Home / Iqtisodiyot / Tijorat banklarining lizing operasiyalari

Tijorat banklarining lizing operasiyalari

So’nggi yillarda tijorat banklari faoliyatida ijara yoki lizing (Leasing ing. «ijara») operasiyalarini moliyalashtirish bilan bog’liq faoliyat turlari keng rivoj topmokda.

O’zbekiston Respublikasining «Lizing to’g’risida»gi konunining 2-moddasida (14.04.1999) lizingga quyidagicha tarif berilgan:

Lizing ijara munosabatlarining aloxida turi bo’lnb, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig’iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) xaq evaziga egalik kilish va foydalanish uchun lizing shartnomasida belgilangan shartlarda berib qo’yish maksadida mol-mulkni (lizing obektini) oladi.

Lizing uch taraflama shartnoma bo’yicha amalga oshiriladi:

  • sotuvchi
  • lizing beruvchi(bank)
  • lizing oluvchi yoki ikki taraflama:
  • lizing beruvchi(bank)
  • lizing oluvchi

Lizing beruvchi lizing obektini kimdan olayotgan bo’lsa, shu shaxs sotuvchi deb etirof etiladi. Lizing shartnomasi bo’yicha lizing oluvchiga kelgusida topshirish maqsadida lizing obekti (mulk) ni mulk qilib beruvchi shaxs, masalan, bank lnzing beruvchi hisoblanadi. Egalik qilish va foydalanish uchun lizing shartnomasi bo’yicha lizing obektini olayotgan shaxs lizing oluvchi hisoblanadi.

Lieing beruvchi (bank), lizing oluvchi va lizing sotuvchilar sifatida maydonga chiqadigan subektlar va ular o’rtasida vositachi sifatida chiquvchi shaxslarni quyidagicha tasniflash mumkin (31jadval).

31-jadval.

Lizing munosabatlarida qatnashuvchi subektlar

Lizing subektlari Izox
1 2 z
1. Lizing beruvchilar (mulk egalari) •      tijorat banklari

•      qo’shma lizing kompaniyalari

•      xorijiy lizing kompaniyalari

•      xalkaro lizing kompaniyalari

•      ixtisoslashgan milliy lizing kompaniyalari

•     uskunalarni tayyorlovchi korxonalar filiallari va bo’limlari

•      davlat va maxalliy organlar:

–      mulk qo’mitalari

–      moldiy taminot bo’limlari

    kurilish bosh boshkarmalari

— boshqa organlar

•      sug’urta kompaniyalari

•      nafaka fondlari

•    lizing operasiyalarini amalga oshirishga yo’naltirilgan ochik va yopik aksionerlik jamiyatlari

2. Lizing oluvchilar (mulkdan foydalanuvchilar) •    tovar ishlab chikaruvchi yuridik shaxslar

•    yuridik shaxs bo’lmagan tadbirkorlar

3. Lizing obektlarini sotuvchilar •      mulk egalari

•      uskunalarni ishlab chiqaruvchilar

•      moddiytaminottashkilotlari

•      savdo firmalari

•      aksionerlik jamiyatlari

•      ko’shma korxonalar

4. Lizing munosabatlarida katnashuvchilar o’rgasida vositachilik kiluvchilar. •     distribyuter (ulgurji xodim)

•     dilerlar

•     brokerlar

•     komissionerlar

•     maklerlar

•     konsignatorlar

•     ishonchli shaxs( vakil)lar

•     ishlab chikaruvchilar ageptlari (istemolchilar)

•     kommivoyajerlar

•     maslaxatchilar

•     xabarlovchi savdogarlar

Lizing beruvchilar, xususan tijorat banklari xaridor sifatida maydonga chiqmoqchi bo’lishsa, u holda ular o’zlarining faoliyatlarini lizing operasiyalarini amalga oshirishga yo’naltirgan bo’lishlari lozim. Bunday hollarda bank mulkni sotib olish uchun korxona (firma) larga ssuda (kredit) berish o’rniga ularni o’zi sotib oladi va ularni ijara oluvchilarga ijaraga bergan holda, egalik huquqini o’zida saqlab qoladi. Bunda bank ssuda foizini emas, balki shartnomaga binoan ijara haqini (lizing to’lovini) oladi.

Lizing beruvchi mol-mulkni etkazib bermaganlik, to’liq etkazib bermaganlik, etkazib berish muddatini o’tkazib yuborganlik va tegishli darajada sifatli bo’lmagan mol-mulkni etkazib berganlik uchun, agar bu uning aybli harakatlari (harakatsizligi) tufayli bo’lsa, lizing oluvchining oldida javobgar bo’ladi.

Lizing beruvchi lizing oluvchi oldida lizing obekti yuzasidan javobgar bo’lmaydi, lizing obekti sotuvchi va obektining o’zi lizing beruvchi tomonidan tanlangan va lizing oluvchi shu tufayli zarar ko’rganligi isbotlangan hollar bundan mustasno.

Lizing beruvchi va lizing oluvchi sotuvchiga nisbatan lizing obektining oldi-sotdi shartnomasiga binoan solidar kreditorlar sifatida ish ko’radilar. Sotuvchi ular oldida lizing obektining oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarish . (lizing obektining sifati, butligi, lozim darajada etkazib berilishi va boshqalar) yuzasidan javobgar bo’ladi. Bunda sotuvchi lizing obekti bilan bog’liq aynan bitta zarar uchun bir paytning o’zida lizing oluvchi va lizing beruvchi oldida javobgar bo’lishi mumkin emas.

Operativ lizingni amalga oshirishda lizingga berilgan lizing obektidan foydalanishga to’liq yoki qisman to’sqinlik qiluvchi kamchiliklar uchun lizing beruvchi javobgar bo’ladi. Bunday kamchiliklar aniqlangan taqdirda, lizing oluvchi lizing beruvchidan ularning bepul bartaraf etilishini va lizing to’lovlari mutanosib ravishda kamaytirilishini yoki mazkur lizing obektining kamchiliklarini bartaraf etish bilan bog’liq o’z xarajatlarining qoplanishini talab qilishga haqli.

Lizing beruvchi lizing obektining lizing shartnomasini tuzishda qayd etib o’tilgan kamchiliklari uchun javob bermaydi.

Lizing oluvchining aybi bilan lizing obektining yo’qolishi yoki lizing obektining o’z vazifasiga doir ahamiyatini yo’qotishi, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, lizing oluvchini lizing beruvchi oldidagi javobgarlikdan ozod etmaydi.

Lizing munosabatlariga kiruvchi har bir vositachi o’zining funksiyasiga ega (32-jadval).

32-jadval.

Lizing munosabatiga kiruvchi vositachilar tasnifi

Vositachilar Izox
1 2 3
1 Distribyuter (ulgurji vositachi) • bu o’z jamgarmasiga ega bo’lgan, o’zi sotib olish bilan shug’ullanuvchi mustaqil firma; yirik firmaning xorijiy davlatdagi yagona vakili.

U lizing munosabatlarida to’liq harakat qiladi. Ammo mulk egasi bo’la olmaydi. Narxni belgilaydi, bozorni o’rganadi, servis xizmatlarni bajaradi.

2 Diler • bu ishbilarmon savdogar (firma, bank) o’z hisobiga va o’z nomidan qimmatli qog’ozlar, tovarlar, valyutani avval xarid qilib, so’ngra xizmatiga sotish maqsadida tijorat ishlari bilan shug’ullanadi.                     ‘

Bu mustaqil tadbirkor. O’z hisobidan uskunalarni sotib oladi va istemolchilarga sotadi.

Diler daromadi sotib olinadigan va sotiladigan tovarlar o’rtasidagi farqdan keladigan tushumdan iborat bo’ladi.

3 Broker • bu fond, tovar, valyuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachi (dallol)lik qiladigan ayrim shaxs yoki firma. Brokerlar odatda mijoz topshirig’iga ko’ra va uning hisobiga ish yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga o’z nomidan savdo bitimlari tuzishi mumkin. Yirik brokerlik idoralari xaridorga qarz berishda banklar bilan xamkorlik qiladi, ayrim hollarda o’zlari kreditor bo’ladilar, bitimlarni bajarilishiga kafillikni ham o’z zimmasiga oladilar.

Ular o’z mijozlarining nomidan, ularning topshiriqlariga binoan harakat qiladilar. Tomonlar manfaatlarini muvofiqlashtirishga xarakat qiladilar. Ammo xavf-xatarni o’z zimmasiga olmaydi.

4 Komissionerlar –      bu pulli xizmat ko’rsatish, biror ish bajarish bo’yicha shartnomada ko’rsatalgan bir tomon bo’lib, u:

–      dallol sifatida muayyan tovarlarni komissiyaga qabul qiladi. Bu tovarlar sotilgandan keyingina uning haqini egasiga to’laydilar;

–      o’z nomidan oldi-sotdi qiladi, ammo mijoz hisobidan;

–      agar o’z vakolatini suiistemol qilib zarar ko’rsa, unga javob berishni o’z zimmasiga oladi.

5 Makler • vositachi, ammo bitim tuzmaydi, balki bi-tim tuzish uchun xaridorni jalb etadi. Buning uchun vositachilik haki oladi.

U manfaatdor tomonlarni uchrashtiradi. Ammo o’zi bitim tuzishda qatnashmaydi.

