Home / Iqtisodiyot / Tijorat banklari to’g’risida umumiy tushunchalar

Tijorat banklari to’g’risida umumiy tushunchalar

Tijorat banklari bank tizimining quyi bo’g’ini bo’lib, jismoniy va yuridik shaxslarning bo’sh turgan pul mablag’larini jalb qilish va ularni o’z nomidan, to’lovlilik, muddatlilik, qaytib berish sharti asosida joylashtirish operasiyalarini va boshqa bank faoliyati deb hisoblanadigan barcha operasiyalarni bajaruvchi tijorat tashkilotidir.

Hozirgi davrda tijorat banklarining faoliyati juda ham xilma-xildir. Ular pul muomalasi va kredit munosabatlarini tashkil qilishdan tashqari, xalq xo’jaligini mablag’ bilan taminlash, sug’urta operasiyalari, qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi, ayrim hollarda vositachilikni va mulkni boshqarishni amalga oshiradi. Shuningdek, maslahatchi snfatida xalq xo’jalik dasturlarini muhokama qilishda ishtirok etadilar, statistikani olib boradilar.

banf-f

Tijorat bankining mohiyatini aniqlash uchun ularning:

  1. nima bilan shugullanishini;
  2. qanday operasiyalarni bajarishini;
  3. qanday sifatlarga egalig’ini;
  4. o’ziga xos xususiyatlarini;
  5. asosi nima bilan belgilanishini;
  6. ichki tizimi qandayligini tushunib etmoq lozim.

Demak, tijorat banki tushunchasi bank faoliyatini xarakterlovchi tasodifiy savollar yig’indisi emas, balki uslub bo’yicha qo’yiladigan aniq savollarni ko’rib chiqishni talab etadi. Bunday yondashish bankka quyidagilar nuqtai nazaridan tarif berishga asos bo’lishi mumkin:

  1. bank tashkilot yoki muassasa sifatida;
  2. bank korxona sifatida;
  3. bank tijorat yoki savdo korxonasi sifatida;
  4. bank vositachi korxona sifatida;
  5. bank birja agenti sifatida;
  6. bank kredit beruvchi korxona sifatida.

Bankka tashkilot nuqtai nazardan qarash ko’z oldimizga boshqaruv apparatini gavdalantirsa, korxona sifatida qarash esa uni har qanday korxona singari mustaqil xo’jalik subekti ekanligiga ishonch hosil qildiradi. Bank faoliyatini savdo bilan qiyoslash ham tasodifiy emas. Haqiqatan ham, banklar resurslarni «sotib oladi», ularni «sotadi», taqsimlash sohasida faoliyat ko’rsatib, tovarlar ayirboshlashini amalga oshiradi.

Bank etarli mikdorda mablag’ to’plab, turli qarz oluvchilar talabiga ko’ra har xil muddatli kreditlarni tanlash imkonini hosil qiladi. Bu holda bank ikki subekt qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasida vositachn rolini o’ynaydi. Lekin shuni qayd qilish lozimki turli vositachilar bir qator xizmat turlarini: yuridik, komission, pochta kabi xizmatlarni bajarishlari mumkin. Lekin bu bilan ular bank bo’la olmaydilar. Bank vositachi sifatida bir qator oddiy vositachilardan farq qiluvchi, yani ham qarz beruvchi, ham qarz oluvchi hamda ular o’rtasida aloqa bog’lovchi, shuningdek, hisob-kitoblar vositachisidir.

Bankning muomala sohasidagi faoliyati bilan bog’liq birja agenti sifatidagi tasavvurlar 20-yillarda paydo bo’lgan. Bunda banklar mustaqil ravishda birja operasiyalarini amalga oshirishi, qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi bilan bog’liq operasiyalarni bajarishi mumkin.

Nihoyat, banklar valyuta ayirboshlashi (oldi-sotdisi) kredit savdosi, korxona va aholi tomonidan ko’yilgan bo’sh mablag’larga to’lovlar berish va ularni qarz oluvchilariga «sotish» bilan bogliq operasiyalarni amalga oshiradi. Aytish joizki, bank aslida bank zaminini yaratgan kreditning rivojlanish natijasida paydo bo’lgan. Shu erda bank faoliyatining savdo tashkiloti sifatidagi tarifdan farqini qayd etish kerak. Savdoda tovar o’z mulk egasini o’zgartirsa, kreditlashda esa mulk egasi o’zgarmaydi.

