Kredit aloqalari pul egasi bilan qarz oluvchi o’rtasida bevosita va bilvosita bo’lishi mumkin. Birinchi holda ular to’g’ridan-to’g’ri muomalaga kirishadi. Ikkinchi holda ular aloqasi vositachilar orqali yuz beradi. Kredit munosabatlarida ishtirok etuvchi subektlar, kredit obekti va maqsadini inobatga olgan holda kreditning quyidagi shakllari mavjud (41-jadval).
41-jadval.
Kreditning asosiy shakllari
Xs | Kredit shakllari | Izox |
1 | Bank krediti | • Iqgisodiyotda juda keng tarqalgan kredit shakli bo’lib, uning obekti pul mablag’larini bevosita ssudaga berish jarayoni hisoblanadi. Bunda qarz oluvchi sifatida xuquqiy shaxslar, aholi, davlat, xorijiy davlat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Qarz beruvchi sifatida esa fakatgina banklar qatnashadi. |
2 | Davlat krediti | • Kreditlash axoliga sotiladigan davlat zayomlari, obligasiyalari bilan amalga oshiriladi. Shu bilan birga, davlat jismoniy yoki yuridik shaxslardan karz oladi. Demak, davlat bir tomondan qarz beruvchi va ikkinchi tomondan qarz oluvchi sifatida ishtirok etadi. |
3 | Tijorat krediti | • Bu sotuvchilarning xaridorlarga tovar shaklida beradigan kreditidir. Bu kredit moliya va tovar krediti shaklidabo’lishi mumkin.
Moliya krediti eksportyorlarga ayrim kredit bitimlari bo’yicha, importyorlarga sotib oladigan tovarlariga to’lashi uchun pul qarzi ko’rinishida beriladi. Tovar kreditida tovarlar nasiyaga beriladi, xaridor sotuvchiga o’z qarzini tasdiklovchi guvoxnoma-veksel beradi. Nasiyaga berilgan tovar necha so’m tursa, shu qarz miqdori hisoblanadi. Tovar krediti lizing shaklida ham bo’lishi mumkin. Lizing shartnomalari bo’yicha qimmat turadigan mashina va uskunalar karzga (ijaraga) olib ishlatiladi. |
4 | Istemolchi krediti | • Tijorat banklari tadbirkorlik uchun firmalarga karz bersa, istemolchilarga tovar sotib olish uchun qarz beradi. Buning natijasida istemolchi krediti paydo bo’ladi. Bu kredit aholiga istemol tovarlari, xizmatlarni nasiyaga sotish, uyjoy xarajatlari uchun, lombardlardagi mulk garovi hisobiga, o’zaro yordam karzlari va boshqa ko’rinishlarda qarz beriladi. Bu fakat istemolni kondirishga xizmat kiladi. |
5 | Xalkaro kredit | • Bu muddatli, qaytimli va foiz to’lash shartlari_bilan bir mamlakatdagi kreditor tomonidan |
ikkinchi mamlakatdagi qarz oluvchiga pul yoki tovar shaklida beriladigan qarz, shuning’dek, chet el obligasiyalari, chet el korxonalarining aksiyalari va boshqa kimmatli kog’ozlariga foyda olish maksadlarida qo’yiladigan kapital. | ||
6 | Sudxo’rlik krediti | • Bu kreditning o’ziga xos shakli. Xorijda kreditning bu ko’rinishi tarixan keng tarqalgan. Amalda bu kredit shakli Markaziy bank tomonidan tegishli lisenziyaga ega bo’lmagan jismoniy shaxslar, shuningdek, xo’jalik yurituvchi subektlar tomonidan mablaglarni vaqtincha foydalanish uchun berish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Sudxo’rlik krediti ssuda foizining yuqori stavkasi bilan tavsiflanadi (120-180%). |
Istemol krediti turi banklar beradigan kreditlar ichida eng daromadli va eng xatarlisi hisoblanadi. Istemol kreditining eng xatarli deyilishiga sabab shundaki, bu kreditni olgan shaxs yoki oilalarning moliyaviy ahvoli kasallik yoki ishsizlik tufayli yomonlashishi mumkin, bu o’z navbatida, kreditning qaytarilishini kechiktirishi yoki umuman qaytmaslik xatarini yuzaga keltirishi mumkin. Shuning uchun istemol kreditini boshqarishda banklar juda ehtiyotkorlik bilan ish tutishlari lozim.
