Home / Iqtisodiyot / Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan operasiyalari

Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan operasiyalari

Banklar qimmatli qogozlar bozoridagi faoliyatini O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’grisida», «Qimmatli qog’ozlar va fond birjasi to’g’risida», «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarni xuquqlarini himoya qilish to’grisida»gi qonunlari, Markaziy bankning meyoriy hujjatlariga muvofiq, shuningdek, «Tijorat banklariga qimmatli qog’ozlar bozorida operasiyalar bajarishga doir tavsiyalar» (1996 yil 26 apreldagi 211-sonli yo’riqnoma) asosida amalga oshiradi.

Tijorat banklari Markaziy bank tomonidan beriladigan umumiy lisenziya asosida qimmatli qog’ozlar bilan operasiyalarni bajarishadi. Lisenziyada banklar bajaradigan operasiyalar ro’yxatida qimmatli qogozlar bilan amalga oshiriladigan quyidagi faoliyat turlari qayd etiladi (33-chizma):

Banklarning kimmatli qog’ozlar
___________________________ bozoridagi operasiyalari
________________________________________________ 1_____________________________
• kimmatli kogozlarni emissiya qilish va sotish hisobini yuritish,
ularni saqlash;

  • qimmatli qog’ozlarni xarid qilish;
  • mablag’larni kimmatli kog’ozlarg’a investisiyalash;
  • dilerlik, depozitor va aksionerlar reestrini yuritish va saklash;
  • tijorat, brokerlik, trast operasiyalarni bajarish va maslaxatlar berish;
  • mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli kog’ozlarni

_ boshqarish va x.k._______________________________________________________________________________

33-chizma. Banklarning qimmatli qogozlar bilan amalga oshiriladigan faoliyat turlari.

Mablaglarni qimmatli qog’ozlarga investisiyalash turli xil qimmatli qog’ozlar:

  • oddiy va imtiyozli aksiyalar;
  • obligasiyalar;
  • davlat qarzdorlik majburiyatlari;
  • depozit sertifikatlari;
  • veksel va boshqalarga mablaglarni qo’yish orkali amalga oshiriladi.

Alohida olingan davlatlarda bank tizimining rivojlanishi va banklar o’tkazadigan operasiyalarning turlari va ko’lamiga qarab ularning investision faoliyati turli yo’nalishlarga qaratilgan bo’lishi va shu operasiyalar turlari bo’yicha olinadigan daromad salmogi ham turli bo’lishi mumkin.

Masalan, Amerika banklari amaliyotida davlatning qisqa muddatli qarz majburiyatlarini ifodalovchi qimmatli qog’ozlarga investisiya qilish odatda kam daromad keltiradi, ammo ular yuqori likvidlikka ega va ular bo’yicha to’lanmaslik riski nolga teng bo’lib, bozor stavkasining o’zgarish riski ham kichik bo’lgan qimmatli qog’ozlar hisoblanadi.

Uzoq muddatli qimmatli qog’ozlar yuqori daromad keltiradi, shuning uchun banklar ularni muddati tugaguncha saqlashadi. Banklar o’z mablaglarini munisipalitetlarning qimmatli qog’ozlariga ham qo’yishadi, chunki ular bo’yicha to’lanadigan foiz soliqqa tortilmaydi.

O’z likvidliligini taminlash maqsadida banklar uncha katta bo’lmagan summani boshqa qimmatli qog’ozlar:

  • bank akseptlari;
  • qimmatli qogozlar bozoridagi tijorat qog’ozlari;
  • brokerlik ssudalar;
  • tovar-kredit korporasiyalari sertifikatlariga qo’yishadi.

Daromadlilikni taminlash maqsadida, lekin likvidligini xavf ostiga qo’ygan holda banklar o’z mablag’larini bazi bir hukumat muassasalari obligasiyalari va korporasiyalarning birinchi darajali obligasiyalariga investisiya qiladilar. Rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarning investision faoliyati daromad keltirishi nuqtai nazaridan bank daromadi tarkibida keying’i ikkinchi manba hisoblanadi.

  • . O’zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog’ozlar chiqarilishig’a va muomalada bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Davlat ro’yxatidan o’tkazilmagan qimmatli qog’ozlarni chiqarish amaldagi qonunlarga ko’ra noqonuniy hisoblanadi. Tijorat banklari quyidagi turdagi qimmatli qog’ozlarni chiqarishlari mumkin:
  • ustav kapitalini shakllantirish maqsadida chiqariladigan aksiyalar;
  • o’z qarz majburiyatlari: oblig’asiyalar, depozit va omonat sertifikatlari;
  • qo’shimcha zayom mablag’larini jalb qilish maqsadida chiqariladig’an veksellar.

Barcha chiqariladigan qimmatli qog’ozlar ularning miqdori investorlar sonidan qatiy nazar Markaziy bank qaydnomasidan o’tkazilishi shart. Tijoratbanki chiqargan aksiyalar 35 yoki undan ortiq foizning yoxud 50 foizdan ortiq aksiyadorlar ovozini taminlovchi aksiyalarning bir shaxs tomonidan yoki bir-birining molmulkini nazorat qiluvchi shaxslar guruhi tomonidan sotib olinishi Uzbekiston Respublikasining monopoliyaga qarshi siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli organi subektlarning bir-birlari mol-mulkini nazorat qiluvchilar deb etirof etilishi tartibi va qoidalarni belgilab qo’yadi.

