Home / Iqtisodiyot / Kredit, uning funksiyalari va turlari

Kredit, uning funksiyalari va turlari

Pul bor joyda qarz olish va qarz berish yuzaga keladi, bu ishni banklar bajaradi.

Kredit deganda o’z egalari qo’lida vaqtincha bo’sh turgan pul mablaglarini boshqalar tomonidan malum muddatga haq to’lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan munosabatlar tushuniladi.

Bank o’zgalar pulini jamlab uni o’z nomidan kreditga beradi. Bu erda kredit munosabati ikki subekt o’rtaeida yuzaga keladi: biri pul egasi, yani qarz beruvchi (kreditor) va ikkinchisi, pulga muhtoj, yani qarz oluvchi (qarzdor).

Kredit munosabati amalga oshishi uchun uning zarur unsurlari, yani kreditning obekti va subekti bo’lishi lozim ( 34-chizma).

1015

34-chizma. Kredit munosabatlari.

Kredit subektlari har xil, bularga korxona, firma, tashkilot, davlat va turli toifadagi axoli kiradi.

Kreditning obekti har qanday pul emas, balki faqat vaqtincha bo’sh turgan, egasi tomonidan ishlatilmay va qarzga berilishi mumkin bo’lgan puldir.

Bo’sh pul uch xil bo’ladi:

  • tadbirkorlar yoki katta puldorlar qo’lidagi pul, yani pul kapitali;
  • aholi qo’lidagi pul ertami kech ehtiyojni qondirish uchun to’plangan pul, egasi qo’lida kapital emas, balki istemolini qondirish vositasi;
  • davlat ixtiyoridagi pul. Bu ham pul kapitali (davlat korxonasi uchun), ham umumiy istemol pulidir.

Aytilgan turdagi bo’sh pullar ssuda (qarz) fondini tashkil etadi va uning yuzaga kelishi obektiv tarzda muqarrardir. Qarzga berilgan pul, yani kredit harakatini quyidagicha ifodalash mumkin:

Kb —>  Ko  —> Ki —>    Kfk

Bu erda:

Kb – kredit berildi;

Ko – kredit olindi;

Ki – kredit ishlatildi;

Kfk – kredit foiz (%) bilan qaytarildi.

Shu tarzda bo’sh pullar kreditning asosiy sharti-qarz uchun haq to’lashni taminlaydi. Bu haq qarz qilingan summaga nisbatan foiz hisobida olinganidan u qarz prosenti deb yuritiladi. Qarz prosenti pul bozorida amal qiladi.

Kredit to’rt xil funksiyani bajaradi.

Birinchidan, pulga tenglashtirilgan to’lov vositalarini (masalan, veksel, chek, sertifikat va b.) yuzaga chiqarib, ularni xo’jalik oborotiga jalb qiladi. (veksel qarz majburiyatnomasi, chek bankdagi pulni talab qiluvchi hujjat, sertifikat pul to’langanligi, qarz berilganligini tasdiqlovchi hujjat).

Kredit tufayli pul muomalasi doirasiga veksel, chek, kredit kartochkalari kabi vositalar kiritilib, naqd pulli hisob-kitoblarni nakd pulsiz operasiyalar bilan almashtiradi. Bu esa ichki va xalqaro bozordagi iqtisodiy munosabatlar mexanizmni osonlashtiradi va tezlashtiradi.

Ikkinchndan, qarz berish orqali pul mablag’larini turli tarmoqlar o’rtasida qayta taqsimlash bilan ishlab chiqarish resurslarining ko’chib turishini taminlaydi. Qayta taqsimlash funksiyasi yordamida korxonalar, tashkilotlar, shaxsiy va davlat sektorining bo’sh pul mablag’lari, daromadlari ssuda kapitaliga aylantiriladi va vaqtincha foydalanishga muayyan to’lov asosida beriladi.

Bu funksiya yordamida ishlab chiqarishdagi mutanosibliklar (proporsiyalar) va pul kapitali harakati boshqarilib turiladi.

Uchinchidan, qarz berish tufayli muomala xarajatlarini tejash imkoniyati tug’iladi. Malumki, kredit vujudga kelish davridan boshlab haqiqiy pullar (oltin, kumush) o’rnini kredit pullari veksellar, banknotalar, cheklar bajarib kelgan. Ayniqsa, oltin (kumush)ning monetar roli va uning yo’qolib borganligi tufayli kreditning bu funksiyasi yordamida naqd pulsiz hisob-kitsblarni rivojlantirib, uning tezkorligi va kam xarajatliligini taminlab kelmoqda.

