Home / Iqtisodiyot / Bank ishi fanining predmeti va obekti (Kitob 2009) Abduulaev

Bank ishi fanining predmeti va obekti (Kitob 2009) Abduulaev

  •  «Bank ishi» mustaqil fandir. Chunki u o’zining mustaqil predmeti, obekti va metodiga ega. U:
  • bank faoliyatining huquqiy asoslari;
  • banklarni tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish tartibi;
  • bank faoliyatini tartibga solish;
  • banklarning huquq va majburiyatlari;
  • banklarga vasiylik qilish tartibi;
  • banklarning moliyaviy ahvoli;
  • bank operasiyalarini amalga oshirish tartiblari;
  • pul tizimi hamda pul muomalasini tashkil etish qoidalari;
  • valyutani tartibga solish va xalqaro rezervlarni bosh qarish;
  • banklarni nazorat qilish;
  • banklarda hisob yuritish va hisobot;
  • bank menejmenti;
  • bankning rivojlanish tarixi kabi masalalarni o’ )ganuvchi fandir.

best-banks-2021-40543452

Aynan shu jarayondagi munosabatlar «Bank ishi» fanining predmeti hisoblanadi. Bank va uning turli ko’rinishlari «Bank nshi» fanining o’rganish obekti hisoblanadi (1 -jadval).

  •  Har qanday fan o’z obektini malum usullarni qo’llash yordamida o’rganadi. Bank faoliyati, undagi sir-sinoatlarni il.miy asosda o’rganish, taxlil qilishda «Bank ishi» fani quyidagi usullardan foydalanadi (2-jadval).

Ilmiy jihatdan asoslangan tahlil qayd qilingan usullarni chambarchas ravishda bog’lab olib borilishini taqozo etadi.

Bank va uning turlari (1 jadval) 

t/r Turkumlash belgilari Bank turlari
1. Vakolatiga qarab •    emissiya qiluvchi banklar

•    tijorat banklari

•    investision banklar

•    universal banklar

2. Operasiyalarni bajarish xarakteriga karab •   tarmoqlar bo’yicha

•   mijozlar tarkibi bo’yicha

•   miqdorbo’yicha

•   regionlar bo’yicha xizmat qiluvchi banklar

3. Mulk shakliga karab •    ixtisoslashgan (masalan, ipoteka) banklar

•    davlat banklari

•    aksioner (xissador) banklar

•    xususiy banklar

•    aralash banklar

4.

5.

Faoliyat miqyosiga karab

Xizmat qilish soxasiga qarab

•    bank konsorsiumlari

•    yirik banklar

•    o’rtabanklar

•    mayda banklar___________

•    maxalliy (regional) banklar

•    regionlararo banklar

•    milliy banklar

•    xalqaro banklar

6. Sho’balar soniga qarab • sho’basi bor banklar

• sho’balari yo’q banklar

  •  «Bank» so’zi italyancha «Banka» so’zidan olingan bo’lib, «stol», aniqrogi «pulli stol» degan manoni anglatadi. XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni «Bancherii» deb atashgan. Agar puldorlardan birortasi ishonchni oqlamasa va o’z ishiga masuliyatsizlik qilsa, u o’tirgan stolni sindirib tashlashgan va uni «Banko rotto», yani «bankrot» deb atashgan. Bugungi kunda bizga malum bo’lgan «bankrot» so’zi qam italyancha «Banka rotto» so’zidai olingan.

«Bank ishi» fanining tahlil usullarn (2 Jadval)

t/r Taxlil usullari Mazmuni
1. Tizimli yondashuv •   bank tizimi yaxlit tarzda olib qaraladi. Bu yondashuv turlicha bo’lishi mumkin:

•   tizimli-kompleks yondashuv

•   tizimli-funksional yondashuv

•   tizimli-tarkibiy yondashuv

•   tizimli-kommunikasion yondashuv.