6 Konsignator • sotiladigan tovarlar ko’lida bo’/gan, lekin uning egasi bo’lmagan vositachi. U ishlab chiqaruvchilardan uskunalarni komission narxda sotib oladi va sotuvchi narxidan past bo’lmagan narxda sotishni taminlaydi. Mulkka bo’lgan egalik xukuki mulkni etkazib beruvchi tomonida saklanib koladi.
7 Ishonchli vakil • oldi-berdi munosabatlarini o’z nomidan, shuningdek, firma topshirigi bilan amalga oshiradi. Topshiriq-shartnomada o’rnatilgan vakolat doirasida faoliyat olib boradi.
8 Ishlab chikaruvchi (yoki istemolchi) agenti • yuridik yoki jismoniy shaxs bo’lib, firmaning hisobidan yoki uning nomidan, uning xizmatchisi bo’lmay turib, boshqa shaxsning topshirigi bo’yicha operasiyalarni amalga oshiruvchi shaxs. U muayyan bir obekt emas, balki bir necha obekt oldisotdisini amalga oshirish vakolatiga ega.
9 Kommivoyajer •               bular yirik savdo firmalarining xaridorlarga namunalar, kataloglar, ko’rgazma varaqalar asosida tovarlar taklif etadigan sayyor vakillar, savdo bo’yicha vositachilardir.

•               Ular nafakat mulkni sotadilar, shu bilan bir katorda lizing obektini istemolchiga etka-zib beradilar.

10 Maslahatchilar • oldi-sotdi shartnomasida kelishilgan summaga qarab foiz olish evaziga ishbilarmonlar doirasida lizing xizmatlari bozorini tadqiq qiladi. Ammo ular daromadlar taksimotida qatnashishmaydi va buyurtmachilarga kafillik bermaydi.

Uzbekiston Respublikasining «Lizing to’g’risidalgi qonunining 3-moddasida lizing obektiga quyidagicha tarif berilgan:

«Tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan istemol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan, korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar transport vositalari hamda boshqa ko’char va ko’chmas mulk lizing obektlari bo’lishi mumkin».

Lizing obektlarini quyidagi belgilar bo’yicha tasniflash mumkin (33-jadval).

33-jadval. Lizing obektlariniig umumiy tasnifi

Lizing obektlarini tasniflash belgilari Izox
1 2 3
1. Nima maqsadda foydalanishga ko’ra • tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maksadida olinadigan obektlar
2. Istemol kilish shakliga ko’ra • ishlab chiqarish jarayonida istemol qilinmaydigan obektlar
3. Murakkablik darajasiga ko’ra •    ayrim buyumlar

•    buyumlar majmuasi

4. Qo’zg’aluvchanlik darajasiga ko’ra •    ko’chmas mulk shaklidagi obektlar

•    ko’char mulk shaklidagi obektlar

5. Mulk shakliga ko’ra •   davlat mulki shaklidagi obektlar

•   xususiy mulk shaklidagi obektlar

6. Tarmoqqa ko’ra •    sanoat tarmog’iga karashli obektlar

•    kurilish tarmog’iga karashli obektlar

•    qishlok xo’jaligi va x.k.

Jadvalning to’rtinchi tartib raqamida keltirilganidek, lizing ko’char va ko’chmas mulkni ijaraga berishda ham qo’llaniladi. Masalan, ko’char mulk ko’rinishidagi lizing transport vositalari, qurilish texnikasi, signallarni uzatish vositalari, asbob-uskunalar, dastgoxdar, lisenziyalar, «nou-xau», loyihalar, kompyuter dasturlari va shunga o’xshashlarni o’z ichiga oladi.

Er uchastkalari va tabiat boshqa obektlari, shuningdek, erkin muomalada bo’lishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan yoki muomalada bo’lishining alohida tartybi belgilangan mol-mulk lizing obektlari bo’lishi mumkin emas.

Shuni takidlash lozimki, lizing obektini hisobga olishning o’ziga xos xususiyatlari bor. Masalan, moliyaviy lizing obekti lizing oluvchi balansida hisobga olinadi. Operativ lizing obekti esa lizing beruvchi balansida hisobga olinadi.

Lizing obektiga bo’lgan mulk huquqi uni boshqa birovga o’tkazilishi yoki sotilishi bilan aniqlanadi. Binobarin, lizing obektiga bo’lgan mulk huquqi lizing oluvchi tomonidan sotib olingunga qadar lizing beruvchiga tegishli bo’ladi. Masalan, moliyaviy lizingda lizing shartnomasining amal qilish muddati tugagunga qadar barcha lizing to’lovlari to’langan taqdirda (agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa) lizing obektiga bo’lgan mulk huquqi lizing oluvchiga o’tishi mumkin.

Operativ lizingni amalga oshirishda lizing beruvchi va lizing oluvchi o’rtasidagi lizing obektining oldi-sotdi shartnomasi asosida lizing obektiga bo’lgan mulk huquqi lizing oluvchiga o’tishi mumkin.

Lizing oluvchi bankrot bo’lgan, uning mol-mulki xatga olingan yoki musodara qilingan takdirda, lizing obekti lizing oluvchining umumiy mol-mulkidan ajratiladi va lizing beruvchiga qaytariladi. U mol-mulkni o’z xohishiga ko’ra tasarruf etishi mumkin.

Agar lizing beruvchi va lizing oluvchilar o’z xuquqlarini uchinchi shaxsga bermoqchi bo’lsa, u holda lizing beruvchi lizing oluvchini xabardor qilgan holda lizing shartnomasi bo’yicha o’z huquqlaridan to’liq yoki qisman uchinchi shaxs foydasiga voz kechishi mumkin. Xuddi shu tariqa lizing oluvchi lizing beruvchining ruxsati bilan moliyaviy lizing shartnomasi bo’yicha o’z huquqlaridan to’liq yoki qisman uchinchi shaxs foydasiga voz kechishi mumkin.

Operativ lizingni amalga oshirishda lizing oluvchining huquqlaridan voz kechishga yo’l qo’yilmaydi.

Lizing obektiga bo’lgan mulk huquqi lizing beruvchidan uchinchi shaxsga o’tganda, lizing oluvchi bilan tuzilgan lizing shartnomasi yangi mulkdor uchun o’z kuchini saqlab qoladi.

Xo’sh, lizing obektidan garov sifatida foydalanish mumkinmi? Yo’q. Agar lizing shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, lizing beruvchi lizing oluvchini oldindan xabardor qilmay turib lizing obektidan garov sifatida foydalanishga haqli emas. Lizing oluvchi ham lizing obektini garov sifatida ishlatishga haqli emas.

  • . Lizing obekti bilan bog’liq barcha xavflar, shu jumladan, uning:
  • tasodifan yo’qolishi (nobud bo’lishi);
  • o’g’irlanishi;
  • barvaqt eskirishi;
  • shikastlanishi kabi xavflar lizing shartnomasida nazarda tutilgan tartibda lizing oluvchiga o’tadi.

Xavflar lizing oluvchiga o’tgan daqiqadan etiboran lizing oluvchi lizing obekti har qanday tarzda yo’qotilishi yoki shikastlanishi uchun lizing shartnomasi amal qiladigan muddat davomida javobgar bo’ladi.

Agar xavflar lizing beruvchidan lizing oluvchiga o’tadigan vaqt lizing shartnomasida belgilangan bo’lmasa, xavflar lizing oluvchiga u lizing obektini olgan daqiqadan etiboran o’tadi. Agar taklif etilgan lizing shartnomasiga mos kelmasa va bu lizing oluvchiga lizing obektidan voz kechish huquqini bersa, ana shunday nomuvofiqlik bartaraf etilgunga qadar yoki lizing oluvchi lizing obektini olgunga qadar barcha xavflar lizing beruvchi zimmasida bo’ladi.

Sotuvchining nochorligi yoki lizing obektining undan foydalanish maqsadlariga nomuvofiqligi xavflari lizing oluvchining zimmasida bo’ladi, lizing beruvchining sotuvchini yoki lizing obektini tanlash yoxud lizing beruvchi lizing oluvchini muayyan sotuvchini yoki lizing obektini tanlashga g’ayriqonuniy tarzda majburlash hollari bundan mustasno.

Nobud bo’lish, yo’qolish, o’g’irlanish, shikastlanish, buzilish va barvaqt eskirish xavfi bilan bog’liq bo’lgan tarzdagi har qanday etkazilishi mumkin zarardan lizing obektini sug’urtalash taraflarning kelishuviga binoan amalga oshiriladi. Bunday kelishuv bo’lmagan takdirda, lizing oluvchi lizing obekti sug’urtasi uchun javobgar bo’ladi.

Lizing beruvchi quyidagi huquqlarga egadir:

  • lizing oluvchining lizing obektidan qanday sharoitlarda foydalanayotganligi va uni belgilangan maqsadiga muvofiq ishlatayotganligini lizing shartnomasi shartlariga hamda qonun hujjatlari talablariga muvofiq nazorat qilish;
  • lizing oluvchining roziligi bilan lizing obekti va uning sotuvchisini tanlash;
  • qonun hujjatlarida hamda lizing shartnomasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda lizing oluvchidan lizing obektini olib qo’yish;
  • lizing oluvchi lizing shartnomasini jiddiy tarzda buzgan takdirda barcha lizing to’lovlarini muddatidan ilgari to’lashni yoxud etkazilgan zararni undirib va (yoki) lizing obektini qaytib olgan tarzda shartnomani bekor qilishni talab etish.

Agar lizing obekti lizing beruvchining aybi bilan etkazib berilmagan bo’lsa yoki lizing shartnomasi shartlariga nomuvofiq bo’lsa, lizing beruvchi lizing oluvchining roziligi bilan o’zi lozim darajada bajarmagan lizing shartnomasi shartlarini tuzagib bajarishga yoki lizing oluvchiga boshqa lizing obektini taklif etishga haqli.