Hozirgi paytda istemol kreditining bir nechta turlari mavjud. Ularni berish maqsadlari va turlariga qarab 2 guruhga ajratish mumkin.]
Masalan, ayrim shaxs va oilalarga beriladigan kreditlar yangi uylar sotib olish uchun, yani uylar bilan taminlangan kreditlar yoki boshqa maqsadlar uchun, yani avtomobil, yirik elektr xo’jalik mollari sotib olish uchun olinadigan kreditlar hamda uy-joydan tashqari boshqa maqsadlar uchun beriladigan kreditlar.
Boshqa maqsadlar uchun beriladigan kreditlar qaytarilishiga
ko’ra ikki xil bo’ladi: malum bir muddat ichida qaytariladigan va bir yo’la qaytariladigan kreditlar. Jahon bank amaliyotida «Uy-joylarni garovga qo’yish hisobiga» beriladigan kreditlar uylar sotib olish yoki yashash sharoitini yaxshilash uchun beriladi. Yakka yoki ko’p oilalarga mo’ljallangan uylarni sotib olish uchun 10-15 yillik uzoq muddatli kreditlar beriladi va bu kreditlar ushbu uy bilan taminlangan bo’ladi. Bunday kreditlarga mutlaq foiz stavkalari yoki «suzib yuruvchi», boshqacha aytganda, o’zgaruvchan foiz stavkasi o’rnatiladi.
Mutlaq foiz stavkasi o’zgarishi orqali suzib yuruvchi foiz stavkasi ham o’zgaradi. Majburiyatni qoplash uchun olinadigan kredit hajmining 1-2% ini tashkil qiluvchi xizmat haki (komissiyasi) oldindan olinadi va shu yo’d bilan qarzdorga kerakli vaqtda. kerakli hajmda kredit berilishi kafolatlanadi. Bunday kreditlarni nafaqat banklardan, balki bank xolding kompaniyasiga tegishli sho’ba korxonalardan ham olish mumkin.
2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrning eng dolzarb muammosi bo’ldi va uning tasiri butun jahon iqtisodiyotini larzaga soldi.
Ushbu jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqishining asosiy sababi sifatida AQShda yuzaga kelgan ipoteka bozoridagi tanglik etirof etilmoqda. Ipoteka bozoridagi tanglikning sababi esa ipoteka kreditlarining o’z vaqtida qaytmaganligi, yani ipoteka kreditlarining muammoli kreditlar toifasiga aylanishidir.
Ipoteka kreditlari bilan bog’liq muammolarning kelib chiqishiga esa AQSh FZT tomonidan qo’llangan ekspansion pul-kredit siyosati va ipoteka kreditlarining haddan tashqari erkinlashtiriganligi sabab bo’ldi.
AQSh FZT qayta moliyalash stavkasi 2006 yildagi 5-6 foizdan 2008 yilda 1 foizgacha tushirildi. Pul bozorida pulning bahosi arzonlashdi. Bundan tashqari, ipoteka kreditlarining banklar tomonidan berilishi osonlashdi. AQSh fuqarosi hech kanday muammosiz uyning garoviga ipoteka kreditlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldi.
Ipoteka inqirozi bank aktivlarining qadrsizlanishi, o’z navbatida, banklarning to’lov qobiliyati va likvidlik darajasining pasayishiga sabab bo’ldi.
Uy-joydan boshqa maqsadlar uchun olinadigan kreditlar malum bir muddat ichida to’lanishi yoki bir yo’la to’lanishi mumkin.
