Tijorat banklarining resurslari bankning:
- o’z resurslari;
- jalb qilingan mablag’lari;
- emitentlashgan mablaglar hisobidan shakllanadi.
Bu resurslar banklar tomonidan quyidagi passiv operasiyalarni amalga oshirish natijasida yuzaga keladi:
- qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish yo’li bilan resurslar yig’ish;
- foyda hisobidan har xil fondlar tashkil qilish yoki fondlar summasini oshirish;
- boshqa kreditorlar mablag’larini jalb qilish;
- drpozit operasiyalarini amalga oshirish.
Bu operasiyalar bank balansining passiv qismida aks ettiriladi. N-mamlakatdagi tijorat banklarining’ resurslari kuyidagilar bilan tavsiflanadi (8-jadval).
8-jadval.
Tijorat banklarining resurslari
№ | Ko’rsatkichlar | % |
1 | 2 | 3 |
1. | Bankning o’z resurslari, shu jumladan:
1.1. Bankning fondi, shundan: • Ustav fondi |
12,2
6,1 2,6 |
2. | Foyda | 6,1 |
3. | Jalb qilingan resurslar
3.1 Talab qilib olgunga kadar qo’yiladigan depozitlar: • tijorat strukturalarning joriy schyotlardagi depozitlar • korrespondent schyotdagi depozitlar • hisob-kitobdagi resurslar • turli kreditorlar 3.2 Mudsatli depozitlar • tijorat strukturadagi depozitlar • aholi omonatlari • bank depozitlari shu jumladan: MB depozitlari 3.3 Chet el operasiyalar bo’yicha schyotlar |
87,8
25,0 15,5 1,6 2,2 5,7 23,5 3,3 1,6 18,6 13,2 39,3 |
Ko’rinib turibdiki, tijorat banklari resurslarining asosiy manbasi bu jalb qilingan resurslar bo’lib, ular bank resurslari tarkibida salkam 88 foizni tashkil qiladi. O’z resurslarining salmog’i 12 foiz bo’lib, jahon tijorat banklarining passivlari tarkibiy qismiga bo’lgan talabga javob beradi. Bankning o’z resurslari tarkibida ustav fondi 2,6 foizni tashkil qiladi. Jamg’arilgan resurslari tarkibida tijorat strukturadagi hisob va joriy schyotdagi depozitlar salmog’i 64 foizdan oshadi. Bankning o’z resurslari jumlasiga:
- bankning’ nizom kapitali;
- zaxira kapitali;
- bankning oladigan foydasi hisobiga yuzag’a keladigan boshqa jamg’armalar;
- sug’urta zaxiralari;
- yil davomida taqsimlanmay qolgan foyda kiradi.
Bankning nizom kapitali (sarmoya) bank ishini tashkil etishning tayanch nuqtasidir. Bu jamg’arma bank qatnashchilarining o’z mablag’lari hisobigagina yaratilishi mumkin, xolos, yani tasischilarning pay badallari yig’indisidir.
Tijorat banklarining zaxira kapitali aktiv operasiyalarining chiqimlarini qoplash uchun mo’ljallangan. Ular olingan foyda etmay qolgan vaqtda bank obligasiyalari va imtiyozli aksiyalar dividendlari bo’yicha foizlarni to’lash manbai bo’lib xizmat qiladi. U jamg’arma qar yili foydadan ajratiladigan mablag’lar qisobig’a shakllantiriladi.
Bank o’z mablag’larining alohida tarkibiy qismi bu aniq operasiyalarni amalga oshirish uchun bank tomonidan yaratilgan sug’urta zaxiralaridir. Bularga birinchi galda qimmatli qog’ozlar mablag’larini taminlovchi zaxiralar, shuningdek, ssudalar bo’yicha yo’qotishlar bo’lib qolganda ishlatiladigan zaxiralar kiradi. Bunday zaxiralarni shakllantirish majburiy bo’lib, Markaziy bank tomonidan talab qilinadi.
Bank o’z mablag’larining eng muhim vazifasi bankning omonatchilar oldidagi majburiyatlarining taminoti bo’lib maydonga chiqishdir. Tijorat banklarining o’ziga xos tomoni shundaki, ular o’z mablag’larining miqdorini mustaqil suratda o’zlari belgilaydi va resurslarining juda ko’p qismi o’z mablag’lari hisobiga emas, balki zayom mablaglari hisobiga shakllantiriladi. Banklarning mablaglarni jalb etish imkoniyati Markaziy bank tomonidan tartibg’a solib boriladi va bankning o’z sarmoyasi ham tashkiliy-huquqiy tuzilishiga qarab belgilanadi.
