiz qarzlarga qarshi tashkil etiladigan zaxiralarni shakllantirishni;
  • qarzlarga doir foizlarni hisoblab chiqish va ularni bank daromadlari hisob varag’iga kiritishga doir talablarni;
  • ochiq valyuta mavqei limitlarini belgilaydi.

Markaziy bank iqtisodiy normativlarning o’zgarishi to’g’risida kamida bir oy oldin elon kiladi.

 Banklar faoliyatini nazorat qilishning bir qancha turlari mavjud (17-chizma).

17

Davlat nazorati banklar to’g’risidagi qonun hujjatlarining amaldagi tizimi bilan belgilanadi. Hamma kredit muassasalari va banklar, shu jumladan, Markaziy bank ham qonunlar doirasida ish olib boradi. Bank nazoratining tashkiliy tuzilmalari juda xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Buyuk Britaniya, Italiya, Niderlandiya, Rossiya kabi mamlakatlarda nazoratni milliy markaziy banklar amalga oshiradi.

Germaniya, AQSh va Yaponiyada aralash tizim mavjud bo’lib, bunda markaziy banklar nazorat vazifalarini davlat organlari bilan bo’lishib olgan. O’zbekistonda nazorat organi vazifalarini kredit muassasalarni tekshirish yuzasidan tasdiqlangan qoidalar asosida O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari faoliyatini lisenziyalash va boshqarish departamenti bajarmokda.

Idoraviy nazorat Bank Boshqaruvi, ichki audit xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Idoraviy nazoratning vazifalari, maqsad va chegaralari tegishli qonun va meyoriy hujjatlar bilan belgilangan.

Mustaqil nazorat bu idoralardan tashqari mustaqil tashkilotlar, yani auditorlik firmalari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratdir. Tijorat banklari ishonchlilikni oshirish hamda o’z ishlarining sifatli bo’lishini taminlash uchun ichki bank nazoratini, yoki ichki auditni tashkil etadi va amalga oshiradi. Tashqi audit amalga oshirilgan vaqtda ichki nazorat tizimining mavjudligi va uning naqadar samarali ish olib borayotgani albatta tekshiriladi.

Tijorat banklari faoliyatini nazorat qilishning hamma turlari bir-biri bilan bog’liq bo’lib, uning maqsad va vazifalari tijorat banklari va umuman butun bank tizimi faoliyatini barqaror va bezarar bo’lishini taminlashdan iborat.

  • . Bank nazoratini amalga oshirish mamlakatning qonunchilik bazasiga va xalqaro bank tashkilotlarining tavsiyalariga asoslanadi. Quyidagilar tekshiruv obekti hisoblanadi:
  • nazorat qilinishi kerak bo’lgan muassasalar turlari;
  • bank operasiyalarini amalga oshirishga lisenziyalar berish;
  • buxgalterlik xisobi, bank va statistika hisobotining andoza (standart) lari;
  • bank faoliyatini amalga oshirishga berilgan lisenziyalarni bekor kilish yoki bank operasiyalarini chegaralash tartibi;
  • auditorlik tekshiruvlarining majburiyligi;
  • bankni boshkarish bo’yicha muvaqqat mamuriyatni tayinlash tartibi;
  • bankni to’lovga kobiliyatsiz deb elon qilish.

Nazorat organining asosiy vazifasi kelajakda bank ishida muammolar vujudga kelish ehtimolini aniqlashdan iborat. Nazorat organlari o’z vakolatlarini bank faoliyatiga:

  • lisenziyalar berish;
  • bajarilgan operasiyalar doirasini cheklash haqida qarorlar qabul qilish;
  • ishlab turgan banklar ustidan nazoratni amalga oshirish jarayonida ro’yobga chiqarishi mumkin.

Bank faoliyati uchun lisenziyalar berish chog’ida ustav kapitali to’g’ri tashkil etilganligi va uning manbalari, uning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi, bank bajarishni nazarda tutayotgan bo’lajak operasiyalar doirasi, shuning’dek, bankning maqsadi, vazifalari va strategiyasi aniqlanadi.

Banklarning iqtisodiy normativlarga rioya qilishi ustidan nazoratni nazorat organlari takdim etilayotgan hisobotlarni tahlil qilish orqali amalga oshiradi. Belgilab qo’yilgan normativlarga rioya qilinmaganda nazorat organlari iqtisodiy jazo choralarini qo’llaydi.

Nazorat organlari tijorat banklari faoliyati ustidan nazoratni joylarda tekshiruv ishlarini tashkil etish yo’li bilan olib boradi. Tekshiruvlar ikki xil bo’lishi mumkin (18-chizma).

18

18-chizma. Banklarni tekshirish usullari.