Lizing beruvchi:

  • lizing shartnomasi bo’yicha mol-mulkni olishi va uni lizing oluvchiga egalik qilish hamda foydalanish uchun berishi;
  • sotuvchiga mol-mulk muayyan shaxsga lizingga berishga mo’ljallanganligini malum kilishi;
  • lizing obektini, agar shartnomada shunday shartlar nazarda tutilgan bo’lsa, saqlab turish, tamirlash va unga texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha lizing oluvchi oldida o’z zimmasiga olingan majburiyatlarni o’z vaqtida va to’lik hajmda bajarishi shart.

Lizing oluvchi quyidagi huquqlarga ega:

  • lizing obektini mustaqil aniqlash va sotuvchini tanlash;
  • lizing beruvchidan lizing shartnomasini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik tufayli etkazilgan zarar qoplanishini talab qilish;
  • sotuvchiga lizing obekti oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiquvchi talablarni, jumladan, uning sifati va butligi, topshirish muddati, kafolatli tamirlashi va hokazolar xususida talablar qo’yish;
  • lizing obekti etkazib berilmagan, to’liq etkazib berilmagan, etkazib berish muddati o’tkazib yuborilgan yoki sifati talab darajasida bo’lmagan lizing obekti etkazib berilgan taqdirda, etkazib beriladigan lizing obektidan voz kechish va lizing shartnomasining bekor qilinishini talab etish;
  • lizing shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda, o’zi vaqti-vaqti bilan avans sifatida to’lagan to’lovlar va boshqa summalarni lizing obektidan foydalanish davrida olgan foydaning qiymatini chegirib tashlab, o’ziga qaytarib berishni talab qilish.

Uchinchi shaxs undiruvni lizing obektiga qaratganda lizing oluvchi lizing shartnomasini bekor qilish va lizing obektini mulk qilib olish bilan bir paytda lizing shartnomasi bo’yicha tegishli lizing to’lovlari qoldig’ini bir yo’la to’lashga haqli.

Lizing oluvchi:

  • lizing obektini qabul qilib olishi va undan lozim darajada foydalanishi, uni shartnoma shartlariga muvofiq saqlab turishi;
  • lizing to’lovlarini o’z vaqtida to’lab turishi, agar lizing shartnomasiga boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa, lizing obektini o’z hisobidan joriy tamirlashi, uni saqlab turishga doir boshqa xarajatlar qilishi shart.

Lizing shartnomasi bekor qilinganda lizing oluvchi lizing obektini lizing beruvchidan qanday holatda olgan bo’lsa, shunday holatda, normal eskirish va taraflarning kelishuvida shartlashilgan o’zgarishlarni hisobga olgan holda qaytarishi shart.

Lizing oluvchini lizing obektini tamirlash va unga texnik xizmat ko’rsatishga doir huquqi va majburiyati sotuvchi bilan alohida tuzilgan shartnomada belgilanishi mumkin.

Lizing oluvchi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo’lishi va o’zga majburiyatlarni bajarishi mumkin.

Sotuvchi qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq huquqlarga ega bo’ladi va majburiyatlarni bajaradi. Agar lizing shartnomasida yoki oldi-sotdi (mahsulot etkazib berish) shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha sotuvchining lizing oluvchiga nisbatan huquq va majburiyatlari lizing beruvchiga nisbatan xuquq va majburiyatlaridek bo’ladi. Bunda lizing oluvchi lizing obekti oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishga yoki uni haqiqiy emas deb topishga haqli bo’lmaydi.

Lizingning asosiy turlarini quyidagi belgilar bo’yicha batafsil tasniflash mumkin ( 34-jadval).

34-jadval.

Lizing turlari

Lizingni turkumlash belgilari Lizing turlari izoh
1 2 3 4
1. Foydalanish muddatiga qarab • Moliyaviy lizing • Bu ijaraga olingan mulkning to’la kiymatini va ijarachi foydasini qoplashni nazarda tutadi. Bunda amortizasiya to’liq bo’lishi yoki ijara obekti qoldik bahoda qaytarib berilishi mumkin. Bu lizing turi ijara obektini uzoq muddatli kreditlash xisoblanadi.
• Tezkor lizing • Bu ko’proq ishlab chikarish davri bilan bog’lik bo’lgan lizing bo’lib, obekti qisqa davrga, yani uning yaroqli davrdan kam davrga, qiskaroq vaqtga ijaraga beriladi. Bu xolda lizing obektining amortizasiyasi to’liq amalga oshmaydi, yani obektni yana bir necha marta ijaraga berish imkoniyati sakdanib qoladi.
2. Bozor sektoriga bog’liqligiga karab • Ichki lizing • Bu lizing faqat mamlakat doirasidagi lizingdir.
• Xalqaro lizing • Bu mamlakatlararo lizing munosabatlarini tavsiflaydi
3. Xizmat qilish shakli va ko’lamiga qarab • Sof lizing • Bunda ijaraga olinayotgan mulk bilan bog’liq bo’lgan barcha texnik va boshqa xizmatlar lizing oluvchining zimmasiga yuklatiladi. Bu bilan bog’liq xarajatlar lizing to’lovlariga qo’shiladi. Bunday munosabatlar ko’proq moliyaviy lizingga xos.
• «Ho’lplizing • Bunda ijaraga olinayotgan mulk bilan bog’liq bo’lgan zaruriy texnik xizmatlar, uni tamirlash, sug’urtalash va boshqa operasiyalar lizing beruvchi zimmasiga yuklatiladi.
    • Aralash lizing • bu lizing turi ham moliyaviy, ham tezkor lizinglar unsurlarini mujassamlashtirgan. Shartnoma muddati tugashi bilan mulk lizing oluvchi ixtiyoriga o’tadi.
4. Lizing munosabatlarining xarakteriga qarab • Qaytariluvchi lizing Bu lizing turidan odatda o’zining uskunalari etmayotgan firmalar foydalanishadi. Bunda korxona lizing kompaniyasini topadi va unga o’zining mulkini sotadi, kompaniya esa, o’z navbatida mulkni shu korxonaga kaytadan lizing shaklida topshiradi. Natijada korxona o’ziga zarur bo’lgan aylanma mablaglarni sotib olish imkoniga ega bo’ladi. Shartnoma shu shart bilan tuziladiki, lizing muddati tugashi bilan korxona qaytadan o’z mulkini sotib oladi va unga o’z egalik hukuqini tiklaydi.
5. Moliyalashtiruvchilar tarkibiga karab • Individual lizing • Bunda lizing beruvchi uskunani sotib olishda o’z mablag’laridan kisman to’lab, asosiy qismini boshqa kreditorlardan ssuda olish bilan qoplaydi. Bu bir qadar murakkab lizing turi bo’lib, odatda u kapital mablagni ko’p talab qiladigan loyixalarga qo’llaniladi.
    • Guruxiy lizing • Bunda lizing beruvchi bitta shaxs yoki firma emas, balki bir gurux qatnashuvchilar (aksionerlar) bo’ladi va ular maxsus korporasiya (masalan, trast kompaniyasi va boshk.) tuzishib. unga
      ishonchli vakil tayinlashadi. Barcha lizing munosabatlarini bajarishda u boshchilik qiladi.
6. Yangilanish muddatiga qarab • Revolver lizing • Bu lizing turi lizing oluvchiga uskunalarni dam-badam almashib turish zaruriyati tug’ilgan hollarda qo’llaniladi. Bu hol texnologik jarayonning o’ziga xosligi bilan bog’liq bo’ladi.
• Yangilanib turiluvchi lizing • Ijarachi buyurtmasiga binoan vaqti-vakti bilan yangi uskunalar bilan almashtirib turish zaruriyati tugilgan hollarda qo’llaniladi.
7. Uchinchi shaxs tomonidan foydalanish huquqiga karab • Sublizing (qo’shimcha lizing) • Bu tadbirkorlik faoliyatidan majburiyatlarning bir turi bo’lib, lizing obektini boshqa uchinchi lizing oluvchiga topshirishni bildiradi. «Lizing to’g’risida»gi Qonunning 6-moddasida shunday yozilgan:

«Lizing oluvchi lizing beruvchi oldida lizing shartnomasi yuzasidan javobgar bo’lib qolgan holda, lizing shartnomasi bo’yicha olgan lizing obektini lizing beruvchining yozma roziligi bilan vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish uchun uchinchi shaxsga qo’shimcha lizingga topshirishga hakdi».

Sublizing shartnomasining amal qilish muddati lizing shartnomasining amal kilish muddatidan ortiq bo’lishi mumkin emas.

• Asosiy lizing • Bu lizing uchinchi shaxs tomonidan lizingdan foydalanish hukuqi ko’zlanmagan lizing turidir.

Moliyaviy lizinu operasiyasi bank kreditiga birmuncha yaqin operasiya bo’lib, lizing obektini kelgusida sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berilishini ifodalaydi. Ijaraga beruvchi uchun moliyaviy lizing muhim iqtisodiy mexanizm bo’lib, uning yordamida korxona moliyaviy aktivlarining likvidlik muammosi hal etiladi. Ishlab chiqarish jarayonida foydalanilmayotgan, korxona balansida mavjud moddiy boyliklar surunkali likvidsiz mablag’lar bo’lib, ularni ijaraga berish hisobiga korxona o’z moliyaviy xolatini bir muncha yaxshilab oladi va shu bilan moliyaviy boshqarish vazifalarini tezroq ijobiy hal etishi mumkin. Natijada, likvidsiz moliyaviy aktivlar korxona daromadini shakllantiruvchi moliyaviy manbaga aylanadi.