Tijorat banklari bir-biridan quyidagilar bilan farq qiladi (7-jadval).

Yuksak rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarning aksariyat qismi mulk shakli bo’yicha aksioner va xususiy banklar hisoblanadi. Va hozirgi paytda ham omonatchilar, kichik va o’rta biznes korxonalarga xizmat ko’rsatish asosan unchalik katta bo’lmagan xususiy banklar hissasiga to’g’ri keladi. Xususiy banklar:

  • iqtisodiyotga xususiy sarmoyalarni jalb etish orqali samaradorligi yuqori ilgor investisiya-loyihalariga yo’naltirilgan mablag’larning ko’payishiga;
  • kichik va o’rta tadbirkorlarga bank xizmati ko’rsatish saviyasining oshishiga;
  • yangi turdagi bank instrumentlarining rivojlanishiga ijobiy tasir etadi.

7-jadval.

Tijorat banklarining turlari va ularning bir biridan farq qiluvchi jihatlari

Xs Turkumlash belgilari Farq qiluvchi jihatlar
1 2 3
1. Mulkchilik shakliga karab •   Davlat banklari

•   Aksioner banklar

•   Kooperativ banklar

•   Xususiy banklar

•   Mintaqaviy banklar

•   Qo’shmabanklar

•   Xorijiy banklar

2. Bajariladigan operasiyalariga karab •   Universal banklar

•   Maxsus banklar (investisiya banklari, eksport-import operasiyalarini olib boruvchi banklar, Zamin banki va x.k.)

3. Faoliyat ko’rsatish hududi yoki joylashgan joyiga qarab •   Xalqarobank

•   Respublika miqyosidagi bank

•   Mintaqaviy bank

•   Viloyat banklari

4. Tarmoq yo’nalishiga karab •  Sanoat banki

•  Qurilish banki

•  Qishloq xo’jalik banki

•  Savdo banki va h.k.

Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil apreldagi «Xususiy tijorat banklarini tashkil etishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmoni mazkur jabhada muhim ahamiyatga molik bo’ldi. Faqat 1998-1999 yillar ichida Toshkentda «Alp-Jamol-bank», «Turkistonbank», «XIFbank», Andijonda «Hamkorbank», Qarshi shahrida «O’ktambank», Qoraqalpog’istonda «Adiletbank», Samarqandda «Parvinabank» kabi banklar tashkil etildi.

Mustaqillik yillarida xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi banklarni tashkil etishga davlat tomonidan alohida etibor berildi. Hozirg’i paytda Respublikamiz hududida «O’zprivatbank», «KDF bank», va O’zbek-Turkiya «UT-bank»i hamda O’rta Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankining’ Toshkentdagi sho’ba banki, Eronning «Soderot» banki samarali faoliyat ko’rsatib kelmokda.

Hozirgi kunda Respublikamizda 2 ta davlat banki, 3 ta aksiyadorlik tijorat banki, 10 ta tijorat banki, 15 ta xususiy bank, 3 ta xorijiy sarmoya ishtirokidagi banklar, 2 ta sho’ba va qator minibanklar faoliyat ko’rsatmoqdalar.

  • .Tijorat banklari o’z ustaviga ega bo’lib, shu ustav asosida faoliyat ko’rsatadi. Bank ustavida:
  • bankning (to’la va qisqartirilgan) nomi va qaerda joylashganligi (pochta manzili);
  • ustav kapitalining miqdori, muassislar ro’yxati va ustav kapitalidagi ulushlarning taqsimoti;
  • bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, ularning vakolatlari hamda vazifalari haqidagi malumotlar;
  • bank auditi tartibi, shu jumladan, buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarga muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari ko’rsatilgan bo’lishi lozim.

Bank ustavida «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunning 8-moddasida belgilangan yuqoridagi talablardan tashqari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan quyidagilarni, yani:

  • bankka yuridik shaxs maqomini berish to’g’risidagi nizom;
  • bankka qarashli muassasalar ro’yxati, ularning maqomi;
  • bank va uning filiallarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini to’xtatish tartibi;
  • faoliyat to’g’risidagi malumotlarni matbuotda elon qilish majburiyati (tartibi);
  • O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan o’zaro munosabatlarini ham o’zida aks ettirgan bo’lishi lozim.

