Home / Iqtisodiyot / Tijorat banklarining investision funksiyalari

Tijorat banklarining investision funksiyalari

 Tijorat banklari tomonidan investision faoliyatni olib borishdan asosiy maqsad bank daromadliligi va likvidligini taminlashdan iborat. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida tijorat banklarining investisiya siyosati bank faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri qisoblanadi va banklarning likvidligini taminlash uchun qaratilgan.

Banklarning investision faoliyatch turli xil qimmatli qog’ozlarga, yani:

  • oddiy va imtiyozli aksiyalarga;
  • obligasiyalarga;
  • davlat qarzdorlik majburiyatlariga;
  • depozit sertifikatlariga:
  • veksel va boshqalarga mablag’larini ko’yish orqali amalga oshiriladi.

Investisiya kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosiy negizini tashkil etar ekan, o’z navbatida bu takror ishlab chiqarishga investor (subektlar) investisiya resurslarini iqtisodiyot sohalariga (obektlarga) o’z ko’zlagan maqsadni asosan daromad (foyda) olish yoki iqtisodiy samaraga erishish uchun joylashtiradi va investor amalga oshirgan bunday faoyaiyatni investision faoliyat deb yuritiladi. Bu faoliyat jarayonini quyidagi chizma orqali ifodalash mumkchn (29-chizma).

Bugungi sharoitda investzsion faoliyatda banklar ishtirokini yanada oshirishni talab qiladi. Shuning uchun ham, Prezidentimiz I.A. Karimov «Banklar investisiya jarayonining asosiy bo’g’iniga, korxonalarning chinakam hamkoriga aylanmog’i, binobarin, ularning rivojlanishidan manfaatdor bo’lmog’i lozim»’ deb takidlab o’tgan edi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar investision faoliyatning eng faol ishtirokchil.aridan biri sifatida quyidagi faoliyatlarning u yoki bu turlari bo’yicha ishtirok etmoqdalar:

  • investorlarga tegishli hamda investision maqsadlarga yo’naltiriladigan mablag’lar harakati bo’yicha moliyalashtirish hisobvaraqlari ochish va ular bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish;

ina

  • foyda olish va bank likvidliligini oshirish maqsadida o’z va jalb qilingan mablag’larni davlat va korporativ qimmatli qog’ozlarga qo’yish;
  • o’z va jalb qilingan mablag’larni investision loyiqalarga bevosita qo’yish, yani xo’jalik subektlarining investision faoliyatini kreditlash;
  • qimmatli qog’ozlar sotib olish orqali korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish.

Investision faoliyatni bank kreditlari orqali faolligini oshirish uchun quyidagi tadbirlardan to’la foydalanish lozim.

  • banklarda kredit turlari (lizing, sindisit va boshqalar)ni ko’paytirish;
  • banklarning to’lovga qobiliyatliligi va ishonchliligini oshirish;
  • bank depozitlari uchun majburiy zaxiralar meyorini pasaytirish;
  • hukumat qarorlari asosida amalga oshiriladigan dasturlar natijasida bank tomonidan ko’rilgan zararlarni byudjet hisobidan qoplash;
  • omonatlar va investisiya kreditlaridagi foiz stavkalari o’rtasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish va h.k.

Investor investision faoliyatni amalga oshirishda sarflanayotgan mablag’larni qaytishi va unga nisbatan olinadigan daromad muhim hisoblanadi. Bu esa investor uchun yaratilgan sharoitlarga bogliq. Ushbu sharoitlarning umumlashgan majmuini investision iqlim deb yuritiladi.

Investision iqlim juda keng tushuncha bo’lib, u xususiy investorlarga nisbatan, mahalliy xo’jalik subekti sifatida faoliyat yuritayotgan investorlarga nisbatan (mikrodarajada) yoki chet el investorlariga (makrodarajada) nisbatan farqlab ko’llaniladi. Investision iqlim investorning samarali faoliyat yuritishi uchun malum omillarning umumlashgan yig’indisidan tashkil topadiLInvestision iqlimga tasir etuvchi omillarni ijobiy va saLbiy tasiriga ko’ra guruhlash mumkin (30 chizma).