Xalqaro lizingning afzalliklaridan biri shuki, bunda boshqa mamlakatlarning takomillashgan texnika va jihozlaridan foydalanish xalqaro shartnomalarga ko’ra moliyaviy va soliqlar bo’yicha imtiyozlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi. Xalqaro valyuta fondi (XVF)ning qaroriga binoan chet el mashina va mexanizmlarini ijaraga olish, ijaraga oluvchi mamlakatning chet el qarzlari miqdorini oshirmaydi. Respublikamizda xalqaro lizingdan foydalanish masalasini qo’shma lizing kompaniyalari yoki firmalarini tuzish yo’li bilan ham hal qilish mumkin.

Lizing shartnomasi yozma shaklda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi.

Agar lizing oluvchi jismoniy shaxs bo’lsa, lizing shartnomasi notarial tasdiqlanishi lozim.

Quyidagilar lizing shartnomasining muhim shartlari hisoblanadi:

  • lizing obektining tasniflanishi (liznng obektining miqdori, sifati, ro’yxati, kontrakt qiymati va boshqa ko’rsatkichlari) va shartnoma umumiy pul summasining ko’rsatilishi;
  • taraflarning lizing obektini olish va berish bilan bogliq majburiyatlari;
  • lizing obektini berish tartibi, shu jumladan, lizing obektini etkazib berish, montaj qilish va foydalanishga topshirish tartibi;
  • lizing to’lovlarini to’lash shartlari, miqdorlari, muddatlari va tartibi;
  • lizing obektidan foydalanish, unga qarash, uni saqlab turish va tamirlash yuzasidan taraflarning majburiyatlari;
  • shartnomaning amal qilish muddati.

Taraflarning kelishuviga binoan lizing shartnomasiga quyidagi shartlar kiritilishi mumkin:

  • lizing obektini (moliyaviy lizingdan) sotib olish tartibi va muddatlari;
  • lizing shartnomasini o’zgartirish va bekor qilish;
  • lizing obektini sug’urta qilish;
  • fors-major holatlar;
  • lizing beruvchi qo’shimcha xizmatlar ko’rsatishi, agar bunday lizing obektidan xizmatlarsiz foydalanib bo’lmasa;
  • lizing subektlari tomonidan lizing shartnomasi shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi.

Lizing shartnomasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.

Lizing obektining oldi-sotdi shartnomasining o’ziga xos xususiyati shundaki, bunda lizing obektining oldi-sotdi shartnomasi lizing beruvchi va sotuvchi o’rtasida tuzilib, unga ko’ra lizing beruvchi lizing oluvchining topshirig’iga binoan lizing obektini keyinchalik lizing oluvchiga berish uchun o’z mulki qilib oladi.

Taraflarning xohishiga ko’ra, lizing obektining oldi-sotdi shartnomasi lizing shartnomasi kuchga kirishidan oldin yoki keyin tuzilishi mumkin.

Lizing obekti oldi-sotdi shartnomasini tuzish paytida lizing beruvchi lizing obekti qaysi maqsadda olinayotganligidan sotuvchini oldindan xabardor qilishi, buni oldi-sotdi shartnomasida qayd etishi shart.

Lizing shartnomasi bo’yicha lizing oluvchi to’laydigan lizing to’lovlari lizing obekti amortizasiyasining tegishli qismi qiymatini va lizing shartnomasi bo’yicha lizing beruvchi tomonidan qilingan xarajatlarni, shuningdek, uning daromadi (marja)ni o’z ichiga oladi.

Lizing to’lovlari shartnomaning butun amal qilish muddatiga taqsimlanadi va bo’lib-bo’lib to’lanadi. Lizing to’lovlarining miqdorlari va davriyligi lizing shartnomasi bilan belgilanadi.

Lizing shartnomasi quyidagi asosiy qismlardan tashkil topadi:

  • shartnoma tomonlari;
  • shartnoma predmeti;
  • lizing shartnomasining amal qilish muddati;
  • tomonlarning huquq va majburiyatlari;
  • lizing to’lovlari shartlari;
  • bitim obektini sug’urta qilish;
  • lizing shartnomasini bekor qilish tartibi.

Lizing shartnomasining muddatini aniqlashda lizing beruvchi va lizing oluvchi quyidagi jihatlarni hisobga olishlarp lozim:

  • uskunalarning xizmat ko’rsatish muddati;
  • uskunalarning amortizasiya davri;
  • bitim davrida bir muncha samaraliroq yoki arzonroq analogning paydo bo’lish davri;
  • inflyasiya jarayonlari dinamikasi;
  • ssuda kapitallari bozori konyunkturasi va uning rivojlanish tendensiyasi.

Lizing shartnomasi tuzilish muddatiga ko’ra ijara operasiyalarining 3 ta turi farqlanadi:

  • qisqa muddatli ijara (renting) bir kundan bir yil muddatgacha
  • o’rta muddatli ijara (xayring) bir yildan uch yil muddatgacha
  • uzoq muddatli ijara (lizing) uch yildan yigirma yil va undan ko’proq muddatgacha.

Moliyaviy lizingda lizing shartnomasi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:

  • lizing shartnomasi muddati tugagach, lizing obekti lizing oluvchining mo’lkiga o’tadi;
  • lizing shartnomasi muddati lizing obekti xizmat muddatining 80 foizidan ortiq bo’ladi yoki lizing shartnomasi muddati tugagach, lizing obektining qoldiq qiymati uning boshlang’ich qiymatining 20 foizidan kamni tashkil etadi;
  • lizing oluvchi lizing obektini katiy belgilangan narxda yoki lizing shartnomasi muddati tugaganda aniqlanadigan narxda sotib olish huquqiga ega; lizing shartnomasi davridagi to’lovlarning umumiy summasi lizing obekti qiymatining 90 foizidan ortiq.

Agar lizing shartnomasida «Lizing to’g’risidalgi Qonun 5-moddasining ikkinchi qismida ko’rsatilgan talablardan birortasi nazarda tutilmagan bo’lsa, lizingning bunday turi operativ lizing hisoblanadi. Operativ lizingni (ijarani) amalga oshirish tartibi va shartlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Garchi lizing mohiyatan kreditlashga yaqin tushuncha bo’lib, har ikkalasi ham investisiyalashga xizmat qilsa-da, ular birbiridan tubdan farq qiladi (35-jadval).

35-jadval.

Lizing va kredit, ular o’rtasidagi farqlar

Farkli jixatlari Munosabat turlari
Kredit Lizing
1. Obektga nisbatan mulkchilik xukuki • Mulkdan foydalanish va uni boshqarish huquki to’la qarz oluvchiga o’tadi • Mulkka egalik qilish va undan foydalanish mulkiy xuqukdan to’la ajraladi. Mulkka ijaraga oluvchi xo’jayinlik qiladi.
2. Sotuvchiga nisbatan xaridorning kim bo’lishi • Kredit oluvchi yoki uning vakili Agar lizing oluvchi lizing sotuvchini o’zi tanlasa, u holda har ikkala subekt bir xil mavqega ega bo’ladi. Agar lizing oluvchi lizing sotuvchini o’zi tanlamasa, u holda lizing beruvchining o’zi xaridor sifatida maydonga chiqadi.
3. Kredit taminoti nuqtai nazardan •  Mulkni garovga ko’yish

•   Bank kafolati

•   Ipoteka

•   Sug’urta

• Asosan lizing obekti
4. Lizing obektiga qilinadigan xarajat tasnifi nuqtai nazardan • Kredit xisobiga investisiyalash • Lizingto’lovlari, yani:

— kredituchun tulov;

—             amortizaiiya ajratmalari;

— komission to’lovlar;

—             qo’shimcha xizmatlar uchun to’lovlar;

qo’shilgan qiymat solig’i;

— sug’urta to’lovlari

5. Kredit berish va uni qoplash shakli • Valyuta-pul shaklida •  Tovar shaklida;

•  Valyuta-pul shaklida;

•  Aralash shaklda

6. Kredit va savdo oldi-sotdisidagi bog’lanish nuktai nazardan • Kredit munosabati oldi-sotdi aktini bajarish bilan bog’liq • Har doim xam sotib olishdan boshlanmaydi yoki sotish bilan yakunlanmaydi
7. Kreditni koplash manbai • Kredit oluvchining daromadi va foydasidan • Mahsulot tannarxiga qo’shiladigan amortizasiya ajratmalari va boshkalar hisobidan
8. Qo’shilgan kiymatga soliq solish nuqtai nazardan • Soliq solinmaydi • Soliqsolinadi
9. Qarziy munosabatda qatnashuvchilar nuqtai nazardan • Kreditor va kredit oluvchi • Lizing beruvchi, lizing sotuvchi va lizing OLUVChI

Jadvaldan ko’rib turibmizki:

  • agar bank uzoq muddatli kreditida undan foydalanganligi uchun soliq to’lovlaridan so’ng foyda qisobidan foiz to’lansa, lizingda esa bu to’lovlar mahsulot tannarxiga qo’shiladi. Bu foydaga soliq solish bazasini bir muncha kamaytiradi;
  • agar bank krediti eng avvvalo moliyalashtirishda qo’shimcha manba yaratsa, lizing odatda 100 foiz moliyalashtirishni taminlaydi;
  • lizingga olingan mulk lizing beruvchi balansida aks ettiriladi. Bu lizing oluvchining moliyaviy ko’rsatkichlarini, xususan, rentabellik darajasini, o’z mablag’i va qarzlari koeffisientlarini bir muncha yaxshilaydi, qo’shimcha qarz mablag’larini jalb qilishga imkon yaratadi;
  • ko’pgina mamlakatlarda lizing munosabatlari bank krediti orqali uskunalar sotib olishdan ko’ra tadbirkorlarning xarajatlarini 20-30 foizga kamaytirilishiga olib keladi;
  • lizing jadallashtirilgan amortizasiyadan foydalanishga imkon beradi. Bu esa tadbirkorga mulk soligi summasini kamaytirishga imkon yaratadi;
  • lizingda mahsulot sifati, uning butligi, etkazib berish muddati va boshqa xizmatlar uchun lizing beruvchi emas, balki mazkur mahsulotni ishlab chiqaruvchi javob beradi.