Kompleks tekshiruv ko’pi bilan 30 kun muddatda amalga oshiriladi va bankning barcha asosiy operasiyalarini, operasiya kunining o’z vaqtida tugallanishini hamda kundalik balansning tuzilishini nazarda tutadi, hamma tijorat banklari ikki yilda kamida bir marta kompleks tekshiruvdan o’tkazilishi shart.

Tanlab tekshirish 15 kungacha muddat bilan cheklangan va u bank faoliyatining ayrim (odatda, tartibbuzarlik ehtimol ko’proq kutilgan) sohalarini qamrab oladi. Tekshiruv natijalari bo’yicha dalolatnoma 3 nusxada tuzilib, ularning har birini tekshiruv rahbari, tekshirilayotgan bankning rahbari va bosh buxgalteri hamda boshqa mansabdor shaxslar imzolaydi. Dalolatnoma nusxalaridan biri tekshirilayotgan bank rahbariyatiga topshiriladi.

Bankning majburiy-iqtisodiy normativlarga rioya etishi amaldagi qonun hujjatlari va iqtisodiy normativlarni hisoblab chiqish tartibi haqidagi ko’rsatmalar asosida tekshiriladi. Banklar faoliyatiga qo’yiladigan yagona talablarning mavjudligi alohida olingan har bir bankning ham, butun bank tizimining ham barqaror va qatiy ishlashi vnyH sharoit yaratib berish imkonini tug’diradi.

Bankning kredit portfeli qisqa muddatli, uzoq muddatli va muddati o’tgan kreditlar bo’yicha balans hisobvaraqlaridagi mablag’larning qoldiqlaridan tashkil topadi. Bu majmua o’zining mutlaq va nisbiy, yani miqdoriy va sifat tomonlariga ega (19-chizma).

19

19-chizma. Bank kredit portfeli miqdor va sifat jihatlari.

Kredit portfelining sifat jihatlaridan bankning kreditlarni qaytarib berishni taminlashni baholash hamda kredit tavakkalchiligining, yani kredit bo’yicha asosiy qarz summasi va ular bo’yicha foizlarning qaytarilmasligini qisqartirishni taminlashni baholash uchun foydalaniladi.

Kreditni qaytarib berishni taminlash:

  • malum bir bankda kredit jarayonini tashkil etishga;
  • qarz berish va uni uzish tartibiga rioya qilishga;
  • muddati uzaytirilgan hamda muddatida qaytarilmagan qarzlarni hisobda to’g’ri aks ettirishga;
  • bankning tahlil ishiga hamda qarzlarning tasniflashning to’g’riligiga;
  • qarzlar bo’yicha ko’riladigan zararni qoplashda foydalaniladigan zaxiralar miqdoriga;
  • banklararo kreditlar bo’yicha va markazlashtirilgan resurslar hisobidan beriladigan kreditlar bo’yicha operasiyalarning konuniyligiga bog’liq bo’ladi.

Bank nazoratining vazifasi ana shu qayd etilgan yo’nalishlarni tekshirishdan hamda hisobotlarni tasdiqlashdan iborat.

Nazorat organlari amalga oshirgan tekshirish natijasida bank kredit portfelining sifati va bank kredit tavakkalchiligining miqdori tasdiqlanmog’i kerak. Bu mikdor (zaxira) etarli bo’lmasa, ular uni tashkil etish manbalarini ko’rib chiqib, tijorat bankiga tegishli tavsiyalar beradi.

Kredit tavakkalchiligi kredit berish chog’ida bank bergan har bir qarz bo’yicha va har bir hisobot bo’yicha baholanadi.

Kredit deganda pul mablag’lari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) to’lab qaytarib berish sharti bilan malum muddatga qarz berish tushuniladi.

Qarzga mablag’ (kredit) beruvchi tomon kreditor (davlat, korxona, bank, xususiy shaxs va b.), ssuda (qarz) oluvchi tomon esa debitor (qarzdor) deyiladi. Kredit kelishuvi qarzdan foydalanish shartlari qayd etilgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Kreditlar muddati bo’yicha ikki xil bo’ladi:

  1. qisqa muddatli (1-yilgacha, ayrim hollarda 2-yilgacha);
  2. uzoq muddatli.

Qisqa muddatli kredit korxona va tashkilotlarning aylanma fondlarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Uzoq muddatli kredit esa moddiy ishlab chiqarish tarmoqlariga kapital mablag’lar ajratish manbai hisoblanadi. Amaliyotda kreditning quyidagi turlari mavjud (6-jadval).

6-jadval.

