Home / Iqtisodiyot / Bank reytingini aniqlash usullari

Bank reytingini aniqlash usullari

 XX asr oxirida har bir sohada o’z etakchilarini bilish istagi kuchaydi. Eng yaxshi korxona, eng yaxshi bank, eng yaxshi mutaxassis, eng rivojlangan tuman, viloyat, mamlakat va hokazolar.

O’z o’rnini aniqlab olishga harakat qilish biznesga ham xos. Bu sohada ham dastlabki o’nta eng yirik bank, ishonchlilar orasida eng ishonchli sug’urta agentliklari, dunyoning yuzta eng yirik korxonasi va boshqalar aniqlanmoqda. Reyting bo’lmasa, na butun amaliy hayotni, na shaxsiy hayotni tasavvur qilish mumkin. Chunki «Kimga qarab ish tutish kerak, kim bilan bitim tuzsa bo’ladi, mening ishonchli sherigim kim?» degan muammolarga duch kelamiz.

Reyting bu muayyan obekt yoki subekt to’g’risidagi natijaviy baho bo’lib, qaror qabul qilish bo’yicha g’oyat muhim vosita hisoblanadi. Chunki u, aytaylik, bankirga bankning taraqqiy etish yo’nalishini, ishbilarmonlikning jonlanishini, demak, foyda olish imkoniyatlarini ham hech shubhasiz ko’rsatib beradi. Shuningdek, reyting tizimi:

  • banklar faoliyatini xalqaro amaliyotda qabul qilingan meyorlar asosida qiyosiy tahlil qilishda;
  • mazkur bankning moliyaviy bozordagi o’rnini, nufuzini, shuningdek, muammoli banklarni aniqlashda;
  • banklar taraqqiyotidagi mayl (tendensiya)larni kuzatish, umumlashtiruvchi va xususiy ko’rsatkichlarning dinamikasini tahlil qilishda;
  • banklar samaradorligiga baho berishda juda ham zarur.

Barcha manfaatdor tomonlarning xohish va istaklarini inobatga oluvchi reyting usuli yordamida aholi omonatlari qaerlarda ko’proq, qaysi banklarda qanday foizlarda joylashtirilyapti, depozitlar bo’yicha ahvol qanday, sertifikat va aksiyalarning sotib olinishi qay darajada kabi savollarga ham javob olish mumkin.

Xalqaro amaliyotda bank reytinglarini baholashning juda ko’p turlari mavjud. Ular ichida quyidagi ikki usul eng ko’p tarqalgan:

  • miqdoriy ko’rsatkichlar orqali baholash;
  • sifat ko’rsatkichlari orkali baholash.

Miqdoriy ko’rsatkichlar orqali baholash usuli asosan banklar faoliyatining rivojlanishini tahlil qilish maqsadida qo’llanilib, ularga quyidagilar kiradi:

  • aktivlar summasi;
  • depozitlar;
  • kreditlar;
  • o’z kapitalining summasi;
  • daromad summasi.

Bu ko’rsatkichlar orqali banklar faoliyati ommalashtiriladi.

Baholashning ommaviy axborot vositalari yordamida ikkinchi turi sifat ko’rsatkichlari bo’lib, ular bankning ishonchlilik darajasini ifodalaydi. Bu ko’rsatkichlar turkumiga quyidagilar kiradi:

  • kapitalning etarliligi;
  • aktivlar sifati;
  • daromadlilik darajasi;
  • bank likvidligi.

Chet el mamlakatlarida bank ishonchliligi hukumat tomonidan nazorat qilinadi. Banklar ishonchliligini taminlash bo’yicha bir qator meyoriy hujjatlarga amal qilinishi nazoratda bo’ladi.

Jahon amaliyotida tijorat banklari faoliyatini baholashning bir necha tizimi mavjud. Masalan, qator mamlakatlarda riskni baholash va diagnostika uchun bir nechta tizimlardan foydalaniladi. Ularning ayrimlari mavjud muammolarni aniqlab bersa, ayrimlari joriy tavakkalchiliklar asosida kelgusida ehtimoliy yondashuvlar haqida malumot olish imkonini beradi.

Umuman bunday tizimlar quyidagi vazifalarni hal etadi:

  • kredit tashkilotlarini inspeksiya va masofadan monitoring doirasidabir tizimga keltirilgan tarzda rasman baholash;
  • banklarni va muammolar mavjud bo’lgan yoki paydo bo’lishi mumkin bo’lgan yo’nalishlarni identifikasiya qilish;
  • nazorat idoralari resurslarini maqbul taqsimlash uchun tekshiruvlarning ustuvor yo’nalishlarini aniqlash;
  • nazorat organiningo’z vaqtida ish boshlashini uyushtirish.

62-jadvalda turli rivojlangan mamlakatlarda foydalanilayotgan tizimlarni keltiramiz.

62~jadval.

Erta diagnostika va riskni baholash tizimlari1*

Mamlakat Nazorat organi Tizim Tizim joriy kilingan yil Tizim tsifasi
Fransiya Bank komissiyasi ORAP 1997 Masofadan monitoring (MM)
Germaniya Federal nazorat organi BAKIS 1997 Moliya koeffisientlari va guruhlab tahlil qilish tizimi
Italiya Italiya banki PATROL 1933 MM, baholashning reyting tizimi
Niderlandiya Niderlandiya banki RAST 1999 Riskni baholashning yalpi tizimi
Angliya Moliya xizmatlarini boshqarish RATE 1998 Riskni baholashning yalpi tizimi
AQSh Barcha nazorat organlari CAMELS 1978 Tekshiruv natijalari bo’yicha joyida reyting berish.

Tizimlar quyidagi xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi:

  • tekshiruvlarning chuqurligi va davriyligi;
  • hisobotlar xususiyati;
  • boshqa haqqoniy manbalardan foydalana olish imkoniyatining mavjudligi;
  • o’tgan davrlardagi tanazzullar va bankrotlik holatlari haqidagi statistik axborotlar;
  • texnik taminot darajasi;
  • pul va inson omili.

Xalqaro hisob-kitoblar bankida o’tkazilgan tadqiqotga ko’ra diagnostika tizimini shakliy belgilariga qarab to’rtta keng toifalarga ajratish mumkin:

  • banklarni baholashning reyting tizimi;
  • moliyaviy koeffisientlar va guruhlab tahlil qilish tizimlari;
  • bank riskini baholashning yalpi tizimlari;
  • statistik modellar.

Яна маълумот

708

Risklarni boshqarish usullari

Eng avvalo shuni takidlash lozimki, bank faoliyatida gap riskdan umuman qochish to’g’risida emas, balki uni …