Home / Madaniyat / Tog’lar farishtasi

Tog’lar farishtasi

Makkada Payg’ambar -alayhis-salom-ga nisbatan kofirlar ozori nihoyatda qattiqlashib ketgan vaqtlar edi. Payg’ambar -alayhis-salom- Toif ahlidan yordam so’ramoq maqsadida, Allohdan ularni hidoyat kilmoqni umid qilib, Toif tomon yo’l oldilar. Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- Toifga etib borib davatlarini izhor qilganlarida, Toif aholisi Payg’ambar sallallohu alayhi va sallam-ni yolg’onchiga chiqarishib, bir to’da johillarni payg’ambar sallallohu alayhi vasallam-ga qarshi qayrab qo’ydilar. U nodon, johillar Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam-ga qo’l ko’tarib, haqorat qildi. Beparda, behayo so’zlar bilan so’kib, urib ko’p aziyat etkazdi.

tog-farishaRosululloh -sallallohu alayhi vasallam- g’amgin bo’lib Makkaga qaytdilar. Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- yo’lda qaytib kelayotganlarida tepalarida bir bulutni ko’rdilar. Bu bulutda Jabroil -alayhissalom- bor bo’lib Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam-ga nido qilib aytardi: – “Alloh taolo qavmingizni sizga aytgan so’zini va sizni rad qilganlarini eshitdi. Alloh sizga tog’lar farishtasini yubordi xohlaganingizni buyuring”. Shunda tog’lar farishtasi Rosululloh sallallohu alayhi vasallam- ga salom berib nido qildi: – “Ey Muhammad, Alloh qavmingizning sizga aytgan gapini eshitdi.

Men tog’lar farishtasiman, Alloh meni xohlagan buyrug’ingizni buyurishingiz uchun yubordi. Agar xohlasangiz, ikkita Axshabni (Makkani o’rab turadigan ikki tog’ni) olib, ularning ustiga tashlayman”. Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- oliy darajada muruvvat qilib: – “Yo’q, qo’yaver. Men bularning avlodlari yolg’iz Allohga ibodat qiladigan kishilar bo’lib chiqishini umid qilaman” – dedilar. (Mutafaqun alayh).

Яна маълумот

moloko-1024x768

Yangi tug’ilgan chaqaloqni ko’krakdan boqish

Yangi tug’ilgan sog’lom chaqaloqni kqkrakdan boqishni u tug’ulgandan sung dastlabki 30 minut ichida boshlagan makul. …