Kredit turlari

Kredit turlari Izox
1 2 3
1. Blank (rasmiy qog’oz) krediti • bu taminot manbai bo’lmagan kredit.
2. Davlat krediti • aholiga sotiladigan davlat zayomlari, obligasiyalari bilan amalga oshiriladi. Bunda davlat jismoniy yoki yuridik shaxslardan kredit oladi.
3. Istemol krediti • aholiga istemol tovarlari, xizmatlarni nasiyaga sotish, uy-joy xarajatlari uchun, lombardlardagi mulk garovi hisobiga, o’zaro yordam kassasi qarzlari va b. ko’rinishlarda beriladigan kredit.
4. Kafolatli kredit • banklar yoki xukumat organlari kafolati bilan berilgan kreditlar.
5. Moliya krediti • tijorat krediti shakli; eksportyorlarga ayrim kredit bitimlari bo’yicha importyorlarga sotib oladigan tovarlariga to’lashi uchun pul ko’rinishida bo’ladi.
6. Tovar krediti • tijorat krediti shakli; eksportyorlar importyorlarga etkazib berilgan tovarlar uchun to’lovlar muddatini cho’zib beradi.
7. Qoplama kredit • karzni uzishda pul (valyuta) o’rniga olingan qarz hisobiga ko’rilgan korxona mahsulotlari beriladi.
8. Xalkaro kredit • muddatli, qaytimli va foiz to’lash shartlari bilan bir mamlakatdagi kreditor tomonidan ikkinchi mamlakatdagi qarz oluvchiga pul yoki tovar shaklida beriladigan kredit, shuningdek, chet el obligasiyalari, chet el korxonalari aksiyalari va boshqa qimmatli qog’ozlariga foyda olish maksadlarida kapital qo’yish.
9. Taminlagan kredit • real qiymati qarzga teng yoki undan ortiq bo’lgan likvid garovi tarzidagi taminotga ega yoki bank yoxud hukumatning kafolatiga ega yo belgilangan tartibda sug’urtalab qo’yilgan kredit.
10. Etarli darajada taminlanmagan kredit • qisman taminotga ega (kiymati jihatdan qarzning kamida 60 foizi mikdorida), lekin uning real kiymati yoki realizasiyasi shubhali bo’lgan kredit.
11. Taminlanmagan kredit • taminotga ega bo’lmagan yoki taminotning real qiymati qarz miqdorining 60 foizidan kam bo’lgan kredit.
12. Andoza (standart) kredit • birinchi guruh tavakkalchiligi jumlasiga kiradigan qarzlar bo’yicha asosiy qarz, shu jumladan belgilangan tartibda muddati uzaytirilgan, lekin ko’pi bilan ikki marta uzaytirilgan, shuningdek, 30 kungacha muddati o’tkazib yuborilgan taminlangan qarzlar o’z vaktida va to’lik xajmda to’lanadi. Tijorat banklari standart karzlar uchun extimoldagi yo’qotishlarni nazarda tutib berilgan qarzlar miqdorining kamida 2 foizi mikdorida zaxira tashkil etishlari shart.
13. Nostandart kreditlar • ikkinchi gurux tavakkalchiligi jumlasiga 30 kungacha muddati o’tkazib yuborilgan etarli darajada taminlanmagan qarzlar, shuningdek, 30 kundan 60 kungacha muddati o’tkazib yuborilgan taminlangan tijorat banklari andoza qarzlar uchun ehtimoldagi yo’qotishlarni nazarda tutib, berilgan karzlar miqdorining kamida 5 foizi mikdorida zaxira tashkil etishlari shart.
14. «Shubhali kreditlar» • uchinchi tavakkalchilik guruxiga 30 kungacha muddati kechiktirib yuborilgan etarli darajada taminlanmagan qarzlar, 30 kundan 60 kungacha kechiktirib yuborilgan etarli darajada taminlanmagan qarzlar uchun ehtimoldagi yo’kotishlarni nazarda tutib, berilgan karzlar mikdorining kamida 30 foiz miqdorida zaxira tashkil etishlari shart.
15. «Xavfli kredit» • to’rtinchi tavakkalchilik guruxiga 30 kundan 60 kungacha kechiktirib yuborilgan taminlanmagan qarzlar, shuningdek, 60 kundan 180 kungacha muddati kechiktirib yuborilgan etarli darajada taminlanmagan qarzlar kiradi. Tijorat banklari standart qarzlar uchun extimoldagi yo’qotishlarni nazarda tugib, berilgan karzlar miqdorining kamida 75 foizi mikdorida zaxira tashkil etishlari shart.
16. «Umidsiz kredit» • beshinchn tavakkalchilik guruxiga 60 kundan 180 kungacha muddati o’tkazib yuborilgan taminlanmagan qarzlar va 180 kundan ortik muddati o’tkazib yuborilgan barcha karzlar kiradi. Tijorat banklari bunday karzlar uchun extimoldagi yo’kotishlarni nazarda tutib, berilgan karzlar miqdorining kamida 100 foizi miqdorida zaxira tashkil etishlari shart.