Sherikchilik asosida tuzilgan bankning ustavi yuqorida keltirilgan talablardan tashqari, aksiyadorlik jamiyatlar va masuliyati cheklangan jamiyatlar faoliyatining o’ziga xos xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirishi kerak. Tijorat banklar ustaviga o’zgartirishlar O’zbekiston Respublikasi qonunlaridagi o’zgarishlar munosabati bilan kiritiladi va ular belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkaziladi.

  1. Tijorat banklarining eng muhim vazifalari ananaviy tarzda quyidagilar hisoblanadi:
  2. vaqtinchalik bo’sh pul mablaglari, jamg’armalar v yig’malarni mujassamlashtirish;
  3. hisob-kitob to’lov mexanizmining faoliyat ko’rsatishini taminlash, xalq xo’jaligida hisob-kitobni amalga oshirish va tashkil etish, to’lov muomalasini yo’lga qo’yish;
  4. alohida xo’jalik birliklari, yuridik va jismoniy shaxslarni kreditlash, ichki va tashqi xo’jalik aylanmasiga kredit xizmati ko’rsatish;
  5. veksellarni hisobga olish va ular bilan operasiyalar o’tkazish;
  6. moliyaviy va moddiy boyliklarni saqlash;
  7. mijozlarning mulkini ishonchli tarzda boshqarish (trast operasiyalari).

Zamonaviy bank vazifalarini chizmada quyidagicha tasvirlash mumkin (21-chizma).

ti-23

21-chizma. Zamonaviy banklarning vazifalari.

Tijorat banklarining strategik maqsadi ularning strategik vazifalarini belgilab beradi. Ular quyidagilardan iborat:

  1. kadrlar siyosatini kuchaytirish;
  2. bank biznesini olib borishning xalqaro andozalari va prinsiplarini joriy etish;
  3. xalqaro moliya institutlari va banklari bilan o’zaro muno’ sabatlarni rivojlantirish;
  4. bankning ichki fond bozoridagi mavqeini mustahkamlash, davlat qimmatbaho qog’ozlariga qo’yilmalarni ko’paytirish;
  5. tuman filiallari va viloyat boshqarmalari darajasida va ular kliringini bosh bank darajasiga yagona korporativ tarmog’ini qurish. Go’lov tizimini viloyat boshqarmalari darajasida va ular kliringini bosh bank darajasida yagona korrespondentlik tizimiga o’tkazish;
  6. elektron plastik kartochkalar tizimni joriy etish, bankomat va elektron terminallar tarmogini kengaytirish, kredit hisob-kitob kartochkalariga xizmat ko’rsatish tizimini rivojlantirish;
  7. o’z depozit bazasini ko’paytirish;
  8. lizing xizmati, shuningdek, iqtisodiyotning aniq sektorini to’g’ridan-to’gri kreditlashni kengaytirish;
  9. bank marketingini mijozlar bazasi marketingi bilan muvofiq holda joriy etish va keng ko’llash;
  10. kichik, o’rta biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan ichki qoida va tamoyillarni takomillashtirish;
  11. bank infratuzilmasini rivojlantirish;
  12. bankka xalqaro reyting agentliklarining reytingini berish bo’yicha tadbirlar majmuini amalga oshirish.
  13. . Banklar faoliyatida tijorat malum qoidalarga asoslanadi. Ular orasida eng muhimi xo’jalik yuritishdan foyda olish qoidasi, iloji boricha, katta foyda ko’rish. Biroq tijorat bankida ko’p foyda olish imkoniyatlari cheklangan.

Birinchidan, katta marja ketidan quvish mijozlardan mahrum bo’lib qolishga olib kelishi mumkin, chunki ular haddan tashqari katta qo’yilgan stavkali kreditdan voz kechishlari aniq, ikkinchidan, banklararo raqobat sharoitida boshqa tijorat banklari orasidan bir qadar samaraliroq ishlar uchun ancha arzon kreditlar taklif etilishi mumkin. Daromadlilik (foyda ko’rish) qoida sifatida shuni anglatadiki, busiz bank mavjud bo’la olmaydi. Bank tijoratning bu qoidasi asosan «Arzonroq sotib olish, qimmatroqqa sotish» formulasi orqali amalga oshadi. Biroq bu qoidaga madaniy yondashmoq lozim. U qonunchilikka tayanishi, unga aslo zid kelmasligi, binobarin, bunda shunday shart-sharoit yaratilish kerakki, har bir bank o’zining tijorat ishlarini amalga oshirayotganda bank xizmati bozori haqida bab-baravar axborot olish imkoniyatiga ega bo’lsin.