2. Kompleksli yondashuv • bank tizimi boshqa obektlar bilan o’zaro bog’lanishda va aloqadorlikda qaraladi.
3. Tarkibiy yondashuv • bank tizimini tarkibiy qismlarga bo’lib o’rganiladi.
4. Vaziyatli yondashuv • bank tizimining muayyan sharoitdagi ichki va tashki vaziyatiga qarab tegishli maqul usul ko’llaniladi.
1 Integrasion yondashuv • bank tizimi yuqoridagi usullar (vaziyatli, kompleksli, tarkibiy yondashuvlar)ni birgalikda qo’llash yordamida tahlil qilinadi.
, Modelashtirish usuli • bank tizimini taxlil qilish uchun turli chizmalar, modellar, xomaki materiallar tayyorlanadi.
7. Iqtisodiy matematik yondashuv • maqbul kapop qabul kilish maqsadida matematik uslublar keng qo’llaniladi.
8. Kuzatish usuli • bank tizimi to’g’risidagi malumotlar rejali, ilmiy, uyushtirilgan asosda to’planiladi.
9. Tajriba usuli • taxlil jarayonida bank tizimiga nisbatan namunaviy tajribadan o’tgan usullar qo’llaniladi.
10. Sosiologik kuzatuv usuli • turli anketali so’rovlar, suxbatlar, testlar, infratuzilmaviy taxlillar o’tkaziladi.

O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risidapgi qonunida bankka quyidagicha tarif berilgan:

«Bank tijorat tashkiloti bo’lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradig’an yuridik shaxsdir:

  • yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish;
  • qabul qilingan mablag’lardan tavakkal qilib kredit berish;
  • shvestisiyalash uchun foydalanish;
  • go’lovlarni amalga oshirish1.

Demak, bank bu pul mablag’larini o’zida mujassamlashtiruvchi va jam aruvchi, kredit beruvchi, pul hisobini olib boruvchi, pul va qimma 1i qogozlarni emissiya qiluvchi, oltin va chet el valyutalari bilan ( perasiyalarni bajaruvchi yirik muassasadir.

Ko’ tina moliya institutlari, shu jumladan, qimmatli qog’ozlar oldi-s< tdisi bilan shug’ullanuvchi dilerlar, broker firmalari, sugurta k gmpaniyalari ko’proq o’zlarining ko’rsatgan xizmatlari bilan bankla ga tenglashishga va bankka xos ishlar bilan shug’ullanishga haraka qiladilar.

Ana shunday moliya institutlari o’zlarini nobank kredit tashkilotl 1ri deb ataydilar (3-jadval).

3-jadval.

1 bank kredit tashkilotlari (asosiy muassasalar)

t/r I obank krednt : lshknlotlari Mashg’uloti
1. Ipoteka ompaniyalari • tijorat maksadida foydalaniladigan bino yoki yashash uylaridan samarali foydalanish uchun qisqa muddatli kredit berish bilan shug’ullanadilar
2. Faktoring kompaniyalar • vaqtinchalik moliyalashni taminlash maqsadida (asosan debitorlar schyotidan) korxonalardan qiska muddatli aktivlarni sotib oladilar
3. Trast kompaniyalar • korxona, xususiy shaxslar va zarar bilan ishlaydigan tashkilotlar mulklarini boshkaradi va ularni ximoya qiladi. Mijozlarning qimmatli qogozlarini xususiy investorlarga joylashtiradilar
4. Malumotlarni kayta ishlash ompaniyalari • malumotlarni kompyuterda ishlab, ularni uzatish bilan shugullanishadi
5. Sugurta <ompaniyalari • sog’liqni va kishilar hayotini turli xavflar va baxtsiz hodisalardan sug’urta qilish bilan shug’ullanadi. Shu bilan bir qatorda ular bilan bog’liq bo’lgan kreditlarni beradilar