Lizing mulkni yollash yoki “prokat”ga olish tushunchasidan ham farq qiladi (36-jadval).

36-jadval.

Lizing va prokat o’rtasidagi farqlar

Baxolash ko’rsatkichlari Munosabat turlari
Prokat (yollash) Lizing
1 2 3 4
1 Ishlab chiqarish vositasiga bo’lgan munosabat nuqtai nazardan • Foydalanish •      Foydalanish

•      Egalik kilish

•      Qisman tasarruf kilish

2 Prokat obekti nuktai nazardan • Xodim • Mulk
3 Resurslarga javobgar nuktai nazardan • Manaviy va qisman moddiy • To’la mulkiy javobgar
4 Motiv va ragbat nuktai nazarlan • irinchi navbatda fiziologik extiyojni kondirish • Shaxsiy saloqiyatini ishga solish, ijtimoiy va intellektual extiyojini qondirish
5 Ishlab chikarilgan mahsulot va daromadga bo’lgan xuquq nuktai nazardan Mahsulot va daromadga korxonaning o’zi xo’jayinlik kiladi • Lizing oluvchi, yani foydalanuvchi ixtiyorida bo’ladi
6 Tovar ishlab chiqaruvchining xolati nukgai nazardan • Yollangan xodim • Tadbirkor-mulkegasi
7 Bajaradigan funksiyasi nuqtai nazardan • Ijrochilik •    Ijrochilik

•                 Boshkaruvchilik, yani tashabbuskorlik

8 Boshqarish usuli nukgai nazardan • Asosan mamuriy boshkarish usuli •     O’z-o’zini boshqarish

Boshqarishning iqtisodiy usuli

9 Muvofiqlashtirish usuli nukgai nazardan • Mexnat shartnomasiga •      Mulkiy huquk

•      Qarziy xuquq

Tijoriy xukuq munosabatlari

10 Ish haki darajasi • Mexnat shartnomasiga binoan • Lizing oluvchining qoldiq daromadiga binoan
11 Menejerlar bilan munosabat nuktai nazardan • Ierarxik, yukoridan pastga, pastdan yukoriga • Shartnomaviy, xamkorlik
12 Tashkiliy nuktai nazardan • Yollangan mexnat • Mustaqil tadbirkorlik faoliyati

Shunday qilib, prokat ijara munosabatlarining eng oddiy turi bo’lib, bu ijaraga asosan maishiy xizmat ko’rsatish bilan bog’liq tovarlar (nikoh liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi. Bu ijara turining xususiyati shundaki, aksariyat hollarda muddati belgilanmaydi yoki ijara o’ta qisqa muddatli bo’ladi yoki istemolchi undan xoxdagancha foydalanishi mumkin.

Lizing esa ko’p (30-40 yil) muddatgacha bo’lishi mumkin. Bu turdagi ijaraning xususiyati shundaki, aksariyat hollarda (80-90%) lizing muddati tugagandan so’ng mulk egalari o’zgaradi, juda kam hollarda mulk egasi o’zgarmay qolishi mumkin. Lizing operasiyasini amalga oshirish chog’ida uchta subektning ishtirok etishi shartdir:

  • ishlab chiqaruvchi lizing beruvchi;
  • istemolchi lizing oluvchi;
  • vositachi lizing sotuvchi.

Vositachining asosiy vazifasi shundan iboratki, u ishlab chiqaruvchidan asbob-uskunalarni sotib olib, buyurtmaga asosan istemolchiga malum bir muddatga ijaraga beradi. Shu bilan bir qatorda vositachi moliyalashtirish ishlarining barchasini o’z zimmasiga oladi. Lizing davrida vositachi (masalan, bank) istemolchidan kelishilgan mikdordagi yillik (oylik, kvartallik, yarim yillik) badallarini olib turadi.

Lizing bir vaqtning o’zida \am moliyalash, ham yangi texnologiyalarni xarid qilish masalalarni hal etishda o’xshashi yo’q moliyaviy vositadir. Shuni takidlash joizki, lizing faoliyati bir qator rivojlangan davlatlarda iqtisodiy taraqqiyotning, kichik va o’rta biznesni qo’llab-quvvatlashning juda muhim va samarali shakli hisoblanadi. Lizing tufayli ham lizing sotuvchi, ham lizing beruvchi, ham lizing oluvchi, yani lizing operasiyasida qatnashuvchi har bir subekt manfaat topadi.

Masalan, ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) lizing operasiyasi tufayli eng avvalo uskuna va mashinalarning oldi-sotdisini amalga oshirib, sotuv ko’lamini kengaytirishi mumkin (37-jadval).

37-jadval.

Sotuvchi uchun lizingning afzallik tomonlari

Xs Sifat jixatdan afzallik tomonlari Afzallikni taminlovchn omillar
1 2 3
1 Faol marketingni olib borish imkoni tug’iladi Istemolchilar doirasi quyidagi subektlar hisobiga kengayadi:

•   texnikaga doimo egalik qilishga ehtiyoj sezmaydiganlar

•   uskunani sotib olishg’a qurbi etmaydiganlar

•   dastlab texnikani amalda sinab ko’rishni istovchilar

•   ijara shartida foydalanishni xohlovchilar

•   mulkka egalik kilish huquqisiz uni mulk qilish istagida bo’luvchilar

2 Qaytma (qarshi) aloqani o’rnatish imkoniyati bo’ladi • uskunaning nosozligini tezroq aniklash imkoniyati
3 Ishlab chiqarishni kengaytirish va maxsulotni yangilash suratini tezlashtirish imkoni bo’ladi • maxsulot modelini tezkor o’zgartirib turishi va shu asnoda yangi bozorni egallab olish imkoniyati
4 To’lovsizlik riskini bartaraf qilishga erishiladi • lizing operasiyasi uchun tulovni va kafolatni lizing kompaniyasining o’z zimmasiga olishi
5 Samarali reklamaga erishiladi • mulk lizingi sifati bo’yicha monitoringning uni ishlatish doirasini kengaytirish, xaridorlarning potensial motivasiyasining kuchayishi
6 Lizing uskunasi uchun zarur bo’lgan ehtiyot va butlovchi qismlarga talabni oshiradi • mulk lizingidan foydalanishning turli tumanligi ehtiyot qismlarga bo’lgan talabning kengaytirishiga olib kelishi
7 Investisiya kilish kengayadi • uskunalarning oldi-sotdisining tezlashishi ishlab chiqaruvchi ixtiyorida bo’lgan investisiyani qisman xoli qilishi
8 Ishlab chiqaruvchi ixtiyoridagi vaqtincha realizasiya qilinmagan mulkdan foydalanish samaradorligi oshadi • qaytarib berish sharti bilan zarur muddatga mulkni lizingga berish imkoniyati

Mulkni lizingga berish lizing beruvchiga ham bir qator afzalliklarni beradi, xususan, u o’z kapitalidan investisiya tufayli samarali foydalanishga erishadi. Bu afzalliklarni quyidagilarda ko’rishimiz mumkin ( 38-jadval).

38-jadval.

Lizing beruvchi (bank) uchun lizing operasiyasining
afzallik tomonlari

Strategik afzalliklar Afzallikni taminlovchi omillar
1 2 3
1 Kreditorni himoya kilish darajasi oshadi • Oldi-sotdi lizing subekti bilan taminlanadi (kafolatlanadi). Bankrot bo’lish xavfi tug’ilganda lizing obekti mulk egasiga qaytarib beriladi.
2 Lizing davlat tomonidan ko’llabquvvatlanadi, soliq imtiyozlari beriladi • Lizing beruvchi xisobidan solik imtiyozini olish imkoni bo’ladi. Turli solik shartlari xolatida lizing beruvchiga lizing kelishuvlari evaziga qo’shimcha imtiyoz olish imkonini beradi.
3 Ishlab chiqarish vositalarini diversifikasiya kilish va • Tovar ishlab chiqaruvchilar uchun lizing munosabatlariga, yangi subektlarni jalb kilish va shu asnoda ularning bozorini kengay-
  rivojlantirish imkoni tug’iladi tirish imkoni tug’iladi. Texnikaga bo’lgan talabni to’lash qobiliyati qo’llab-quvvatlanadi. Mahsulotning yangi turlarini ishlab chiqarish ko’lami kengayadi, sifati oshadi.
4 Davlat manfaatlarini realizasiya kilish qo’llab-quvvatlanadi • Ishlab chiqarishni texnika va texnologiya jihatdan qayta kurollanish tezlashadi. Mamlakat iktisodiyotiga xususiy investisiyani jalb qilish imkoniyati tug’iladi. Raqobatbardosh maxsulotlarni ishlab chiqarish evaziga davlat byudjetiga soliq tushumlari ko’payadi.