Odatda, Markaziy bank tijorat banklari uchun banklarning o’z mablag’lari bilan chetdan jalb qilingan resurslar o’rtasidagi chegarani belgilab beradi. Uzbekistonda bu nisbat 1:20 miqdorida belgilangan.
- . Bank kapitali deganda bankning barqaror faoliyatini gaminlash va favqulodda sodir bo’ladigan zararlarni qoplash maqsadida maxsus tashkil qilinadigan fondlar va zaxiralar tushuniladi. Bu kapital quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- ustav kapitali;
- zaxira kapitali;
- umumiy zaxiralar;
- maxsus zaxiralar;
- oldingi va joriy yillardagi taqsimlanmagan va bank ixtiyoriga qolgan foyda;
- risk (tavakkalchilik)ni qoplash uchun tashkil qilingan zaxira fondpar.
Bankning ustav kapitali bank muassislari va aksiyadorlari to’lagan pul mablaglaridan tashkil topib, uning summasi bank ustavida ko’rsatiladi va bank ishini boshlashning boshlang’ich, tayanch nuqtasi hisoblanadi. Bankning tashkil qilinish shakliga qarab uning ustav kapitali qam turlicha bo’lishi mumkin. Agar bank aksiyadorlik jamiyati tariqasida tashkil qilinadigan bo’lsa, u holda bank ustav kapitali yoki fondi aksiyalar chikarish va joylashtirish yo’li bilan tashkil topadi.
Banklarning aksioner kapitali quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topishi mumkin:
- o’z aksioner kapitali. Bu kapital oddiy va imtiyozli aksiyalar chiqarish va sotish hamda taqsimlanmagan foyda hisobidan;
- har xil ko’zda tutilmagan xarajatlarni va to’lanmagan qarzlarni qoplash uchun tashkil qilingan zaxiralar hisobidan;
- bankning uzoq muddatli majburiyatlari (uzoq muddatli veksel va obligasiyalar) hisobidan.
Bankning ustav kapitali uning balans passivida ko’rsatilib, summasi qonun bilan chegaralanmaydi. Ammo uning uchun eng kam miqdori Markaziy bank tomonidan belgilanadi. Va bu eng kam ustav kapitali bank muassislari tomonidan uni ro’yxatga olish paytigacha to’lanishi kerak.
Kreditga va garovga olingan mablag’lardan hamda jalb etilgan boshkd mablag’lardan bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun foydalanishga yo’l ko’yilmaydi.
Alohida hollarda qonun hujjatlariga muvofiq bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun byudjet mablag’laridan foydalanish mumkin.
Bankning zaxira kapitali soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langanidan so’ng sof foyda hisobiga shakllangan zaxiralar, ulardan bank faoliyatida ko’zda tutilmagan turli zararlar hamda qimmatli qog’ozlar kursining tushishi natijasida yo’qotishlarni ular yuzag’a kelishi bilanoq hech qanday cheklashlarsiz qoplash uchun foydalaniladi.
«Umumiy zaxiralar» bank faoliyati davomida umuman yoki biror-bir faoliyat turi (kreditlash, investisiyalash) natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash uchun, lekin ayrim muayyan operasiyalar bo’yicha zararlarni qoplashga mo’ljallanmagan zaxiralar. Masalan, milliy valyutani devalvasiyalash uchun mo’ljallangan zaxiralar.
«Maxsus zaxiralar» «standart», «substandart», «shubhali» va «umidsiz» deb tasniflangan kredit va lizing operasiyalari yoki boshqa alohida muayyan aktivlar bo’yicha yuzaga kelishi mumkin bo’lgan zararlarga qarshi zaxiralar.
Taqsimlanmagan foyda zaxira fondiga ajratmalar va dividendlar to’langanidan so’ng qoladigan foydaning bir qismidir.
Bank kapitali quyidagi funksiyalarni bajaradi (22-chizma).
22-chizma. Bank kapitalining funksiyalari.
178]. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 420-sonli «Tijorat banklari kapitalining etarliligiga qo’yiladigan talablar to’g’risidagi Nizom»ga (1998 yil 2 noyabr O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki boshqaruvida tasdiqlangan) binoan yangi ochilayotgan banklar ustav kapitalining eng kam miqdori quyidagi jadvalga muvofiq belgilanadi (9-jadval):
9-jadval.
O’zbekiston Respublikasida yangi ochilayotgan banklar ustav
kapitalining eng kam mikdoriga qo’yiladigan talablar.