Aksiyalarni chiqarish tartibi qimmatli qog’ozlarni emissiya qilinishi qayd qilish tartibiga bog’liq bo’ladi. Agar qimmatli qog’ozlarni chiqarish bo’yicha emissiya prospekti qayd (registrasiya) qilinmaydigan bo’lsa, u holda aksiyani chiqarish quyidagi tadbirlarni o’z ichiga oladi:

  • emitent tomonidan aksiyani chiqarish to’g’risida qarorni qabul qilish;
  • qimmatli qog’ozlarni chiqarilishini qayd qilish;
  • qimmatli qog’ozlarni qayd qilish;
  • chiqarilgan qimmatli qog’ozlar yakunini qayd qilish.

Agar qimmatli qog’ozlarni chiqarish bo’yicha emissiya prospekti qayd qilinadigan bo’lsa, u holda aksiyani chiqarish quyidagi tadbirlarni o’z ichiga oladi:

  • emitent tomonidan aksiyani chiqarish to’g’risida qarorni qabul qilish;
  • emissiya prospektini tayyorlash;
  • emissiya prospekti va chiqarilgan qimmatli qog’ozlarni qayd (reg’istrasiya) qilish;
  • emissiya prospektini chop etish va qimmatli qog’ozlarni chiqarish haqida ommaviy-axborot vositalari bilan elon qilish;
  • qimmatli qog’ozlarni sotish;
  • chiqarilgan qimmatli qog’ozlar yakunini qayd qilish;
  • chiqarilgan qimmatli qog’ozlar yakunini chop etish.

Qimmatli qogozlar chiqarish bo’yicha qarorni amaldagi qonunchilik bilan kafolatlangan bank boshqaruv organlari qabul qiladi. Emissiya prospektini bank boshqaruvi tayyorlaydi. Boshqaruv raisi va bosh buxgalter imzo qo’yadi. Tikilib, sahifalar raqamlanadi va bank muhri bilan muhrlanadi. Bu prospekt xolis auditorlik firmasi tomonidan maqullanishi shart. Emissiya prospekti quyidagilarni yoritishi kerak:

  • ) emissiya to’g’risida asosiy malumotlarni;
  • ) emitentning moliyaviy holati to’g’risida malumotlarni;
  • ) kelajakda chiqarilishi ko’zda tutilgan qimmatli qog’ozlar haqidagi malumotlarni.

Aksiya chiqaruvchi bank so’nggi uch yil davomida yoxud tashkil topganiga uch yil to’lmagan vaqt davomida zararsiz ishlayotgan bo’lishi kerak. Yangi tashkil topgan bank bo’lsa, u holda eng kamida mazkur moliyaviy yilda rentabelli bo’lishi shart.

  • . Banklar quyidagi shartlar bajarilgan hollarda qimmatli qog’ozlarga qo’yilmalarni amalga oshirishlari mumkin:
  • bankning bir korxona ustav kapitaliga, shuningdek, ushbu korxonaning boshqa qimmatli qogozlariga qo’yilmasining miqdori birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 15 foizidan oshmasligi kerak. Ushbu meyor bir emitentning ham «investisiyalar» qisob varaqlari, xam «qimmatli qogozlar oldi-sotdisi» hisobvaraqlari bo’yicha nodavlat qimmatli qog’ozlariga qilingan bank qo’yilmalarini hisobga olgan holda hisoblab chiqiladi;
  • bankning barcha emitentlar ustav kapitaliga va boshqa qimmatli qog’ozlariga qilgan investisiyalari miqdori birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 15 foizidan oshmasligi kerak;
  • oldi-sotdi uchun nodavlat qimmatli qog’ozlariga qilingan bank qo’yilmasi miqdori birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 25 foizidan oshmasligi kerak.

Shuni takidlash lozimki, bank istalgan korxona (moliyaviy institutlardan tashqari) ustav kapitalining 20 foizidan ortigiga to’g’ridan-to’gri yoki bilvosita (sho’ba korxonalari orqali) eg’alik qilishi mumkin emas.

Agar emitent faoliyati yoki amaldagi yoxud rejalashtirilayotgan bank investisiyalari miqdori omonatchilar, kreditorlar va aksiyadorlar manfaatlariga ziyon etkazishi mumkinligi yoki investisiyalarni boshqarishda bank tajribasi etarli emasligi aniqlansa, Markaziy bank istalgan emitent qimmatli qog’ozlariga bank tomonidan kiritiladigan investisiyalar miqdoriga qo’shimcha cheklovlar belgilash huquqiga ega.

Garov huquqlarini amalga oshirish natijasida qimmatli qog’ozlar olingan hollarda bank bir oy muddat ichida olingan qimmatli qog’ozlarni sotishi shart. Agar qimmatli qog’ozlar ko’rsatilgan muddatda sotilmasa, ular «qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi» yoki «investisiyalar» hisobvaraqlariga o’tkaziladi.