Xalqaro valyuta fondi lizing operasiyalari summasini milliy qarzdorlik qismiga hisobga olmaydi. Yangi ish joylari yaratiladi, aholi turmush darajasi yaxshilanadi. Ichki istemol bozori yangi tovarlar va maxsulotlar bilan to’yintiriladi.

5 Lizing beruvchining moliyaviy holatini mustaxkamlaydi • Lizingdan olingan daromadlar va xarajatlar bir vakgning o’zida realizasiya qilinadi.
6 Moliyaviy leveraj samarali bo’ladi • Lizing beruvchining lizing obektidan oladig’an yillik samarasi, odatda, kredit uchun foiz to’lovlaridan yukori bo’ladi.

Mulkni lizingga olish lizingni sotib oluvchi uchun ham bir qator afzalliklarni beradi, xususan, lizing lizing oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini investisiyalashning muqobil usuli rolini o’ynaydi. Shu bilan birga, u lizing oluvchining tashabbusini safarbar qilishga va ishlab chiqarish texnik salohiyatini o’stirishga xizmat qiladi. Bularni quyidagi jihatlarda ko’rishimiz mumkin (39-jadval).

39-jadval.

Sotib oluvchi uchun lizing operasiyasining afzallik tomonlari

Afzallik tomonlari Afzallikni taminlovchi omillar
1 Dastlabki o’z kapitalini ko’paytirishga bo’lgan ehtiyoj kamayadi. Boshlang’ich oldi-sotdi lizing beruvchi tomonidan to’la moliyalashtiriladi. Zarur uskunalar uchun to’lovlarni bir yo’la amalga oshirish talab qilinmaydi. Bu esa o’z navbatida foydalanuvchining likvid mablaglarini oshiradi va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun potensial aylanma kapitalning ko’payishiga olib keladi.
2 To’lovlar qayishqoqligi taminlanadi. • Birinchi to’lovni kechiktirish mumkin, so’nggilarini bosqichma-bosqich ko’paytirish yoki kamaytirish, avans bilan va boshqa shakllarda bo’lishi mumkin. Lizingga olingan uskuna evaziga olinayotgan foydadan tovar va xizmatlar shaklida to’lash mumkin.
3 T ransaksiyalardan tejash imkoniyati bo’ladi. • Mulkni sotib olish, saqlash, tugatish va sotish bo’yicha ko’p mexnat talab qiluvchi operasiyalarni chetlab o’tish evaziga lizing beruvchining mamuriy xarajatlari kamayadi.
4 Soliq imtiyozlari va lizingni davlat tomonidan qullab-quvvatlash. • Ko’pgina davlatlarda lizing oluvchilarga lizing to’lovlarini bajarish davrida qo’shimcha soliq imtiyozlari beriladi.
5 Uskunalarning manaviy eskirishi munosabati bilan tovar ishlab chiqaruvchilardagi risk kamayadi. • Uskunaning manaviy va jismoniy eskirishi riski lizing beruvchi zimmasida qoladi. Foydalanuvchi yangi uskunani ijaraga olishi mumkin (revolver lizing).
6 Lizing oluvchining ilmiy ishlab chiqarish potensiali oshadi. • Kreditga sotib olib so’ngra unga foiz to’lab borishdan ko’ra bir maromdagi start kapitali yordamida lizing evaziga ishlab chiqarish kuvvatini ko’prok ishga solishga erishadi.
7 Tadbirkorning iktisodiy erkinligi kengayadi. • Tadbirkor lizing obektini sotib olishi kerakmi, shartnomani uzaytirish lozimmi yoki yangi uskunani sotib olish darkormi — bularning xammasini gadbirkorning o’zi erkin xal qiladi.
8 Buxgalteriya xisobini optimallashtirish soxasida tovar ishlab chikaruvchi yutadi. • Lizing obekti lizing beruvchining mulki xisoblanadi, uning balansida xisobga olinadi va amortizasiya ajratmalari xisoblanadi.
9 Lizing oluvchining moliyaviy xolati mustaxkamlanadi. • Moliyalashtirishning odatiy manbalariga (bank, etkazib beruvchi va boshkalar) bo’lgan bog’liqlik kamayadi. Lizingdan foydalanayotgan subekt lizing mulkiga solik solinmaydi, ssuda olishdan ko’ra shartnoma asosida lizingni olish xam oson, xam foydali.

To’lovlarni bir maromda to’lab borish inflyasiya tasirini, shuningdek, bankning uzok muddatli foizlari o’sishini susaytiradi. Leverajning yukori bo’lishini taminlaydi.

10 Yangi turdagi lizing obektini o’zlashtirish riskini pasaytiradi • Etarli talab bo’lmay qolgan xol bo’lib qolsa, ijaraga olingan mulkni lizing berganga qaytarib berish imkoniyati bo’ladi.
11 Raqobatdosh afzallikka ega bo’ladi • Ishlab chiqarishni hozirgi zamon uskunalari bilan jixozlash rakobatbardosh maxsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi.
12 Lizing obektiga nisbatan jadallashtirgan amortizasiyani ko’llash imkoni bo’ladi • Eskirgan uskunalarni tezkor yangilash, ishlab chiqarishni texnik jixatdan qayta qurollash imkoniyati tug’iladi. Foydaga solinadigan soliq miqdorini kamaytiradi. Ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtiradi.

Shunday qilib, ijaraga oluvchi uchun lizing operasiyasining afzalliklarini quyidagicha umumlashtirish mumkin:

  • Lizing, ishlab chiqarish va bozor konyunkturalarining o’zgarishiga tez rioya qilishga yordam beradi. Iirik kapital qo’yilmalar sarflanmasdan turib asosiy kapitalni tezkor yangilash imkoniyatini yaratadi.
  • Agarda lizing xalqaro ahamiyatga ega bo’lsa, ijaraga oluvchi, ijaraga beruvchi firma (bank) joylashgan mamlakatdagi mavjud soliq imtiyozlaridan foydalanish mumkin. Bu asosan ijara stavkasini kamaytirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
  • Mayda ishlab chiqaruvchilarda doimo kerakli mablag’ bo’lmasligi mumkin. Bunday sharoitda lizing vositalarni xarid qilib olmasdan foydalanish imkoniyatini beradi, natijada esa ishlab chiqaruvchilarni kredit olishdan xalos etadi.
  • Agarda ishlab chiqarishda tezkor lizing qo’llansa, ishlab chiqaruvchi yana bir qator imtiyozlardan foydalanishi mumkin, yani ishlab chiqarish vositalarining ehtiyot qismlar bilan taminlash va ularning tamirlanishi, texnikani ishlatish uchun maslahatlar va hokazolar. Bundan tashqari, tezkor lizing qo’llanilganda, mulk egasi ijaraga beruvchi bo’lganligi uchun, mulklarni saqlash bilan bog’liq xarajatlar mulk egasi tomonidan sarflanadi yoki qoplanadi.
  • Chet el tajribalari iqtisodiyotimizning turli tarmoqlarida lizingning turli shakllaridan foydalanish imkoniyatini yaratmokda. Shu jihatdan rivojlangan mamlakatlarda 70-yillarda paydo bo’lgan lizing operasiyalarini qo’llash tartiblari bilan tanishish o’rinli bo’ladi.

Masalan, Fransiyada lizing murakkab moliyaviy operasiya jarayoni sifatida ko’rilib, unda maxsus lizing firmasi (ijara beruvchi) buyurtmachining (ijarachining) talabi va ehtiyoji uchun ishlab chiqaruvchidan zarur bo’lgan uskunalarni sotib olib, uni ijarachiga malum vaqtga va malum ijara xaqiga beradi.

AQShda lizingga tadbirkorlik faoliyati sifatida qaralib, unda buyurtmachi ehtiyoji uchun mulkdan vaqtincha foydalanish huquqi mulkdordan ijarachiga beriladi va uning natijasida lizing firmasi malum darajada daromad oladi. Lizing natijasida hech qanday narsa ishlab chiqarilmaydi va hech narsa sotilmaydi. Faqat ishlab chiqarish vositasidan foydalanish huquqi vaqtincha bir yuridik shaxsdan ikkinchi yuridik shaxsga o’tkaziladi.

1990 yil oxirlarida jahon bo’yicha lizing operasiyalari hajmi 1 trln. AQSh dollariga teng bo’lgan. Lizing firmalari 70-yillarda paydo bo’lib, hozirgi paytda bunday faoliyat bilan Ang’liyada 1,5 ming, Germaniyada 2,5 ming firma shug’ullanmoqda. 30 yillik kuzatish shuni ko’rsatmokdaki, bozor iqtisodiyoti sharoitida lizing firmalarining sinishi kamdan-kam uchraydigan hol.

AQShda barcha yirik firmalar qoshida lizing ishlari olib boriladi. Kompaniyalar umumiy daromadining 25-30 foizini uskunalarni lizing operasiyalari orqali ijaraga berish sababli olmoqdalar. 1990 yilda barcha lizing operasiyalari bu mamlakatda 500 milliard dollarni tashkil qilgan bo’lsa, shundan 120 milliard dollari uskunalar hissasiga to’g’ri keladi. Zero, g’arb kompaniyalarining shiori: «vaqtdan, xom ashyo va materiallardan tashqari hamma narsani ijaraga berish mumkin». Aviakompaniyalar foydalanayotgan samolyotlarning ham 43 foizi ijaradagi samolyotlardir.

