Home / Iqtisodiyot / Shartnoma to’g’risida tushuncha va uning turlari

Shartnoma to’g’risida tushuncha va uning turlari

Qadimda odamlar o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni berilgan so’zga ishonch, lafz, halollik singari insoniy fazilatlar tartibga solib turgan. Zamonlar o’zgarishi, taraqqiyot tezlashuvi bilan mazkur munosabatlar ham takomillashib bordi. Fan va texnika asriga kelib, axborot almashuvining mislsiz suratda oshishi o’zaro aloqalarning yangi bosqichiga yo’l ochdi.

Ahdlashuvlarni o’zaro tenglik va adolat meyorlariga asoslangan yangi turi shartnomalar vujudga keldi va mantiqiy ravishda jamiyat taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchiga aylandi.

contract-4085336_1920

Bugungi kunda shartnoma mahsulot oluvchi bilan uni etkazib beruvchi o’rtasidagi ahdlashuv bo’lib, unda bir tomon mahsulotni o’z vaqtida etkazib berish, ikkinchi tomon esa o’z vaqtida pulini to’lash majburiyatini oladi. Mazkur hujjatda tomonlarning huquq va majburiyatlari yozma ravishda rasmiylashtiriladi. Eng muhimi, unda talab va taklif mutanosibligi, yani o’zaro manfaatlar o’z aksini topadi. Yanada soddaroq qilib aytganda:

Shartnoma bu tomonlar o’rtasida o’rnatilgan yoki to’xtatilgan (bekor qilingan) huquq va majburiyatlar to’grisidagi kelishuv, yo bitim. Tomonlar barcha muhim bandlar bo’yicha kelishgan holdagina (qonun talab etgan tarzda) shartnoma qabul qilingan hisoblanadi. Xalqimizda: «Sochganda so’zlashmasang, xirmonda bo’zlashasan» degan maqol bor.

Dehqonlar hayotidan olingan ushbu hikmatning to’g’ri manosi shuki, biror kishi bilan sheriklashib dehqonchilik qiladigan bo’lsang, u bilan ekin ekilayotganidayoq kelishib ol, agar boshida shartlashmasang, hosil pishib, xirmon ko’tarilgach, uni bo’lib olishda sheriging bilan gaping bir joydan chiqmay qolishi mumkin.

Maqolning majoziy manosiga kelsak, har bir ishni, birov bilan biror narsa xususida kelishuv, bitishuv asosida puxta qilmoq kerak ekanligi anglashiladi.

Bu esa har qanday shartnomaviy hujjatning birlamchi shartidir. Shartnomaviylik esa jahon iqtisodiy taraqqiyotida sinovdan o’tgan, erkin bozor munosabatlari yo’lini tanlagan mamlakatlarda rivojlanishning muxim omili, sharti va garovidir. Qolaversa, u istemol bozorini to’ldirish, aholi farovonligi va dasturxon to’kinligi kafolati. Shartnomaviylik o’zining erkinligi va mustaqil belgilanishi bilan demokratik tamoyillarga mosdir.

Shunday qilib, shartnoma xo’jalik yurituvchi subekt deb ataluvchi ikki yoki bir nechta jismoniy va yuridik shaxsning, barcha mulk shaklidagi korxona, tadbirkor, tayyorlovchi va xizmat ko’rsatuvchi, fermer va dehqon xo’jaliklari, pudratchi va xususiy tadbirkor, xullas barchaning o’zaro iqtisodiy munosabatlarini o’rnatuvchi hujjat hisoblanadi. U taraflar o’rtasida majburiyatlar kelib chiqishiga asos bo’ladi, unga kirishuvchi subektlarning iqtisodiy faoliyatini rejalashtirishga xizmat qilib, inqirozga yuz tutishdan asraydi, ishlab chiqarilgan mahsulotning sifati va istemolchiga etkazilishi taminlanishini kafolatlaydi. Tabiiyki, bu ish umumiqtisodiyotimizga muhim, samarali tasir ko’rsatadi.

. Bugungi kunda Konstitusiya, Fuqarolik kodeksi, xo’jalik ishlarini yuritish qonunlari majmuasi, mulkchilik, tadbirkorlik, korxona to’g’risidagi qonunlar, boshqa meyoriy hujjatlar shartnoma munosabatlarini tartibga solib turuvchi huquqiy manbalar hisoblanadi. Bular qatoriga O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi «Xo’jalik yurituvchi subektlar faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi to’g’risidalgi Qonun xam Kiradi. Ushbu qonunning 10-moddasida shartnomada quyidagi bandlarning bo’lishi shartligi takidlanadi:

  • shartnoma predmeti;
  • etkazib beriladigan tovarning (ishning, xizmatning) miqdori, sifati, assortimenti va bahosi;
  • shartnomaning bajarilish muddaglari,
  • hisob-kitob qilish tartibi;
  • taraflarning majburiyatlari;
  • shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda taraflarning javobgarligi;
  • nizolarni hal etish tartibi;
  • shartnoma tuzilgan sana va joy.