Qimmatli qog’ozlar bilan operasiyalarni amalga oshiruvchi banklar zarur monitoring va operasiyalarni amalga oshirilishi ustidan nazoratni taminlovchi adekvat axborotni bank rahbariyatiga takdim etish uchun keng qamrovli boshqaruv axborot tizimiga ega bo’lishini taqozo etadi.

Shu o’rinda shuni aytish lozimki, qimmatli qog’ozlar portfeli bo’yicha ichki hisobotlar:

  • qimmatli qogozlar turlari va ko’rinishlari bo’yicha bo’linishini;
  • sifat reytingi, nominal va bozor qiymatini;
  • xarid (sotish) sanasini;
  • foiz stavkalarini;
  • imtiyozlarini;
  • olingan dividend foizlarini;
  • oldi-sotdi bitimlari bo’yicha foydani o’z ichiga oladi.

Bankning turli bo’limlari o’rtasida majburiyatlarning keraklicha taqsimlanishi, qarorlar qabul qilish hamda bitimlar turi va hajmiga doir cheklovlar belgilash bo’yicha vakolatlarning taqsimlanishi, shuningdek, suiistemolchiliklarning’ oldini olish uchun banklar tegishli ichki nazoratni amalga oshiradi. Bunday ichki nazorat quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • oldi-sotdi arizalarini qabul qiluvchi yoki qayta ishlovchi shaxslar buxgalteriya operasiyalarini amalga oshirmasligi, pul mablag’lari, tasdiqnomalarni olmasligi yoki buxgalterlik o’tkazmalarini taqqoslamasligi lozim;
  • buxgalterlik operasiyalarini tayyorlash va amalga oshirish uchun masul bo’lgan shaxslar oldi-sotdi arizalarini qabul qilmasliklari yoki tasdiqlash maqsadida bitim natijalarini taqqoslamasliklari zarur;
  • barcha operasiyalar hujjatlar bilan tasdiqlangan hamda birlamchi xujjatlar va buxgalterlik yozuvlari bilan taqqoslangan bo’lishi lozim;
  • hisobvaraqlardagi koldiqlar, kliring to’lovlar, bitimlar yoki buxgalterlik o’tkazmalariga jalb etilmagan xodimlar tomonidan muntazam ravishda taqqoslanishi va auditorlik tekshiruvlaridan o’tkazilishi kerak.

Agar bank brokerlik operasiyalarini bajarsa, u har bir mijoz uchun hisob varaqlar ochishi va mijozning qimmatli qog’ozlari bilan bajariladigan barcha operasiyalari bo’yicha qimmatli qog’ozlarning turlari, operasiyalar sanasi, sotilgan (sotib olingan) qimmatli qog’ozlar narxi va soni ko’rsatilgan holda yozuvlarni olib borishi kerak.

Qimmatli qog’ozlar bilan ishlashni tashkil etishda qimmatli qog’ozlar emitent anketasining namunaviy shakli va moliyaviy ahvoli quyidagicha bo’ladi:

Qimmatli qog’ozlar emitenti anietasi

  1. Emitentning nomi.
  2. Qimmatli qog’ozlarning turlari va toifasi.
  3. Qimmatli qog’ozlarning’ nominal qiymati.
  4. Qimmatli qog’ozlarning’ bozor qiymati.
  5. Qimmatli qog’ozlar soni.
  6. Bitim summasi.
  7. Qimmatli qog’ozlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish sanasi.
  8. Avvalgi dividend to’lovlari to’g’risida malumotlar.
  9. Foizli to’lovlar stavkasi, summasi va muddati.
  10. Qimmatli qog’ozlarni chiqarish sanasi.
  11. Qimmatli qog’ozlarni to’lash sanasi.

40-jadval.

Emi letiiHHtii moliyaviy ahvoli (ming so’mda)

Ko’rsatkichlarning nomi Yil boshida xisobot sanasida
1. Qoplash/kapital etarlilig’i koeffisienti    
2. Likvidlik koeffisienti    
3. Muxtorlik koeffisienti/moliyaviy leveraj    
4. Kreditga layokatlilik toifasi/ reyting bahosi    
5. Uz aylanma mablag’larining mavjudligi / jami kapital    
6. Foyda (zarar)    
7. Bank ssudalariga doir qarzlar / kreditorlar oldidagi qarzlar    
8. Debitorlik karzlari. jami    
9. Kreditorlik qarzlari, jami    
10. Pul mablaglari    
11. Jami oson sotiladigan talablar    
12. Jami oson sotiladigan zaxiralar    
13. O’z manbalari, jami/ bank kapitali tarkibi jami, jumladan:    
  ustav fondi    
  zaxira fondi/ umumiy maksadlarga mo’ljallangan zaxira fondi    
  maksadli moliyalash va tushumlar/ kapital zaxiralar    
  taksimlanmagan foyda    
14. Balans    

Boshqa malumotlar

Vakolatli shaxs imzosi

Sana____________

  • Tijorat banklarining xalqaro operasiyalari
  • . Tijorat banklari nafaqat mamlakat ichkarisida, shu bilan birga, tashqi davlatlar bilan ham turli xil operasiyalarni amalga oshiradilar. Bunday operasiyalar davlatlararo yoki xalqaro operasiyalar deb yuritiladi. Bu operasiyalar:
  • xalqaro savdoda ishtirok qiluvchilar o’rtasidagi munosabatlarni;
  • ssuda kapitali bozorida investisiya bilan bog’liq operasiyalarni;
  • turizm sohasidagi operasiyalarni;
  • xorijiy qimmatli qog’ozlar sotib olish va sotish bilan bog’liq bo’lgan operasiyalarni;
  • valyutani ayirboshlash, chek, veksel, inkassasiya uchun bank akseptlarini qabul qilish bilan bog’liq operasiyalarni o’z ichiga oladi.

