Home / Iqtisodiyot / Foiz stavkalari va ularni hisoblash usullari

Foiz stavkalari va ularni hisoblash usullari

Kreditning asosiy sharti olingan qarz uchun haq to’lash. Bu haq olingan qarz yig’indisiga nisbatan foiz hisobida olinganidan uni qarz foizi yoki kreditning foiz stavkasi deb yuritiladi. Boshqacha qilib aytganda, kreditning foiz stavkasi berilayotgan kreditga nisbatan foizda belgilanib, kreditning narxini ifoda etadi. Kredit narxi, odatda, bir yil uchun belgilanadi. Foiz stavkasining o’sishi kreditning qimmatlashuvini, pasayishi esa uning arzonlashganini ifodalaydi. «Arzon pullar siyosati» yoki «Qimmat pullar siyosati» kabi iboralarning istemolga kirib kelishi ham kreditning qimmatlashuvi yoki arzonlashishidan kelib chiqqan.

Kredit foizi pul bozorida amal qiladi. Bozorda foiv stavkasining o’zgarishiga qarab foiz stavkasi ikki turga bo’linadi:

  • qatiy belgilangan foiz stavkasi;
  • suzib yuruvchi foiz stavkasi.

Qatiy belgilangan foiz stavkasi zayom mablagidan foydalaniladigan barcha davr uchun o’zgarmaydigan bir xil darajada o’rnatilgan stavkadir. Bu stavkalar kredit shartnomasi bajarilgunga qadar o’zgarmasdan qoladi.1 Bu tijorat banki uchun noqulay stavkadir. Bunda bank o’z aktivlarining malum qismini yo’qotishi mumkin. Masalan, bank 30% stavkada bir yillik kredit berdi, deylik. Uch oydan keyin ssuda kapitali bozorida bir yillik kreditlarning foiz stavkasi 35%ga ko’tarilsa, bu zarardir.

64745Suzib yuruvchi foiz stavkasi — bu o’rta va uzoq muddatli kreditlarga o’rnatiladigan stavka bo’lib, uning darajasi pul-kredit bozoridagi konyunkturaga bog’liq ravishda tebranib turadi.

Suzib yuruvchi foiz stavkasi ikki asosiy ajralmas qismdan tashkil topadi. Birinchi qismi pul-kredit bozoridagi konyunkturaga bog’liq ravishda o’zgarib turadi. Uning vazifasini odatda taklifdagi kredit resurslarining banklararo stavkalari, yani Londonda LIBOR. Parijda PIBOR, Singapurda SIBOR, Quvaytda KIBOR, Lyuksemburgda LKJSIBOR va hokazolar qo’llaniladi.

LIBOR Londondagi jahon ssuda kapitali bozorida etakchi erkin almashadigan valyutalar, yani AQSh dollari, Germaniya markasi, Yaponiya ienasi, Angliya funt sterlingi kabi valyutalardagi depozitlarga to’lanadigan o’rtacha foiz stavkasidir. U har kuni London vaqti bilan soat 1200da butun dunyoga «Faynenshil tayms» London gazetasi orqali elon qilinadi.

LIBOR eng yirik London banklari bo’yicha o’rtacha foiz stavkasi bo’lib, unga asoslanib London banklari evrovalyuta bozorida birinchi toifali banklarga ssuda takdim etadi. Amaliyotda LIBOR valyuta turlari va muddatlari bo’yicha (1, 3, 6 va 12 oyga) tabaqalanadi. LIBORning rasmiy holda qayd etilishi mavjud emas. Evrovalyuta bozorida operasiyalar olib boradigan har bir yirik London banklari pul bozorida vujudga kelgan konyunkturaga ko’ra uni belgilaydi va o’zgartiradi.

LIBOR odatda o’zgarib turuvchi foiz stavkalari shartlari bilan o’rta muddatli bank kreditlari berilishida bazis sifatida qo’llaniladi. Bunda LIBOR har bir kelishilgan foiz davri davomida kreditning o’zgarib turuvchi quyi chegarasi narxini belgilaydi, odatda u 3-6 oyni tashkil etadi.