Tijorat nuqtai nazardan qaraganda, bekor yotgan resurslar bo’lmasligi kerak. Boshqacha aytganda, bankning hamma pullari, barcha resurslari imkon qadar ishlashi lozim. Biroq haqiqiy ahvol shundan iborat bo’ladiki, mablaglarning bir qismi zaxiraga qo’yiladi, u muomalada kamroq qatnashadi yoki umuman ishtirok etmaydi, yana bir qismi esa iqtisodiyotni kreditlash uchun mo’ljallanadi. O’zo’zidan ravshanki, bank biznesi nuktai nazaridan qaraganda bu g’ayritabiiy, shuning uchun ham, birlamchi va ikkilamchi zaxiralarga nisbatan kreditlar salmog’i qanchalik katta bo’lsa, foyda ham shunchalik ko’p kelishini bilib qo’ygan maqul.

Shuningdek, bank faoliyatining muhim qoidalaridan yana biri shuki, bank iqtisodiy korxona sifatida o’z mablag’i, o’z foydasi ustidan tavakkal ish tutishi mumkin, ammo zinhor mijoz mablag’i yuzasidan emas. Muvaffaqiyatsiz bank tijoratidan bankning o’zi jabr tortishi mumkin, ammo mijoz hech qachon jabrlanmasligi kerak, chunki kredit muassasasi uning uchun yaratilgan.

Bank tijorati «hamma narsa mijoz uchun, hamma narsa uning foydali faoliyatini taminlash uchun» qoidasi asosida harakat qilishi lozim. Bankning amaliy faoliyatida eng muhimi mijozning foyda ko’rishi, undan keyingina bankning foydasi, chunki pirovard natijada mijoz foyda olib faoliyat ko’rsatgandagina bank ham foyda olgan bo’ladi, sababi-kreditlar bo’yicha foizlar faqat mijoz olgan foyda hisobidan to’lanadi. Bank mijozning foyda olishi uchun shart-sharoit yaratar ekan, demak, o’zining manfaatini ham amalga oshirgan bo’ladi.

Afsuski, bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida bazi banklar xo’jalikning foydali yuritish qoidasini butunlay o’z iqtisodiy manfaatlarini qondirish qoidasi deb tushundilar. Bankning foyda ko’rishi kredit muassasasining faoliyatida birinchi o’ringa qo’yildi. Mijozdan «yulib olish» bazan aqlbovar qilmaydigan katta miqdorni tashkil etdi.

Tijorat banklari, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan bank operasiyalarini bajarish xukuqini beruvchi lisenziyalar asosida faoliyat yuritadilar. Lisenziyada bank bajaradigan operasiyalar ro’yxati ko’rsatiladi. Lisenziyasiz amalga oshiriladigan bank faoliyati g’ayriqonuniy deb hisoblanadi va bunday faoliyat natijasida olingan daromad, davlat byudjetiga olib qo’yilishi lozim.

Lisenziya olish uchun tasischilar quyidagi xujjatlarni Markaziy bankka takdim etadilar:

  1. lisenziya berish to’g’risida rasmiy iltimosnoma;
  2. tasis etish hujjatlari, yani:
  3. tasis etish shartnomasi;
  4. bank ustavi;
  5. bank ustavini qabul qilish va rahbariyatini tayinlash to’g’risidagi yozma bayon;
  6. iqtisodiy asoslov;
  7. tasischilarning moliyaviy holati to’g’risidagi auditorlik tashkiloti tomonidan berilgan xulosa;
  8. bankning tasischilar taklif etgan rahbarlarining (rais va bosh buxgalter) professional ishga yarokliligi;
  9. qonunda ko’zda tutilgan boshka hujjatlar.

Xorijiy kapital ishtirok etuvchi bank, xorijiy bank uning filialining lisenziya olish hollarida yana qo’shimcha ravishda belgilangan bir nechta rasmiy xujjatlar taqdim etiladi.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki barcha tijsrat banklari uchun teng raqobat sharoitlarini taminlash maqsadida xorijiy bank tasischilari va xorijiy kapitalli banklarga ularning ustav kapitalini minimal va maksimal miqdorlariga nisbatan qo’shimcha talablar qo’yish vakolatiga ega.