Xalqaro operasiyalardan bankka tushadigan daromadning eng asosiy qismini kredit berishdan tushadigan daromadlar tashkil qiladi. Xalqaro savdoni tijorat banklari tomonidan kreditlash tovar va tovar hujjatlarini garovga olish asosida kredit berish, aksept kreditlarini, bank ssudalarini berish shaklida amalga oshiriladi. Tashqi savdoni kreditlashning yangi shakllari ham mavjud.

Ular turkumiga:

  • lizing;
  • faktoring;
  • forfeyting kabilarni kiritish mumkin.

Urta va uzoq muddatli xalqaro bank kreditlari evro-kredit shaklida ham beriladi.

Tijorat banklari bajaradigan operasiyalarning yana bir turi bu valyuta operasiyalaridir. Bankning bir turdagi valyutani boshqa bir turdagi valyutaga almashtirish bilan bog’liq xalqaro operasiyalari valyuta operasiyalari deb ataladi. Xalqaro savdo, xalqaro kredit va xizmatlar bo’yicha hisoblashishlarda yagona to’lov vositasiga ega bo’lish zarurligi valyuta operasiyalarni amalga oshirishni zarur qilib qo’yadi.

Turli xil valyuta operasiyalari yigindisi jahon ssuda kapitali bozorining asosiy qismlaridan biri bo’lgan valyuta bozorini11 hosil kiladi. Valyuta bozorida xorijiy valyutaga talab va taklif vujudga keladi. Taklif sotilgan tovar va xizmatlar uchun daromad olgan eksportyordan, talab esa sotib olingan tovar va xizmatlarni to’lash uchun xorijiy valyutaga muhtoj importyorlardan kelib chiqadi. Valyuta operasiyalari asosini tovarlar va xizmatlar, kapital va kreditlarning xalqaro harakati tashkil etadi.

Valyuta bozorida operasiyalarni alohida olingan tijorat banklari, kompaniyalar va jismoniy shaxslar amalga oshiradi. Valyuta operasiyalarining ko’pchiligi birjadan tashqaridagi bozorlarda tijorat banklari orqali amalga oshiriladi. Banklar bir-biri bilan (bevosita yoki brokerlar orqali) mijozlar bilan valyuta operasiyalarini xalqaro banklararo valyuta bozorida va birjalarda olib boradi. Valyuta shartnomalarining asosiy qismi xalqaro banklararo valyuta bozorida tijorat banklari o’rtasida imzolanadi.

Xo’jalik hayotining baynalmilallashuvi natijasida yirik xalqaro valyuta bozorlari London, Parij, Nyu-York, Frankfurt-Mayn, shuningdek, Tokio, Singapur, Gonkong, Bahraynda muvaffaqiyat bilan faoliyat olib bormokda.

Bankning valyuta bozoridagi faolligi bankning yirikligiga, uning obro’siga, xorijiy bo’limlari va filiallari tarmoqlarining rivojlanganlik darajasiga, zamonaviy kompyuterlar bilan taminlanganligiga, telefon va telegraf aloqalarining rivojlanganligiga bog’liq. Valyuta operasiyalarining asosiy qismi yirik

’Valyuta bozori chet el valyutasiga talabning uning taklifi bilan o’zaro gasirlashish tizimi. tijorat banklariga to’g’ri keladi. Ular nafaqat valyuta sotadi va sotib oladi, xalqaro hisob-kitoblarni bajaradi, balki xorijiy valyuta zaxiralarini saqlaydi va valyuta kurslarini aniqlaydi. Boshqa banklar ularga kotirovka yuzasidan murojaat qiladi va o’z mijozlari uchun valyutani sotib oladi.

Valyuta operasiyalari xorijiy valyutada ifodalangan naqd pulsiz to’lov vositalari: bank depozitlari, cheklar, veksellar, o’tkazmalar hisobiga amalga oshiriladi. Naqd xorijiy valyutasi hisobiga amalga oshirilgan operasiyalar hajmi ancha kichik bo’ladi.

  • Tijorat banklarining xalqaro hisob-kitob operasiyalarida turli xil hisob shakllari qo’llanilishi mumkin. Bular qatorida bank buyrug’iga binoan:
  • pul o’tkazish (o’tkazma turi, to’lov topshiriqnomasi);
  • bank cheki;
  • bank vekseli;
  • akkreditiv;
  • inkassa shakllari qo’llanilishi mumkin.