Malum bir muddat ichida to’lanadigan kreditlar qisqa va o’rta muddatli kreditlar bo’lib, bunda kredit mikdori ikki yoki uch qismga bo’linib to’lanadi (odatda har oyda yoki har chorakda bir marta) bunday kreditlar asosan harakat vositalari, mebel, yirik elektrxo’jalik mollari sotib olish uchun beriladi. Bunday kreditlarga asosan mutlaq foiz stavkasi o’rnatilsa ham, keyingi paytlarda «suzib yuruvchi» foiz stavkasini o’rnatish amaliyotda ko’p qo’llanilmokda.
Bir yo’la qaytariladigan kreditlar qisqa muddatli kreditlar bo’lib, jismoniy shaxslarning naqd pul mablag’iga bo’lgan joriy ehtiyojini qondirish uchun beriladi va kredit muddati tugashi bilanoq uning to’la hajmi qaytariladi. Bunday kreditlarning hajmi kichkina bo’lib, muddati 30 kun yoki undan ham kam bo’lishi mumkin. Qisqa muddatga bir yo’la qaytarish sharti bilan beriladigan kreditlar bank uchun serdaromad bo’lib, bazida, mijozning xususiyatiga qarab yirik mikdorda ham bo’lishi mumkin. Masalan, mehnat tatili va davolanish, yirik elektr xo’jalik mollarini sotib olish yoki tamirlash, soliq to’lashga ketadigan xarajatlarni qoplash uchun olinadi.
Kredit kartochkasiga asoslanib beriladigan kreditlar ham malum muddat ichida yoki bir yo’la to’lanishi mumkin. Kredit kartochkasi egalari uning yordamida sotib olgan tovarlariga foizsiz haq to’lashlari va qarzlarni belgilangan muddat ichida qoplashlari yoki tovar haqini bo’lib-bo’lib, oyiga 12-18% yillik foiz mikdorida to’lab borishlari mumkin. Kredit kartochkasi asosida malum muddat ichida kredit haqining to’lanishi bir yo’la to’lanadigan kreditlarga qaraganda banklar uchun foydalidir, chunki banklar bunday kreditlardan foiz daromadlari oladilar.
Kredit kartochkasi juda qulay bo’lib, mijoz undan ko’pincha revolver kredit tizimida keng foydalanadi. Kredit kartochkalaridan foydalanish texnologiyalarning takomillashi natijasida mijozlar kredit kartochkalari orqali bank xizmatlarining barcha turlaridan, shu jumladan, jamg’arma va hisob-kitob xizmatlaridan ham bemalol foydalanishlari mumkin.
Bu kartochkalar bilan xizmat ko’rsatishning rivojlanishi tufayli mijozlar bank xizmatiga haq to’lashdan ko’pincha ozod bo’ladilar.
Bank turli xil mijozlarga turli xil maqsadlar uchun kreditlar berishi mumkin. Beriladigan kreditlarni ulardan foydalanish maqsadiga ko’ra, ettita turkumga ajratish mumkin:
- ipoteka ssudalari, yani ko’chmas mulk asosida beriladigan kreditlar;
- moliya institutlariga, yani banklararo moliya va sug’urta kompaniyalariga, shuningdek, boshqa moliya muassasalariga beriladigan kreditlar;
- dehkon va fermer xo’jaliklariga erlarni o’zlashtirish va ishlov berish, hosilni yig’ishtirib olish, chorva mollarini em bilan taminlash ishlarini yaxshilash maqsadida beriladigan qishloq xo’jalik ssudalari;
- savdo va sanoat korxonalariga tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish va ish haqi berish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni qoplash uchun tadbirkor firmalarga beriladigan kreditlar;
- xususiy shaxslarga beriladigan istemol kreditlari. Bularga bahosini bir necha muddat ichida to’lash imkoniyati bilan avtomobil sotib, ko’chma (sayyor) uylar, elektr xo’jalik va boshqa istemol mollari, uylarni tamirlash va zamonaviy tus berish, tibbiy xizmat xarajatlarini qoplash va boshqa shaxsiy transport uchun beriladi;
- boshqa ssudalar yuqorida qayd etilmagan ssudalar bo’lib, ularga qimmatbaho qog’ozlar bilan taminlangan ssudalar ham kiradi;
- moliyaviy lizingda bank mashina va uskunalarni sotib oladi va ularni mijozlarga ijaraga beradi.