Bankni ro’yxatga olish va unga lisenziya berish uchun muassislar dastlabki ruxsatnoma olingan kundan boshlab uzogi bilan olti oy muddatda qonun xujjatlarida belgilangan talablarni bajarishlari kerak. Bankni ro’yxatga olish va unga lisenziya berish xdqidagi qaror Markaziy bank talablari bajarilgan kundan ko’pi bilan bir oylik mudsatda chiqariladi.

«Banklar va bank faoliyati to’g’risidalgi Qonunning 13-moddasiga binoan Markaziy bank kuyidagilarga asoslanib bankni ro’yxatga olishni va unga lisenziya berishni rad etishi mumkin:

  • bankni ro’yxatga olish uchun zarur bo’lgan hujjatlar topshirilmaganligi;
  • tasis hujjatlarning qonun hujjatlariga nomuvofiqligi;
  • bir yoki bir necha muassisning moliyaviy ahvolining qonikdrsizligi;
  • bankni ro’yxatga olish paytigacha eng kam ustav kapitalining to’planmaganligi;
  • bank rahbari va bosh buxgalter lavozimlariga nomzodlarning bu kasbga nomuvofiqligi.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank operasiyalarini amalga oshirish lisenziyasini berish bilan bir vaqtda tijorat bankini qayd qilib uning tartib raqamini xabar qiladi. Shu paytdan boshlab tijorat banki yuridik shaxs maqomini oladi.

Tijorat banklariga berilgan lisenziya shartlarining bajarilishi Markaziy bank tomonidan nazorat qilib boriladi. Shu maqsadda bank tomonidan xorijiy valyutada amalga oshirilgan operasiyalar taftish qilinadi, tematik jihatdan tekshiriladi.

Markaziy bank quyidagi hollarda bank operasiyalarini amalga oshirish uchun berilgan lisenziyasini qaytarib olishi mumkin:

  1. bank to’lovga qobiliyatsiz bo’lib qolganda;
  2. lisenziya berishga asos bo’lgan malumotlarning noto’g’riligi aniqlanganda;
  3. bank o’z omonatchilari va boshqa kreditorlar oldidagi majburiyatlarini bajarishga qodir bo’lmaganida;
  4. xisobot malumotlari muntazam ravishda buzib ko’rsatilgvnda;
  5. qonun xujjatlariga va lisenziya shartlariga zid keladigan bank operasiyalari amalga oshirilganda;
  6. monopoliyaga karshi koidalar buzilganda;
  7. Uzbekiston Respublikasida o’z sho’ba bankini tashkil etgan chet el bankidan lisenziya qaytarib olinganda.
  8. O’zbekiston Respublikasida bank tizimining barqaror amal qilish sharoitlarini taminlash maqsadida, Markaziy bank o’zining 1997 yil 22 avgustdagi «Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish qoidalari» (MB 10-sonli yo’riqnoma)ga muvofiq quyidagi iqtisodiy meyorlarni joriy etgan:
  9. yangi tuzilgan va amal qilayotgan banklar uchun ustav (aksionerlik) kapitalining eng kam mikdori;
  10. bank kapitalining etarlilik (adekvatlilik) koeffisienti (kamida 0,08);
  11. bank kapitali va uning majburiyatlari nisbati koeffisienti (kamida 0,05);
  12. bank likvidligi ko’rsatkichlari;
  13. lahzalik kamida 0,25
  14. joriy kamida 0,30
  15. qisqa muddatli eng yuqori.
  16. bitta qarz oluvchiga tavakkal (risk)ning eng yuqori darajasi (0,25);
  17. barcha yirik kreditlar uchun tavakkal (risk)ning eng yuqori darajasi (uch martadan ko’p bo’lmagan);
  18. bitta omonat (kreditor)ga tavakkal (risk)ning eng yuqori darajasi (aksioner kapitalining 15 foizidan ko’p bo’lma1an miqdorda);
  19. qimmatli qogozlar bilan operasiyalarda bankning o’z mablag’laridan foydalanish (eng yuqori 0,15).