To’lov topshiriqnomasi tijorat bankining o’z mijozi talabiga binoan uning mablag’i hisobidan to’lanishi zarur bo’lgan summani olishi shart bo’lgan xorijiy korxonaga (benefisiarga) mablag’ni pochta yoki telegraf yo’li bilan o’tkazib qo’yish to’g’risidagi boshqa mamlakatdagi bank korrespondentga bergan buyrug’i hisoblanadi.

Valyuta olishning eng tez va ishonchli vositasi telegraf o’tkazmasidir. Bank korrespondentlar tomonidan maxsus kodning qo’llanilishi valyuta mablag’lari bo’yicha zarar keltirish va o’z mijozlarig’a mablag’larni o’tkazishda bank tomonidan xatolarga yo’l qo’yishdan saqlaydi. O’tkazmada bank ikki operasiyani bir vaqtning o’zida bajaradi:

  • milliy valyuta hisobiga mijozga xorijiy valyuta sotadi;
  • xorijiy valyutani chet elga o’tkazib beradi.

Bank o’tkazmalari orqali hisob-kitoblarda eksportchilar importchilarga etkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar, davolar va o’zaro boshqa hisob-kitoblar uchun hisobvarag’i va boshqa hujjatlar yuboradilar. Bu hujjatlar asosida tovarlar va xizmatlar haqini to’laydiganlar o’z banklariga eksportchi yoki kreditorlar hisobiga pul o’tkazish to’grisida to’lov topshiriqnomalarini yuboradilar.

Shunday qilib, xalqaro hisob-kitoblar deganda biz talablar va majburiyatlar bo’yicha to’lovlarni mamlakatlararo muvofiqlashtirish tizimini tushunamiz. Xalqaro hisob-kitoblar tijorat bank korrespondentlari orqali o’tkazma, cheklar, veksellar, o’zaro talab va majburiyatlarni tenglashtirib voz kechish yo’li bilan nakd valyutasiz amalga oshiriladi.

Garchi xalqaro hisob-kitoblar shakllarining bazilarining o’tkazilish yo’llari ichki hisob-kitoblarga o’xshash bo’lsa-da, ammo ulardagi o’tkazish yo’llarida o’ziga xos xususiyatlar mavjud. Bu xususiyatlarni quyidag’icha tariflash mumkin.

Birinchidan, odatda ular xujjat tarzida, yani moliya (chek, veksel) va tijorat (konosament, nakladnoy) hujjatlar yordamida amalga oshiriladi.

Ikkinchidan, xalqaro hisob-kitoblar unifikasiyalashgan (bir shaklga keltirilgan). Bunday shaklda hisob-kitoblarni amalga oshirishda ko’pchilik mamlakatlar banklari, shu jumladan MDH, veksel va chek konvensiyalariga amal qilishadi (Jenevada 1930 va 1931 yillarda qabul qilingan va Parij xalqaro savdo palatasi elon qilgan «hujjatli akkreditivlar bo’yicha unifikasiyalashgan qoidalar»ga muvofiq xalqaro miqyosda xisob-kitob operasiyalari olib boriladi). Bu hujjatlarga tashqi savdo aloqalarida bankka akkreditiv to’g’risida buyruq berilganda va inkasso topshiriqnomalari berilganda murojaat etish lozim bo’ladi.

Xalqaro hisob-kitoblarning yana bir vositasi bank cheki hisoblanadi. U bankning joriy hisobidan muayyan summani berish yoki boshqa hisobga o’tkazish haqida bankka berilgan yozma farmoyishni ifoda etadi. Boshqacha qilib aitganda, bank cheki uni yozib (to’ldirib) beruvchi bankning o’z vakillik bankiga uning joriy hisobvarag’idan chek egasiga muayyan summani o’tkazish haqidagi yozma buyrug’idir.

Veksel bu muayyan miqdordagi qarzni belgilangan muddatda qatiy to’lash majburiyati yuklangan, qonun bilan tasdiqlangan holatda to’ldirib rasmiylashtirilgan qarzdorlik tilxati. Bank vekseli esa bu o’tkazma veksel (tratta) bo’lib, bank tomonidan xorijiy bank korrespondent schyotiga to’lash uchun beriladi. Bunda xalqaro banklar o’tkazma veksellarni chiqaradi va to’lovga qabul qiladi. Trattalar oq (ismi, familiyasi yozilmagan) o’tkazma yoki oq muddatli, tijorat va bank trattalari turlariga bo’linishi mumkin.

Eksport qiluvchilar xorijiy importchilarga beradigan tijorat veksellari asosida banklar, tovarlar va xizmatlarga haq to’lashi mumkin. Agar oq tijorat vekselidan foydalanilsa, naqd pulli hisob-kitob shakliga rioya qilinadi. Agar muddatli trattadan foydalanilsa, hisob-kitob kreditga bajariladi. Bank veksellari tijorat veksellariga nibatan kengroq tarqalgan. Import qiluvchilar bank veksellarini milliy va xalqaro banklardan sotib olib, o’z qarz majburiyatlarini uzish uchun eksport qiluvchilarga jo’natadi.

