Home / Iqtisodiyot / Bank risklari va ularning turlari (namud- namuna)

Bank risklari va ularning turlari (namud- namuna)

Inson o’z hayot faoliyatining turli nukgalarida beixtiyor tavakkal qilish hollariga duch keladi. Tavakkalchilik tushunchasi fanning turli sohalarida malum bir manoni aks ettiradi. Rus tili lugatida tavakkalchilik so’zi «risk» deb atalib, qadimiy grek so’zidan olingan. U kemalarni halokatga olib boruvchi va odamlarning o’limiga, mol-mulklarning cho’kib ketishiga sababchi qoyani bildirib, «qoyalar orasidan shamol va boshqa to’siqlarga chaa berib suzib o’tmoq» manosini anglatadi.

Bugungi kunda bu so’z «xavf ostida qolmoq» degan yangi manoda qo’llanilyapti. Mazkur tushuncha Rossiyada XIX asrning boshlarida tarqalgan. O’zbekistonda xam sobiq Ittifoq davrida qo’llanilib kelingan va «tavakkalchilik» so’zi manosi bilan bir qatorda «xavf ostida qolmoq» manosini ham bildiradi.

risShu o’rinda turli lingvist (tilshunos) olimlar bu so’zning ma-nosini izohlashda deyarli bir xil fikr bildirsalar-da, biroq ularning qarashlarida ayrim tafovutlar borligini aytib o’tish joiz. Xususan, V.Dal «risk» so’zini tavakkal qilmoq, xavfli ish qilmoq, «riskovat» tushunchasini esatavakkal qilish, biror ishni to’g’ri mo’ljallab ko’rmay qilish, dadillik, qatiyat bilan ish tutmoq, malum xatarga o’zini urmoq deb izohlaydi.

S.Ojegov «risk» so’zini sodir etilishi mumkin bo’lgan tahlika yoki muvaffakiyatli natija umidida tavakkalchilik qilish, tavakkal qilmoq, xavfli ishga qo’l urmoq, «riskovat» so’zini esa xavf-xatardan qo’rqmay ish qilmoq kabi tasavvur qiladi.

S.Ushakov «risk» so’zini biror zarar etkazish xavfi bo’lgan tahlika yoki har qanday zarar etkazish ehtimolini tushunadi. «Bank risklari va ularni kreditlash»1 mavzusida doktorlik ishini himoya qilgan va monografiya chop etgan prof. Sh.Abdullaeva ham «risk» so’zini tahlika, tahdid, tavakkal qilmoq, xavfli ish kilmoq deb, «riskovat» atamasini esa xavf ostida qoldirishga jurat etmoq deb talqin qiladi.

Bu tariflardan ko’rinib turibdiki, risk doimo noaniqlik bilan bogliq. Noaniqlik esa, o’z navbatida, oldindan ko’ra bilish qiyin yoki mumkin bo’lmagan voqealar bilan bogliq bo’ladi. Bu voqealar ham ijobiy, ham salbiy natijalarga olib kelishiga sabab bo’lishi mumkin.

Risk insoniyat faoliyatining barcha bosqichlarida mavjud bo’lgan tarixiy va iqtisodiy kategoriyadir. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi riskning iqtisodiy kategoriya sifatida yuzaga kelishiga va subektlar faoliyatida mustahkam o’rnashib olishga zamin yaratadi. Shu sababli risk hayotimizning har bir qadamida uchraydi desak xato bo’lmaydi. U xohlagan ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish sohasi bilan yonma-yon turadi.

Masalan, bank faoliyatida risk bank foydasining ko’payishi yoki kamayishiga, bank resurs bazasining ko’payishi yoki kamayishiga, berilgan kreditlar bo’yicha to’lanmagan qarzlarning ko’payishi yoki kamayishiga, foizlarning to’lanmasligi va boshqalarda o’z aksini topishi mumkin.

Demak, riskka borish uch xil natijaga olib kelishi mumkin: ijobiy (foyda ko’rish), salbiy (zarar ko’rish) yoki o’zgarishsiz natija.

Har qanday iktisodiy faoliyat foyda olishga qaratilganidek tijorat banklari faoliyatida ham ko’zlangan maqsad birinchi navbatda foyda olishdir. Bu erda ham foyda olish risk bilan bog’liq bo’ladi. Shu sababli tijorat banklari oldida turgan vazifa bu risk va foydalilik o’rtasidagi optimal darajaga erishishdir. Yani riskka hech bo’lmasa six ham, kabob ham kuymaslikka ishonch hosil qilgandagina borish kerak. Bunga erishish uchun riskning turlari, ularning kelib chiqish sabablarini bilmoq juda katta ahamiyatga ega (51 -jadval). _

51-jadval.