Chet el investisiyasini jalb qilishda investision iqlimning ijobiy bo’lishi juda ham muhim. Uly bois:

mamlakatning hududiy va tarmoq tizimini takomillashtirish nuqtai nazardan investisiyalashga tasir etuvchi omillarni muvofiqlashtirgan holda qulay investision muhitni yaratish;

 707

30-chizma. Investisiya faoliyatiga tasir etuvchi omillar.

  • chet el investisiyasini jalb etuvchi xo’jalik subektlarida mulk qiymatidan to’lanadigan imtiyozli soliq stavkasini o’rnatish orqali ularning mol-mulkini qisqa muddatda qayta baholashga qiziqtirish;
  • chet el investisiyasini jalb etuvchi hamda shu asosda tovar eksporti qilishni ko’paytiruvchi korxonalar uchun imtiyozlarni kengaytirish;
  • investision loyihalarni iqtisodiyotni makro va mikro darajasidagi ehtiyoj va imkoniyatlarni hisobga olib ishlab chiqish asosida xalqaro moliya muassasalarini Respublikamizda ochgan kredit liniyalarini to’la-to’kis foydalanishni taminlash;
  • mahalliy «masul» muassasalarning chet el investisiyalarini hududlarga jalb qilishdagi faolligini oshirish;
  • chet el investisiyalarini tez qaror qabul qilishlari uchun hisob va hisobot tizimi samaradorligini oshirish kabi qo’shimcha tadbirlarni amalga oshirish zarur.

Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning investision faoliyatini amalga oshirish uchun sarflanayotgan mablag’larni moliyalashtirish manbalari muhim hisoblangani uchun ushbu manbalar hisobidan erishiladigan moliyaviy natijalarga nisbatan samaradorlikni baholash maqsadga muvofiq. Yani korxona xususiy sarmoyasi va tashqi sarmoya hisobidan erishiladigan samaradorlikni hisoblash zarur. Ushbu samaradorlikning o’zgarishiga (o’sishi yoki kamayishiga) uchta omil: moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari (xarajatlar)tasiri muhim hisoblanadi.

Bankning asosiy vazifalaridan biri kredit berishdir. Banklar kredit berish orqali kichik va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtiradilar. Ular esa, o’z navbatida, bu mablag’larni investisiyalarga jalb qiladilar. Mablag’larning investisiyaga jalb qilinishi natijasida mazkur hududda ish joylari tashkil qilinib, yuzlab kishilar ish bilan taminlanadilar. Ish bilan taminlanganlarning ko’pchiligi ushbu bankning mijozlari bo’lmasa ham, bankning kredit faoliyatidan o’zlarining investorlari orqali foydalanadilar. Biroq bankning hamma mablag’lari ham kreditlar uchun yo’naltirilishi mumkin emas. Bank aktivlarining katta qismi nolikviddir, yani bank nakd pulga muhtoj bo’lganda bank aktivlarini tezda sotish imkoniyati doimo bo’lavermaydi. Bundan tashqari, kreditlar o’z vaqtida va to’liq qaytmaslik ehtimoli mavjud bo’lganligi tufayli ular yuqori xatarli aktivlar qatoriga kiradi.