Utkazma veksel egasi trassant, veksel bo’yicha qarzdor trassat deb yuritiladi. Vekselning amal qilish muddatini cho’zish veksel prolongasiyasi deb ataladi. U qonunga muvofiq yoki qarzdor va qarz beruvchining o’zaro kelishuviga ko’ra rasmiylashtiriladi.

Akkreditiv hisob-kitoblar bu tovarlar va xizmatlar uchun nakd pulsiz akkreditivlar bilan hisob-kitob qilish shakli. Odatda, turli shaharlarda joylashgan banklar o’rtasida amalga oshiriladi. Tovar etkazib beruvchi bankdan boshqa shahardagi xaridorning o’ziga xizmat ko’rsatadigan bankka saqlashga qo’ygan akkreditivlar hisobidan pul mablag’larini oladi.

Akkreditiv — bank (bank emitent) majburiyati bo’lib, mol sotib oluvchi (importyor) ko’rsatmasiga binoan mol sotuvchi (eksportyor) varag’iga mablagni o’tkazish yoki trattani’ tegishli summada (xizmat yoki tovar) akseptlashni sotuvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatga muvofiq amalga oshirishni ifodalovchi hujjat. Akkreditiv shaklidagi hisob-kitoblarda bir qancha banklar ishtirok etishi mumkin:

  • akkreditivni oluvchi bank-emitent;
  • sotuvchiga akkreditiv ochilgani to’g’risida xabar beruvchi bank;
  • akkreditivni to’lovchi yoki trattani akseptlovchi bank.

Akkreditiv operasiyalar to’rt asosiy bosqichni bosib o’tadi.

Birinchi bosqich. Importyor tovarning jo’natishga tayyorligi to’g’risida xabar olgandan keyin o’z bankiga (bank-emitent) eksport bankida malum summa va muddatga akkreditiv topshirig’ini beradi. Akkreditiv ochish topshirig’i bilan birga akkreditiv berilishi uchun talab qilinadigan hujjatlar ro’yxati ko’rsatiladi.

Ikkinchi bosqich. Bank-emitentga tegishli bankda akkreditiv ochiladi va eksportyorga bu haqda habar qilinadi, zarur bo’lsa akkreditiv ochilganligi tasdiqlanadi.

Uchinchi bosqich. Tovarni jo’natgan eksportyor bankka talab etilgan xujjatlarni taqdim etadi va tovar uchun tegishli to’lovni

oladi (odatda u eksportyorning hisobvarag’iga o’tkaziladi).

To’rtinchi bosqich. Eksportyor banki tovar hujjatlarini bankemitentga yuboradi, o’z navbatida, bu hujjatlarni importyorga taqdim etadi va akkreditiv summasini qoplaydi (importyor bu summani to’lab beradi).

Majburiyat turiga ko’ra, bank akkreditivi «chaqirib olinadigan» va «chaqirib olinmaydigan» tasdiqlangan bo’ladi. «Chaqirib olinadigan» akkreditiv muddatdan ilgari importyor yoki bank-emitent ko’rsatmasiga binoan bekor qilishi mumkin. Bunday akkreditiv eksportyor manfaatlariga javob bermaydi va amaliyotda kam uchraydi. «Chaqirilmaydigan» akkreditiv eksportyor ruxsatisiz bekor qilinishi yoki o’zgartirilishi mumkin emas. U bank-emitentga eksportyorga to’lovni amalga oshirish yoki tratgani akseptlashning qatiy majburiyatini o’z zimmasiga oladi. Eksportyor uchun «chaqirilmaydigan» akkreditiv qo’llanilishi jihatdan afzal hisoblanadi. Agar bank-emitent akkreditivni ochuvchi bankka valyuta qoplamasini jo’natsa, akkreditiv taminlangan, aks holda taminlanmagan deyiladi.

Inkasso xaridor hisobvarag’idan pul summasini olish bo’yicha bank harakati bo’lib, mijozga xizmat ko’rsatish hisob-kitob hujjatlari asosida va xaridorning o’z topshirig’ig’a ko’ra amalga oshiriladi.

Hujjatli inkasso operasiyasida eksportyor o’z bankiga inkasso topshiriqnomasini beradi va tashqi savdo shartnomasida ko’rsatilgan hujjatlarni takdim etish bilan importyordan malum valyuta miqdorini olish lozimligini ko’rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, eksportyor o’z banki orqali importyor bankiga inkassasiya uchun hujjatlarni jo’natadi. Inkassasiya operasiyasi to’rt asosiy bosqichda o’tadi.

Birinchi bosqich. Eksportyor o’z bankiga inkasso topshiriqnomasi va unga ilova qilinadigan hujjatlarni beradi.

Ikkinchi bosqich. Eksportyor banki importyor mamlakatdagi bankkorrespondentga inkasso topshiriqnomasi va hujjatlarni yuboradi.

Uchinchi bosqich. Bank-korrespondent importyorga hujjatlarni taqsim etadi va inkasso topshiriqnomasida ko’rsatilgan summani oladi yoki trattani akseptlaydi.

To’rtinchi bosqich. Olingan to’lov miqdori importyor bankidan eksportyor bankiga, undan esa eksportyor hisobvarag’iga o’tkaziladi.