Bu funksiya ssuda kapitaliga aylangan qarzning muomalada bo’lish vaqtining tejalishi uning ishlab chiqarishda bo’lish vaqtini oshiradi va ishlab chiqarishni kengaytirishga, foydaning ortishiga olib keladi. Xo’jalik subektlari pul mablaglarining kelib tushishi va ishlatilishi o’rtasidagi vaqt bo’yicha farq faqatgina ortiqcha mablag’lar hajmini emas, balki moliyaviy mablag’larning etishmovchiligini ham aniqlab beradi. Shu sababli korxona va tashkilotlarning o’z aylanma mablag’larining vaqtinchalik etishmovchiligini to’ldirish uchun ssudalarni olish keng tarqalib boryapti.

To’rtinchidan, qarz berish, qarzni undirish vositalari orqali iqtisodiy o’sishni rag’batlantirishga erishiladi. Masalan, bank krediti hisobidan qurilayotgan qo’shma yoki xorijiy korxonalar respublikaning va jahon bozorining ehtiyojini qondirsa, bu hol kreditning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi funksiyasining ijobiy amal qilganligidan dalolat beradi. Va aksincha, kredit xalq xo’jaligiga turli yo’llar bilan asossiz ravishda ko’p berilsa va oqibatda pul massasi ko’payib, milliy pul qadrsizlansa yoki olingan xalqaro kreditlardan samarali foydalanilmasa va mamlakat o’zining boshqa daromad manbalari, masalan, oltinini sotish hisobidan kreditni qaytarsa, bu hol kredit funksiyasining salbiy amal qilganligidan dalolat beradi.

Kreditga bo’lgan talab qaysi usulda va muddatda, kim tomonidan qondirilishiga va qarz oluvchilarga taklif qilinishiga qarab, kredit bir necha turlarga bo’linadi (40-jadval).

40-jadval.

Kredit turlari

Turkumlash belgilari Kredit turlari
1 2 3
1 Kredit berish muddatiga qarab 1.   Qiska muddatli kredit (1 yilgacha)

2.   O’rta muddatli kredit (1 3 yilgacha)

3.   Uzoq muddatli kredit (3 va undan yuqori)

2 Kreditlash obektlarining iqtisodiy mohiyatiga qarab 1.  Tovar moddiy boyliklari uchun beriladigan kreditlar

2.  Ishlab chiqarish xarajatlari (mahsulotning yangi turini o’zlashtirish, mavsumiy xarajatlarni amalga oshirish bilan bog’liq xarajatlar) uchun beriladigan kreditlar

3.  Hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun beriladigan kreditlar (akkreditiv ochilganda, tayyor mahsulotni jo’natganda va b.)

3 To’lash muddatiga karab 1.   Muddatli kreditlar

2.  Muddati kechiktirilgan (prolongasiya qilingan) kreditlar

3.   Muddati o’tib ketgan kreditlar

4 Kreditni to’lash manbalariga qarab 1.  Qarz oluvchining o’z mablaglari hisobidan taminlanadigan kreditlar

2.            Grant mablaglar hisobidan

3.            Yangi kreditlarni jalb kilish hisobidan

5 Taminlanganlik darajasiga qarab 1.   Bevosita to’g’ri taminlangan kreditlar

2.  Bilvosita (biror korxona va tashkilot hisobidan) taminlangan kreditlar

3.   Taminlangan kreditlar

6 To’langan foiz darajasiga qarab 1.   O’rtacha (meyorli) foizli stavka

2.   Yuqori foizli stavkadagi kreditlar

3.   Past foizli stavkadagi kreditlar

4.   Foizsiz kreditlar

Uzoq muddatli kreditlashda kreditlar 3-5 yil muddatda beriladi. 1 yildan 3-5 yilgacha bo’lgan kreditlar o’rta muddatli kreditlar deyiladi. Qisqa muddatli kredit berishda kreditlar bir necha oydan bir yilgacha bo’lgan muddatda beriladi. Bu turdagi kreditlar:

  • aylanma kapitalni to’ldiruvchi;
  • qurilish maqsadida olinadigan «oraliq»;
  • qimmatli qog’ozlar dilerlariga beriladigan;
  • chakana savdo bilan shug’ullanuvchi shaxslarga beriladigan;
  • o’z aktivlari xisobidan taminlovchi (debitorlik qarzlari, faktoring va tovar-moddiy zaxiralari bilan taminlangan) kreditlar deb yuritiladi.

