Home / Iqtisodiyot / Risklarni boshqarish usullari

Risklarni boshqarish usullari

Eng avvalo shuni takidlash lozimki, bank faoliyatida gap riskdan umuman qochish to’g’risida emas, balki uni oldindan chamalash, ko’ra bilish va uni minimal darajaga tushirish haqida boradi. Riskni boshqarish o’z oldiga aksariyat hollarda bankning o’z mablag’larining bir qismini yo’qotish «xavfi», daromad ololmay qolish yoki moliyaviy operasiyalarni amalga oshirish natijasida qo’shimcha xarajatlarga yo’l qo’yib bo’lsa-da, faoliyatni ijobiy natija bilan yakunlashni maqsad qilib qo’yadi.

Umuman bank riskini boshqarish riskni yuzaga kelish ehtimolini xomcho’t qilish, risk tufayli yuzaga keladigan noxush holatlarga yo’l qo’ymaslik yoki ularning tasirini kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. Riskni boshqarish jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi (37-chizma).

risk-menedzhment

Bank riskini boshqarish banklar faoliyatini chuqur bilish, ular bajaradigan operasiyalarning samaradorligini aniqlay olish, bankning kredit, investisiya, valyuta siyosati va boshqa faoliyat turlari bo’yicha optimal qarorlar qabul qilishga erishish, mijozlarning xo’jalik faoliyati va ularning moliyaviy ahvoli, tarmoqlar faoliyatining xususiyatlarini mukammal bilishni talab etadi.

Bank riskini boshqarishda bank boshqaruvchisining asosiy vazifasi bank faoliyatini olib borishda yuzaga keladigan daromad bilan unda yuzaga keluvchi risklar o’rtasidagi optimal variantini topishdan iborat.

Bank risklarini boshqarishda muayyan tamoyillar va talablarga tayaniladi. Ular quyidagilardan iborat:

Tamoyillar, talablar:

  • o’z kapitalidan ortiq summaga risk qilmaslik;
  • kam daromad olish imkoniyatida risk qilishga intilmaslik;
  • bir mijozga yoki bir-biri bilan bogliq qarzdorlar guruhiga berilgan yirik kreditlar ko’pincha banklarning inqirozga sabab bo’lishini unutmaslik;
  • bir qarz oluvchiga beriladigan kredit miqdori bankning ustav kapitali miqdorining 10 foizidan yuqori bo’lmasligini asos qilib olish;
  • bank tomonidan beriladigan yirik kredit bank kapitalining birinchi darajasi miqdorining 10 foizidan oshmasligiga rioya qilish;
  • bir qarz oluvchiga yoki o’zaro bog’liq qarz oluvchilar guruhiga to’g’ri keluvchi maksimal miqdor bank kapitalining birinchi darajasi miqdorining 15 foizidan oshmasligini asos qilib olish;
  • ishonchli (blankali) kreditlar bo’yicha maksimal risk miqdori bank kapitalining birinchi darajasi miqdorining 5 foizidan oshmasligiga rioya qilish;

708

37-chizma. Riskni boshqarish jarayoni.

  • bank tomonidan berilgan yirik kreditlarning umumiy summasi bank regulyativ kapitalining’ birinchi darajasidan 8 martadan oshmasligini asos qilib olish;

Xalqaro bank amaliyotida:

  • biron bir qarz oluvchi bank asosiy kapitalining 10 foiz ekvivalentidan ortiqcha mablag’ ololmaydi;
  • bir tarmoqqa beriladigan kredit mikdori bankning umumiy portfelining 25 foizidan oshmasligi lozim;
  • bir qarz oluvchiga to’g’ri keluvchi taxminiy risk (garovga qo’yilgan mulk baholangandan keyin) bank asosiy kapitalining 1 foizidan oshmasligi kerak;
  • taxminiy (kutilayotgan) risk ko’lami mijozdan olinishi extimol qilinayotgan yillik foyda mikdorining 3 baravaridan oshib ketmasligi kerak.