Valyutalar o’rtasidagi nisbatni aniqlamasdan turib valyuta operasiyalarini o’tkazish mumkin emas. Bu nisbatlar valyuta «kotirovka»lari yordamida o’rnatiladi.

Valyuta kotirovkasi deganda almashtirish uchun takdim etilgan valyutalar kursini va ular o’rtasidagi nisbatni o’rnatish tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, chet el valyuta kursining valyuta birjasida maxsus idora tomonidan belgilanishi va maxsus byulletenlarda nashr qilinishi valyuta kotirovkasi deyiladi. Kotirovka, odatda, birjada amaldagi vaziyat va qonunchilik normalariga muvofiq chet el valyutalari, qimmatli qog’ozlar kursini yoki mollar narxini belgilash va ularni qayd etish bilan bog’liq.

Valyuta kotirovkasi rasmiy va bozor kotirovkasiga bo’linadi. Rasmiy valyuta kotirovkasi davlat (asosan Markaziy bank) tomonidan amalga oshiriladi. Rasmiy valyuta kursidan davlat valyuta operasiyalarida, bojxona ishlarida, to’lov balansini tuzishda foydalaniladi.

Shuni qayd qilish lozimki, Markaziy emissiya banki belgilaydigan rasmiy valyuta kursini hukumat belgilaydigan maxsus yoki valyuta bozorida vujudga keladigan erkin valyuta kursidan farq qilish kerak. Bozor kotirovkasi talab va taklifning joriy nisbati asosida doimo o’zgarib turadi. U nobirjaviy valyuta bozorida amalga oshiriladi. Keskin valyuta cheklovlari mavjud mamlakatlarda bozor kotirovkasi deyarli qo’llanilmaydi. Hamma operasiyalar rasmiy kurs bo’yicha amalga oshadi.

Valyuta kursi bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligida ifodalangan narxi. Masalan, Uzbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta operasiyalarini, shuningdek, bojxona to’lovlarini amalga oshirish bo’yicha hisob-kitoblarni bajarish uchun quyidagi chet el valyuta kursining so’mga nisbatan bo’lgan narxini rasmiy ravishda elon qildi:

Chetel valyutalari 2002 y. 30 iyul (so’m) 2004 y. 11 may (so’m)1 2008 y. 20 may (so’m)
1 Angliya funt ster.tingi 1196,36 1797,22 2546,25
1 AQSh dollari 761,25 1009,11 1306,84
1 Xitoy yuani 91,97 121,92 186,93
1000 Turkiya lirasi 0,45 0,67 0,10
1EVRO-                               ~ 750,36 1194,69 2022,07
10 Yaponiya ieni 63,86 89,70 125,36
1 Rossiya rubli 24,16 34,85 54,85
1 Ukraina grivnasi 142,86 189,38 258,78

‘ Qarang. «O’chbekiston ovozi> gazetasi. 2008 ynl 20 may.

Demak, 2008 yil 20 maydan bir hafta mobaynida O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasida AQSh ning 1 dollari 1306,84 so’m, 1 EVRO 2022,07 so’m, 1 Rossiya rubli 54,85 so’mga sotiladi. Shu narx dollarning, EVRO va Rossiya rublining so’mdagi valyuta kursi bo’ladi, yani pulning pulga sotilish narxi valyuta kursi deyiladi.

Shu narxga ko’ra valyutalar birligi o’rtasidagi nisbat valyuta pariteti deyiladi. Masalan, 1 dollarning 1306,84 so’mga sotilishi dollarning valyuta kursi, ular o’rtasidagi nisbatning 1306,84 bo’lishi valyuta paritetidir. Uni valyuta birligining qurbi, yani uning xarid qobiliyati belgilaydi. Masalan, bir dollar, bir marka, bir so’m, bir tanga, bir yuan, bir frankka nima olish mumkin, shunga qarab valyuta shakllanadi. Valyutaning qurbi narxg’a bog’liq. Valyuta kursini hisoblashda eng muhim tovarlar narxiga qarab har bir valyutaning qurbi aniqlanadi.

Valyuta kursining oshishi chetdan tovar keltirishni arzon qiladi, uning pasayishi esa chetga chiqariladigan tovar narxini oshiradi. Bunday hollarda tovarni tashqariga chiqarib, mamlakatdagi narxga nisbatan bir necha barobar arzon sotish ham maqul bo’ladi. Masalan, kostyum ichki bozorda 50 ming so’m turadi, tashqi bozorda xuddi shunday kostyum narxi 100 dollar. Valyuta kursiga ko’ra 1 dollar 1306,84 so’m. Dollar hisobida kospomning ichki bozordagi narxi:

50 000 : 1306,84 so’m = 38,3 dollar.

So’m kursining oshishn tashqn bozorda 100 dollarga sotiladigan kostyumning 38,3 dollarga sotilishiga olib keladi. Natijada eksport qiluvchi har bir kostyumdan 61,7 dollar yutishga muvaffaq bo’lishi mumkin.

Valyuta kursini aniqlash usullari valyuta tizimlarining xususiyatlariga qarab turli mamlakatlarda turlichadir. Keskin valyuta cheklovlari mavjud davlatlarda valyuta kursi ikki usulda o’rnatilishi mumkin.