Yuqoridagi sabablarga ko’ra, banklar o’z.tarining aktivlar portfelining ko’p qismini daromadli aktivlar turi bo’lgan qimmatli qog’ozlarga yo’naltiradi. Qimmatli qog’ozlarga veksellar, davlatning qisqa muddatli obligasiyalari va aksiyalar kiradi. Qimmatli qog’ozlarga yo’naltirilgan investisiyalar:

  • bank daromadining barqarorligini taminlaydi, yani bankning kreditlar bo’yicha daromadi pasayganda qimmatli qogozlardan olgan daromadi oshishi mumkin;
  • bankning kredit portfeli bo’yicha yo’qotish xavfini yumshatadi, yani yuqori sifatli qimmatli qog’ozlar bankning kredit bo’yicha xatar darajasini pasaytirish maqsadida sotib olinib, saqlanishi mumkin;
  • moliyaviy xatarni kamaytirish maqsadida turli hududlar va tarmoqlarga tegishli qimmatli qogozlarga investisiyalarni yo’naltirishga imkon tugdiradi, yani bank qo’shimcha mablaglarga muhtoj bo’lganda qimmatli qogozlarni sotib, kerakli pul mablag’lari bilan taminlanishi yoki qarzga pul olayotganida garov sifatida foydalanishi mumkin;
  • likvidlikni qo’llab-quvvatlashni taminlaydi;
  • bankka solinadigan soliq miqdorini kamaytirish imkonini beradi, yani bu bilan bank soliq to’lovlarini qimmatli qog’ozlar hisobiga kamaytirishi mumkin;
  • bankda saqlanayotgan davlat va hukumat depozitlarini taminlovchi garov sifatida foydalanish imkonini beradi;
  • bozordagi foiz stavkalarining o’zgarishi tufayli sodir bo’lishi mumkin bo’lgan yo’qotishlardan bankni sugurtalash imkoni tugiladi;
  • bankning aktivlar portfeli va uning egiluvchanligini taminlash imkoniyati bo’ladi, chunki bunda bank o’z aktivlari tuzilmasini joriy bozor talablariga muvofiq o’zgartirish uchun investisiyaga mo’ljallangan qimmatli qog’ozlarni boshqa kreditlarga qaraganda tezda sotishi yoki sotib olishi mumkin;
  • bankda saqlanayotgan qimmatli qogozlarning yuqori sifatliligi tufayli bank balansi moliyaviy ko’rsatkichlarining yaxshilanishini taminlaydi.
  • Investision funksiyalarni bajarishda quyidagilar asosiy vosita hisoblanadi:
  • xazina veksellari;
  • qisqa muddatli xazina majburiyatlari va obligasiyalari;
  • depozit sertifikati;
  • davlatning qisqa muddatli obligasiyalari;
  • evrodollarli depozit sertifikatlar;
  • bank akseptlari;
  • korporativ veksellar va obligasiyalar;
  • garov bilan taminlangan qimmatli qog’ozlar;
  • hosilaviy qimmatli qog’ozlar fyuchers, opsion, varrant va boshqa qimmatli qog’ozlar.

Xazina veksellari -davlatning xazina majburiyatlari bo’lib, 3, 6 va 12 oylik go’lov muddatlari bilan chiqariladi. Ularni tezda sotish mumkin. Xazina veksellaridan qayta sotib olish sharti bilan kredit olish uchun garov sifatida ham foydalanish mumkin. Ular nominal qiymatiga nisbatan diskont bilan kafolatlangan foiz stavkasiz muomalada bo’ladi va investor vekselni hisobdan chiqarish vaqti kelganda uning narxi oshishi hisobiga daromad oladi.

Xazina majburiyatlari va obligasiyalari esa xazina veksellaridan farq qilib, uzoq muddat davomida, yani bir yildan o’n yilgacha muddatda muomalada bo’ladilar. Bu qimmatli qogozlarni hisobdan chiqarish muddatiga bir yil qolganda ulardan moliya bozorining vositasi sifatida foydalanish ham mumkin. Ularning foiz xatariga bo’lgan sezuvchanligi yuqori bo’lib, o’zlari sust likvidli bo’lishlariga qaramasdan xazina veksellariga qaraganda yuqori daromadli bo’ladi. Bu qimmatli qogozlar kuponli vositalar hisoblanadi, qimmatli qog’ozlar bozor narxining o’zgarib turishiga qaramasdan investor mo’ljallagan daromadni oladi. Bu kuponlar bo’yicha har yarim yilda foiz to’lovlari to’lanib turiladi.

