Home / Madaniyat / Rahmat farishtalari

Rahmat farishtalari

Jannatning ham, do’zaxning ham farishtalari bordir. Do’zaxning qo’riqchisi Molik ismli farishtadir. Alloh taolo do’zax ahli xaqida shunday dedi:   «Ular (do’zax xodimi bo’lgan farishtaga) «Ey Molik, Parvardigoring bizlarga O’z hukmini qilsin (yani tezroq jonimizni olkin, bizlar bu azobdan qutulaylik»), deb nido qilganlarida, u «Albatta sizlar (mana shu azobda mangu) turguvchidirsizlar», dedi».

maxresdefaultIlgari o’tgan ummatlarda bir kishi bor edi. U to’qson to’qqizta kishini o’ldirgan edi. Bir kuni u er yuzida eng ilmli kishi kim, deb surishtirib qolipti. Unga bir uzlatda ibodat qiladigan rohibni ko’rsatibdilar. U rohibning oldiga borib, o’zining qissasini aytib berdi va: “Men tavba qilsam, tavbam qabul bo’ladimi?” – deb so’radi. Rohib: “Yo’q, sen juda ko’p gunoh qilibsan, tavbang qabul bo’lishidan umid yo’q”, – dedi. Rohibning so’zlaridan achchiqlanib ketib, uni ham o’ldiribti-da, maqtullar sonini yuztaga etkazibdi. Keyin yana er yuzidagi eng ilmli kishi kim, deb surishtira boshlabdi.

Unga bir olimni ko’rsatibdilar. Olimning ham oldiga borib, qissasini aytibdida: “Tavba qilsam bo’ladimi?” – deb so’rabdi. Olim: “Ha! Seni tavbadan nima to’sadi? Tavba qil! Lekin sen yashaydigan er nomaqul er ekan. Shuning uchun u erdan falon erga ko’chib ket. Chunki u erda Allohga ibodat qiladigan odamlar ko’p, ular bilan birga Allohga ibodat qilasan. O’z yurtinga qayta ko’rma, yurting yomon er ekan”, – debdi.

Savol so’ragan kishi javobdan xursand bo’libdi. Darhol olimning so’zini bajarishga kirishibdi – yashagan yurtidan bosh olib, olim aytgan tomonga otlanibdi. Yarim yo’lga etganda ajali etib, olamdan o’tibdi. Jonini olgan kelgan rahmat farishtalari bilan azob farishtalari tortishib qolibdilar. Rahmat farishtalari: “U sidqidildan tavba qilib, qalbi bilan Allohga yuzlanib kelayotgan edi,” – derdilar. Azob farishtalari esa: “U hech qachon yaxshilik qilmagan,” – dedilar.

Ularning oldiga odam suratida bir farishta kelibdi. Alloh taolo bu farishtani ularga haq hukm bilan ajrim qilmoq uchun yuborgan ekan. Farishtalar uni o’zlari o’rtalarida hukm chiqaruvchi hakam bo’lishini so’radilar. Odam suratidagi farishta: “Ikki erning oralig’ini o’lchab ko’ringlar, qay biriga yaqin bo’lsa, o’sha er ahlidan bo’ladi”, – deb ajrim qildi. O’lchab ko’rishdi. U borishni maqsad qilgan qishloqqa yaqinroq ekan. Shunda uning jonini rahmat farishtalari olib ketdilar. (Muslim rivoyati).

Яна маълумот

moloko-1024x768

Yangi tug’ilgan chaqaloqni ko’krakdan boqish

Yangi tug’ilgan sog’lom chaqaloqni kqkrakdan boqishni u tug’ulgandan sung dastlabki 30 minut ichida boshlagan makul. …