Uzgaruvchi stavkada bank aktivlari foizlaring o’zgarishi natijasida zararga uchramaydi. Bu stavkalarni evrodollarli kreditlar misolida ko’rib chiqish mumkin. Aytaylik, LIBORning darajasi 6 %, bank belgilangan spred1 1 %. Demak, evrodollarli kreditning foiz stavkasi 7 %. Agar LIBOR 5 %ga tushdi deylik. Bunda kreditning foiz stavkasi 6 % bo’ladi. Bank bundan zarar ko’rmaydi. Chunki spred o’zgarmasdan qoladi. Bu erda faqat LIBOR o’zgaryapti.Nominal foiz stavkasi deganda kredit shartnomasida ko’zda tutilgan foiz stavkalariga aytiladi. U bozor joriy stavkasi deb yuritiladi. Real foiz stavkasi esa bu inflyasiya darajasini hisobga olgan holdagi stavkadir. Har ikkala stavka o’rtasidagi bog’lanishni J.Fisher quyidagicha ifodalagan:

Real foiz stavkasi = Nominal foiz stavkasi – Inflyasiya darajasi

Agar inflyasiyaning o’sish surati foiz stavkasidan yuqori bo’lsa, u holda real foiz stavkasi salbiy ko’rsatkichga aylanadi. Xorijiy mamlakatlar tajribasida kredit narxini belgilashning «qiymat plyus» va «narx bo’yicha ustunlik» usullari mavjud. Kredit amaliyotida «qiymat plyus» usulidan foydalanish keng tarqalgan bo’lib, uning asosida berilayotgan kredit summasig’a bankning kredit bilan bog’liq xarajatlarini qoplash va uning foydasini taminlash darajasidagi foiz belgilanadi. Ushbu usulni qo’llashda quyidagilar hisobga olinadi:

  • qarz oluvchini kreditlash uchun jalb qilingan mablag’larning bankka qanchaga tushishi;
  • bankning kreditni rasmiylashtirish va qaytarilishini nazorat qilish bilan bog’liq operasion xarajatlari;
  • majburiyatlarni bajara olmaslik xatari uchun bankka to’lanadigan marja;
  • kreditdan olinishi kutilayotgan foyda.

Qayd qilinganlarning barchasi kredit summasiga yillik foiz asosida aniqlanishi mumkin. «Qiymat plyus» usulining asosiy kamchiligi bank o’z xarajatlarini hisobga olgani holda kredit bozoridagi raqobat va raqobatchilar narxini etiborga olmaydi.

«Narx bo’yicha ustunlik» usuli yordamida narxni belgilash dastlab AQShda XX asrning “buyuk Depressiya” yillarida qo’llanilgan. Uning zamirida kreditni qaytarish qobiliyati yuqori bo’lgan qarz oluvchi uchun qisqa muddatli kreditning eng minimal foiz stavkasini belgilash va shu bevosita stavkadan kelib chiqib, boshqalarga kredit narxini shakllantirish yotadi. Ushbu amaliyotni «praymreyt» deb ham atashadi.

«Praymreyt» usulida boshqa qarz oluvchilarga beriladigan kreditning haqiqiy foiz stavkasi (Fs) quyidagicha aniqlanadi.

primerate

«GEP» usulida foiz stavkasini aniqlashda kreditlash muddati davomida pul bozoridagi stavkalarni o’zgarishlaridan qatiy nazar, tomonlar kelishuvida eng yuqori foiz darajasi belgilab qo’yiladi.

Masalan, «praym-reyt + 2» uchun 5% eng yuqori stavka. Agar «praym-reyt = 12 %» bo’lsa, kreditning eng yuqori stavkasi 19% bo’lishi mumkin, xolos. Uzoq muddatga berilgan kreditlarda bunday foiz hisob-kitobi kreditorga zarar keltirishi mumkin.

Milliy iqtisodiyotda foiz stavkasini aniqlashning eng oddiy shartnoma usuli keng tarqalgan. Uni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:

F=(a*i*d) / (100*360)

Bu erda:

F foiz mikdori;

a- bank schyotidagi mablag’larning o’rtacha qoldig’i;

i – kredit uchun foiz stavkasi;

d – davrdagi kunlar soni.

Bank kreditlari uchun foiz stavkalarining darajasi pul bozoridagi talab va taklif nisbatiga bog’liq. Agar bu nisbat muvozanatda bo’lsa, u holda bazaviy stavka va foiz marjasi miqdorini aniqlash mumkin bo’ladi.

  • . Tijorat banklari mijozga istemol kreditini berayotganda, u bilan kelishgan holda, kreditg’a foiz stavkasini quyidagi usullarda belgilashi mumkin:
  • yillik foiz stavkalari;
  • oddiy foiz stavkalari;
  • diskont foiz stavkalari;
  • murakkab foiz stavkalar;
  • qo’shish usuli.

