Home / Iqtisodiyot / Kredit va qarz shartnomalari

Kredit va qarz shartnomalari

O’zbekiston Fuqarolar kodeksining 744-moddasida kredit shartnomasining mohiyati quyidagicha bayon etilgan:

«Kredit shartnomasi bo’yicha bir taraf bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kredit beruvchi, kreditor) ikkinchi tarafga (kredit oluvchi) shartnomada nazarda tutilgan mikdorda va shartlar asosida pul mablaglari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar to’lash majburiyatini oladi».

importnyi-kontrakt-e1489068982935Yuridik hujjat sifatida kredit shartnomasi har ikkala tomon o’rtasidagi munosabatni muvofiqlashtiradi. Unda quyidagilar o’z aksini topadi:

  • tomonlar nomi;
  • shartnomaning amal qilish muddati;
  • kredit kelishuvining predmeti va shartlari;
  • tomonlarning huquqlari va majburiyatlari;
  • majburiyatlarni bajarishning huquqiy kafolatlari.

Bunday huquqiy kafolatlarga quyidagilarni qayd qilish mumkin:

  • qarz oluvchining yuridik maqomi (shakli);
  • kreditni qaytarishni taminlovchi usullar (garov, kafolat, xomiylik, vasiylik va hokazo);
  • u yoki bu tomonning o’z majburiyatlarini bajarishdagi buzg’unchiligi uchun belgilanadigan sanksiya;
  • kredit shartnomasini buzilish hollari.

Qarz oluvchining yuridik maqomi: birinchidan, qarz oluvchining to’lovga qobiliyatliligini, ikkinchidan, faoliyat natijalariga javob beruvchi masul kishilar doirasini aniqlash uchun muhimdir: bu jihat bank mijozini bankrot deb elon qilingan holatda yanada dolzarb tus oladi.

Qarz oluvchining majburiyati: mijozning kreditdan maqsadli foydalanish masuliyatiga, qarzni to’la va o’z vaqtida to’lash majburiyatiga (tartibi), bank nazoratini amalga oshirish uchun tegishli hujjatlarni taqdim etish shartlariga rioya qilish uchun zarurdir.

Kredit shartnomasi yozma shaklda tuziladi va tomonlar tomonidan imzolanadi. Unga korxona rahbari yoki shartnoma tuzishga vakolati bor shaxs imzo chekadi. Vakolat muddati uch yildan oshmagan bo’lishi kerak. Basharti vakolat berilganligi to’g’risidagi ishonchnoma qog’ozida bu muddat ko’rsatilmagan bo’lsa, u holda bu vakolat ishonchnoma berilgan kundan bir yilgacha bo’lgan vaqt ichida kuchg’a ega bo’ladi. Shartnomaning huquqiy tomondan puxta bo’lishi uchun uni tuzishda bank yuristlarini kengroq jalb qilish lozim.

Kredit shartnomasi namunasi skachat 

Kkachatm kilish >>>

Yuridik maqomiga binoan kredit shartnomasi har ikkala tomon kelishuvi va uning bajarilishini ifodalovchi hujjatdir. Bunda bir tomondan bank kredit berishni o’z zimmasiga olsa, ikkinchi tomondan mijoz uni o’z vaktida qaytarish majburiyatini oladi. Kredit shartnomasining o’ziga xos xususiyati shundaki, bu erda bank kredit operasiyalarini bajarishda mijozning ishonchliligiga, unga bo’lgan ishonchga tayanadi. Kredit berish esa qarz oluvchining kreditga layoqatliligini va uni o’z vaqtida qaytara olishini o’rganishga asoslanadi. Shu sababli kredit shartnomasi bo’yicha uchinchi shaxsga birinchi shaxs nomidan kredit olish huquqi berilmaydi. Bu tartib qonunchilikda o’z aksini topmaganligi sababli uni shartnomadan albatta shartlarning biri qatorida muhrlab qo’yish kerak.

Shu bilan bir qatorda shartnomaga binoan birinchi shaxs zimmasidagi qarzni uchinchi kishi zimmasiga o’tkazilishi mumkin (agar u birinchi mijoz zimmasidagi barcha qarz majburiyatlarini to’lashni o’z zimmasiga olsa).