Bank risklari va ularning turlari

Turlannsh belgilarn Rnsk turlari
1 2 3
1. Vujulga kelish soxasi bo’yicha 1.     Ichki risklar:

•       tijorat banklari turi bo’yicha

•       mijozlar tarkibi bo’yicha

•       bank onerasiyalari turi bo’yicha

•       balansdan tashkari operasiyalar bo’yicha

•       moliyaviy xizmatlarni amalga oshirish bilan boglik operasiyalar bo’yicha

2.     Tashki risklar:

•       sibsiy

•       ijtimoiy

•       tabiiy

2. Qamrab olish darajasi bo’yicha •       makro darajadagi risklar

•       mego darajadagi risklar

•       mezo darajadagi risklar

•       mikro darajadagi risklar

3. Tasir qilish vakti bo’yicha •       retrospektiv risklar

•       joriy risklar

•       istiqbolli risklar

4. Passiv operasiyalar bo’yicha •       diversifikasiya riski

•       inflyasiya riski

•       jamg’armalar riski

•       depozitlar riski

•       foiz stavkalarining o’zgarishi riski

5. Aktiv operasiyalar bo’yicha •       kredit riski

•       xisob-kitob risklari

•       kassa riski

•       bozor riski

•       valyuta riski

•       lizing operasiyalari riski

•       faktoringriski

•       investisiya riski

•       bank portfeli riski

•       kliring riski

•       barter riski

6. Balansdan tashkari operapiyalar bo’yicha •       bankrozlik riski

•       balanslashmagan likvidlnk riski

•       foiz riski

•       foyda ololmaslik riski

•       suiistemol riski yoki ikgisodiy bilim va tashkilotchilik darajasi riski

7. Moliyaviy xizmatlarni amalga oshirish bo’yicha •       operasion va texnologik risklar

•       innovasiya riski

•       ‘ bank xavfsizligi riski va boshkalar

«Bankovskiy menedjment» darsligi muallifi P.S. Rouz2 risklarga kengroq tushuncha berib, u bank risklarini quyidagi oltita asosiy turga ajratadi:

  • kredit riski;
  • foyda olmaslik riski;
  • likvidlik riski;
  • foiz riski; .
  • to’lay olmaslik riski;
  • bozor (raqobat, talab va taklif, inflyasiya va h.k.) riski.

Bank uchun ikkinchi darajada bo’lgan risklar tarkibiga P.Rouz siyosiy, suiistemol va valyuta risklarini kiritadi.

Shunday qilib, bank faoliyati turli tuman risklarga bog’liq bo’lib, ular «Bank tomonidan berilgan kredit o’z vaqtida qaytib keladimi?, «Keyingi oyda depozitlar salmog’i oshadimi?, «Bank aksiyasining bahosi va bank foydasi oshadimi?. «Keyingi oyda (kvartalda) foiz stavkalari qanday bo’ladi, ular bank foydasiga qanday tasir ko’rsatadi?» kabi ehtimollik, tavakkalchilik bilan bog’liq holda faoliyat olib boradilar. Shu holatlarning tahliliga asoslangan holda bank mablag’larni investisiya qiladi, ijobiy natijag’a erishishni maqsad qilib qo’yadi.

Kelib chiqish sabablariga ko’ra risklar ikkiga bo’linadi:

  • sof (obektiv) risklar;
  • suniy (subektiv) risklar.

Sof risklar ko’pincha obektiv xarakterga eg’a bo’ladi va salbiy («-» yoki «0») natijaga erishish ehtimolini bildiradi. Bu risklarga tabiiy, ekologik, transport va tijorat riskining bir qismi kiradi.

Suniy risklar subektiv xarakterga ega bo’lib, nafaqat salbiy, shu bilan birgalikda ijobiy natijaga erishish ehtimolini bildiradi. Bu risklarning yuzaga kelishiga quyidagilar sabab bo’ladi:

  • bozor konyunkturasini yaxshi o’rganmaslik;
  • resurslarni jalb qilish va ularni joylashtirish sohasidagi malumotlarning etarli emasligi;
  • kreditlanadigan loyiha, obekt va mijozlar to’g’risidagi malumotlarning to’liq emasligi;
  • tarmoqlar faoliyati xususiyatining inobatga olinmasligi;
  • bankirlar yoki mijozlarning ongi, saviyasi mablag’lardan foydalanish bo’yicha bilim va maqsadlarning xilma-xilligi va boshqalar.