Lizing o’rta va kichik firmalar uchun ham juda qulay. Ularning 60 foizi lizingdan foydalanishadi. AQShdagi 3,5 ming kichik firmalar lizingga olingan uskunalarda ishlashadi. Bazi korxonalarning o’z ishchilari ham bo’lmaydi. 1990 yilda kompaniyalarda 1,5 million kishilar ijarada ishlagan bo’lsa, 1995 yilga kelib ularning sonini 15 million kishiga etkazish mo’ljallangan. Bular odatda xizmatchilar, haydovchilar, yuristlar, kadr xodimlar, buxgalterlar, o’qituvchilar, referentlar, tarjimonlar, tarbiyachilar va boshqalar.

Lizing kompaniyalari ijaraga aniq kishini emas, balki mutaxassisni, masalan, buxgalterni beradi.

Evropa mamlakatlarida bugungi kunda lizing operasiyalari 250 milliard dollarni tashkil qiladi. Ularning barchasida lizing to’g’risida maxsus konunlar kabul qilingan.

Ijaraga berish muddatiga ko’ra lizing:

  • renting (1 soatdan 1 oygacha, masalan, avtomobillar, samolyotlar va hokazo);
  • xayring(1 oydan 1 yilgacha, masalan kompyuterlar);
  • odatdagi lizing (1 yildan oshiq, lekin uskuna yoki ijaradagi buyum amortizasiya muddatining 80 foizi qismigacha) turlarga bo’linadi.

Odamlar orasida “Amerikaliklarning barchasi shaxsiy kompyuterlarga ega” degan fikr keng tarqalgan. Aslida esa 90 foiz kompyuterlar ijaradadir. Mamlakatda lizing operasiyasi natijasida xizmat tugaganidan so’ng uskuna ijarachiga sotilmaydi, agar xizmat muddati ichida 80 foiz amortizasiyasi hisoblangan bo’lsa, u holda lizing uchun belgilangan imtiyozlardan mahrum qilinadi.

Ilgari paytlarda korxonalar yangi sexlarni davlat ajratgan kapital mablaglar hisobiga qurar edilar. Hozir esa bunday imkoniyat juda kam. Albatta, kredit olish mumkin, lekin qisqa muddatli kreditlarni olish qiyin, foiz stavkalari ancha yuqori. Bunday paytda lizingdan foydalanish ijobiy natijalarga olib kelishi rivojlangan mamlakatlar amaliyotida ko’p sinalgan.

Qoldiq qiymat bo’yicha ishlayotgan uskuna lizing kompaniyasiga sotiladi, natijada yirik investisiyaga ega bo’ladi. Lizing kompaniyasining sharti olingan pul mablag’lari aniq ishlarga sarflanishi lozim. Bu pullar hech kimga qaytarilmaydi, foizlar to’lanmaydi, mulkka bo’lgan solikdan ozod etiladi. Chunki uskunalar lizing kompaniyasining mulkiga aylanadi. Biroq ishlab chiqarish jarayoni davom etaveradi, asosiy fondlar esa korxonada qoladi, bir vaqtning o’zida yangi sex qurilishi ham olib borilaveradi. Korxona esa o’sib borish tartibi (shkalasi) bo’yicha ijara haqi to’lab boradi: birinchi yili eng oz, oxirgi yili esa eng katta mikdorda.

Ammo lizing kompaniyalari hamma uskunalarni sotib olavermaydi. Ularni loyihaning maqsadga muvofiqligi, foydali ekanligini ishontirish lozim. Odatda, lizing kompaniyalari loyihani o’rganish uchun mutaxassislarni taklif qilishadi.

Lizing kompaniyalarining 70-75 foizi banklar tomonidan tuzilib, muttasil nazorat kilib turiladi. Banklarning o’zi lizing ishlarida to’g’ridan-to’g’ri kamdan-kam xollarda katnashadilar. 20 foiz lizing kompaniyalarini yirik ishlab chiqaruvchilar tuzadi va qolgan 5 foizi mustaqil lizing kompaniyalaridir.

Lizing munosabatlarida ijarachining kafolati muhim hujjat hisoblanadi. Kafolatsiz bozor iqtisodiyotida hech qanday oldisotdi va boshqa ishlar amalga oshirilmaydi.

Rivojlangan mamlakatlarda lizing operasiyalari bo’yicha xarajatlar umumiy kapital qo’yilmalarning AQShda 30%, Angliya, Fransiya, Shveysiyada va Ispaniyada 13-17% ni, Italiya va Gollandiyada 12-14% ni, Avstriya, Daniya va Norvegiyada 8-10% ni tashkil etadi. Yaponiyada lizing operasiyalari bo’yicha xarajatlarning yillik o’sishi 25-30% ni tashkil etadi. AQSh da ishlab chiqarish vositalarining kengaytirilishi va modernizasiya uchun sarflanayotgan kapital qo’yilma xarajatlarining 1/4 qismi; vositdlarning to’la xarid qilish uchun emas, balki ulardan vaqtinchalik foydalanishga sarflanadi.

Respublikamizda lizing munosabatlarini tashkil qilish va rivojlantirish quyidagi tadbirlarni amalga oshirish bilan boshlandi:

  • «Lizing to’g’risida»gi qonun 1999 yil 14 apreldan etiboran amalga kiritildi. Bu qonun mamlakatimizda rivojlanib borayotgan lizing faoliyati uchun ishonchli huquqiy negiz yaratdi. Rivojlangan mamlakatlarning ilg’or texnologiyalari va uskunalarini jalb etish hamda ulardan foydalanishga katta etibor qaratilib, mamlakatimizning jahon bozorida mustahkam o’rin olishi uchun imkoniyatlar yaratdi.
  • Birin-ketin lizing kompaniyalari tashkil etila boshlandi. Bugungi kunda Uzbekiston bozorida 12 ta lizing kompaniyasi faoliyag ko’rsashoqda ulardan quyida^ ilarni qayd qilamiz:
  • «O’zbeklizing interneyshnl» O’zbekiston-Malayziya qo’shma korxonasi (1995 yil yanvar);
  • «Baraka» universal lizing kompaniyasi (1995 yil noyabr);
  • «AETK» Osiyo-Evropa trast kompaniyasi Kanadaning «Raanani xolding interneyshnl» kompaniyasi bilan hamkorlikda (1995 yil iyul);
  • «O’zkeysagrolizing» O’zbekiston-Amerika qo’shma korxonasi (1997 yil fevral);
  • «O’zaviolizing» aviasiya lizing kompaniyasi (1997 yil noyabr);
  • «O’zqishloqxo’jalikmashlizing» hissadorlik kompaniyasi (2000 yil noyabr);

Lizing kompaniyalari dastlab yirik banklar va yirik ishlab chiqaruvchilar qoshida, bevosita davlatning yordamida tuzila boshlandi. Ular asosiy vositalarning egasi sifatida ularni ishlab chiqaruvchidan olib, uchinchi (yuridik, jismoniy) shaxsga ijara shartlari asosida qisqa yoki uzoq muddatga berishi mumkin. Lizing bo’yicha daromadlar-muayyan (oylik, uch oylik, yarim yillik) davrda tushadigan ijara to’lovlaridan iborat bo’ladi. Bu to’lovlar bank foizini va amortizasiyani o’z ichiga oladi. Lizing shartnomasida, shuningdek, fondlar vositalardan foydalanuvchilar tomonidan to’la sotib olinishi ko’zda tutilishi mumkin.

Lizing kompaniyalari ishlab chiqaruvchilar, bank tizimi, ijarachilar bilan o’zaro manfaatda bo’ladilar. Xususan, ishlab chiqaruvchilar uchun lizing kompaniyalari ularning mahsulotlariga doimiy xaridordir. Bundan tashqari, hamma ishlab chiqaruvchilar ham o’z mahsulotlarini xalqaro miqyosda reklama qilish imkoniyatiga ega emaslar. Kichik firmalar o’z mahsulotlarini lizing kompaniyalariga sotishsa, lizing kompaniyalari ularni mahsulot sotish bilan bogliq bo’lgan qo’shimcha xarajat va ishlardan ozod qiladi.

Bank tizimi manfaatlarida esa banklarda pulga talab kamaygan vaqtlarda ortiqcha resurslar paydo bo’ladi. Ilgari banklar bu mablag’larni (rivojlangan mamlakatlarda) ko’chmas mulk sotib olishga sarflashgan. Pulga talab oshganda esa, teskari operasiyalarni amalga oshirganlar. Bazi g’arb mamlakatlarida, xususan AQSh da 1985 yilda yangi Qonun qabul qilindi. Unga ko’ra har qanday mol-mulkka, u foyda keltirmasa ham, soliq belgilanadi. Endi banklar uchun o’z mablaglarini ko’chmas mulkka sarflash samarali bo’lmay qoldi.

Banklar asosan uzoq muddatli kreditlar hisobiga faoliyat yuritishadi va daromad olishadi. Bunday kredit malum tahlikaga xavfga ham ega bo’lishi tabiiy. Kredit berilayotganda, odatda, mulk garovga qo’yiladi. Shu nuqtai nazardan banklar uchun ham lizing manfaatlidir. Bank lizing kompaniyasiga uzoq muddatli kredit beradi. Kredit hisobiga lizing kompaniyasi uskunalarni sotib oladi va ular firmaning mulkiga aylanadi. Agar ijarachi shartnoma talablarini bajarmasa, lizing kompaniyasi ijarachining mulkiga ega bo’lib oladi. Agar uzoq muddatli kreditlar yiliga 10 foiz daromad bersa, lizing kompaniyalarida 12 foiz daromad olinadi.