Shuni takidlash kerakki, Tijorat banklar Markaziy bank tomonidan belgilanadigan iqtisodiy normativlarga rioya etishlari shart. Banklar o’z kapitali va likvid resurslarini etarli darajada saqlab turishlari, aktivlarni tasniflash asosida shubhali va harakatsiz aktivlarga qarshi zaxiralarni tashkil etishlari shart, shuningdek, zarar ko’rish xavfini kamaytirish maqsadida o’z aktivlari diversifikasiyalanishlarini taminlashlari lozim.

Banklar:

  • amalga oshirilgan investisiyalarning turlari yoki shakllariga;
  • ko’chmas mulk va boshqa mol-mulk sotib olish hamda unga egalik qilishga;
  • boshqa yuridik shaxslarning ustav fondlarida qatnashishga doir shartlarga rioya etishlari lozim.

Banklar:

  • kapitalni taqsimlash natijasida o’z kapitali talab qilinadigan eng kam mikdordan ham kamayib ketadigan bo’lsa, kapitalni taqsimlashga;
  • aksiyalar shaklidagi o’z qimmatli qog’ozlari bilan kafolatlangan kredit berishga;
  • oldindan Markaziy bankning roziligini olmay turib, o’z aksiyalarini sotib olishga haqli emaslar.

Iqtisodiy meyorlarning kutilayotgan o’zgarishlari to’g’risida Markaziy bank bir oydan kechikmasdan elon qiladi.

Uzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari faoliyati ustidan nazorat organi sifatida, ular tomonidan bank qonunchiligi va meyoriy hujjatlar buzilgan taqdirda, xususan, «Markaziy bank to’grisida»gi, shuningdek, «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunlarga muvofiq jarima sanksiyalari va boshqa jazo choralarini qo’llashi mumkin. «Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga bank faoliyatini tartibga soluvchi, bank qonunchiligi va meyoriy hujjatlarni buzganligi uchun qo’llaniladigan choralar va sanksiyalar to’g’risidagi Nizom»g’a muvofiq (1997 yil 25 yanvardagi 74-sonli yo’riqnoma), Markaziy bank majburiy zaxira talablari va belgilangan iqtisodiy meyorlar buzilganligi uchun majburiy zaxira jamg’armalarini shakllantirishdagi qo’yilmagan mablag’lar summasining qayta moliyalashtirish stavkasidan ikki baravar oshmaydigan mikdorda jarima solishi mumkin. Bir necha marta qoida buzilishlari ro’y berganda esa:

  1. bunday banklarga Markaziy bank tomonidan qayta moliyalash kreditlarini berishni to’xtatish;
  2. kredit resurslari auksionida bu banklarning ishtirok etishini man etish;
  3. belgilangan iqtisodiy meyorlar banklar va ularning filiallari tomonidan buzilganda har buzilgan normativ uchun ustav kapitalining minimal miqdorini 0,1 % gacha jarima solish (ammo buzilgan normativlarning barchasi bo’yicha jarima ustav kapitalining minimal miqdorining 1 foizdan oshmasligi lozim);
  4. ssudalar bo’yicha zaxira jamg’armalarini shakllantirish bo’yicha normativlarga banklar tomonidan uch martadan ortiq hollarda yoki normativ 12 oy davomida bajarilmagan taqdirda Markaziy bank bank faoliyatini yuritish bo’yicha lisenziyani olib qo’yishi mumkin;
  5. bank muddati o’tgan qarzdorlik kredit qo’yilmalarining umumiy summasini 5 foizidan oshgan taqdirda, uning kelgusida qarzi o’sib borsa, Markaziy bank bank faoliyatini yuritish bo’yicha lisenziyani tortib olish huquqiga ega;
  6. tijorat banklari qayta moliyalash kreditlarini o’z muddatlarida qaytarmasa, unda bu qarzlar bo’yicha foizlar amaldagi qayta moliyalash stavkalari, ikki barobari miqdorida undiriladi;
  7. Markaziy bankning markazlashgan kreditlari o’z vaqtida qaytarilmaganda, ular muddatidan oldin yoki qisman qaytarilganda, xo’jalik yurituvchi subektlardan har bir muddati o’tgan kun uchun amaldagi qayta moliyalash stavkalarini ikki barobari mikdorida undiriladi.