Bulardan tashqari, bunday turdagi shartnomalar uchun qonun hujjatlarida belgilangan yoki taraflardan birining arizasiga ko’ra o’zaro kelishuviga erishish zarur bo’lgan boshqa muhim shartlar belgilanishi lozim.

Ushbu shartlarning xo’jalik shartnomalariga to’liq kiritilmasligi shartnomalarni ijro etish jarayonida salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Xo’jalik yuritish sohasidagi shartnoma munosabatlarining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

  • xo’jalik shartnomalari tuzishning erkinligi;
  • taraflarning o’zaro manfaatdorligi;
  • shartnoma intizomiga rioya qilish;
  • taraflarning o’zaro mulkiy javobgarligi.

Shartnoma taraflardan birining oferta (shartnoma tuzish haqida taklif) yo’llashi va ikkinchi taraf uni akseptlashi (taklifni qabul qilish) orqali tuziladi. Yani, shartnoma tomonlarning o’zaro kelishuvlari asosida tuziladi. Taraflar o’zaro tenglik tamoyiliga bo’ysunadilar. Shuning uchun shartnomani tuzishda fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat erkin harakat qilib fuqarolik huquqiy munosabatlarining ishtirokchilari bo’ladilar.

Shartnomani bajarishda har ikkala taraf o’zaro javobgar hisoblanadilar. Taraflardan biri shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, bu taraf:

  • boshqa tarafga etkazilgan zararni to’laydi;
  • etkazib beruvchi (pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) kechiktirilgan har bir kun uchun 0,1 foiz miqdorida penya to’laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki ko’rsatilmagan xizmat bahosining 50 foizidan oshib ketmaydi.

Penyani to’lash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni tovarlarni etkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, to’liq etkazib bermaslik yoki xizmatlarni ko’rsatmaslik oqibatida etkazilgan zararni koplashdan ozod etmaydi.

To’lov talabnomasi akseptini asossiz ravishda butunlay yoki qisman rad etganlik, shuningdek, hisob-kitobning boshqa shakllarida tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini to’lashdan bosh tortganlik (bank muassasasiga to’lov shartnomasini taqdim etmaganlik va hokazo) uchun sotib oluvchi (buyurtmachi) mahsulot etkazib beruvchiga o’zi to’lashni rad etgan yoki bosh tortgan summaning 15 foizi mikdorida jarima to’laydi.

Etkazib berilgan tovarlar haqini o’z vaqtida to’lanmaganlik uchun sotib oluvchi (buyurtmachi) etkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to’lov summasining 0,4 foizi mikdorida penya to’laydi (qarang: «Xo’jalik yurituvchi subektlar faoliyatining shartnoma-huquqiy bazasi to’g’risida» gi Qonunning 27-34 moddalari).

Prezidentimiz I.Karimov: «Hech bir shartnomadan xo’jalik zarar ko’rmasligi, balki o’zi uchun manfaat topishi, bundan buyog’iga ishlab chiqaruvchilar bilan munosabatni qizitish, rag’batlantirish, ularga erkinlik berish asosida qurish lozim», deb juda o’rinli takidlaydi.

[241]. Bugun biz markaziy rejalashtirish tizimidan eoz kechib, bozor iqtisodiyoti sharoitida ish yuritmoqdamiz. Bu tizimda shartnomalar turli mulk shaklidagi korxonalar, shuningdek, tadbirkorlar hamda boshqaruv organlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy huquqiy ?<ujjat hisoblanadi. Hozir kontraktasiya, fyuchers, xizmat ko’rsatish, oldi-sotdi kabi shartnoma turlari etakchi o’rin egallamoqda (50-jadval).

50-jadval.

Shartno.ma turlari

Shartnoma turlari Tushunchalar
1 2 3
1. Oldi-sotdi shartnomasi

• Chakana oldisotdi shartnomasi

•  Bu shartnoma bo’yicha bir taraf (sotuvchi) tovarni boshqa taraf (sotib oluvchi)ga mulk qilib topshirish majburiyatini, sotib oluvchg’; esa bu tovarni qabul qilish va uning uchun belgilangan pul summasi (bahosi)ni to’lash majburiyatini oladi (FK, 386-modda).