Lizing kompaniyalari nimaning hisobidan daromad oladi?

Birinchidan, ijara haqi. Ikkinchidan, ijara muddati tugagandan so’ng uskunalarni qoldiq qiymati bo’yicha sotadi. Ijara haqi uskuna haki bilan xizmatlar qiymatini (bank foiz stavkalariga tenglashtiriladi) qonlashi kerak. Uchinchidan, uskunalarni sotib olish qiymati bilan ijara haqi o’rtasidagi farq. Lizing kompaniyasi uskunalarni doimiy xaridor sifatida katga turkumlarda (partiyalarda) sotib olayotgani uchun ishlab chiqaruvchilar ularga qandaydir imtiyozlar beradilar. Bundan tashqari, mol-mulkka soliq qoldiq qiymatiga ko’ra to’lanadi, ijara haqi esa xizmat muddatiga qarab oshib boradi.

Ijarachining manfaatlari-chi?

Ko’p mamlakatlarda mol-mulkka soliq lizing shartnomalariga belgilangan to’lovlardan ancha yuqori bo’ladi. Bazi paytlarda esa ijara usuli hozirgi zamon uskunalaridan foydalanishning yagona imkoniyati bo’lib qoladi, ayniqsa, yangi tashkil qilingan firmalar uchun. Ijarachi uchun uskunalar mulk xisoblanmaganligi sababli, firma balansiga kiritilmaydi, mol-mulkka soliq to’lanmaydi va bu sohada buxgalteriya hisobi yuritilmaydi. Ijara haqi esa to’liqligicha ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga qo’shiladi.

Rivojlangan mamlakatlarda ataylab lizing bo’yicha soliq yig’ishmaydi. Ammo hukumat bugungi kun bilan emas, balki kelgusini o’ylab iqtisodiy siyosat olib boradi. Lizing fan-texnika taraqqiyotiga xizmat qiladi. Ertangi kunda ishlab chiqarish bugungi olinmagan soliqlarni to’la qoplaydi, demak u iqtisodiyotni rivojlantirish uchun qo’shimcha imkoniyat yaratib beradi.

MDH respublikalarida «ijara korxonalari» degan ibora paydo bo’lgan. Chet ellik mutaxassislar uchun bunday tushuncha mutlaqo tushunarsiz. Xalqaro amaliyotda ijara korxonalari degan tushunchaning o’zi yo’q. Korxonalar ijaraga berilmaydi, uskunalar va binolar berilishi mumkin.

Lizing munosabatlarini O’zbekiston sharoitida, ayniqsa, qishloq xo’jaligida qo’llash katta samara beradi. Masalan, AQSh da fermerlar foydalanayotgan texnikaning 80 foizi ijaraga olinadi. Axir bir yilda 10-15 kun ishlatiladigan kombaynni sotib olishdan qanday mantiq topish mumkin?

Yuqorida takidlanganidek, respublika hukumati qaroriga ko’ra, 1999 yilning oktya.br oyida «O’zqishloqxo’jalikmashlizing» hissadorlik kompaniyasi tuzildi. Bu kompaniyaning asosiy vazifasi mamlakatimiz mashina-traktor parklari va qishloq xo’jaligi korxonalariga moliyaviy lizing asosida traktor va yig’im-terim texnikasini etkazib berishdan iborat. Bundan tushgan mablag traktor va qishloq xo’jaligi mashinalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar hisobiga o’z vaqtida tushiriladi. Bu hol ularga aylanma mablaglarni birinchi navbatdagi ehtiyojlariga ishlatib, uni to’ldirib turish imkonini beradi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari esa texnika qiymatini asta-sekin, bir necha yil mobaynida to’lash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Texnika o’zini o’zi bemalol oqlaydi. Agar inflyasiya chiqimlari lizing oluvchiga tegishli bo’lmasdan, kompaniya tavakkali bo’lishini ham hisobga olsak, lizing shartlari juda manfaatlidir.

Ayniqsa, qishloq xo’jaligini zamonaviy, yuksak unumli texnika bilan taminlashni yanada rag’batlantirish, tarmoq mashinasozligini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shu jumladan, chet el ilg’or kompaniyalari ishtirokida qishloqqa etkazib beriladigan traktor va yig’im-terim texnikasi uchun hisob-kitob mexanizmini takomillashtirish maqsadida 2000 yilning 2 noyabrida Vazirlar Mahkamasining «Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo’jaligi texnikasi bilan taminlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori qabul qilindi. Bu qarorga ko’ra, 2001-2007 yillarda «Uzqishloqxo’jalikmashxolding» kompaniyasi korxonalari tomonidan, shu jumladan, chet el ilg’or kompaniyalari ishtirokida ishlab chiqarilgan zamonaviy qishloq xo’jaligi texnikasi (traktor va yig’im-terim texnikasi) mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalariga, shirkatlar va fermer xo’jaliklariga ularni 7 yillik muddatga lizingga takdim etish yo’li bilan quyidagi shartlarda etkazib berilishi belgilangan:

  • 15 foizlik avans mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalari, muqobil mashina-traktor parklari, qishloq xo’jaligi shirkatlari va fermer xo’jaliklarining o’z mablag’lari hisobidan;
  • traktor va yig’im-terim texnikasi qiymatining 85 foizi «Uzqishloqxo’jalikmashlizing» kompaniyasi tomonidan, unga zayom asosida Moliya vazirligi tomonidan beriladigan mablaglar hisobidan to’lanadi.

Mazkur qarorda, shuningdek, lizing oluvchilarga olinadigan texnikaning butun lizing muddati davomida mulkiy tavakkallar sug’urta polisi mavjud bo’lsagina taqdim etilishi nazarda tutilgan. Lizing kompaniyasi daromadining (marja) imtiyozli stavkasi esa Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining yarmi miqdorida belg’ilanadi. Masalan, Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi bir yilga 24 foizni, lizing kompaniyasining marjasi 12 foizni tashkil etsa, shartli ravishda bir texnikaning narxini 5000000 so’m deb olaylik. Qishloq xo’jaligi korxonasi ana shu mablag’ning 15 foizini yoki 750000 so’mni o’z mablag’lari hisobidan to’laydi, qolgan 85 foizini, yani 4250000 so’mni bank tomonidan yillik 24 foiz miqdorida jalb qilingan uzoq muddatli (7 yillik) kredit hisobidan oladi. Shunda qishloq xo’jaligi korxonasining 7 yil mobaynida bankka qaytaradigan mablag’i 7947500 (kreditning asosiy summasi 4250000 so’m, hisoblangan foizlar 3697500 so’m) so’mni tashkil etadi. Natijada texnikaning umumiy narxi 8697500 (avans 750000 so’m, bankka qaytariladigan mablag’ 7947500 so’m) so’mni tashkil qiladi.

Agar u texnikany lizing kompaniyasidan lizing shartlarida 7 yil muddatga yillik 12 foiz miqdorida oladigan bo’lsa, ana shu davrda lizing kompaniyasiga qaytariladigan mablag 6098750 (lizing summasi 4250000 so’m hisoblangan foizlar 1848750 so’m) so’mga teng bo’ladi. Texnikaning umumiy narxi esa 6848750 (avans 750000 so’m, lizing kompaniyasiga qaytariladigan mablag’ 6098750 so’m) so’mni tashkil etadi. Boshqacha aytganda, bank kreditiga nisbatan moliyaviy lizing tufayli 1848750 so’m iqtisod qilinadi. Shu bilan birga, qishloq xo’jaligi korxonasi uzoq muddatli kredit olish maqsadida banklarga murojaat qilmaydi. Bu lizing oluvchilar uchun moliyaviy lizingning kreditga nisbatan afzalligini yaqqol ko’rsatib turibdi.

Mijozlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, ular bilan bevosita aloqa o’rnatish maqsadida har bir viloyatda kompaniyaning bo’limlari tuzilmokda. Shirkat va fermer xo’jaliklari texnikani olish ishlari bilan joylarda tanishish va lizing operasiyalarini amalga oshirish imkoniga ega bo’ladilar. Muqobil mashina-traktor parklari uchun joylarda texnikani olish imkoniyatining yaratilishi esa raqobatning rivojlanishiga olib keladi. Buning uchun ularda texnika narxining 15 foiz avansini o’tkazish uchun boshlang’ich mablag’, aniqrogi, lizing oluvchining moliyaviy ahvoli lizing kompaniyasining talabi darajasida bo’lsa, bas. Agar lizing oluvchining moliyaviy ahvoli talab darajasida bo’lmasa, u holda bank yoki boshqa uchinchi yuridik shaxsning kafolati talab qilinadi.

Lizingning yana bir ijobiy tomoni shuki, u fermer xo’jaliklariga ham zamonaviy texnologiyalarni qo’lga kiritish imkonini yaratadi. Bu esa uning rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, hukumat tomonidan lizing kompaniyalari oldiga qo’yilgan vazifalar o’z vaqtida, izchil hayotga tatbiq etilsa, iqtisodiyotimizning eng muqim soqalaridan biri bo’lmish qishloq xo’jaligining dolzarb muammosi qishloqni texnika bilan taminlash masalasi to’liq hal etiladi. Oqibatda tarmoq rivoji yangi bosqichga ko’tariladi.

Яна маълумот

909

Bank foizi va undan foydalanish mexanizmi

Suda foizi vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun to’lanadigan o’ziga xos to’lovdir. Uning to’lovchisi ham, …