Shuningdek, quyidagi qoida buzilishlar bo’yicha jarima sanksiyalari qo’llaniladi:

  1. to’lov intizomini buzganligi uchun sanksiyalar;
  2. valyuta operasiyalarini yuritish tartibini buzganligi uchun sanksiyalar;
  3. kassa operasiyalarini yuritish tartibini buzganlik uchun sanksiyalar;
  4. qimmatli qog’ozlar bilan operasiyalar yuritish tartibini tartibga soluvchi qonunchilik va meyoriy hujjatlarni buzganligi uchun qo’llanadigan choralar;
  5. bankda hisob raqamini ochish, shuningdek, statistik hisobot tartibini buzganligi uchun sanksiyalar va boshqa sanksiyalar.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqaruvi raisi tomonidan 1998 yil 9-noyabrda tasdiqlangan 240-sonli «Banklarni tugatish to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq banklarni tug’atish uchun quyidagilar asos bo’ladi:

  • bank operasiyalarini amalga oshirish uchun berilg’an lisenziyani Markaziy bank tomonidan qaytarib olinishi;
  • bankni ixtiyoriy tugatish to’g’risidagi aksionerlar yoki tasischilar umumiy yig’ilishining qarori;
  • yagona tasischisi davlat bo’lgan banklar uchun xukumat qarori;
  • sud qarori bo’yicha bank bankrot deb elon qilinganida.

Bankni ixtiyoriy ravishda tugatish kreditorlar va omonatchilar oldida majburiyatlar bajarilishini taminlash imkoniyatiga ega bo’lgan bank aksiyadorlari umumiy yigilishi (ishtirokchilari) tomonidan qaror qabul qilingan holda amalga oshirilishi mumkin.

Bank aksivdorlar yoki muassislar (ishtirokchilar) umumiy yig’ilishi qaroriga asosan bankni ixtiyoriy ravishda tugatishga ruxsat berish to’g’risidagi iltimosnoma bilan Markaziy bankka murojaat qiladi. Iltimosnoma bilan birga quyidagi hujjatlar ham takdim etiladi:

  • aksiyadorlar umumiy yig’ilishi tomonidan bankni tugatish to’g’risidagi tugatish sabablari ko’rsatilib, qabul qilingan qaror;
  • bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to’g’risidagi iltimosnoma bilan Markaziy bankka murojaat kilingan vaqtdagi balans hisoboti;
  • tugatish komissiyasi azolari ro’yxati;
  • aksiyadorlar umumiy yig’ilishi tasdiqlagan tugatish qarori.

Bankni majburiy tarzda tugatish Markaziy bankning bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziyasini qaytarib olish to’g’risidagi qaroriga asosan amalga oshiriladi. Bankni tugatish jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:

  1. moddiy nazorat va inventarlash;
  2. aktivlarni tekshirish;
  3. aktivlarni baholash va sotish;
  4. sotuvdan tushgan tushumlarni joylashtirish;
  5. tugatish jarayonini yakunlash.

Likvidator (tugatuvchi) yoki tugatish komissiyasi Markaziy bankka quyidagi hujjatlarni takdim etadi:

  • tugatish komissiyasining hisoboti;
  • bank aksiyadorlari (ishtirokchilari) umumiy yig’ilishining bankni tugatish (ixtiyoriy ravishda tuyutilganda) to’g’risidagi bayonnoma;
  • Markaziy bank Boshqaruvining lisenziyani qaytarib olish to’g’risidagi qarori;
  • bankni tugatish to’g’risida gazetalarda elon qilingan axborot nusxasi;
  • tugatish komissiyasini tuzish to’g’risida qaror;
  • bankning oxirgi ish kunidagi balansi;
  • tugatish balansi;
  • balansdan tashqari hisobvaraqlar bo’yicha tugatish balansi;
  • soliq ynspeksiyasining tugatish dalolatnomasi;
  • yo’q qilish uchun bank hujjatlari va yig’ma jildlari ajratilg’anligi to’grisida dalolatnoma;
  • hujjatlarni arxivda saqlash uchun qabul qilish-topshirish dalolatnomasi;
  • muhrlarni yo’q qilish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilganligi to’g’risida tasdiqnoma.

Markaziy bank taqsim etilgan hujjatlarni ko’rib chiqib, bankni, banklarni ro’yxatga olish Davlat kitobidan chiqarib tashlash to’g’risidagi qarorni qabul qiladi.

Яна маълумот

909

Bank foizi va undan foydalanish mexanizmi

Suda foizi vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun to’lanadigan o’ziga xos to’lovdir. Uning to’lovchisi ham, …