Home / Iqtisodiyot / Bank ishi va uning davlat tomonidan muvofiqlashtirilish

Bank ishi va uning davlat tomonidan muvofiqlashtirilish

Banklar moliya tizimida mablaglarni istemolchilarning talabi, ehtiyoji va imkoniyatiga ko’ra kreditlar berish bilan shug’ullanadilar, shuningdek, faoliyatlarini tartibga solib turuvchi «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida», «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunlar va boshqa ko’pgina meyoriy hujjatlarga bo’ysunishlari lozim.

bankYangi tashkil qilinayotgan har qanday bank O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomasisiz o’z faoliyatini boshlay olmaydi.

Banklar faoliyatini davlat tomonidan muvofiqlashtirib turish zaruriyati quyidagilar bilan izohlanadi:

  1. Banklar jamoatchilik mablag’larining eng ishonchli saklanadigan joyidir. Lskin o’z mablaglarini saqlash xohishiga ega bo’lganlarning ko’pchiligi bankning ishonchliligini baholashda va moliyaviy masalalarda etarli malumotga ega emaslar. Shu tufayli, banklar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organlar banklar moliyaviy holatini tahlil qilish uchun kerakli bo’lgan barcha malumotlarni to’plashga masuldirlar. Bu bilan ular omonatchilarni himoya qilib, ularning moddiy zarar ko’rishlarining oldini oladilar.
  2. Davlat tomonidan vaqti-vaqti bilan amalga oshiriladigan taftishlar natijasida bank mablag’larining noqonuniy sarf qilinishi, firibgarlik, qalloblik, birovning haqiga xiyonat qilish va suiistemolliklarning oldini oladilar.
  3. Omonatchilar qo’yilmalarining asosiy qismi qisqa muddatli depozitlardan iborat bo’ladi. Shu bilan birga, banklar yirik hajmdagi uzoq muddatli kredit berish va mablag’larni investisiyalarga yo’naltirish bilan ham shug’ullanadilar. Bu o’z navbatida banklarni o’z omonatchilari oldida juda ayanchli ahvolga solib qo’yishi mumkin. Bu o’rinda banklar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, boshqarishni taminlash zaruriyati yuzaga keladi.
  4. Banklar arzon narxdagi depozitlarni kreditlarga yo’naltirish bilan mamlakat iqtisodiyotiga juda katta tasir ko’rsatadilar, chunki jamg’arilgan pul massalari iqtisodiyot bilan chambarchas boglangan bo’lib, pul qadrsizlanishining oldini oladi yoki unga imkoniyat yaratib beradi. Shuning uchun nazorat organlarining muomaladagi pul hajmini nazorat qilishi o’ta muhimdir.
  5. Banklar xususiy shaxslarning istemol va investisiya ehtiyojlarini qondirish uchun mablag’larni kreditga beradilar. Banklarning bu faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish va tartibga solishning ahamiyati shundaki, xususiy shaxslar manfaatlari himoya qilinadi va ularning hayot tarzi yaxshilanishi uchun imkoniyat yaratiladi. Bizning mamlakatda kishilarning yoshi, jinsi, millatiga va irqiga qarab kredit berish yoki bermaslikni hal qilish qattiq taqiqlangan.

Nima uchun banklarning faoliyati davlat tomonidan qatgiq nazorat qilinadi? Buning sababi shundaki, banklar azaldan xalqning, avvalo, xususiy shaxslar va oilalarning mablag’lari saqlanadigan joydir. Davlat banklar ishini nazorat ostiga olib va tartibga solish orqali hamisha omonatchilar va kreditorlarni moliyaviy yo’qotishdan himoya qilishga va banklarning inqirozga yuz tutishi tufayli kelib chiqadigan oqibatlardan saqlashga harakat qiladi.

Bir bankning inqirozga uchrashi tufayli o’nlab va yuzlab korxonalar, ko’p minglab oddiy omonatchilar juda qiyin moliyaviy ahvolda qolishlari mumkin.