Yuqorida keltirilgan kredit turlarini jahon bank amaliyotidagi eng yirigi ipoteka ssudalaridir va bu ssudalar beriladigan jami ssudalarning 1/3 qismini tashkil qiladi. Savdo va sanoat korxonalariga beriladigan ssudalar ham jami kredit qo’yilmalarning 1/3 qismini tashkil qiladi. Uz ahamiyatiga ko’ra, uchinchi o’rinda turadigan ssudalar bular xususiy shaxslarga beriladigan ssudalar bo’lib, ular jami kredit qo’yilmalarining 1/5 qismini tashkil qiladi.
Bank kreditlari portfeli tarkibini aniqlovchi eng muhim omillardan biri, bu eng avvalo ushbu bank xizmat ko’rsatayotgan bozorning xususiyatidir. Har bir bank mijozlarining kredit mablag’lariga bo’lg’an ehtiyojlarini o’rganib, ularni etiborga olmog’i lozim. Masalan, aholisi ko’p bo’lmagan shahar va tumanlardagi banklar asosan ipoteka kreditlari (uy-joylarni garovga olish asosida) avtomobil sotib olish uchun yoki xo’jalikni boshqarish va rivojlantirish uchun sarf qilinadigan xarajatlarni qoplash maqsadida kredit beradilar. Iirik ishlab chiqarish korxonalari, firmalar, univermaglar, ofislari ko’p bo’lgan yirik shaharlarda esa banklar kredit mablag’larini tovar xom ashyo zaxiralari, asbob-uskunalar sotib olish va ishchilarga ish haqi to’lash uchun beradilar.
Albatta, hamma banklar ham o’zlari faoliyat ko’rsatayotgan hudud sharoitlariga butunlay bog’liq bo’lmaydilar. Ularning ko’pchiligi boshqa banklardan mablaglarning katta kismini yoki qisman qarzga olishlari mumkin. Bunday faoliyat ko’rsatayotgan banklar uchun ular joylashgan hudud iqtisodiyotidagi salbiy o’zgarishlar katta xavf tug’dirmaydi.
Bank kreditlari portfeliga tasir qiluvchi yana bir muhim omil bu bankning hajmidir. Bunda bank sarmoyasining hajmi eng muhim rol o’ynaydi, chunki u beriladigan kreditni bitta mijozga to’g’ri keladigan qiymatini aniqlaydi. Iirik banklar asosan yirik korxonalar, korporasiyalar va firmalarga xizmat ko’rsatadi. Maydaroq banklar esa, asosan nakd pul ko’rinishida yoki bir necha muhlatga mayda firmalar, xususiy shaxslarga chakana kreditlar beradi.
Bank boshqaruvchilarining kredit siyosati sohasidagi tajribasi va malakasi kredit portfelining tarkibi va o’sishiga tasir qiluvchi muhim omildir.
Bank kreditining bazi bir turlarini berishni taqiqlovchi kredit siyosati bankning kredit portfeli sifatining o’sishiga to’sqinlik qiluvchi xatardan saqlaydi.
Kredit portfelining tarkibi kredit faoliyati orqali olinadigan daromadga ham bog’liq. Bankning kredit bilan shug’ullanuvchi xodimlari kredit berish orqali olinadigan daromad bilan bankning boshqa aktivlari orqali olinadigan daromadni solishtirib, tahlil qiladilar. Natijada, bank daromadlarining asosiy qismi kreditlarga to’g’ri kelayotgani haqida bir xulosaga kelganlaridan so’ng ko’proq kreditlar berishni afzal ko’radilar.