Shuni takidlash lozimki, respublikamizda aksariyat banklar sohalar bo’yicha (Savdogarbank, G’allabank, Paxtabank, Mikrokreditbank va h.k.) ixtisoslashgan banklar bo’lib, ularning kredit qo’yilmalarining asosiy qismi o’zi ixtisoslashgan sohalarga yo’naltiradi.

Bu erda ham muayyan talab o’rnatilishi lozim. Prof. Sh.Abdullaevaning fikriga ko’ra, bank bir sohaga kredi g berganda, shu soha uchun berilgan kreditlar ko’lami bank kredit portfelining 35 foizidan oshmasligi lozim. Bu ham kredit riskining oldini olishning omillaridan biri bo’lishi mumkin.1

  • . Bank risklarini boshqarish strategiyasini ishlab chiqishda risklarning quyidagi asosiy turlariga etiborni qaratmoq lozim:
  • depozitlarni shakllantirish riski;
  • yangi faoliyat turi riski (masalan, faktoring operasiyalar bo’yicha);
  • lizing kelishuvi riski;
  • qarzdorning o’z moliyaviy majburiyatlari yuzasidan bajarmagan faoliyati bilan bog’liq kredit riski;
  • bozor foiz stavkalarining farqlanish ehtimoli bilan bogliq foiz risklari;
  • qimmatli qog’ozlarning qadrsizlanish ehtimoli bilan bog’liq bozor riski.
  • valyuta kurslarining farqlanishi bilan bog’liq valyuta risklari. Bank bunday riskka chet el valyutasida turli xildagi operasiyalar o’tkazish, valyutalar oldi-sotdisi, valyutaviy kreditlar berish natijasida duch keladi.

Bank o’z faoliyatida mavjud riskni aniqlash, uni qabul qilish, uni kuzatib borish va uni boshqarish qobiliyatiga tayyor ekanligini o’z zimmasiga olishi lozim.

Risklar asosan quyidagi usullarni qo’llash yordamida boshqariladi (57-jadval).

  • Agar risklarning oldini olishning to’liq imkoniyati mavjud bo’lmasa, u holda oxirgi manba riskni qoplash hisoblanadi. Riskni qoplash quyidagilarni o’z ichiga oladi:
    • banklar tomonidan umumiy va maxsus zaxira fondlarini tashkil qilish;
    • malum yig’indilarni zararlarga o’tkazish;
    • kredit bo’yicha foizlar belgilashni to’xtatish va boshqalar.

    Risklarni boshqarish daromad bilan risk o’rtasidagi optimal nisbatni topish, mavjud riskni minimallashtirishni o’z ichiga oladi.

57-jadval.

Risklarni boshqarish usullari

Risklarni boshkarish usullari
1. Diversifikasiya siyosatini o’tkazish;
2. Depozit sertifikatlarini joriy kilish;
3. Uzgaruvchan, suzib yuruvchi foiz stavkalari asosida kredit berish;
4. Kreditlarni va depozitlarni sug’urtalash;
5. Garov asosida kreditlarni kengaytirish;
6. Banklarning xisobga olish operaiiyalarini kengaytirish;
7. Yirik kreditlarni fakat konsorsional asosda berish (banklararo bitimlarga asosan risklarni taksimlash);
8. Real shaxsiy kafolatlar asosida kreditlashni qo’llash:
9. Tashqi risklar (tarmok, tarmoklararo, mintaqaviy va boshq.)ni hisobga olish;
10. Bank mijozining moliyaviy ahvolini muntazam nazorat kilib borish, to’lovga layoqatliligi, reytingini baholab borish;
11. Risklarni boshqarishda etiborga olish zarur bo’lgan tamoyillar va talablarga rioya qilish;
12. Risklarni aniklash usullari va ularning natijalarini risklarni boshqarishda keng ko’llash va h.k.

  • . Bank amaliyotida kredit berish barcha operasiyalar tarkibida eng salmoqli o’rinni egallaydi. Shu bois kredit riskini minimallashtirish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish o’ta dolzarb masala bo’lib qolaveradi. Bu tadbirlar qatoriga quyidagilar kiradi (58-jadval).

58-jadval.