Bankning operasiyalari va taklif qilinayotgan xizmat turlari, kreditlarning sifati va miqdori, bank sarmoyasining etarliligi, mijozlarga ko’rsatilayotgan xizmatlarning sifati doimo nazoratchilar tomonidan puxta tekshiriladi

Banklar kreditlar berish yoki to’sqinliksiz sarf qilinadigan depozitlar hisobiga o’z investisiya faoliyatlarini amalga oshirish yo’li bilan pul ishlash imkoniyatiga ega bo’lganliklari tufayli ham qattiq nazorat ostida bo’ladilar. Hosil qilinayotgan pul miqsorining o’zgarishi iqgisodiyot holatiga tasir ko’rsatadi, yani pul qadrsizlanishining kuchayganligi yoki ortganligi aniqlanadi.

Banklar ustidan kuchli nazorat borligining yana bir sababi shuki, ular xususiy shaxslar va firmalarga kreditlar beradilar va bu yo’l bilan istemol xarajatlarini va investisiya talablarini qondiradilar.

Hozirgi vaqtda Uzbekiston Respublikasi banklar tizimi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, O’zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksiga, O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, xususan, «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi va «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunlarga amal qiladi.

«O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi qonun 1995 yil 21 dekabrda, «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonun esa 1996 yil 25 aprelda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan.

«O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi qonun 9 bobdan tashkil topgan bo’lib, 60 ta moddadan iborat.

Bu qonunda Markaziy bankning huquqiy maqomi, bosh maqsadi va asosiy vazifalari, hisobdorligi, mustaqilligi, tashkiliy tuzilishi, hukumat organlari bilan munosabatlari, moliyaviy ahvoli, boshqaruvning vakolatlari, pul-kredit siyosatining asosiy yo’nalishlari, tijorat banklarini qayta moliyaviy taminlash, valyutani tartibga solish, bajaradigan operasiyalar, majburiy zaxira talablari, banklarni nazorat qilish va ular faoliyatini tartibga solish vakolatlari, tijorat banklariga nisbatan qo’llaydigan chora va sanksiyalar va banklar bilan o’zaro munosabatlar belgilangan.

Markaziy bank meyoriy xujjatlar va yo’riqnomalarni ishlab chiqish huquqidan to’liq foydalangan holda, bu yo’nalishda o’z faoliyatini juda faollashtirmokda. Markaziy bank tomonidan hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi bank tizimidagi banklar faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlar to’plami tayyorlangan bo’lib, bu to’plam Respublika banklarida bank hisobvaraqlarini ochish tartibi, banklarni ro’yxatga olish va ularning faoliyatini lisenziyalash, banklarning chet el valyutalari bilan bajaradigan operasiyalari, hisob-kitoblarni amalga oshirish, faktoring, moliyaviy lizing, konsalting operasiyalarini amalga oshirish, qimmatli qog’ozlar bilan operasiyalarni bajarish tartiblari va boshqalarni o’z ichiga oladi. «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonun 6 bobdan va 44 moddadan tashkil topgan.

Bu qonunda bank faoliyatining subektlari va ular faoliyatining huquqiy asosi, banklar operasiyalari, banklarni tashkil qilish va tugatish, banklarning mustaqilligi, davlat va banklarning masuliyatini chegaralab qo’yilishi, ularning pul mablag’larini zaxiralash va umumiy iqtisodiy meyorlarga rioya qilish sohasidagi burchlari, bankka aloqador shaxslar bilan tuziladigan bitimlardagi chegaralar, banklarning hisobot va boshqa axborotlarni takdim etish majburiyatlari, banklarning o’z mijozlari oldidagi javobgarligi, banklarda hisob-kitob va ularni nazorat qilish tartiblari belgilangan.

«Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunga ko’ra, banklar aksiyadorlik jamiyati tarzida tashkil qilinadi. Bank ustavida bankning (to’la va qisqartirilgan) nomi va manzili, operasiyalari ro’yxati, boshqaruv organlari, ularni tashkil qilish tartibi, bank auditini o’tkazish tartibi ko’rsatilgan bo’lishi lozim.

1.5. Tayanch iboralar

• bank • l pogonali bank tizimi
• bank ishi predmeti • II pogonali bank tizimi
• bankrot • xolding
• Nobank kredit tashkilotlari • bank-xolding
• xalqaro banklar • sof xolding
• tijorat banki • aralash xolding
• xususiy bank • Charter
•   mini bank

•   yirik bank

• Bank Assosiasiyasi

 

Яна маълумот

909

Bank foizi va undan foydalanish mexanizmi

Suda foizi vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun to’lanadigan o’ziga xos to’lovdir. Uning to’lovchisi ham, …