Axolisi 0,5 mln. kishidan ko’p bo’lgan shaxarlarda ochilaetgan tijoratbanklari uchun | Aholisi 0,5 mln. kishidan kam bo’lgan shaharlarda ochilayotgan tijorat banklari uchun | Chet el kalitali ishtirokida ochilayotgan banklar uchun | Xususiy banklar uchun | |
1998 yil 2-noyabrdan | 1,5 mlnAQSh dollari ekvivalentida | 0,75 mln. AQSh dollari ekvivalentida | 5 mln. AKSh dollari ekvivalentida | 0,3 mln.AQSh dollari ekvivalentida |
1999 yil 2-noyabrdan | 25,0 mln. AQSh dollari ekvivalentida | 1,0 mln. AQ1P dollari ekvivalentida | 5 mln. AQSh dollari ekvivalentida | 0,3 mln. AQSh dollari ekvivalentida |
2000 yil 2-noyabrdan | 2,5 mln. AQSh dollari ekvivalentida | 1,25 mln. AQSh dollari ekvivalentida | 5 mln. AQSh dollari ekvivalsntida | 0,3 mln. AQSh dollari ekvinalentida |
Faoliyat ko’rsatayotgan banklar ekvivalenti 2 mln. AQSh dollaridan kam bo’lmagan summada umumiy kapitalga ega bo’lishi lozim. Faoliyat ko’rsatayotgan banklar ustav kapitalini oshirishga doir talablar makroiqtisodiy ahvol, bankning moliyaviy holati va boshqa sabablarga ko’ra alohida banklarga qo’yilishi mumkin.
23-chizma. Bank kapitalining tarkibiy kismlari.
I darajali kapital umumiy kapitalning 50 foizini yoki undan ko’pini tashkil qilishi lozim. II darajali kapital miqdori I darajali kapital mikdoridan oshib ketsa, kapitalning oshib ketgan qismi kapital hisobiga kiritilmaydi.
I darajali kapital quyidagilardan iborat:
- To’liq to’langan va muomalaga kiritilgan oddiy aksiyalar, nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aksiyalar. Bu aksiyalar:
- muayyan sotib olish sanasi va shartlariga ega emas;
- egasining xohishiga ko’ra sotib olinishi mumkin emas;
- bank aksiyadorlari umumiy yig’ilishi qaroriga muvofiq ularga doir dividendlar to’lanmasligi mumkin, ular bo’yicha o’tgan davrdagi olinmagan dividendlar to’lanmaydi.
- Qo’shimcha kapital (kapitalning ortiqcha qismi) oddiy va imtiyozli aksiyalar narxining ularning nominal kiymatidan oshib ketishi.
- Taqsimlanmagan foyda.
- Kapital zaxiralar.
- Avvalgi yillarning taqsimlanmagan foydasi.
- Joriy yil zararlari.
- Aksiya egalari ozchiligining birlashgan korxonalar aksiyadorlik hisobvaraqlaridagi ulushi. Bu ulush sho’ba korxonalari hisobvaraqlari bank moliyaviy hisobotlarida birlashtirilganda va bank ulushi bunday korxonalar kapitalining 100 foizdan kam qismini tashkil qilganda vujudga keladi.
Dividend stavkalari o’zgarib turuvchi imtiyozli aksiyalar yuqoridagi shartlar bajarilishidan qatiy nazar 1 darajali kapital hisobiga kiritilmaydi.