Kredit shartnomasining yana bir xususiyati shundaki, garchi shartnomada yuridik jihatdan tomonlarning rasmiy teng huqukligi qayd qilingan bo’lsa-da, ammo bu erda bank mavqeining ustunligi saklanib qoladi. Bu hol bankning o’z manfaati nuqtai nazardan mijozga o’z tazyiqini namoyon qilishda, unga iqtisodiy samarasiz operasiyalarni majburlab o’tkazishida namoyon bo’ladi. Masalan, kredit shartnomasida kredit berish sanasi bo’lib pul mablaglarini mijoz hisobvaragiga qayd qilingan kun sanasi emas, balki mijoz hisobvarag’iga ssuda provodka qilingan sana yoki bankning korrespondent hisobvarag’idan mablag’larni hisobdan chiqargan sana hisoblanadi.

Odatda kredit shartnomasining quyidagi bo’limlari mavjud:

  • mijozning qarz majburiyati;
  • kredit berish to’g’risidagi bitim;
  • taminlanganlik;
  • cheklovchi shartlar;
  • mijoz tomonidan beriladigan kafolatlar;
  • kredit shartnomasini bajarmaslik hollari.

Bank mijozga kredit berishga rozi bo’lsa, ular o’rtasida shartnoma tuziladi va imzolanadi. Birinchi bo’lib, olinayotgan kredit hajmiga qarz majburiyati imzolanadi. Qarz majburiyatida kreditga o’rnatilgan foiz miqdori va kreditni qoplash muddati ko’rsatiladi. Qarz majburiyati bilan birga yirik firma va kompaniyalar ko’chmas mulkni garovga qo’yish sharti bilan kredit shartnomasini imzolaydilar va bank bu shartnomaga asosan kelishilgan kredit hajmi miqdorida o’rnatilgan muddat ichida mijozga kredit berish majburiyatini oladi.

Beriladigan kreditlar taminlangan yoki taminlanmagan (ishonchga asosan) bo’ladi.

  • Taminlangan kreditlar mijoz mulkini garovga olish orqali beriladi. Garov tariqasida ko’chmas mulk, avtomobil, qimmatli qog’ozlar va boshqa likvid boyliklar berilishi mumkin.
  • Ishonchga tayanib beriladigan kreditlarga garov olinmaydi. Bunda asosan mijozning obro’-etibori, daromadlari darajasining yuqoriligi asosiy omil hisoblanadi.

Ko’pgina kredit shartnomalarida banklar mijozlariga cheklanishlar belgilaydilar. Bu cheklanishlar ikki xil bo’ladi:

Tasdiqlangan cheklanishlar mijozlardan, kelishilganiga ko’ra, vaqti-vaqti bilan moliyaviy hisobotlarni bankka taqdim qilish, har qanday taminotni sugurtalash, likvidlilik va kapitalning etarlilik darajalarini saqlab turishni talab qiladi.

Taqiqlangan cheklanishlarga asosan mijozlar bankning ruxsatisiz boshqa moliyaviy faoliyatlarni amalga oshirmasliklari, qarz hajmini orttirmasliklari, aktivlarini sotmasliklari, o’zlarining aksiyadorlariga yuqori darajada dividendlar to’lamasliklari lozim va boshqalar.

Mijoz kredit arizasidagi malumotlarning barchasini kafolatlashi lozim. Kredit shartnomasiga asosan mijozga kafillik

bera oladigan tashkilot, firma yoki jismoniy shaxsning nomi, mijoz tang ahvolda qolganda uning qarzini to’lashga kafolat berishi to’g’risida to’liq malumot bo’lishi kerak.                                     .

Kredit shartnomasida «Kredit shartnomasini bajarmaslik hollari» bo’limi bo’lib, mijoz shartnomani buzgan hollarda bank kreditni qaytarib olish uchun qanday huquq va vakolatlarga ega ekanligi yoritib beriladi. Bu bo’limda shartnoma bajarilmagan hollarida kreditni qaytarib olish maqsadida ijro organlariga murojaat qilingan vaqtdagi sud va advokatlarga to’laydigan barcha s^rf-xarajatlar va chiqimlarni kim to’lashi ko’rsatiladi.

Qarz shartnomasi deb shunday shartnomaga aytiladiki, bunga asosan bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki unga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi. Qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yo’la yoki bo’lib-bo’lib, o’shancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga barobar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi (FK, 732-modda).

Qarz shartnomasi pul yoki ashyolar topshirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi. Agar qarz summasi eng kam ish haqining o’n barobaridan ortiq bo’lsa, u holda fuqarolar o’rtasidagi qarz shartnomasi oddiy yozma shaklda tuziladi. Shartnomadagi taraflardan biri yuridik shaxs bo’lganida esa summasidan qatiy nazar yozma shaklda tuzilishi shart.

Qarz shartnomasining oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi, biroq nizo chiqqan takdirda taraflarni bitimning tuzilganligini, mazmunini yoki bajarilganligini guvohlarning ko’rsatmalari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum qiladi.