Yillik foiz stavkasi bir yil uchun to’langan yalpi to’lovlarning kredit summasiga bo’lgan nisbatini ifodalaydi. Bu stavka jismoniy shaxslarga eng qulay kreditlarni tanlashga yordam beradi.

Oddiy foiz stavkasi eng avvalo qisqa muddatli kreditlar uchun qo’llaniladi. Bunda har chorakda yoki boshqa muddat uchun bir marta shartnomaga binoan kreditorga foiz to’lanadi. Bu usulda qarzdorning to’laydigan umumiy to’lov summasi kuyidagicha aniqlanadi:

S = R(1 + ni)

Bu erda:

S – boshlang’ich qarzni hisobga olgan holda kredit uchun to’lanadigan to’lov summasi;

R – boshlang’ich qarz;

i – foiz stavkasi;

n – ssudaning davomiyligi (yil yoki ssudadan foydalanish kunlarining qo’llaniladigan bazaga nisbati: 360 yoki 365 kun).

Oddiy foiz stavkasining xususiyati shundaki, mijoz kreditni bosqichma-bosqich to’lashi natijasida foiz stavkasi qolgan qarz hisobidan olinadi.

Masalan, mijoz 2000 $ hajmida kredit olg’an va uni bosqichmabosqich har chorakda bir marta 500 $ dan to’lash to’g’risida shartnomada kelishilgan bo’lsin. Har bir chorakda foiz to’lovi quyidagicha bo’ladi:

I chorak = foiz to’lovi = 2000 * 0,12 * 0,25 = 60 $

II chorak = foiz to’lovi = 1500 * 0,12 * 0,25 = 45 $

III chorak = foiz to’lovi = 1000 * 0,12 * 0,25 = 30 $

IV chorak = foiz to’lovi = 500 * 0,12 * 0,25 = 15 $

Jami 1 yillik foiz to’lovi 150 $ ni tashkil qiladi. Har chorakda to’lanishi lozim bo’lgan to’lovlar:

I chorak = 500 + 60 = 560 $

II chorak = 500 + 45 = 545 $

III chorak = 500 + 30 = 530 $

IV chorak = 500+ 15 = 515 $

Jami yillik to’lov 2150 $ teng.

Ushbu ko’rsatkichlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, kreditga oddiy foiz stavkasi o’rnatilganda to’lov muddati yaqinlashgan sari mijozning mablag’i tejaladi.

  • . Diskont inglizcha «diskount» so’zidan olingan bo’lib, hisoblamoq manosini beradi. U uch xil manoda qo’llanilishi mumkin:
  • banklar tomonidan qimmatli qog’ozni muddatidan ilgari qaytarib sotib olish (aksiya hisobi);
  • qimmatli qog’ozni qayta sotib olgani uchun bank undiradigan foiz;
  • tovar narxi (masalan, sifatli standartga to’g’ri kelmaganda), birja va valyuta bitimlarida valyuta narxidan chegirma (tashlama).

Kreditga o’rnatiladigan diskont foiz stavkasining xususiyati shundaki, bu usulda foiz oldindan to’lanishi ko’zda tutiladi. Yani to’lanadigan foiz mikdori oldindan hisoblanadi va kredit berilayotganda ushbu mikdor (summa) ushlab qolinadi. Aniqrog’i, kredit shu summa hisobiga kam beriladi.

Masalan, mijoz 2000 $ kredit olmoqchi. Foiz stavkasi 12 %. 2000 $ kredit uchun to’lanadigan 240 $ mikdordagi foiz to’lovi kreditning asosiy hajmidan chegirib tashlanadi va mijozga 1760 $ kredit beriladi. Ammo mijoz kreditni qaytarayotganda 2000 $ qaytarishi lozim.

Yuqoridagi usullardan tashqari bank amaliyotida murakkab foiz stavkasi usuli ham qo’llaniladi. Undan uzoq muddatli kreditlashda foydalaniladi. Bu usulda asosiy summaning ustiga qo’shib hisoblangan summa bitimning oxirgi muddatigacha kreditorga berilmaydi. ammo mijozning qarzi ko’payib boraveradi. Bugungi amaliyotda bu usul jismoniy shaxslarning depozit schyotlari hisobida juda keng tarqalgan.

Murakkab foiz stavkasini qo’llashda qo’shib xisoblanadigan summa qarz summasiga qo’shiladi va unga foizni qo’shib hisoblash davom etilaveradi. Buni quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin:

Яна маълумот

708

Risklarni boshqarish usullari

Eng avvalo shuni takidlash lozimki, bank faoliyatida gap riskdan umuman qochish to’g’risida emas, balki uni …