Home / Iqtisodiyot / Risklarni aniqlash tartibi

Risklarni aniqlash tartibi

Bank amaliyotida muhim muammolardan biri bu bank risklarini baholashdir. Uni to’g’ri baholash, uning ro’y berishini o’z vaqtida oldini olish bo’yicha tegishli choralar ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Risklarni aniqlash ularning darajasini hisoblashdan boshlanadi.

Risk darajasi muayyan faoliyatda maqsad nimaga yo’naltirilganiga qarab zararlar bo’lishini yoki xo’jalik subektining faoliyat natijasi malum bir yo’qotishlar bilan tugashi yoki yuqori daromad olipsh mumkinligini ifodalaydi. Ana shu risk darajasi va u bilan bog’liq yo’qotishlar ehtimolini aniqlashning bir necha usullari mavjud:

  • ekspert(subektiv) baholash usuli;
  • statistik usul;
  • tahliliy (kompleks) usul.

Ekspert baholash usuli riskni tahlil qiluvchi iqtisodchi (ekspert)ning malaka darajasig’a asoslanadi. Bunda bankning faoliyatida o’tkazilgan barcha operasiyalar bo’yicha mavjud malumotlar tahlil qilinib, imkoni boricha ko’proq yo’qotishlarga olib kelishi mumkin bo’lgan operasiyalar tahlilga jalb qilinadi. Shu jarayonda bankning o’zidagi, shuningdek, bo’lish ehtimoli bo’lgan yo’qotishlar va ularning davr oralig’i aniqlanadi:

Y=YH/N

Bu erda:

Y– yo’qotishlar darajasi (koeffisientda);

YH– yo’qotishlarga olib keluvchi holatlar soni;

N – taxdilga jalb qilingan holatlarning umumiy soni.

Formuladagi N bankning faqat yo’qotish, zararlarga olib kelishi mumkin bo’lgan operasiyalarning sonini emas, balki barcha operasiyalarni, jumladan, foyda keltiruvchi operasiyalarni ham o’z ichigaoladi.

Yo’qotish darajasi 0 < Y < 1 oralig’ida bo’ladi. «Y» qancha «0» ga yaqin bo’lsa, risk darajasi shuncha kichik bo’ladi. Agar «Y» qanchalik «1» soniga yaqin bo’lsa, risk darajasi shunchalik yuqori bo’ladi.

Statistik usul ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlar ehtimolini • variasiya koeffisienti (V) ni hisoblash yordamida aniqlanadi:

risk

yani o’rtacha kvadratik farqlanish;

x kuzatishga jalb qilingan operasiyalar va ulardan kutilayotgan natija;

¯x -barcha operasiyalarda kutilayotgan o’rtacha natija;

n operasiyalar soni.

Bu koeffisient ham 0 dan 1 gacha o’zgarishda bo’ladi va u qanchalik yuqori bo’lsa, farqlanish yoki risk darajasi shunchalik yuqori bo’ladi. Prof. Sh. Abdullaeva ushbu koeffisient darajasini baholashda quyidagi intervallardan foydalanishni tavsiya etadi.”

0,10 gacha-kam (sezilarli bo’lmagan farqlanish);

0,10-0,25 meyorida yoki sezilarli farqlanish;

0,25 va undan yuqori katta farqlanish.

Variasiya koeffisientining darajasi bank tomonidan amalga oshiradigan operasiyalar bo’yicha risk darajasining past yoki yuqori bo’lishiga bog’liq. Yani bankning operasiyalari bo’yicha risk darajasi variasiya koeffisientiga to’g’ri proporsionaldir. Shu SAbabli bank o’z faoliyatida riskni kamaytirish va bank likvidliligini oshirish uchun o’z mablag’larini farqlanishi eng kam bo’lgan operasiyalar (variant)ga qo’yishga harakat qilishi kerak. .

Tahliliy-kompleke usuli o’yinlar nazariyasini qo’llashga asoslanadi. U bankning nafaqat o’z harakatlarini, shuningdek, atrofidagi kontragentlarning ham amalga oshirishi mumkin bo’lgan barcha muqobil harakatlarini ko’rib chiqishni taqozo etadi. O’yinlar nazariyasi unsurlaridan foydalangan holda vazifalarni hal qilish jarayoni juda ulkan va murakkab bo’lib, juda ko’p vaqt sarflashni talab etadi.

Bank bo’yicha yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan risk darajasi yoki ko’rsatkichi (Kr) quyidagicha hisoblanadi:

101

Bu erda:

Kr bank bo’yicha yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan risk darajasi;

  • shu bankning barcha operasiyalar bo’yicha ko’rishi mumkin bo’lgan zararlar yig’indisi;

QM bankning o’z mablaglari;

E bank tashqi risklarinish msyoriy koeffisienti.

Xalqaro amaliyotda tashqi risklarni tahlil qilishning ikki bosqichli tizimi mavjud. Birinchi bosqichda mamlakatdagi umumiy iqtisodiy vaziyat tahlil qilinadi, ikkinchi bosqichda mamlakatdagi riskning umumiy darajasi quyidagi ko’rsatkichlar yordamida hisoblab chiqiladi:

  • yalpi milliy mahsulotning o’sish suratlari;
  • jon boshiga to’g’ri keladigan YaIM va uning o’sish suratlari;
  • inflyasiya darajasi;
  • ishsizlik darajasi;
  • davlat byudjetining taqchilligi;
  • investisiyalarning samaradorligi;
  • iqtisodiyotning raqobatbardoshligi;
  • savdo va to’lov balanslari;
  • siyosiy xatar darajasi va boshqalar.

Mamlakatdagi risklarni tahlil qilganda jahondagi ko’pgina etakchi mamlakatlarning statistika xizmatlari tomonidan maxsus elon qilgan ayrim ko’rsatkichlar bo’yicha ekspert baholari va reytinglaridan ham foydalaniladi.