6. Qimmatli qogozlar savdosi bilan shug’ullanuvchi brokerlik firmalari • opsion shartnomalari, valyutali moliyaviy fyucherslar, muomaladagi kimmatli qog’ozlarning oldi-sotdisi bo’yicha mijozlarning buyruklarini bajaradilar
7. Moliyaviy masalalar bo’yicha maslaxdt beruvchi firmalar • aktivlarni boshqarish va investisiya masalalari bo’yicha mijozlarga maslaxat beradilar
8. Qimmatli qog’ozlarni tarkatish bilan shug’ullanuvchi firmalar • davlat va munisipal zayomlarni, korpor shiyalar aksiyalarini, qimmatli kogozlarni, koriorasiyalarning qarz majburiyatlarini, mijozlar schyotlari bilan taminlangan kimmatli kogozlarni so gib oladi, shuningdek, yuqorida kayd qiling’an qimmatli kog’ozlarni investorlarga takroriy sotip.ni taklif kiladilar
9. Moliyaviy kompaniyalar • korxonalar va xususiy shaxslarga qisqa va uzoq muddatli kapital miqdorlarini aniqla! i bilan shug’ullanadilar
10. Krsdit kartochkalari bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar • chakana savdo korxonalarini qo’llab-qx vvatlash va xususiy shaxslarga qisqa muddatli kreditlar berish bilan shugullanadilar
11. Lizing kompaniyalari • aktivlarni sotib oladi va muxtoj kor .onalarga, xususiy shaxslarga ularni ijaraga bera gi
12. Sug’urta agentliklari • kredit yoki moliyaviy xizmatlar bilan 6oi liq bo’lgan sug’urta polislarini sotadilar yoki t\ la-to’kis brokerlik va sugurtaviy xizmatlarni bajar shilar
13. Qo’chmas mulk operasiyalari bilan boglik xizmatlarni bajaruvchi firmalar • ko’chmas mulkni baxolash va ular bilan bogliq bo’lgan tijorat loyixalarini moliyalashtgrish bilan shug’ullanadilar ‘
14. Lombardlar • Qimmatbaxo buyumlar garoviga kredit be iadilar
15. Kredit uyushmalari • Omonatlar qabul qiladi va kredit ajrata ii
16. Mikrokredit tashkilotlari • Mikrokeditlar ajratadi
17. Omonat, ssuda bezish bilan shug’ullanuvchi assosiasiyalar • asosan xususiy shaxslar va oilalarga omo 1at depozitlarga jamg’ariladigan mablag’lar rejalarini, shuningdek, uy-joy kurish uchun kredit taklif k shadilar

80-yillarda qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi va brokerlik bilai keng faoliyat boshlagan «Meril Linch» va «Dreyfus korporeyshn» firmalari bank bo’lmagan banklarga misol bo’la oladi.

  • Tovar-pul munosabatlarining vujudga kelishi va ularning rivojlanib borishi banklarning paydo bo’lishiga asos soldi. O’rta asrlarda banklar dastlab puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat shahar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar bo’sh turgan mablaglaridan foyda olish maqsadida qarz so’ragan subektlarga vaqtinchalik foydalanishga bergan. Bu hol pul almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishga olib kelgan.

Dastlab, jirobanklar nomi bilan XVI asrlarda (aniqrog’i 1587 yilda) Florensiya va Venesiyada kichik banklar vujudga kela boshlagan. Ular turli shaharlar va mamlakatlarning pul belgilarini almashtirishga ixtisoslashgan bo’ladilar. Keyinchalik shunday banklar Amsterdamda (1605 y), Gamburgda (1618 y), Milanda, Nyurnbergda, Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar asosan o’z mijozlarp savdogarlarga xizmat qilgan. Ular asosan o’z mijozlari o’rtasidagi xisob-kitoblarni naqd pulsiz amalga oshirishgan.

Tarixda birinchi yirik bank 1694 yilda Angliyada tashkil etilib. unga davlat nomidan banknotlar chiqarishga ru.xsat bsrilgan. U bank aksiyador-emission bank hisoblangan. Keyingi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, xususan, sanoatning rivojlanishi natijasnda banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil qilina boshlanadi.

Natural xo’jalik munosabatlarining tugashi, savdo-sotiq munosabatlarining rivojlanishi pullik hisob-kitoblar olib borishga, kreditning rivojlanishiga yo’l ochdi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi yollanma mehnatni borgan sari ko’p jalb qilishga olib kelgan. Yollanma mehnat uchun haqning pul shaklida to’lanishi doimiy pul aylanishini yuzaga keltiradi. Pul aylanishi esa muayyan boshqaruvni talab qildi. Bu vazifani banklar bajara boshladi.

Shunday qilib, banklar mablag’larni yigish va taqsimlash orqali ssuda kapitali harakatini boshqaraboshladi.

XX asrning boshlarida yirik Evropa mamlakatlarida o’zining ko’i filiallariga ega bo’lgan, yirik sanoat monopoliyalari bilan uzviy bogliq faoliyat ko’rsatayotgan banklar vujudga keldi. Bular jumlasiga xalqaro pul, hisob va kredit munosabatlarini olib boruvchi quyidagi xalqaro banklarni kiritish mumkin:

  • Evropa tiklanish va taraqqiyot banki;
  • Xalqaro valyuta fondi;
  • Xalqaro Moliya korporasiyasi;
  • Xalqaro hisob-kitoblar banki;
  • Evropa investisiya banki va boshqalar.