Xalqaro kredit
Xalqaro kredit bir davlat, shu davlat banki, huquqiy shaxsi tomonidan ikkinchi bir davlatga, uning banklariga, boshqa huquqiy shaxslariga muddatlilik va to’lovlilik asosida berilladigan kredit hisoblanadi. Bu kredit shakli kredit munosabatlarining xalqaro miqyosda (davlatlar o’rtasida) amalga oshirilishi jarayonida yuzaga keladi.
Uzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, suveren davlat sifatida o’z tashqi iqtisodiy faoliyatini yo’lga qo’ya boshladi. 1991 yilgacha O’zbekiston tashqi dunyo bilan mustaqil shartnoma tuzish va amalga oshirish imkoniyatiga ega emas edi. 1991 yil 14 iyunda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati to’g’risida»gi Qonun O’zbekistonning chet el davlatlari, ularning yuridik va jismoniy shaxslari, xalqaro tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy hamkorligining rivojlanishiga katta turtki bo’ldi.
Xalqaro kredit quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi:
- karz oluvchi va qarz beruvchi sifatida davlat muassasalari va tashkilotlari, huquqiy shaxslar (banklar, kompaniyalar) xalqaro valyuta-kredit tashkilotlari qatnashadilar;
- qarzga olingan mablag’lar qarz oluvchi mamlakat tomonidan daromad keltiruvchi kapital sifatida ishlatiladi;
- qarz beruvchi mamlakatga to’lanadigan ssuda foizining manbasi qarz oluvchi mamlakat axolisi tomonidan yaratilgan yalpi ichki mahsulot hisoblanadi.
Xalqaro kredit davlat va xalqaro institutlar ishtirok etgan munosabatlarda pul (valyuta) shaklida, tashqi savdo faoliyatida esa tovar shaklida bo’lishi mumkin. Shuningdek, xalqaro kredit chet el obligasiyalari, chet el korxonalari aksiyalari va boshqa qimmatli qog’ozlariga foyda olish maqsadlarida kapital qo’yish shaklida ham bo’ladi.
Xalqaro kredit mahalliy kredit bilan bir qatorda fondlar aylanishining barcha bosqichlarida qatnashadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida xalqaro kredit quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- mamlakatlar o’rtasida kapitalning qayta taqsimlanishini taminlaydi;
- kapitalning konsentrasiyalashuviga va markazlashuviga sharoit yaratadi va bu jarayonni tezlashtiradi;
- har xil valyutalarda xalqaro hisob-kitoblarni olib borishda muomala xarajatlarini qisqartiradi.
Xalqaro kreditga bo’lgan talab qaysi usulda va muddatda kim tomonidan qopdirilishiga, shuningdek, qarz oluvchilarga taklif qilinishiga qarab xalqaro kredit bir necha turlarga bo’linadi (42-jadval).
Xalqaro davlat krediti ikki tomonlama kelishuv asosida rivojlangan davlatlar tomonidan rivojlanayotgan davlatlarga tovar yoki valyuta shaklida, foiz to’lash yoki foiz to’lamaslik sharti bilan, uzoq yoki qisqa muddatga beriladi.
Xalqaro bank kreditlarining:
- bank eksport kreditlari (xorijiy importyorlarga xususiy tijorat banklari, maxsus tashqi savdo banklari tomonidan beriladigan kredit);
- evrokredit (yirik tijorat banklari tomonidan evrovalyuta bozori resurslari hisobidan evro-valyutada, ikki yildan o’n yilgacha bo’lgan muddatda, o’zgaruvchi foiz stavkada kreditlar berish) kabi turlari mavjud.
Qisqa muddatli xalqaro kreditlarni xalqaro valyuta fondi, o’rta muddatli kreditlarni Jahon rivojlanish va taraqqiyot banki, uzoq muddatli (yigirma yilgacha) kreditlarni Evropa rivojlanish va taraqqiyot banki berishi mumkin.
42-jadval.
