Home / Iqtisodiyot / Kreditlash tamoyillari va kredit berish tartiblari

Kreditlash tamoyillari va kredit berish tartiblari

Kredit va kreditlashning o’ziga xos qoidalari borki, ular maxsus tamoyillarda ifoda etiladi. Bular:

  • kreditning qaytuvchanligi;
  • kreditning muddatliligi;
  • kreditning taminlanganligi;
  • kreditning maqsadliligi;
  • kreditning to’lovliligi;

berete_kredit_pomnite_

Mijoz mazkur ish bilan faqatgina bir necha oy band bo’lsa va yashash joyda qisqa vaqt ichida turgan bo’lsa, kredit mutaxassisi bunday mijozga kredit berishni rad qilishi mumkin.

  1. Qarzni to’lash bosqichlari taxdil qilinganda, mijozning yillik va oylik daromadi aniqlanadi. Buning manosi shuki, kredit mutaxassisi qarzning har bir qismini o’z vaqtida to’liq qaytarilishini taminlash uchun mijozning xatti-harakatini nazorat qiladi va bu bilan mijozning o’z mablaglarini boshqarish qobiliyatini o’rganadi.
  2. Bank kreditini qaytarish omillaridan biri, kreditning taminlanganligidir, yani mijozga tegishli uy, bino, inshootning mavjudligidir. Bundan tashqari, telefonning mavjudligi ham biron bir muammo paydo bo’lganda, bankka mijoz bilan xarajatsiz bog’lanish imkoniyatini beradi.

Barcha omillar ichida eng asosiysi, mijoz malumotlarining to’laqonliligi, mijozning samimiyligi va rostgo’yligidir. Chunki mijoz o’zining sog’ligi, kelajakdagi bandligi to’g’risidagi noto’g’ri malumot bersa, bank bundan katta zarar ko’rishi mumkin. Shuning uchun istemol kreditlaridan kutiladigan yo’qotishlarni kamaytirishning asosiy vositasi likvid garov va kafolatlarning mavjudligidir.

Kredit talabnomasining quyidagi ko’rsatkichlari sifat indikatori bo’lib xizmat qiladi. Bular mijozning:

  • faoliyat sohasi, mashgulot turi;
  • yoshi, oilaviy ahvoli;
  • uy-joy bilan taminlanganligi;
  • kredit bo’yicha reyting bahosi;
  • faoliyati va uning davomiyligi;
  • so’nggi manzilda yashash muddati;
  • telefoni;
  • qaramogidagi shaxslar soni;
  • bankdagi hisobvaraqlari raqami;
  • daromad darajasi.

Jahon bank amaliyotida kredit mutaxassisi kredit talabnomasini tahlil qilishda kredit skoringi tizimidan foydalanadi. Mazkur tizim kredit talabnomasining har bir bandiga alohida baho berishga asoslangan. xozirgi vaqtda jahon bank amaliyotida kredit talabnomasini baholashda ball tizimining quyidagi shkalalari qo’llanilmoqda.

Ball Kredit berish yoki bermaslik to’g’risida karor
28 gacha • Kredit berish rad etilsin
29-30 • 500 $gacha kredit berish mumkin
31-33 • 1000 $gacha kredit berish mumkin
34-36 • 2500 $gacha kredit berish mumkin
37-38 • 3500 $gacha kredit berish mumkin
39-40 • 5000 $gacha kredit berish mumkin
41-43 • 8000 $gacha kredit berish mumkin

Biroq ball tizimining bunday shakli qo’llanganda, bank o’z mijozlarini yo’qotishi mumkin. Chunki mijozlar o’zlarining kredit talabnomalarini bank noto’g’ri baholagan, degan xulosaga kelib, mazkur bank xizmatidan foydalanishidan bosh tortishi mumkin. Bundan tashqari, talabnomaning konung’a xilof ravishda baholanishi natijasida, mijoz bank ustidan sudga ariza berishi mumkin. Bunday sharoitda bank o’zi qo’ygan har bir ball baxoni dalillar bilan isbotlab berishiga to’g’ri keladi. Ballik baho qo’yishda bank yumshoq baxo siyosatidan foydalanmasa, o’zi juda mushkul ahvolda qolishi mumkin.