  • Sertifikat omonatchiga belgilangan muddat o’tgandan so’ng depozit va uning foiz to’lovini olish huquqini beruvchi yozma hujjatdir. Bank uchun esa qo’shimcha mablag’ manbai hisoblanadi. Banklar ko’pincha boshqa banklar va bank bo’lmagan muassasalar chiqargan sertifikatlarni kam xarajat va xatar bilan investisiyaga yo’naltirish maqsadida sotib oladilar. Sertifikatlarning hisobdan chiqarish muddati qatiy belgilangan bo’lib, ularni muddatidan oldin ro’yxatdan chiqarish qonun bilan taqiqlangan. Shuning uchun ham, ularning ishonchliligi taminlangan bo’lib, investisiya funsiyasini bajara oladi. Bank va boshqa moliya institutlari past nominal qiymatga ega sertifikatlar chiqarish bilan birga, xususiy biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga yo’naltirilgan yirik nominal qiymatga ega sertifikatlar ham chiqaradilar. Yirik nominal qiymatga ega sertifikatlar davlat tomonidan sug’urtalanadi.
  • Aksept so’zi lotincha «akkeptus» iborasidan olingan bo’lib, rozilik berilgan, yani pul, hisob-kitob, tovar hujjatlarini yoki tovar haqini to’lashga rozilik yoki to’lashga kafillik manosini beradi. To’lashga rozilik berishni akseptlash deyiladi

Akseptda mol etkazib beruvchi tashkilot mahsulot jo’natilgandan keyin to’lash uchun talabnoma varaqasi yozadi va o’ziga xizmat qiluvchi bank inkassasiga topshiradi. Belgilangan qoidaga muvofiq, varaqani aksept qilish yoki rad etish oluvchining ixtiyorida bo’ladi. Bir shahar doirasida byudjet tashkilotlari o’rtasida tovar va xizmatlar uchun qilinadigan hisob-kitoblarda hamda moliya idoralariga byudjet daromadlarini aloqa korxonalari orqali jo’natishda akseptlangan chek qo’llaniladi.

Bank aksepti moliya bozorining xavfsiz instrumentlaridan biri bo’lib, bankning aksept egasiga kelishilgan muddatda akseptda belgilangan pul mikdorini to’lash majburiyatidir. Bank o’zining eksport-import operasiyalari yoki boshqa faoliyat bilan shugullanuvchi mijozning barcha to’lovlarini kafolatlashi natijasida bank aksepti yuzaga keladi va bu kafolat uchun bank haq oladi.

Akseptni ro’yxatdan chiqarish muddati kelguncha doimo o’zining nominal qiymatidan past qiymatga sotiladi va ko’zda tutilgan daromad faqat ro’yxatdan chiqarish muddati yaqinlashganda aksept narxining oshishi hisobiga olinishi mumkin.

  • Kapital bozorida qo’llaniladigan majburiyat va obligasiyalar quyidagi afzalliklarga ega:
  • xatarsiz;
  • ikkilamchi bozori rivojlangan;
  • qarz olish uchun juda yaxshi garov;
  • xukumat depozitlarini kafolatlashi mumkin;
  • soliqqa tortilmaydigan foiz daromadiga ega;
  • yuqori kredit sifatiga ega;
  • bazi qimmatli qog’ozlar yuqori likvidli va tez sotilishi mumkin;
  • bir yildan o’n yilgacha va undan ortiq muddatda muomalada bo’ladi.

Pul bozoridagi majburiyat va obligasiyalar esa tez sotilish qobiliyatiga ega ekanligi. hukumat depozitlari uchun yaxshi garov vazifasini bajarishi, ko’zda tutilgan daromadliligi yuqori bo’lgan afzalliklari bilan kapital bozoridagi majburiyat va obligasiyalardan farq qiladi.