  • sof boshqaruv usuli;
  • valyuta koridori chegarasini belgilash usuli.

Birinchi usulda hukumat yoki Markaziy bank talab va taklif darajasidan qatiy nazar milliy valyutaning kursini belgilaydi. Bunday valyuta kursi boshqa valyuta yoki bir qancha valyutalar (valyuta savati)ga nisbatan belgilanadi.

Ikkinchi usul Polsha, Chexiya, Slovakiya, Bolgariya, Ruminiya kabi davlatlarda ko’proq qo’llaniladi. Bu usulda Markaziy bank rasmiy valyuta kursini birja kursi darajasida belgilaydi va birja kursining rasmiy valyuta kursiga nisbatan o’zgarish chegarasini belgilab beradi. Valyuta kursining shu o’zgarish chegarasini belgilab berish bank ishida valyuta koridori deb yuritiladi.

Amaliyotda valyutaning birjadagi kursining rasmiy kursga nisbatan o’zgarish xavfi kuzatilsa, Markaziy bank valyuta intervensiyasini amalga oshiradi, yani xorijiy valyutani sotadi va sotib oladi.

Valyutaviy cheklashlar yo’q yoki sezilmas darajada bo’lgan davlatlarda Markaziy bank talab va taklif (milliy valyutaning erkin suzib yurishida) hamda valyuta intervensiyasi (boshqariluvchi suzishda)dan kelib chiqqan holda valyuta kursini belgilaydi. Valyuta birjalari faoliyat ko’rsatuvchi davlatlarda valyuta kursi qariyb har kuni birja makleri va Markaziy bank tomonidan valyutani sotish va sotib olishga berilgan arizalar, Markaziy bank intervensiyasi siyosati bo’yicha faoliyatini inobatga olgan holda o’rnatiladi.

Valyuta cheklashlari deyarli yo’k (sezilarsiz) yoki yo’q mamlakatlarda bozor kursini bir-biri bilan doimiy aloqada bo’lgan yirik tijorat banklari o’rnatadi. Bu banklarni market-meykerlar deb ataydilar. Boshqa banklar kotirovka yuzasidan ularga murojaat qilishadi. Banklararo valyuta kotirovkalari market-meykerlar tomonidan har bir valyuta bo’yicha mavjud bo’lgan yoki kutilayotgan talab va taklifni taqqoslash (bu operasiya amaliyotda fiksing deb ataladi) asosida belgilanadi.

Valyuta birjasi yo’q davlatlarda valyuta bozori qatnashchilari banklararo kurslardan foydalanishadi. Banklararo bozordagi o’rtacha kurs bank mijozlari uchun valyuta kursini o’rnatishning asosi bo’lib xizmat qiladi. Valyuta birjalari mavjud davlatlarda banklararo kotirovkalar banklarning to’lov aylanishi, to’lovga layoqatliligini hisobga olgan holda, rasmiy birja kotirovkalari atrofida o’zgarib turishi mumkin. Bunday banklarda rasmiy birja kotirovkasi ularning mijozlari uchun valyuta kurslarining asosi bo’lib xizmat qiladi. Erkin valyuta bozorida uning har bir elementlari (birjadagi va birjadan tashqaridagi) bir-biriga tasir etadi va ulardagi valyuta kotirovkalari o’zaro bog’liq bo’ladi.

Valyuta bozorida valyutani kotirovka qilishning ikki usuli mavjud: to’g’ri va egri. Ko’pchilik davlatlarda to’gri kurs qo’llaniladi. Bu usulning mohiyati shundaki. xorijiy valyuta birligining kursi to’g’ridan-to’g’ri milliy valyutada ifodalanadi. Egri kotirovkada milliy valyuta birligi malum miqsordagi xorijiy valyutada ifodalanadi. Bu usul (egri kotirovka) Buyuk Britaniyada, 1987 yildan esa qisman AQShda qo’llaniladi. Banklararo valyuta bozorlarida valyuta kursining kotirovkasi ko’proq AQSh dollariga nisbatan belgilanadi. Bu hol dollarning xalqaro to’lovlarda ko’p qo’llanishi va rezerv vositasi sifatida saqlanishi bilan bog’liq.

Savdo-sanoat sohasida faoliyat olib boruvchi mijozlar uchun valyuta kotirovkalari amalga oshirish kross-kursga asoslanadi.

Kross-kurs bu ikki valyuta o’rtasida uchinchi valyutaga nisbatan aniqlanadigan kurslar nisbatidir. Masalan, O’zbekiston Markaziy banki yapon ieniga nisbatan kursini aniqlamoqchi deylik. Bu holda ienning so’mga nisbatan kursi dollarga asoslangan holda aniqlanadi. Yuqoridagi jadvaldagi valyuta kurslariga binoan 761,25 so’m 1 dollarga teng. 1 yapon ieni esa 6,4 so’mga teng. Xo’sh, yapon ieni dollarda qanday aniqlanadi?

kros-kurs

Яна маълумот

909

Bank foizi va undan foydalanish mexanizmi

Suda foizi vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun to’lanadigan o’ziga xos to’lovdir. Uning to’lovchisi ham, …