Kredit riskini kamaytirish usullari

Riskni kamaytirish choralari Izoh
1. Mijozning kreditga layoqatliligini baholash • Bu usul mijozning reytingini aniklashni ko’zda tutadi. Qarzdorni baholash mezonlari xar bir bank uchun qattik individuallashgan bo’lib, uning amaliyotdagi mavkeidan kelib chiqishi va vaqtivaqti bilan qayta ko’rib chiqilishi lozim.
2. Bitta qarz oluvchiga beriladigan kreditning summasini kamaytirish • Bu usul mijozning kreditga layoqatliligiga to’liq amin bo’lmagan hollarda qo’llaniladi.
3. Kreditlarni sugurtalash • Kreditni sug’urtalash uning kaytmaslik riskini to’liq sug’urtalash bilan shugullanuvchi tashkilot zimmasiga yuklanishini nazarda tutadi.
4. Etarli taminotni talab kilish • Bu usul bankdan berilgan summaning qaytishini va foiz olinishini kafolatlaydi.
5. Diskontli ssudalar berish • Bu ssudalar unchalik katta bo’lmagan darajada kredit riskini pasaytirishga yordam beradi. Bunday usullarda kredit berish kreditga minimum to’lov olishni taminlaydi.

  • . Yuqorida takidlaganimizdek, foiz riski foiz stavkalarining o’zgaruvchanligi natijasida yuzaga kelib, bozor iqtisodiyotiga xos obektiv hodisadir. Bank tuzilayotgan shartnomalar bo’yicha (kredit shartnomalari bo’yicha ham, depozit shartnomalari bo’yicha ham) foiz stavkalarini qayd etar ekan, ko’pincha shunday vaziyatga tushib qoladiki, bunda u yo qimmatlashgan resurslarni stavkalar moliya bozorlarining daromadlilik darajasi pastroq bo’lgan vaktda belgilangan aktiv operasiyalarni fondlash uchun sotib olish, yoxud ilgari sotib olinadigan qimmat resurslarini pasaygan stavkalar bo’yicha joylashtirish mumkin. Chunki uni joylashtirish muddati resurslar jalb etilgan muddatga qaraganda kamrokdir.

Foiz xatarini boshqarishdan maqsad bozor foiz stavkalarini tebranishlarining bank rentabelligiga salbiy tasirni minimallashtirishdan iborat. Foiz stavkalarining o’zgarish xatari farqlantiruvchi xususiyati shundan iboratki, uning tasiri bank uchun ham salbiy, xam ijobiy bo’lishi mumkin.

Foiz xatarini boshqarish bankni foiz shaklida sof foyda olish vazifalarini qo’yishga va bankning foiz xatariga qanchalik duch kelganligini chamalab ko’rishga majbur etadi. Buning uchun yo tafovutni tahlil qilish usuli (ing. GAP -uzilish, interval), yohud davomiylikni tahlil qilish usulidan foydalaniladi.

Bank portfelining shakllanish doirasida foiz stavkalari o’zgarish riskini boshqarishda ikki xil strategiya bo’lishi mumkin:

  • foiz stavkalarining dinamikasini prognoz qilish;
  • foiz stavkalari prognozlanayotgan o’zgarishining salbiy tasirini minimallashtirish maqsadida bank portfeli tuzilmasini o’zgartirish tadbirlarini o’tkazish.

Agar foiz stavkalarining o’zgarish tendensiyalarini oldindan aytib bo’lmasa yoki foiz stavkalari tartibsiz tebranib tursa, u holda tafovutni boshqarishning mudofaa strategiyasini qo’llash o’rinli bo’ladi. U bank portfelini boshqarishga passiv yondashishni bildirmaydi va bank operasiyalarini boshqarishda goyaning yuksak faol bo’lishini talab qiladi.[1]

Foiz riskini quyidagi usullar vositasida minimallashtirish mumkin:

  1. Foiz riskini quyi bo’g’indagi tegishli sug’urta tashkilotiga o’tkazish yo’li bilan sugurtalash.
  2. Kreditlarni suzuvchi foiz stavkasida berish. Bu usul bankka berilgan kreditlarning foiz stavkasiga bozordagi foiz stavkalarining tebranishini hisobga olib tegishli o’zgartirishlar kiritishga imkoniyat beradi va bank ssuda foizining bozor normasining oshishi natijasida ko’rishi mumkin bo’lgan zararlardan qochish uchun sharoit yaratib beradi.
  3. Muddatli kelishuvlar. Bank va mijoz o’rtasida belgilangan summa va o’rnatilgan foizda, malum bir kelishilgan kunda ssuda bilan taminlash to’g’risida maxsus forvard bitimi imzolanadi. Bunday bitimni tuzish yordamida bank ssudalarni berish vaqtida bozor foiz stavkalarining tushib ketishi xavfidan o’zini himoyalaydi. Bunda ancha past to’lov evaziga kredit olgan mijoz yutadi.
  4. Foizli fyuchers shartnomalari. Bu usul bozor foiz stavkalarining tebranishidagi spekulyasiya (chayqovchi)lar hamda foiz riskini qoplash uchun qo’llaniladi.
  5. Foiz opsionlari. Bu opsion egasiga qatiy o’rnatilgan bahoda kelgusida belgilangan kunda yoki ungacha qisqa muddatli depozit yoki ssudani sotish yoki sotib olish huquqini (majburiyat emas) beruvchi kelishuvidir.
  6. Foiz svoplari. Bu usul bitta summaga, lekin turli shartlarda tuzilgan kredit majburiyatlari bo’yicha banklar o’rtasida bo’ladigan foiz to’lovlari almashinuvi bo’lib, foiz riskini minimallashtirishga bir qadar yordam berishi mumkin.
  • . Valyuta riskini quyidagi usullar yordamida minimallashtirish mumkin (59-jadval).

59-jadval.

Valyuta riskini minimallashtirish usullari

Usullar Izox
1. Forvard kursini xisobga olish • Kredit shartnomasida o’rnatilgan forvard kursini xisobga olib boshqa valyutada kaytarish sharti bilan biror bir valyutada ssuda berish. Bunday tadbirlar bankni kredit valyutasi kursining pasayishi ehtimolligidan ximoya kiladi.
2. Forvard valyuta shartnomalari • Bunday operasiyalar bitim summasini va forvard almashuv kursini shartnomada qagiy o’rnatib xorijiy valyutani oldi-sotdisi bo’yicha bank va mijoz o’rtasida muddatli kelishuv imzolanishni nazardatutadi.
3. Valyutaviy fyuchers shartnomalari • Fyucherslar malum bir miqdordagi xorijiy valyutani kelgusida aniq bir kunda sotish yoki sotib olish kelishuvni o’zida aks ettiradi.
4. Valyuta svoplari • Bu usul ikki tomon o’rtasida turli valyutalardagi to’lovlarning kelajakda almashinishi xakidagi kelishuv asosida amalga oshiriladi.
5. Valyuta riskini sug’urtalash • Bunday tadbir barcha riskni sug’urta tashkilotiga o’tkazishni nazarda tutadi.

Bozor riskini quyidagi vositalar yordamida minimallashtirish mumkin:

  1. Qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisiga tuzilgan fyuchers shartnomalari. Ular shartnoma egalariga oldindan o’rnatilgan kurs bo’yicha qimmatli qog’ozlarni sotish yoki sotib olish huquqini beradi.
  2. Fond opsionlari. Bu aksiyalarni (yoki boshqa qimmatli qog’ozlarni, agar ular fond birjasida aylanayotgan bo’lsa) kelishilgan muddat davomida sotish yoki xarid qilish huquqini beradi.
  3. Investisiya portfelining diversifikasiyasi. Bu usul qimmatli qogozlarni qadrsizlanishdan himoya qilishning eng maqbul usulidir.

Shunday qilib, banklarning o’z faoliyatlari jarayonida duch keladigan turli xildagi risklarni pasaytirish usullari bo’yicha tadbirlarning ishlab chiqilishi risk sohasida bank strategiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bunday turdagi operasiyalarni bank o’z mablaglari hisobidan ham yoki mijoz topshirigiga asosan ham amalga oshiradi.

 

Яна маълумот

909

Bank foizi va undan foydalanish mexanizmi

Suda foizi vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun to’lanadigan o’ziga xos to’lovdir. Uning to’lovchisi ham, …