[267J. Bankning kredit faoliyati uni boshqa bank bo’lmagan tashkilotlardan farqlovchi asosiy mezonlardan biridir. Jahon amaliyotidan malumki, bank foydasining asosiy qismi kredit bilan bog’liq. Shu sababli yirik kreditlarning qaytarilmasligi bankning sinishiga sabab bo’lishi mumkin.

Banklar faoliyatini to’g’ri tashkil qilish, ehtimol qilinadigan risklarni minimallashtirish masalalaridan biri kredit risklari, ularning darajalarini aniqlash va taxlil qilishdan iborat.

Yuqorida takidlab o’tilganidek, kredit riski deganda qarz oluvchi tomonidan kredit shartnomasi shartlarining bajarilmasligi, yani kredit summasining (qisman yoki to’liq) va u bo’yicha foizlarning shartnomada ko’rsatilgan muddatlarda to’lanmasligi tushuniladi. Kredit riskini aniklashda quyidagi formulalardan juda keng foydalaniladi:

202

Harakatda bo’lmagan aktivlar 90 kundan kam bo’lmagan va undan ortiq muddat ichida daromad keltiruvchi aktivlar, shu jumladan, kredit qo’yilmalari.

Hisobdan chiqarilgan kreditlar bankka qaytarilishidan butunlay umid uzilg’an va zararlar sifatida hisobdan chiqarilgan kreditlar.

Real kredit riskini aniqlash uchun, eng avvalo, kredit sarf qilinishi mo’ljallanayotgan loyixani yashashga qobiliyatliligi kafolatlanishi lozim. Agar tahlil natijasida loyixaning kelajagi

yaxshi deb topilsa, unda kredit uchun taklif qilinayotgan garovning sifati va bahosi tahlil qilinadi. Garovni tahlil qilish jarayonida risk darajasi aniqlanadi. Chunki garovning qiymati va hujjatlari muhim rol o’ynaydi. .         .

Kredit riskining haqiqiy darajasi (KrH) quyidagicha aniqlanadi:

Kr=TMK/BK

Bu erda:

KR kredit riskining haqiqiy darajasi;

TMK to’lanmagan kreditlar;

BK berilgan kreditlar.

Kredit riskining haqiqiy darajasini aniqlashda risk koeffisientidan foydalanish mumkin (55-jadval ).

55-jadval.

Risk koeffisientini aniqlash tartibi

Ko’rsatkichlar O’lchov birligi Variantlar
I II
1. Bankning o’z mablag’lari mln.so’m 10000 60000
2. Extimol qilinayotgan yo’qotishlarning maksimal summasi mln.so’m 6000 24000
3. Risk koeffisienti (2q:1q) koef. 0,6 0,4

Ko’rib turibmizki, 11 variant bo’yicha kapital qo’yish (yoki kredit berish) riski I variantga nisbatan 1,5 marta kam (0,6:0,4=1,5). Risk koeffisientini to’g’ri taxminlash beriladigan kredit summasini optimallashtirish yo’llarini ishlab chiqishga, kredit risklarini minimallashtirishga yordam beradi.

|268|. Mijozning kreditga layoqatliligini aniqlash bosqichida beriladigan kredit bo’yicha risk darajasini quyidagi kreditlash jarayonini tavsiflovchi chizmaga asoslanib xomcho’t qilish mumkin (36-chizma).

Risksiz zonada yo’qotishlar yo’q, yani uning darajasi «0»ga teng. Bu holda foyda darajasi yuqori bo’ladi. Bo’lishi ehtimol qilinadigan risk oldindan aniq bo’lgan, yuqori darajada xavf tugdirmaydigan risk bo’lib, uning darajasi sezilarsiz, doimo olinadigan foydadan past bo’ladi.

Kritik risk zonasi yo’qotishlar bo’lish xavfi borligini ifodalaydi, olinadigan foydadan bir qismining biron jarayon uchun yo’naltirilganligini va shu mablaglarning qaytib kelishida xavf borligini ifodalaydi.

Risk tufayli yo’qotishlar miqdori (summasi)ga qarab risk zonasini aniqlash mumkin (56-jadval).

56-jadval.

Risk zonalari

Yutuqlar Yo’kotishlar
Yo’qotishlar umuman yo’q Bo’lishi extimol risklar zonasi Kritik risk zonasi Halokatli risk zonasi Maksimum risk zonasi (yo’kotishlar)
Risksiz zona Tushum bo’ladi Io’qotish xavfi bor Io’kotishlar bo’lishi anik Mulkni ham yo’qotish holati.
Foyda

Halokatli risk aniq yo’qotishlar muqarrarligini va bankning foydasi mulkiy zarar bilan yakunlanishini ifodalaydi.

Kreditlarni shu tarika, yani risk zonalari bo’yicha turkumlash kreditni xavfli zonaga tushishining oldini olish, kredit risklarining darajasini kamaytirishga imkon yaratadi.

Banklar mablag’lar yo’qligi tufayli yuzaga keladigan to’lovga qobiliyatsizlik, moliyaviy va xo’jalik faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega bo’lmaslik kabi risklar (xatar)dan ehtiyot bo’lishlari lozim. Agar bank berilgan kredit talabnomasini yaxshilab taxlil qilmasdan, juda katta mikdorda kreditlar bergan bo’lsa, ularning qaytmaslik ehtimoli mavjud bo’lsa, bunday «yomon» kreditlar bankka katta zarar keltirishi mumkin.

Яна маълумот

909

Bank foizi va undan foydalanish mexanizmi

Suda foizi vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun to’lanadigan o’ziga xos to’lovdir. Uning to’lovchisi ham, …