Kredit inspektori ipoteka krediti uchun berilgan talabnomalarni baholashda quyidagilarga etibor berishi lozim:

  1. Qarzdor to’lashi kerak bo’lgan kredit mikdori bilan garov mulki xarid bahosi mikdorining nisbati kreditor uchun ipoteka kreditining eng muhim ishonchlilik omilidir. Olinayotgan kredit mikdori garov mulki bahosidan ancha yuqori bo’lib, qarzdor shartnomaning barcha talablarini bajarishda masuliyatsiz bo’lsa, uning shaxsiy mulki bahosi kredit bahosini qoplamaydi va bank katta zarar ko’radi. Agar garov xarid bahosi kredit miqdorining 90 foizini tashkil qilsa, garov sug’urtasi muhim o’rin tutadi va kreditor qarzdor xususiyati va masuliyati hissini baholashda ancha talabchan bo’lishi lozim.
  2. Ipoteka krediti berilishi natijasida qarzdor bankda yana boshqa operasiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. Masalan, depozit mablag’lari hisobiga uy-joyni tamirlash uchun kredit olishi mumkin. Shu tufayli ipoteka krediti berilganda, kreditsr qarzdor bilan bo’ladigan barcha munosabatlarni ham etiborga olishi lozim.
  3. Mijoz depozit hisobvarag’idagi mablag’lar qoldig’ining barqarorligi beriladigan ipoteka kreditlari miqdori va turlarining asosiy omilidir. Barqaror depozit bazasiga ega banklar ipoteka kreditlash siyosatini izchil olib borish va uzoq muddatga katta miqdordagi ipoteka kreditlari berish imkoniyatiga ega bo’ladilar;
  4. Ko’chmas mulk asosida kreditlash kredit inspektoridan kredit talabnomasini tahlil qilishda quyidagilarga alohida etibor berishni talab qiladi:
  • Mijoz daromadining hajmi va barqarorligi, ayniqsa ipoteka krediti mikdori va kreditni qoplash uchun yo’naltirilgan mablag mikdori.
  • Mijoz jamg’armasi miqdori va birlamchi to’lov manbai. Agar ushbu to’lov mikdori jamg’arma miqdorining kamayishiga olib kelsa, buning natijasida favqulodda sharoitlarda, masalan, kasallik yoki oila azosining ishsiz qolishi tufayli mijozning zarur bo’lib qolish ehtimoli bo’lgan likvid aktivlari qisqarib ketadi.
  • Garov mulkka qarzdorning munosabati. Agar mijoz garov mulkini o’rnatilgan talablar darajasida saqlamasa, u kreditni to’liq qaytara olmay, garov mulkini qaytarib olish huquqini yo’qotganda, bank unga garov mulk bahosining ortiqcha miqdorini kerakli qiymatda qaytara olmaydi.
  • Ipoteka kreditiga o’rnatilgan foiz stavkasining turi. Agar ipoteka kreditiga suzib yuruvchi foiz stavkasi o’rnatilgan bo’lsa, foiz stavkasining o’zgarishi natijasida suzib yuruvchi foiz stavkasi o’rnatilgan garovdan ko’ra tayanch foiz stavkasi o’rnatilgan garovni sotish ancha qulaydir.
  • Mahalliy ko’chmas mulk bozoridagi sotuv hajmi (agar mulk bank ixtiyoriga o’tsa). Iqtisodiy tanazzul vaqtida ko’chmas mulkka bo’lgan talabdan taklif oshib ketadi va bank o’zining mablag’ini qaytarib olish uchun vaqt kerak bo’ladi.

Яна маълумот

909

Bank foizi va undan foydalanish mexanizmi

Suda foizi vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun to’lanadigan o’ziga xos to’lovdir. Uning to’lovchisi ham, …