Uzoq muddatli kreditlar asosan asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish va ular bilan bog’liq soxalarni taminlashga ishlatiladi. Xususan, bu kreditlar:

  • qayta tiklash maqsadida kapital xarajatlarni amalga oshirish uchun;
  • harakatdagi asosiy fondlarni kengaytirish va takomillashtirish bilan bogliq xarajatlar uchun;
  • yangi qurilish va qo’shimcha yuqori samarali tadbirlar bo’yicha xarajatlarni amalga oshirish uchun;
  • yangi fan, ilmiy texnika sohasida tadqiqotlar olib borish va yutuqlarni ishlab chiqarishga joriy qilish va boshqalar uchun ajratiladi.

Muddati o’tgan kreditlar (aktivlar) qarzdor tomonidan kredit shartnomasida ko’zda tutilgan to’lash shartlari va jadvali buzilgan hamda asosiy qarz va unga doir foizlarning navbatdagi to’lovi to’lov muddati etib kelganidan so’ng to’lanmagan kreditlar.

Restrukturizasiya qilingan kreditlar (aktivlar) qarzdorning moliyaviy ahvoli yomonlashishi sababli to’lovning dastlabki shartlari o’zgargan kreditlar. Agarda bank tomonidan quyidag’i amallarning xech bo’lmaganda bittasi bajarilsa, kreditlar (aktivlar) restrukturizasiyalangan hisoblanadi:

  • foiz stavkasining kamaytirilishi yoki hisoblangan foizlarning undirib olinmasligi;
  • jami asosiy qarzning kamaytirilishi yoki undan voz kechilishi;
  • kreditni to’lash muddatining kechiktirilishi yoki uzaytirilishi;
  • foizlarga doir to’lovlarning bir qismi yoki umumiy mikdoridan voz kechish;
  • oddiy sharoitlarda qarzdorga berilmay, balki kreditni restrukturizasiyalash zarurligi natijasida qilinishi mumkin bo’lgan boshqa yon berishlar.

O’stirilmaydigan kreditlar (aktivlar) belgilangan tartibga muvofiq foizlar hisoblanishi to’xtatiladigan kreditlar (aktivlar).

Yaxshi taminlangan kreditlar qimmatli qog’ozlar bozorida baholanadigan mulk yoki kreditning asosiy summasi va unga doir foizlarni to’liq qoplash imkonini beradigan miqdorda bank depozitlari ko’rinishidagi garov bilan taminlangan kreditlar.

Qisman taminlangan kreditlar (aktivlar) «yaxshi taminlangan kreditlar (aktivlar)» mezoniga muvofiq kelmaydigan taminotga ega kreditlar. Xususan, ularga doir taqdim etilgan garov qiymati kredit summasi va unga doir foizlarning 100 foizidan, shuningdek, garovni sotishda ko’zda tutilayotgan xarajatlardan kam (elon qilingan garov qiymatidan qatiy nazar) yoki elon qilingan qiymat bo’yicha garovning sotilishi shubha tug’diradigan kreditlar.

Taminlanmagan kreditlar (aktivlar) biror-bir taminotsiz berilgan kreditlar. Odatda, bunday kreditlar qarzdorning kuchli tushumlari potensiali yoki uning yaxshi kredit tarixi asosida beriladi. «Taminlanmagan kreditlar»ga garov belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan kreditlar xam kiradi.

 Jahon amaliyotida bank o’zini-o’zi qoplovchi kreditlar asosan tovar-moddiy zaxiralar, xom ashyo va materiallar hamda sotish uchun mo’ljallangan tayyor mahsulotlarni moliya bilan taminlash maqsadida olinadi. Bunday kreditning afzalligi shundaki, tadbirkor o’z faoliyati uchun zarur bo’lgan naqd pulning etarli miqdori bilan taminlanadi. Bunda:

  • naqd pullar xom ashyo va materiallar, chala va tayyor mahsulotlarni sotib olish uchun ishlatiladi;
  • mahsulotlar asosan sotish uchun tayyorlanadi;
  • savdo asosan kredit hisobidan amalga oshiriladi;
  • savdo orqali olingan mablag’ bankdan olingan kreditni qoplashga ishlatiladi.