Bu sabablar risklarni iqtisodiy kategoriya sifatida subektiv tomonlarni o’zida ifoda etadi.

Bank faoliyati ikki asosiy risk turi tizimli va tizimsiz risklarga duch kelishi mumkin. Har ikkala usul ham o’zining’ tahlil qilinish va risk oldini olish usullariga ega.

Tizimli risklar umumiy iqtisodiy sharoitlar va makroiqtisodiy siyosat xossalaridan kelib chiqadi. Bank tizimining turg’un rivojlanishi umuman iqtisodiyotning qanday holatda ekanligiga bog’liq. Shuning uchun makroiqtisodiy, avvalambor, monetar siyosat va bank risklarini samarali boshqarish tizimli risklarni kamaytirish va oldini olish imkonini beradi.

Tizimsiz yoki nomuntazam risklar bank tizimida umumiy ahvol barqaror saqlangan holda ayrim olingan bankning moliyaviy ahvoli yomonlashish ehtimolligiga bog’liq bo’ladi. Bu risklar, o’z navbatida, bank operasiyalari va tadbirkorlik risklarini o’z ichiga oladi.

Bank operasiyalari bilan bog’liq risklar ikki guruh to’lovga noqobillik va likvidlik risklariga bo’linadi. Birinchi guruhga: kredit riski, foiz riski, bozor riski, valyuta riski, investisiya risklari kiradi.

Boshqarish usuli va imkoniyatiga qarab risklar ochiq va yopiq ko’rinishda bo’ladi. Ochiq risklarni tartibga solib bo’lmaydi. Yopiq risklarni esa boshqarish mumkin. Ular diversifikasiya siyosatini o’tkazish yo’li bilan tartibga solinadi.

Yani bunda:

  • bank operasiyalari umumiy hajmini saqlash maqsadida bir necha mijozlarga berilgan kreditlarni kichik summalarda keng miqyosda taqsimlash;
  • yirik kreditlarni konsorsional asosdaberish;
  • depozit sertifikatlarini joriy qilish;
  • qayta hisobga olish operasiyalarini kengaytirish;
  • kredit va depozitlarni sugurtalash kabi amallar amalga oshiriladi.

Banklarda ko’pincha mijoz tanlashda yanglishish natijasida balanslashmagan likvidlik riski yuzaga keladi. Bunday risklar odatda iqtisodi beqaror bo’lgan korxonalarni kreditlashga ustunlik berilgan hollarda yuzaga keladi.

Balanslashmagan likvidlik riski bank boshqaruvi va xodimlar malakasining sayozligi, bank faoliyati nazoratining sust tashkil qilinishi, risklarni tartibga solishda qo’llaniladigan usullarning takomillashmaganligi, ayrim olingan bank operasiyalari yoki ularning guruhlari bo’yicha risklar koeffisienti shkalalarini o’rnatishda yo’l qo’yilgan kamchiliklar natijasida yuzaga keladi.

Bank faoliyati va uning natijalariga tasir etish omillariga qarab bank risklarini bir necha toifalarga bo’lish mumkin. Umumlashtirgan xolda ularni:

  • past darajadagi risklar;
  • o’rtacha darajadagi risklar;
  • yuqori darajadagi risklarga bo’lish mumkin.

Risk darajalari bank faoliyatiga salbiy tasir ko’rsatuvchi va yo’qotishlarga sabab bo’luvchi jarayonlarning ehtimolligiga bog’liq bo’ladi. Ular koeffisientlar yoki foizlarda ifodalanishi mumkin.

Chet el tijorat banklari risklarni besh toifaga ajratadi. Bular:

  • A toifa past darajadagi risk;
  • B toifa o’rtacha darajadagi (oddiy) risk;
  • V toifa o’rtachadan yuqori (oshgan) risk;
  • G toifa yuqori darajadagi risk;
  • D toifa nomaqbul risk.

Mamlakatimiz bank tizimida risk toifalarining darajalanishi bank aktivlari bo’yicha risk darajalarini hisobga olgan holda guruhlanadi. hisoblash usuliga ko’ra risklar umumiy yoki yakka ko’rinishda hisoblanishi mumkin. Umumiy risk bank riskining umumiy hajmi, uning umumiy daromadi va likvidligi meyorlariga asoslanib baholanadi yoki taxmin qilinadi.