•  Bu shartnomaga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan sotuvchi sotib oluvchiga shaxsiy maksadlarda, ro’zg’orda yoki tadbirkorlik faoliyati bilan bogliq bo’lmagan boshqa maqsadlarda foydalaniladigan tovarni topshirish majburiyatini oladi.

Chakana oldi-sotdi shartnomasi ommaviy hisoblanadi (FK, 425-modda).

Bu degan so’z, sotuvchi sotish uchun taklif etgan tovarni buning uchun tegishli haqni to’lashga rozi bo’lgan har qanday shaxs sotib olishga haqli (agarda qonunga zid bo’lmasa, masalan, spirtli ichimliklar yosh bolalarga sotilishi mumkin emas).

  • Mahsulot etkazib berish shartnomasi

• Kontraktasiya shartnomasi

• Bunga muvofik, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan mahsulot etkazib beruvchi sotuvchi shartlashilgan muddatda yoki muddatlarda o’zi ishlab chikaradigan yoxud sotib oladigan tovarlarni sotib oluvchiga tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun yoki shaxsiy, oilaviy maksadlarda, ro’zgorda va shunga o’xshash boshqa maqsadlarda foydalanish bilan bog’liq bo’lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun topshirish, sotib oluvchi esa tovarlarni qabul qilish va ularning haqini to’lash majburiyatlarini oladi (FK, 437-modda).

• Unga muvofik qishloq xo’jaligi mahsulotini kayta ishlash yoki sotish uchun bunday maxsulotni xarid qiladigan shaxsga tayyorlovchiga shartlashilgan muddatda tspshirish (topshirib turish) majburiyatini oladi, tayyorlovchi esa bu maxsulotni kabul kilish (qabul qilib turish), uning xakini shartlashilgan muddatda muayyan bahoda to’lash (to’lab turish) majburiyatini oladi. (FK, 465modda).

• Unga muvofik, energiya bilan taminlovchi tashkilot tutashtirilgan tarmoq orqali abonentga (istemolchiga) energiya berib turish majburiyatini oladi, abonent esa qabul kilingan energiya haqini to’lash, shuningdek, shartnomada nazarda tutilgan energiya istemol kilish tartibiga rioya etish. tasarrufidagi energetika shoxobchalaridan foydalanish xavfsizligini hamda o’zi foydalanadigan energiya istemol qiluvchi asbob va uskunalarning sozligini taminlash majburiyatini oladi (FK, 465-modda).

• Bunga binoan sotuvchi er uchastkasi, bino, inshoot. kvartira yoki boshqa ko’chmas mulkni sotib oluvchiga mulk qilib topshirishni o’z zimmasiga oladi. Sotib oluvchi esa buning uchun teg’ishli haqni to’lashi lozim. FKning 83-moddasiga binoan ko’chmas mulk er osti boyliklari, ko’p yillik dovdaraxtlar, shuningdek, binolar va inshootlardan iboratdir.

• Unga muvofiq sotuvchi sotib oluvchiga butun korxonani mulkiy majmua sifatida topshirish majburiyatini oladi sotib oluvchi esa buning uchun tegishli hakni to’lashi lozim. Korxonani sotib

  • Energiya taminoti shartnomasi

• Ko’chmas mulkni sotish shartnomasi

• Korxonani sotish shartnomasi

    oluvchi shaxs tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tgan bo’lishi shart emas.
2. Ayirboshlash shartnomasi • Unga ko’ra shartnomada qatnashuvchi har bir taraf boshqg tarafga bir tovarni boshqa tovarga almashtirish yo’li bilan muyk kilib topshirish majburiyatini oladi (FK, 497-modda). Uning moxiyati shundaki, shartnoma predmeti bo’lgan biron bir tovar ikkinchi tarafga, odatdagidek, mazkur tovar qiymatini umumiy ekvivalent bo’lgan yoki unga deyarli teng keladigan boshqa bir tovarga ayirboshlanadi.

Shu sabab ayirboshlash barter deb ham yuritiladi.

3. Hadya, xayr-ehson shartnomasi • Unga ko’ra bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi yoki berish majburiyatini oladi yoxud unga o’ziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk xuquqi (talabi)ni beradi yo berish majburiyatini oladi yoxud uni o’zi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoinki ozod qilish majburiyatini oladi (FK, 502-modda).