Aylanma kapitalni to’ldirish uchun olinadigan kreditlar ham vazifasiga ko’ra, o’z-o’zini qoplovchi kreditga o’xshab, tovar, xom ashyo, materiallar sotib olish, tayyor mahsulotlar zaxirasini to’ldirish uchun uzog’i bilan bir yil muddatga olinadi.

Bu kreditning farqi shundaki, u asosan mavsumiy talabni qondirish uchun olinadi.

Masalan, yoz mavsumida kiyiladigan zamonaviy ko’ylg<klar tikish uchun kredit talab qilinganda, bank ushbu mijozga 6 oydan 9 oygacha muddatga kredit tizimini ochadi va mijoz zarur bo’lganda ushbu tizimdan shu muddat ichida foydalana oladi. Agar mijoz shu davr mobaynida kreditning to’la hajmini yoki kattagina qismini to’lashga erishsa, bank mijozning talabiga ko’ra, kredit muddatini yana cho’zishi mumkin. Aylanma mablag’ni qoplash uchun olinadigan kredit firmaning debitorlik qarzi yoki tovar-mahsulotlar xisobidan taminlanadi va tizim doirasida suzib yuruvchi foiz stavkasida foiz o’rnatiladi. Mijoz bu kreditni qoplash uchun o’zining depozit hisobvarag’ida olingan kreditning kamida 15-20 foizi mikdorida mablag’larni saqlashi lozim. Majburiyat uchun komissiya xaqi, asosan, kredit tizimining foydalanilmagan qismidan olinadi.

Ko’pgina banklar tomonidan beriladigan qurilish uchun mo’ljallangan kredit keng tarqalgan kreditlardan biri bo’lib, bu kredit asosan uy, bino, inshoot va ofislar qurish uchun olinadi. Bunday kredit ko’chmas mulk uchun ishlatilishiga qaramasdan, u qisqa muddatg’a beriladi. Kreditni oluvchilar uni ishchilarni yollashga, vaqtinchalik kerak bo’ladigan asbob-uskunalarni ijaraga olish, qurilish materiallari hamda bino va inshootlarni qurish uchun erlarni sotib olishga ishlatadilar. Rivojlangan davlatlarda mijoz bankdan olgan kreditni boshqa kreditordan yoki moliya tashkilotidan mijozning garov mulki hisobiga qoplashi majburiyatini bankka takdim qilmaguncha, bank bunday mijozlarga, yani quruvchi va loyihachilarga kredit bermaydi.

Davlatga tegishli va xususiy qimmatli qog’ozlar savdosi bilan shug’ullanuvchi dilerlarga ularni sotish yoki muddati tugaganda hisobdan chiqargunga qadar yangilarini sotib olish va mavjud qimmatli qog’ozlar portfelini qo’llab-quvvatlash uchun qisqa muddatli kreditlar kerak bo’ladi. Bunday kreditlarni banklar ko’pincha hech qanday to’sqinliksiz beradilar, chunki bunday kreditlar yuqori sifatli hisoblanib, ular asosan davlatning qimmatli qog’ozlari bilan taminlangan bo’ladi. Bundan tashqari, bunday kreditlar juda qisqa muddatga beriladi (bir kundan bir necha kungacha). Agar sharoit yomonlashsa, bank kreditni qaytarib oladi yoki foiz stavkasini ko’taradi.

Bunday kreditlar yangi korporativ obligasiyalar, aksiyalar va davlatning qimmatli qog’ozlarini joylashtiruvchi investisiya firmalariga beriladi. Investisiya firmalari yangi qimmatli qogozlarni kapital bozorida sotishi natijasida kreditlar va ularga o’rnatilgan foizlar to’lanadi.

Chakana savdo bilan shug’ullanuvchi shaxslarga kreditlar asosan avtomobillar, elektr-xo’jalik mollari, mebel va boshqa uzoq muddat ichida foydalaniladigan tovarlarni sotib olish uchun, savdo bo’yicha shartnoma imzolangandan so’ng yuzaga kelgan dilerning debitorlik qarzini mablag’ bilan taminlash maqsadida beriladi. Bank dilerlarning shartnomalarini tahlil qiladi. Agar shartnoma o’rnatilgan talablarga javob bersa, bank bu shartnomalarni sotib oladi, risk darajasi va taminot sifati hamda kredit muddatini etiborga olib, foiz stavkasini o’rnatadi. Chakana savdo bilan shug’ullanuvchi shaxslar kredit olish bilan birga sotuvdan tushgan tushumlari hisobidan ssuda hisobvarag’idagi mablag’larni qoplaydilar.