Yakka ko’rinishdagi risk bankning ayrim operasiyalari yoki ularning guruhlari bo’yicha risk koeffisientlari shkalasi asosida baholanadi.

Tasir vaqtiga ko’ra risklarni retrospektiv, joriy yoki istiqboldagi risklarga ajratish mumkin. Retrospektiv risklar bank faoliyatining o’tgan davrdagi turli risklarga bogliqligini ifodalaydi va joriy hamda istiqboldagi risklarni baholashga yordam beradi.

Ichki risklar bevosita bank faoliyati natijasida vujudga keladi. Bu risklar bank faoliyatiga sezilarli tasir qiluvchi risklar bo’lib, ular bankning o’z faoliyati, uning mijoz (qarzdor)lari yoki uning muayyan kontragentlari bilan bo’lgan faoliyatlariga bog’liq bo’ladi. Bank rahbarlari, ularning tadbirkorliligi, marketing strategiyasining optimalligi, taktikaning to’g’ri taminlanganligi kabi omillar ichki risk darajasiga tasir qiluvchi omillardir.

Ichki risklar:

  • bank operasiyalarining xususiyati;
  • bank mijozlarining tarkibi;
  • tijorat banklarining turlari bo’yicha guruhlarga bo’linadi.

Tashqi risklar makromuhit darajasida yuzaga keladi. Ular bank faoliyati bilan bevosita bogliq bo’lmaydi. Tashqi risklarga juda ko’p omillar tasir ko’rsatadi. Ular tarkibida siyosiy, iktisodiy, ijtimoiy va tabiiy risklarni alohida ajratish lozim. Siyosiy risklar mamlakatdagi siyosiy vaziyat va davlatning faoliyati bilan bog’liq bo’ladi. Iqtisodiy risklar mamlakatdagi umumiy iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqadi.

Tashqi risklar urushlar, milliylashtirish, chetga to’lovlarni taqiqlash, qarzlarni konsolidasiyalash, embargo joriy qilish, importga lisenziyani bekor qilish, tabiiy ofatlar natijasida yuzaga keladigan yo’qotishlarni o’ziga jamlaydi. Bu risklarni o’ziga xos xususiyati shundaki, ular bank daromadiga, operasiyalar samaradorligiga va umuman, bank kelajagiga katta zarar etkazadi.

  • . Bank operasiyalari xususiyatiga ko’ra risklar quyidagi turlarga bo’linadi:
  • balans operasiyalari riski;
  • balansdan tashqari operasiyalar riski;
  • moliyaviy xizmatlarni amalga oshirish bilan bog’lik risklar.

Balans operasiyalari riski o’z navbatida:

  • bankning aktiv operasiyalari riski;
  • bankning passiv operasiyalari riski;
  • aktiv va passivlarni boshqarish sifati bilan bog’lik risklarga bo’linadi.

Balansdan tashqari operasiyalar risklari, avvalo, mijozlarning majburiyatlari yuzasidan berilgan kafolatlar bo’yicha to’lov majburiyati yuzaga kelishi ehtimoli bilan bog’liq.

  • . Bankning aktiv operasiyalari risklari quyidagi turlarga bo’linadi (52-jadval)

52-jadval.