Kreditni kredit tavakkalchiligining u yoki bu guruhiga kiritish tartibi qarz oluvchining:

  • doimiy daromadi borligini;
  • yoshini;
  • salomatligini;
  • ilgari olgan majburiyatlarini qanday bajarganligini;
  • garov (kafolat)ning mavjudligini hisobga olgan holda belgilanadi.

Nazorat organlari tomonidan tijorat banklarida buxgalteriya hisobining quyidagi jihatlari tekshiriladi:

  1. noreal (ishonarli bo’lmagan) aktivlar va passivlarni aniqlash, bank balansining realligi va ishonchliligini tasdiqlash;
  2. buxgalteriya hisobi holatini, uning tashkil etilishini tijorat banklarining amaldagi meyoriy nizomlariga muvofiqligini tek•shirish;
  3. iqtisodiy normativlar hisobining to’g’ri chiqarganligini tekshirish;
  4. xo’jalik-moliyaviy faoliyatni tahlil qilish va maslahat berish. Shunga muvofiq bank menejmentining sifati, aktivlar va passivlarni boshqarish sifati tekshiriladi.

Bank nazorati organlari uzoq muddat kechiktirib yuborilgan qarzlarni va ular yuzasidan yozilgan foizlarni bankning noreal aktivlar va passivlari deb hisoblab, ularni balans hisobidan chiqarish haqidagi talablarni asosli ravishda qo’yishlari kerak.

Tekshiruvchilar, odatda, tijorat banki xodimlariga maslahatlar beradi va ularga bank balanslarini qarz operasiyalari hamda foiz daromadlarini hisobga olish jihatdan ishonarli va real qiladigan ichki yo’riqnomalarni tuzishda yordam beradi.

Daromadlarni shakllantirish va chiqimlarni xarajatga o’tkazishni amalga oshirganda tijorat banklari malum meyoriy va yo’riqnoma hujjatlarga asoslanadi. Daromadlarni shakllantirish va amalga oshirish bo’yicha operasiyalar bankning ichki operasiyalari jumlasiga kiradi va bu operasiyalar to’g’ri amalga oshirilganligini tasdiqlaydigan hujjatlar alohida yig’ma jildlarda saqlanadi.

Foiz stavkasi tijorat bitimining maqsadi bo’lib, mijoz bilan bank o’rtasida tuziladigan kredit shartnomasida qayd etiladi. Foiz stavkalarining miqdori, ularni yozish tartibi, davri, ko’shish muddatlari hamda undirib olish tartibi taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi.

Shuni takidlash kerakki, agar tijorat banki daromadining 90 foizini o’z buxgalteriyasining farmoyishi asosida shakllantiradigan bo’lsa, u korporativ odob qoidalarini buzgan va bunday harakatlar noqonuniy deb hisoblanadi.

Bank nazorati organlari hisobotda to’g’ri aks ettirilishini va tasdiqlanishini tekshirish yuzasidan olib boradigan asosiy ishi quyidagi daromadlarning hamma summasini bank foydasiga to’g’ri o’tkazilganligini tekshirishdan iborat:

  • aksiyalar;
  • obligasiyalar;
  • bankka qarashli boshqa qimmatli qog’ozlar bo’yicha olingan dividendlar va foizlar;
  • boshqa banklar, korxonalar va tashkilotlar faoliyatida ulush qo’shib qatnashishdan olingan daromadlar.

Markaziy bankning uslubiy materiallarida ko’rsatilgan xara-. jatlar va chiqimlar tijorat banklari faoliyatlarining bevosita moliyaviy natijalari jumlasiga kiradi. Bank nazorati organlari faoliyatining eng muhim yo’nalishi bank oladigan foyda hisobidan qoplanishi kerak bo’lgan xarajatlarning bank xizmatlari tannarxiga kiritilgan xarajatlarga o’tkazish hollarining oldini olishdan iboratdir.

Tijorat bankini soliqqa tortish holatini tekshirish oldida quyidagi vazifalar turadi:

  • banklar olgan daromadlarningto’g’riligini tasdiqlash;
  • bank xizmatlari tannarxiga kiritiladigan hamda soliqda soliq tortiladigan bazadan chiqarib tashlanadigan xarajatlarning to’g’riligini tasdiqlash;
  • soliqqa tortguniga qadar foyda summasining, moliyaviy natijalarga kiritiladigan daromadlar va xarajatlarning to’g’ri hisoblab chiqarilganligini tasdiqlash;
  • soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’lab bo’linganidan keyin bank tomonidan foyda hisobidan qilingan xarajatlarning to’g’riligini tasdiqlash;
  • soliqlarni hisoblash va byudjetga to’lash muddatlarining to’griligini tekshirish.

Яна маълумот

909

Bank foizi va undan foydalanish mexanizmi

Suda foizi vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun to’lanadigan o’ziga xos to’lovdir. Uning to’lovchisi ham, …