Revolver kredit shartnomasi bo’yicha kredit oluvchi firma kredit tizimi muddati ichida belgilangan miqdorda kredit olishi, olingan qarzning bir qismini yoki to’liq hajmini to’lashi va zarur hollarda yana qarz olishi mumkin. Bu kreditning afzalligi shundaki, uni olayotganda firma maxsus garov bilan kreditni taminlashi shart emas va bu kredit qisqa muddatga yoki 3-5 yil muddatga beriladi. Mijoz naqd pullari tushumi hajmini va kelajakda olinadigan kredit hajmini aniq bilmasa, revolver kreditdan foydalanadi. Revolver kredit mijozning ishlab chiqarishda bo’ladigan tebranishlarini tartibga solishda muhim omil bo’ladi. Mijoz faoliyati davomida daromadi oshgan vaqtda kredit hajmini to’lab boradi, sotuv hajmi kamayib, naqd pul oqimi qisqarsa, kredit tizimi muddatiga ko’ra, bankdan qo’shimcha mablag’ olish imkoniga ega bo’ladi. Kelishilgan kredit hajmida mijozning kredit uchun berilgan har bir talabnomasini to’liq va o’z vaqtida qondirilishi hisobiga bank mijozdan xizmat haqi oladi.

Majburiyatlar uchun olinadigan hak ikki xil bo’ladi:

  • shartnoma majburiyati;
  • tasdiqlangan kredit tizimi.

Shartnoma majburiyati bo’yicha bank mijozga eng yuqori hajmda kelishilgan foiz stavkasi bilan kredit beradi. Bunday hollarda mijozning moliyaviy ahvolida «sezilarli salbiy o’zgarishlar» yuz berganda yoki mijoz shartnoma bandlarini bajarmaganda, bank to’lovlarni to’xtatishi mumkin.

Tasdiqlangan kredit tizimi bo’yicha bank, kredit oluvchi firmaning arizasiga ko’ra, favqulodda hollarda kredit beradi. Bunday paytlarda asosan kredit reytingi (kreditni to’lash bo’yicha bahosi) yuqori bo’lgan mijozlarga beriladi va ularga o’rnatiladigan foiz stavkasi anchagina past bo’ladi.

  • . Uzoq muddatli loyihalarni moliyalashga beriladigan kreditlar kelajakda nakd pul tushumi bilan taminlovchi asosiy kapitalni to’ldirish maqsadida moliyalash uchun olinadigan kredit bo’lib, bank uchun ancha xatarlidir. Misol tariqasida neftni qayta ishlash zavodlari, shaxtalar, elektr stansiyalarini kredit bilan taminlashni olish mumkin.

Bunday loyihalarga beriladigan kreditlar xatari turlichadir:

  • ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun juda katta hajmdagi mablag’lar ajratish lozim;
  • moliya bilan taminlanayotgan loyihaning amalga oshishi muddati ob-havo sharoiti yoki qurilish materiallarining etishmasligi sababli kechikishi mumkin;
  • amaldagi qonun va qoidalarning o’zgarishi loyihaning amalga oshishiga salbiy tasir ko’rsatib, qurilishning tugashiga to’sqinlik qilishi va buning natijasida qurilish tannarxi ortishi mumkin.
  • foiz stavkasining ko’tarilishi kreditor yoki loyihani moliya bilan taminlovchi homiy muassasa yoki tashkilot faoliyatiga salbiy tasir ko’rsatishi mumkin.

Loyihalarni moliyalash krediti asosan uni birgalikda amalga oshirayotgan bir nechta yirik kompaniyalarga beriladi. Shuningdek, yirik hajmdagi bunday kreditlarni bir necha kreditorlar birgalikda berishlari ham mumkin.

Ushbu loyihalar o’z vaqtida bajarilmasa, kreditlar qarz oluvchining homiylari tomonidan qaytariladi. Kredit oluvchiga hech kim homiylik qilmagan takdirda, kreditor, yani bank juda katta tavakkalchilikka yo’l qo’ygan bo’ladi.

Яна маълумот

909

Bank foizi va undan foydalanish mexanizmi

Suda foizi vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun to’lanadigan o’ziga xos to’lovdir. Uning to’lovchisi ham, …