Xorijiy banklar to’liq yoki qisman chet el investisiyalariga tegishli bo’lgan banklar bo’lib, ular o’z faoliyatini mahalliy qonunlar doirasida olib boradi. Hozirgi vaqtda bunday bank iap yirik banklarning sho’balari sifatida faoliyat ko’rsatadi.

Eng yuqori darajada rivojlangan bank tizimidan bi ei Germaniyada shakllangan (1-chizma).

bank

1-chizma. Germaniya bank tizimi.

  •  Malumki, mustaqillikka erishilgunga qadar O’zbekiston xududi; agi bank muassasalari sobiq Ittifoq bank tizimining tarkibiy k 1smiga kirar edi. Ular «Ittifoq» bank tizimi doirasidan tashqar! da faoliyat ko’rsata olmasdilar. Bank tizimi 3 turdagi banklar dan tashkil topgan edi (2-chizma).

2

2-chizma. Sobiq Ittifoqdagi bank tizimi.

Sobiq Ittifoq bank tizimida Davlat banki monopol mavqega ega bo’lab, o’z vaqtida emissiya instituti, qisqa muddatli kreditlashtir: sh va xo’jaliklarga hisob-kitob operasiyalari bo’yicha xizmat ko’r atuvchi markaz xisoblanardi. Ham emissiya, ham hisob-kitoblar, xam kreditlar bo’yicha mijozlarga xizmat ko’rsatish funksiyalargning bir joyda monopollashuvi Davlat bankini boshqaruv va nazo| at organiga aylantirgan edi.

O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi iqtisodiy mustaqillik sari qo’yilgan ilk qadam bo’ldi, Mustaqil yosh davlati shz sissatining eng muhim yo’nalishlaridan biri bank tizimini isloh qilishning dastlabki bosqichida 1991 yilda qabul qilingan < Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi konuni bozor sharoitlariga mos banklar institutini vujudga keltirishning asosiy yo’nalishlarini belgilab berdi.

Mazkur qonunga muvofiq SSSR davlat bankining hududiy bo’limi O’zbekiston Respublikasining Markaziy bankiga aylantirildi va u bevosita davlat boshchiligida bank tizimini isloh qilishni boshladi. Juda qisqa muddat ichida respublikamizda ikki pog’onali bank tizimi vujudga keltirildi.

«O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshchiligidagi ikki bosqgchli bank tizimini tashkil qilish respublikaning iqtisodiy mus gaqillikka erishish hamda bozor munosabatlariga o’tish ehtiyojlariga mos keladi», yani ikki pog’onali bank tizimining yuqori pog’onasining bosh maqsadi milliy valyuta so’mning barqarorligini taminlashdan iborat bo’lgan Markaziy bank, quyi pog’onasini esa bevosita mijozlar bilan ishlovchi tijorat banklari tashkil etadi (3-chizma).

Karimov I.A. O’zbekiston iktisodiy isloxotlarni chukurlashtirish yo’lnda T «O’zbekiston», 1999 y.

3

3-chizma. O’zbekiston Respublikasining bank tizimi.

Shunday qilib, O’zbekistonda bank tizimi ikki pog’onali bo’lib, birinchi pogonada O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, uning markaziy apparati va viloyatlari bo’yicha Markaziy bank bosh boshqarmalari tursa, ikkinchi pog’onada tijorat banklari, ularning sho’balari, chet el banklari sho’balari turadi.

O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonuniga ko’ra, O’zbekiston Respublikasida tashkil etilgan hamma banklar bank faoliyatining subektlari hisoblanadi va ular tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va unga tobe bo’lgan muassasalar;
  • O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki;

«Asaka» ixtisoslashtirilgan davlat-aksioner-tijorat banki;

  • Respublika aksioner-tijorat Sanoatqurilish banki;
  • Respublika aksioner-tijorat Paxta banki;
  • Respublika aksioner-tijorat Mikrokredit banki;
  • Respublika aksioner-tijorat Mevasabzavot banki;
  • xususiy banklar.
  • boshqa banklar.

Яна маълумот

909

Bank foizi va undan foydalanish mexanizmi

Suda foizi vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun to’lanadigan o’ziga xos to’lovdir. Uning to’lovchisi ham, …