Har ikkala bozordagi majburiyat va obligasiyalar o’ziga xos kamchiliklarga ega. Ularning kamchiliklari ham bir-biridan farq qiladi. Masalan, kapital bozoridagi majburiyat va obligasiyalarning daromadliligi xususiy sektorning uzoq muddatli qimmatli qog’ozlar daromadidan past bo’lib, bozor beqaror va ikkilamchi bozordagi bazi qimmatli qogozlarning muomalasi chegaralangan bo’lsa, pul bozoridagi majburiyat va obligasiyalarning kamchiligi shundaki, ularning daromadliligi boshqa moliyaviy instrumentlardan past, baho xatari esa yuqori bo’ladi.

Banklar odatda investisiya majmualariga ko’ra yirik va mayda banklarga bo’linadi. Mayda banklar ko’pincha o’z mablag’larini davlatning qimmatli qog’ozlariga joylashtiradilar, chunki bu qimmatli qog’ozlar davlat tomonidan sug’urtalangan va ishonchlilik darajalari yuqori bo’ladi. Ular xususiy sektorning qimmatli qog’ozlaridan foydalanmaslikka harakat qiladilar. Mayda moliya institutlarining iqtisodiy ixtiloflar natijasida katta yo’qotishlarga uchrash xatari yuqori bo’lganligi tufayli ular bu yo’qotishlarni qoplash maqsadida ishonchli va barqaror qimmatli qog’ozlarga o’z mablag’larini yo’naltiradilar.

Yirik banklar esa, aksincha, mayda va xususiy sektorlar xorijiy qimmatli qog’ozlariga hamda mahalliy hokimiyat qog’ozlariga joylashtiradilar. Albatta, bu qimmatli qog’ozlarga yo’naltirilgan mablaglar uchun yuqori xatar mavjud. Investisiya qimmatli qog’ozlari bank aktivining 1/5 qismidan to 1/3 qismigacha xajmda bo’lib, bank daromadining 1/5 qismida daromad keltiradi. Kredit portfeli esa bank aktivining yarmidan ko’prog’ini tashkil qilib, bank daromadining 3/5 qismi hajmida daromad keltirishi mumkin. Lekin bank mablag’larini qimmatli qog’ozlar investisiyasiga ko’proq yo’naltirilishining afzalligi shundaki, daromad solig’ining hajmi ancha qisqaradi va bank uchun bo’lgan umumiy xatar darajasi sezilarli darajada pasayadi.

  • . Bankning investisiya vositalarini tanlash jarayoniga quyidagi omillar tasir qiladi:
  • ko’zda tutilgan daromad meyori;
  • soliq xususiyatlari;
  • foiz xatari;
  • kredit xatari;
  • ishbilarmonlik (xizmat yuzasidan) xatari;
  • balanslanmagan (muvozanatlashmagan) likvidlik xatari;
  • muddatidan oldin qaytarib olish xatari;
  • inflyasiya (pulning qadrsizlanishi) xatari;
  • garov talabnomalari.

Diversifikasiya so’zi lotincha «diversifikatio» iborasidan olingan bo’lib o’zgarish, xilma-xil, taraqqiyot manosini, yani korxona (birlashma)larning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishini bildiradi.

Investisiya portfelini diversifikasiya qilish bu investisiya bilan bog’liq risklarni kamaytirish usullaridan biridir. Diversifikasiya qilish natijasida investisiya portfelida turli xil, ko’pdan-ko’p qimmatli qog’ozlar jamlanadi. Diversifikasiya usulida investisiya siyosatini amalga oshirishda qimmatli qog’ozlarning turli xususiyatlarini hisobga olish lozim. Bular:

  • ularning to’lash muddati va sifati (taminlangani), emitentning salohiyati, qimmatli qogozlarning sifati bo’yicha diversifikasiya qilinishi;
  • qimmatli qogozlarning geografik tarqalishi bo’yicha diversifikasiya qilinishi;
  • qimmatli qog’ozlarning to’lanish muddati bo’yicha majburiyatlarning turi va boshqalar.