Bankning aktiv operasiyalari risklari

Aktiv operasiyalar risklari Izox
1. Kredit riski • bu risk mijoz tomonidan asosiy karz summasini va kredit bo’yicha foizlarni to’lay olmaslik extimoli bo’lganda yuzaga keladi. Yani bu risk qarz oluvchi o’z qarzini kaytarmasligi oqibatida zarar ko’rilishi bilan bog’liq bo’lgan riskdir. Buning manbai faqat kreditlar emas, balki qimmatli qogozlar, jumladan veksellar, akseptlar xamda kafolat va kafilliklar singari balansdan zashqari vositalar xam bo’lishi mumkin. Bank mablag’i etarliligi uning aktivlariga tegishli sarmoya ulushi bilan taminlanganligini anglatadi.                                    
2. Xisob-kitob risklari • bu risklar bankning kelishilgan shartnoma bo’yicha mijozning talabiga binoan hisob-kitoblarni o’z vaktida o’tkaza olmasligi sharoitida yuzaga keladi.
3. Kassa risklari • bu risklar bank kassasi orkali o’tuvchi naqd pullarni saklanishi bilan bog’liq xavfli qolatlar natijasida yuzaga chiqadi.
4. Bozor riski • bu risklar nisbiy bozor narxlari darajasining keskin o’zgarishi natijasida bank aktivlari hakiqiy qiymatining pasayishini anglatadi. Bu bozor narxlari nomaqbul o’zgarishi okibatida extimoliy zarar ko’rilishi tufayli ro’y beradi. Pulning kadrsizlanishi yuzaga keladi. Natijada, sotiladigan mahsulotlar va ko’rsatiladigan xizmatlar xaki oshib ketadi. Bankning esa daromadliligi pasayib, bank aksnonerlariga to’lanadigan to’lovlar kiymati o’z kuchini yo’qotadi. Bank zarar ko’radi, bunday zararlarni xisobga olish maksadida aktivlarga qo’yilmalarni buxgalteriya hisobiga olish qoidalariga o’zgarishlar kiritilgan.Ularga muvofiq banklar ikki qiymat-xarid qilish va bozor narxlarining eng past xisobini yuritishadi. Bozor narxi xarid kiymatidan past bo’lsa, banklar aktivlarining pasayish summasiga kamaymasligi uchun zaxiralar yaratishga majbur. Zaxiralar extimoliy zararlar sifatida ko’riladigan bank xarajatlari hisobiga yaratiladi.
5. Valyuta riski • bu risk valyuta almashtirish xursining o’zgarishi natijasida chst el valyutasida olib boriladigan operasiyalar bo’yicha yo’kotishlar yoki yukori foyda olish ehtimolini ifodalaydi. Bu risk valyuta kursining bazi qarz oluvchilar moliya xolatini yomonlashtiradigan tomonga o’zgarishi natijasida ko’riladigan zararlardir. Bu yomon kreditlar miqdorini ko’paytiradi. Banklarga bunday tasirni kamaytirish boshqarish usullari samaradorligiga bogliq. Ular valyuta riskining bevosita va bilvosita tasirini cheklashi kerak. Ayirboshlash kursining nobar-karorligi va uning yukori darajada anik emasligi bank operasiyalariga salbiy tasir ko’rsatadi. Masalan, 1995 yilda Meksikadagi moliya tangligi bilan bog’liq gumonsirash ko’plab Lotin Amerikasi mamlakatlarida moliya muammolariga sabab bo’ldi va Meksikadan ancha uzoqdagi bozorlarda ham keskinlik tugdirdi. Devalvasiya ehtimoli moliyalarning xorijiy valyuta bozoriga oqib ketishiga olib keladi, banklar moliya vositachiligi darajasini pasaytiradi, pul-kredit siyosatini amalga oshirishni qiyinlashtiradi. Masalan. Boliviya dollarlashtirish 90 foizgacha etganida monetar siyosat vositalarini qo’llash samaradoraligini keskin cheklab qo’yadi. Moliya vositachiligida dollarlashtirishni kengaytirish valyuta riskini ka-
maytiradi, albatta. Chunki milliy valyutaning qadrsizlanishi qarz oluvchilarga xorijiy valyutadagi majburiyatlarini kaytarish qobiliyatini cheklaydi. Ko’plab ayirboshlash kurslari siyosati xorijiy invesgorlarda norozilik tutdiradi. Bu sarmoya oqib kelishini kamaytirib. uning mamlakatdan tashqariga chiqib ketishiga turtki bo’lishi mumkin.
6. Investisiya riski • bu risk qimmatli qog’oz emitentining moliyaviy xolati yomonlashishi oqibatida investisiyalar portfelining kamayishi yoki qo’yilgan mablaglarni yo’qotish riskini ifodalaydi. Bu risklar bank sotib olgan qimmatli kogozlar bo’yicha oladigan daromadlarining tushib ketishi yoki uni oshirish bilan bogliq risklar xisoblanadi. Rsspublikada faol amalga oshirilayotgan davlat tasarrufidan chikarish va xususiylashtirish jarayonida investisiya operasiyalari ayniksa keng tarqaldi. Ular banklar aktivlarini diversifikasiyalash va ularga qo’shimcha foyda olish imkonini beradi, butun ikgisodistni «oziklantiradi».
7. Lizing opsrasiyalari bo’yicha risk • bu risk ijarachining bankdan olgan mulkidan samarali foydalana olmasligi, shuningdek, shartnomada ko’rsatilgan to’lovni o’z vaktida amalga oshira olmasligi natijasida yuzaga keladi.
8. Faktoring operasiyalari bo’yicha risk • bu risk bankning uchinchi shaxsdan sotib olgan qarzdorning majburiyatlari bo’yicha to’lovni o’z vaktida amalga oshira olmaslik natijasida yuzaga keladi.
9. Bank portfeli riski • bu risklar kimmatli qogozlarning ayrim turlari xamda ssudalarning barcha kategoriyalari bo’yicha zarar ko’rish extimolligi bilan bog’liq xolda yuzaga keladi.