II darajali kapital esa quyidagilardan iborat:
- joriy yildagi sof foyda;
- riskni hisobga olgan holdagi aktivlar summasining 1,25 foizi va hisob-kitoblardan so’ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miqdordagi umumiy zaxiralar (1 darajali kapital aktivlar hisob-kitobi quyida keltirilgan):
- hisob-kitoblardan so’ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miqdorda aralash turdagi majburiyatlar (aksiyadorlik va qarz kapitali tavsiflarini o’z ichiga olgan vositalar). I darajali kapitalga kiritilmagan aralash turdagi majburiyatlar, jumladan, imtiyozli aksiyalar agarda ular quyidagi sharglarga javob bersalar, II darajali kapitalga kiritilishi mumkin:
- to’liq to’langanligi;
- garov bilan taminlanmaganligi;
- bank tugatilganda ularga doir talablar, bank depozitorlari talablari qondirilgandan so’ng qondirilishi;
- aksiya egasining tashabbusi bilan va Markaziy bank ruxsatisiz to’lanmasligi;
- bankning barcha zararlarini qoplashi va bankni to’lovga qobiliyatsiz deb elon qilish huquqini bermasligi;
- agar bank oxirgi uch chorak mobaynida foyda olmagan bo’lsa, emitent xohishiga ko’ra yoki oddiy va imtiyozli aksiyalar bo’yicha dividendlar (foizlar) to’lash to’g’risida qaror qabul qilishda ushbu majburiyatlarga doir dividendlar (foizlar)ni to’lash muddati kechiktirilishi mumkinligi;
- subordinar qarz, bu bankning qarz majburiyatlari shakli bo’lib, bank kapitalini aniqlash maqsadida hisob-kitoblardan so’ng I darajali kapitalning 50 foizidan oshmasligi kerak. II darajali kapitalga kiruvchi subordinar qarz to’lash muddati etib kelgunga qadar oxirgi 5 yil davomida yiliga 30%ga kamayib borishi shart. II darajali kapital tarkibiga kiruvchi subordinar qarz quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- garov taminotiga ega bo’lmaslik;
- bank tugatilayotganda ushbu majburiyatlar bo’yicha talablar depozitorlar talablari qondirilgandan so’ng amalga oshirilishi;
- boshlangich to’lov muddati 5 yildan ortiq bo’lishi.
Kapitaldan chegirmalar kapital etarliligi koeffisientlari hisoblanguncha amalga oshiriladi. I darajali kapitaldan chegirmalar nomoddiy aktivlar, shu jumladan, gudvilni o’z ichiga oladi.
«Kapitalning etarliligi» so’zi bank barqarorligiga berilgan umumiy bahoni va bankning riskka bardoshlilik darajasini ifodalaydi. Etarlylik tamoyilining mohiyatini quyidagicha tariflash mumkin: o’z kapitalning miqdori aktiv miqdoriga (riskni hisobga olgan holda) mutanosib bo’lishi kerak.
Kapitalning etarliligi quyidagi ko’rsatkichlarda o’z aksini topadi:
- tavakkalchilikka asoslangan kapitalning umumiy summasi (TAKUS) chegirmalarni hisobga olgan holda I darajali va II darajali kapital yigindisi sifatida aniqlanadi:
K2 ning ruxsat etilgan minimal darajasi 0,05 ga teng (5 foiz).
I darajali kapital tavakkalchilikka asoslangan umumiy kapitalning 50 foizidan kam bo’lmasligi kerak.
Kapitalning etarlilik darajasi galablari bilan bir qatorda tijorat banklari nomoddiy aktivlar va gudvill chegirib tashlangan I darajali kapitalning umumiy aktivlar summasiga nisbati orqali aniqlanadigan Leveraj koeffisientiga rioya etishlari kerak:
Nomoddiy aktivlar moddiy va jismoniy shaklga ega bo’lmagan nomonetar, identifikasiyalanadigan aktivlardir. Ularning ko’p turlari mavjud, jumladan;
- dasturiy taminot;
- foydalanish kuquqi;
- marketing;
- texnik malumotlar.
Biroq, bank faoliyatida eng ko’p tarqalgan nomoddiy aktiv gudvilldir.
Gudvill firmaning moddiy o’lchov tasiriga tushmaydigan sarmoyasi, masalan, obro’-etibor, kasbiy omilkorlik aloqalari, marketing usullari va boshqalar. Boshqacha qilib aytganda, moddiy ishlab chiqarish doirasiga kirmaydigan sohalarda firma jamg’argan aktivlarining «narxi». Bu ibora mijozlarning xayrixohligi, iltifoti, moyilligini ham ifodalaydi. Gudvill sezilmaydigan asosiy kapital, sezilmaydigan aktivlar bo’lib, umuman korxona bahosi bilan uning mavjud asosiy kapitali bahosi o’rtasidagi farqni ifodalaydi.
Leveraj bank jami aktivlarining kapital bilan taminlanganlik darajasini aks ettiruvchi ko’rsatkich bo’lib, u I darajali kapitalning nomoddiy aktivlar qiymati, jumladan gudvillni chiqarib tashlagan holda umumiy aktivlar summasiga nisbati sifatida aniqlanadi.
«Kuk koeffisienti» bank kapitalining balansdagi va balans orti aktivlari o’rtasidagi minimal nisbatni belgilaydi. Uni hisoblashda mamlakatlar bo’yicha farqlanuvchi tavakkalchilik darajasi va normalari inobatga olinishi kerak. Bu koeffisient 8% darajasida o’rnatilgan bo’lib, uning eng kamida yarmi bankning o’z kapitaliga to’g’ri kelishi kerak.