Agar qarz oluvchining tilxati yoki unga qarz beruvchi tomonidan muayyan summa yoki muayyan mikdordagi ashyolar topshirilganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjat mavjud bo’lsa, qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi.

  • . Qarz shartnomasining huquqiy belgilari quyidagilardan iborat:
  • Bu shartnoma real shartnoma sanaladi, chunki taraflar o’rtasida huquq va burchlar shartnoma predmeti bo’lgan pul yoki ashyoning topshirilishi paytidan etiboran vujudga keladi va shartnoma ham shu paytdan etiboran tuzilgan hisoblanadi.
  • Qarz bir tomonlama shartnomalar guruhiga kiradi, chunki bu shartnoma yuzasidan bir taraf qarz beruvchi huquqlar olsa, ikkinchi tarafda qarzdorda burchlar bo’ladi, jumladan, qarz beruvchi qarzning qaytarilishini talab qilish huquqiga ega bo’lsa, qarzdor olingan qarzini qaytarishga majbur bo’ladi (FK, 735-modda).
  • Qarz shartnomasi fuqarolar o’rtasida agar bu qarzning summasi eng kam ish haqining o’n baravaridan ortiq bo’lsa, oddiy yozma shaklda tuzilishi, shartnomadagi taraflardan biri yuridik shaxs bo’lganida esa, qarz summasidan qatiy nazar, yozma shaklda tuzilishi shart (FK, 733-modda).
  • Qarz mulkka nisbatan bo’lgan egalik huquqini yoki mulkni operativ boshqaruv huquqini o’tkazishga qaratilgan. Binobarin, qarzdor qarzga olingan narsaning aynan o’zini qaytarmasdan, balki olgan pulni yoki o’sha qarzga olingan narsaning xili, sifati va miqdori baravarida boshqa narsani qaytarishga majbur bo’ladi.
  • Qarz shartnomasi agar qonunda yoki qarz shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, qarz beruvchi (yuridik shaxs yoki fuqaro) qarz oluvchidan qarz summasiga shartnomada belgilangan mikdorda va tartibda foizlar olish huquqiga ega bo’ladi.

Qarz shartnomasini bajarish muddatlariga to’xtaladigan bo’lsak, agar qarz summasini qaytarish muddati shartnomada belgilangan bo’lmasa, qarz oluvchi uni qarz beruvchi qarzni qaytarish haqida talab qo’ygan kundan boshlab o’tgiz kun mobaynida qaytarishi kerak.

Qarz va kredit shartnomalari o’rtasidagi umumiylik bilan birga jiddiy farqlar ham mavjud.

Birinchidan, kredit shartnomasi bo’yicha kreditor sifatida faqat maxsus subektlar bank yoki boshqa kredit tashkiloti qatnashadi.

Ikkinchidan, kredit shartnomasi bo’yicha qarz oluvchi kreditorga foiz to’lashi shart.

Uchinchidan, kredit shartnomasi faqat yozma shaklda tuziladi.

To’rtinchidan, kredit shartnomasi real emas, balki konsensual shartnomalar guruhiga mansub. Shu sababli shartnoma tuzilgandan keyin u taraflar o’rtasida huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi.

Ular o’rtasidagi umumiylik shundaki, qarz va kredit shartnomasi bo’yicha qarz bergan shaxs qarzning qaytarilishini talab qilish huquqiga ega bo’ladi, qarzdor esa o’z zimmasiga olgan qarzini qaytarishga burchli bo’ladi. Qarz va kredit shartnomasi bo’yicha majburiyatlarni buzganlik uchun qo’llaniladigan sanksiya ixtiyoriy bajarilmagan burchni majburiy ijro ettirishga qaratilgan.

Olingan qarz ixtiyoriy ravishda to’lanmaganligi uchun uni majburan undirish mumkin. Majburiyat yuzasidan qarzdor shaxs majburiyatlarini bajarmasligi bilan kreditorning obektiv huquqi,ni buzgan hisoblanadi.

Qarz va kredit shartnomasi majburiyatning bajarilishi bilan bekor bo’ladi. Qarz shartnomasi qarz beruvchi shartnomadan voz kechishi bilan ham bekor bo’lishi mumkin. Shuningdek, taraflarning kelishuvi bo’yicha ham bekor bo’lishi mumkin.

Яна маълумот

909

Bank foizi va undan foydalanish mexanizmi

Suda foizi vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun to’lanadigan o’ziga xos to’lovdir. Uning to’lovchisi ham, …