Malumki, banklar passiv operasiyalar yordamida o’zining aktiv operasiyalarini amalga oshirish uchun zarur resurslarni jalb kiladi. Bunda ustav kapitalini oshirish (tashkil etish) maqsadida banklar foydadan chegirmalar, boshqa yuridik shaxslardan kreditlar jalb qilish, depozit kabi passiv operasiyalarni bajaradilar. Shu jarayonda, yani aktiv operasiyalarni resurslar bilan taminlashdek murakkab jarayonda passiv operasiyalar risklari yuzaga keladi.

Aktivlar va passivlarni boshqarish sifati bilan bog’liq risklarga quyidagi risklar kiradi (53-jadval).

Aktivlar va passivlarni boshqarish sifati bilan bog’liq risklar

Risk Turlari Izox
1 2 3
1. Bankrotlik riski • bu risk o’z kapitali va resurslarini yo’kotish oqibatida o’z majburiyatlari bo’yicha to’lovga laskatsiz bo’lish va faoliyatni to’xtatish natijasida vujudga keladigan riskdir.
2. Balanslashmagan likvidlik riski • bu risk bankning resurs sifatida jalb kilgan mablag’lari bilan kreditga bergan mablaglari summasi, muddati, foiz stavkasining darajasi bo’yicha mos kelmasligi tufayli yuzaga keladi.
3. Foiz riski • bu risk bankning krsditga bergan mablaglari bo’yicha oladigan foiz stavkasiga nisbatan jalb qilgan resurslari bo’yicha yukori stavkalar bilan to’lashga majbur bo’lgan xolda yuzaga keladi.
4. Foyda ololmaslik riski • bu risk bankning o’z resurslarini yo’qotishi, ulardan samarali foydalana olmasligi natijasida yuzaga keladi.
5. Suiistemol riski • bu risk bank boshkaruvchilari, xodimlari yoki mijozlari o’z vazifalarini suiistemol qilib, shaxsiy *“chfaatlari yo’lida amaldagi qonunchilikka, bank faoliyatn.,-. tartsbga solib turuvchi meyoriy xujjatlar talablariga _ ,q ravIShda faoliyat ko’rsatishlari natijasidabank kap‘-“o’qotishlarga uChrashi xatto, inkirozga uchrashi mumkin. i,qning INQIrOzga uchrashi tufayli esa uning omonatchilar, mijozlari, aksionerlarning moliyaviy axvoli ymonlsdishi, buning natijasida mamlakat iqgisodiyotiga kattazarar egishi mumkin
6. Likvidlik riski • bu risk bankning o’z 1<yajburiyatlari bo’yicha o’z vaktida pul to’lashga qobil emas……………………. ……………………………….. bo’lib

buning oqibatida majburiyatlar osh1           vaM                   mud.

datlarda makbul narxlarda akgivlarni sotish,,            Mag_

lag’ olish imkoni bo’lmaganligi sababli zarar ko’rilk.

54-jadvalda keltirilganidek, moliyaviy xizmatlarni amalga oshirish bilan bog’liq risklarga quyidagi risk turlari Kiradi (54-jadval).

54-jadval.

Moliyaviy xizmatlarni amalga oshirish bilan bog’liq risklar.

Risk turlari Izox
1 2 3
1. Operasion va texnologik risklar • bu risklar bank texnika-texnologiyasida uchrab turadigan axborot tizimidagi uzilishlar, kompyuter tizimidagi yo’qotishlar, xujjatlarning yo’qotilishi, bank xodimlari faoliyatida yo’l ko’yilgan xatolar tufayli vujudga keladi.
2. Innovasiya riski • bu risk malum bir sabablar tufayli bankning innovasiyaga yo’llagan mablag’lari mo’ljallangan samara bermasa yoki yo’qotilgan hollarda yuzaga keladi.
3. Bank xavfsizligi riski

• bu risk bank binosi, undagi mavjud axborot gamlamasi, kompyuter tarmoklarining xavfsizligi bilan bogliq omillar tasirida yuzaga keladi.

 

Яна маълумот

909

Bank foizi va undan foydalanish mexanizmi

Suda foizi vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun to’lanadigan o’ziga xos to’lovdir. Uning to’lovchisi ham, …