Uning mohiyati shundaki, bunda mulk tekin topshiriladi, yani hadya qiluvchining tasarrufida bo’lgan ashyo xadya oluvchiga mol-mulk qilib o’tkaziladi.

4. Renta shartnomasi • Unga muvofiq, bir taraf (renta oluvchi) ko’chmas yoki ko’char mol-mulkni boshqa tarafga (renta to’lovchiga) beradi, renta to’lovchi esa olingan molmulk o’rniga renta oluvchiga vaqt-vaqgi bilan belgilangan pul summasiga yoki uni taminlash uchun boshqa shaklda mablag berish tarzida renta to’lash majburiyatini oladi.

Renta shartnomasi real xarakterga ega, chunki unga muvofik renta to’lovchiga mulk o’tkaziladi. Mulk o’tkazilgandan so’ng renta oluvchiga shartnoma bo’yicha hech kanday majburiyat yuklanmaydi, oddiy karz shartnomasi kabi faqat haq-xuquq qoladi. Demak, renta bir tomonlama shartnomadir.

5. Mulk ijarasi shartnomasi • Bunga binoan bir taraf ijaraga beruvchi, malum bir mulkni ikkinchi tarafga ijaraga oluvchi xak baravariga vaktincha foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi. Ijarachi shartnoma muddati tugashi bilan ijara mulkini kaytarishga majbur bo’ladi.

    Mulk ijarasi shartnomasi arenda yoki prokat deb ham ataladi.
6. Lizing shartnomasi • Unga binoan lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) bir taraf, lizing oluvchi (ijaraga oluvchi) ikkinchi tarafning topshirig’iga binoan, ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) uchinchi taraf bilan undan o’z mablag’i xisobiga lizing oluvchi uchun mol-mulk sotib olish hakida kelishish majburiyatini oladi. Lizing oluvchi esa buning uchun lizing beruvchiga lizing to’lovlarini to’lash majburiyatini oladi (FK 587-modda).

Lizing beruvchi, lizing oluvchi va sotuvchi lizing subektlaridir.

7. Uy-joy ijarasi shartnomasi • Unga asosan bir taraf ijaraga beruvchi ikkinchi tarafga ijaraga oluvchiga turar joyni yashash uchun xak baravariga topshirish majburiyatini oladi.
8. Pudrat shartnomasi • Unga binoan bir taraf (pudrat) ikkinchi taraf (buyurtmachi)ning topshirig’iga binoan malum bir ishni bajarish va uning natijasida buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa ish natijasida kabul qilib olish va buning uchun xaq to’lash majburiyatini oladi (FK, 631-modda).
9. Topshirik shartnomasi • Bunga asosan bir taraf vakil, ikkinchi taraf topshiriq beruvchining nomidan va uning hisobidan muayyan yuridik harakatlarni sodir etish majburiyatini oladi. Vakil tuzgan bitim bo’yicha huquk va majburiyatlar bevosita topshiriq beruvchida vujudga keladi. Agar topshirikni bajarganlik uchun, qonun hujjatlarida yoki topshiriq shartnomasida nazarda tutilgan bo’lsa, topshiriq beruvchi ishonchli vakilga xaq to’lashi shart (FK, 818modda).
10. Vositachilik shartnomasi • Bunga asosan bir taraf (vositachi) ikkinchi tarafning (komitent) topshirig’i bo’yicha o’z nomidan, biroq komitent xisobidan bir yoki bir necha bitimni xaq evaziga tuzish majburiyatini oladi. U yozma ravishda tuziladi. Misol uchun, fuqarolar o’zlariga tegishli bo’lgan xamda fuqarolik muomalasida bo’lgan istemol kilinadigan va istemol kilinmaydigan buyumlar bilan vositachilik shartnomasi tuzish orkali operaniyalarni amalga oshiradi.
11. Xo’jalik shartnomasi • Agar shartnoma tuzayotgan tomonlardan biri ishlab chiqaruvchi bo’lsa, bunday hujjat xo’jalik shartnomasi hisoblanadi. Ushbu shartnomalarning asosiy maqsadi foyda olish bo’lib, qonunchilikda shartnoma majburiyatlarini bajarmagani yoki lozim darajada ijro etmagani uchun katiy javobgarlik belgilangan.

Xo’jalik shartnomalari yuzasidan paydo bo’lgan nizolar xo’jalik sudlarida hal etiladi.

Яна маълумот

909

Bank foizi va undan foydalanish mexanizmi

Suda foizi vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun to’lanadigan o’ziga xos to’lovdir. Uning to’lovchisi ham, …