Yuqoridagi belgilar bo’yicha taminlanganligiga ko’ra diversifikasiya qila turib investisiya siyosatining maqsadlari aniqlanadi.

Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar portfelini diversifikasiya qilishning quyidagi turlari mavjud. Bular qimmatli qogozlarning turlari, muddati bo’yicha diversifikasiya qilish, qimmatli qog’ozlarning emitentlari bo’yicha diversifikasiya qilish va boshqalar.

Qimmatli qog’oz sifatiga doir diversifikasiyaning asosiy maqsadi bu riskni minimallashtirishdir (u emitentning o’z majburiyatlarini bajara olmay qolish ehtimoli bilan belgilanadi). Shu munosabat bilan aksiya sifatining taminlanganlik darajasi bo’yicha diversifikasiya usuli ham mavjud bo’lib, nazariyotchilar fikricha, u bir qator omillarni o’rganib chiqishni talab qiladi. Bular emitent qanday faoliyat bilan shug’ullanishini, aksiya daromadi, dividend mikdori, kompaniya aksiyasining joriy narxi, zaxirasi, kompaniyani kim boshqarayotganligi va boshqalar bo’lib, ko’rsatilgan savollarga javobni emissiya prospekti va birja axborotnomalaridan olish mumkin.

Qimmatli qog’ozlarning geografik tarqalishiga nisbatan diversifikasiya maqsadi tegishli tumanlardagi iqtisodiy qiyinchiliklar ro’y berganda yuzaga keladigan risklarni kamaytirishdan iborat.

Qimmatli qogozlarning to’lash muddati bo’yicha diversifikasiyasidan maqsadi foiz stavkalarining tebranishi bilan bog’liq risklarning oldini olishdan iborat. Bu investisiya siyosatini amalga oshirishda tijorat banklari, odatda, qimmatli qog’ozlarning tugatilish muddati bo’yicha pogonali strukturadan foydalanadi.

Qimmatli qog’ozlarning foiz darajalari prognozi amaliyotda nazariyadan farq qiladi. Shuning uchun tijorat banklari prognoz natijalarining ishonchlilik darajasini oshirish maqsadida foiz stavkalari tarkibini taxdil qiladilar.

Odatda jahon amaliyotida tijorat banklari o’z investisiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun boshqarish strukturasida maxsus investisiya bo’limlarini tashkil qilishadi. Bo’limdagi xodimlar soni bir qator omillarga bog’liq bo’lishi mumkin. Bu omillar: qimmatli kog’ozlar portfeli kattaligi, bo’lim tomonidan qimmatli qog’ozlarni sotish va sotib olish bo’yicha bajariladigan funksiyalarga, bankning mijozlariga ko’rsatadigan xizmatlarg’a, qimmatli qog’ozlar turi va sifatiga va boshqalarg’a bogliq bo’ladi. Bo’lim ishchilarining malakasi qanchalik yuqori bo’lsa, ular bajarayotgan vazifa, ishning sifati ham shunchalik yuqori bo’ladi. Mutaxassislar investisiya dasturida ko’zlangan maqsad va vazifalarni yaxshi tushunishlari, investisiya xizmatlari bo’yicha malumotlarga ega bo’lishlari, moliyaviy-iqtisodiy malumotlardan xabardor bo’lishlari, qimmatli qog’ozlar bozorini mustaqil tahlil qila olishlari, kaysi qimmatli qog’oz turlari bankka to’g’ri kelishi yoki kelmasligini aniqlashlari, daromadlilik egri chiziqlarining ko’ra olishlari, bu bilan investisiya faoliyatini boshqarishni taminlashlari lozim.

Яна маълумот

909

Bank foizi va undan foydalanish mexanizmi

Suda foizi vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun to’lanadigan o’ziga xos to’lovdir. Uning to’lovchisi ham, …