Xalqaro kredit turlari
№ | Turkumlash belgilari | Xalkaro kredit turlari |
1 | 2 | 3 |
1. | Kreditlash xarakteri bo’yicha | • davlatlararo kreditlar
• xususiy kreditlar • firma kreditlari |
2. | Kreditlash shakli bo’yicha | • davlat krediti
• bank krediti • tijorat krediti |
3. | Tashki savdo tizimida tutgan o’rni bo’yicha | • eksportni kreditlash
• importni kreditlash |
4. | Kreditlash muddati bo’yicha | • kisqa muddatli (1 yilgacha)
• o’rta muddatli (1 -5 yilgacha) • uzok muddatli (5 yildan ortiq) |
5. | Kreditlash obekti bo’yicha | • tovar krediti
• valyuta krediti |
6. | Taminlanganlik darajasi bo’yicha | • tovar-moddiy boyliklar bilan taminlangan kreditlar
• xujjatlar bilan taminlangan kreditlar |
Xalqaro valyuta-kredit tashkilotlaridan olingan kreditlar xususiy tijorat banklardan olingan kreditlardan (bu kreditlar bo’yicha o’rtacha foiz stavkasi yiliga 7 9 % ni tashkil qiladi) arzon tushadi.
Eksport va importni kreditlash deganda tashqi savdoni kreditlash tushuniladi. Eksportni kreditlash quyidagi shakllarda olib boriladi:
- Xaridorlar bo’naklari evaziga yuzaga keluvchi kredit shakli. Bunda xaridorlar bo’naklari biror bir mamlakatga yoki eksportyorga beriladi va ular xorijiy buyurtmachining buyurtmasini taminlash manbai sifatida xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda bo’nak summasi eksportyor kapitalining salmogini oshiradi.
- Bank krediti evaziga yuzaga keluvchi kredit shakli. Bunda eksportyor mamlakat garovi ostida kredit beriladi, shuningdek, importyor mamlakatda tovar hujjatlari yoki tovarlarini garovga olgan holda ham kredit beriladi.
Bank bilan anchadan beri birga ishlab kelayotgan ishonchli yirik eksportyor firmalar bankdan tovarlarni garovga qo’ymasdan bank kreditini olishlari mumkin.
Importni kreditlash
Importni kreditlash ham tijorat va bank krediti shaklida bo’ladi. Bu kreditlar ikkiga bo’linadi:
- Ochiq hisob bo’yicha kredit (eksportyor yuklangan tovarlarni importyor qarzi sifatida uning hisobiga yozib qo’yadi, importyor esa kreditni malum bir muddatda to’lash javobgarligini oladi). Bunda qarzdorlik vaqti-vaqti bilan tugatilib boriladi. Tovar ham o’z navbatida muntazam jo’natilib boriladi. Bu holatda banklar savdo kontragentlari hisob-kitoblarida vositachi funksiyasini bajaradi.
- Veksel kredit, bunda eksportyor tovarni kreditga sotish bitimini imzolab tratta (o’tkazma veksel) ni importyorga taqdim etadi. Oxirida tovar hujjatlarini olgan shaxs trattani akseptlaydi, yani veksel summasini ko’rsatilgan muddatda to’lash javobgarligini oladi.
Import bo’yicha bank kreditlari quyidagi shakllarda ham bo’lishi mumkin:
- Akseptli kredit aksept yoki importyor bankning eksportyor trattasini to’lash roziligi bilan beriladi. Bunda importyor to’lov vaqti kelganda bankka qarz summasini malum qiladi, bank uning eksportyor oldidagi javobgarligini yopadi.
- Akseptli rambusli kredit importyorga xizmat qiluvchi xorijiy bank tomonidan kafolatlash sharti bilan bank tomonidan vekselni akseptlash orqali amalga oshiriladi. Bu holda importyor tratta tugashi vaqtida o’z vositasini trattani akseptlaydigan xorijiy bankka o’tkazish rambuslash uchun o’z bankiga olib kelishi kerak. Shundan so’ng oxirgi shaxs eksportyorga trattani o’rnatilgan muddatda to’laydi.