Home / Iqtisodiyot / Oltin andozasi (standarti) nima?

Oltin andozasi (standarti) nima?

Oltin andozasi (standarti) bu pul tizimi bo’lib, unda oltin umumiy ekvivalent rolini o’ynaydi va erkin zarb qilinadigan oltin tangalar yoki oltinga almashtiriladigan qiymat belgilari muomalada bo’ladi.

Oltin andozasi (standarti) quyidagi beshta iqtisodiy holatning namoyon bo’lishini anglatadi:

  1. Oltin tangalar muomalada bemalol harakatda bo’ladi.
  2. Pulning barcha vazifalarini oltin bajara oladi.
  3. Oltin tangalar erkin zarb etiladi.
  4. Qiymat belgilari oltinga bemalol almashtiriladi.
  5. Jismoniy shaxslar va davlatlar o’rtasida oltin cheklanmagan mivdorda harakat qila oladi.

1976 yil 1 yanvardan boshlab Xalqaro valyuta fondi tomonidan oltinning qatiy belgilangan jahon bahosi bekor qilindi. Ungacha to’la qiymatga ega oltin tangalar haqiqiy muomalada bo’lar, qog’oz pullar chiqarish esa Markaziy bank yoki xaznnadagi markazlashtirilgan oltin zaxirasining mivdori bilan qonunan bog’lab qo’yllgan edi.

3d90ea8141f71e07d1029bf6ea12530bOltin andoza sharoitida pul muomalasini tartibga solish tizimi o’zining ancha kam harakatliligi va moslanuvchan emasligi bilan ajralib turar edi. Pul chikarish jarayoni mamlakat aholi va xo’jalik yurituvchi subektlarning pulga bo’lgan obektiv ehtiyoji bilan emas, mamlakatga nodir metallarning kelish yoki mamlakatdan chiqib ketishi bilan mexanik tarzda belgilanar edi.

Oltin standart mexanizmining amal qilishi xalq xo’jaligida pulning etishmasligini kuchaytirar edi, chunki tanglik davrida mamlakatdan oltinning chiqib ketishi pul emissiyasiga ehtiyoj eng yuqori nuqtaga chiqqan ayni vaqtda muqarrar suratda keskin qisqarishiga olib kelar edi.

Shunga qaramay, oltin andoza davridagi pul tizimi milliy pul birligining barqarorligini o’z-o’zidan taminlab turganligini qayd etish kerak. Bu barqarorlik quyidagicha taminlanar edi:

Oltin andoza oltinning barqaror va qatiy belgilab qo’yilgan narxini taqozo etadi. Agar pul belgilarining soni haddan tashqari ko’payib ketgan bo’lsa, biroq oltinning narxi belgilab qo’yilgan darajada qolaversa, mijozlar uchun «ortiqcha» pulga xazinadan nisbatan arzonlashgan oltinni sotib olish foydali edi va shu tariqa xazina ortiqcha pul belgilarini muomaladan chiqarib olar edi.

Aksincha, pul belgilarining soni haddan tashqari kamayib, ular normal xo’jalik oboroti uchun etarli bo’lmay qolganida oltinning narxi oshar va odamlar xazinaga o’zlarining qimmatlashgan oltinlarini sotar edilar.

1976-1978 yillarda Yamaykada to’rtinchi jahon valyuta tizimini yuzaga keltirish maqsadida o’tkazilgan davlatlararo kelishuvga asosan oltinni demonetizasiya qilish, yani uning pulning barcha vazifalarini bajarishdan mahrum etishga qaror qilindi. Uning o’rnini Markaziy banklarning pul siyosati tamoyillariga asoslangan murakkab va ko’p bosqichli «pulni boshqarish» tizimi egalladi.

«Uzbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi qonunning 40-moddasida valyutani tartibga solish xususida quyidagilar yozilgan.

Markaziy bank valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish davlat organidir. Markaziy bank:

  • O’zbekiston Respublikasi xududida barcha shaxslar uchun majburiy bo’lgan valyutani nazorat qilishga doir normativ hujjatlar chiqaradi;
  • banklar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga chet el valyutasida operasiyalar o’tkazish uchun lisenziyalar beradi va lisenziyalarni qaytarib oladi, ularning faoliyatini nazorat qiladi va tartibga solib boradi;
  • banklar uchun ochiq valyuta mavqei limitlarini va boshka iqtisodiy normativlarni belgilaydi;
  • mipliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini aniklash tartibini belgilaydi;
  • O’zbekiston Respublikasining xalqaro rezervlarini tasarruf etadi va boshqaradi.

Markaziy bank o’z nomidan yoki hukumat topshirig’iga ko’ra O’zbekiston Respublikasi nomidan chet elda joylashgan kliring (tovarlar, qimmatli qog’ozlar, xizmatlar uchun o’zaro majburiyat talablarini, yani bir-biriga beradigan pullarni hisobga olish bilan naqd pulsiz hisob-kitob qilish tizimi) muassasalari bilan kliring hamda to’lov bitimlari, shuningdek, har qanday shartnomalar tuzishga haqlidir (41-modda).

Markaziy bank o’zining balans hisobvaraqlarida O’zbekiston Respublikasining xalqaro rezervlarini shakllantiradi. Bu rezervlar quyidagilarni:

  • oltin va boshqa qimmatbaho metallarni;
  • nakd chet el valyutasini;
  • chet el banklarida, xalqaro moliya tashkilotlarida hisobvaraqlar va depozitlarda bo’lgan chet el valyutasi qoldiqlarini;
  • chet el hukumatlari, banklari va xalqaro moliya tashkilotlari chiqargan yoki kafolatlagan chet el valyutasidagi qimmatli qog’ozlarni o’z ichigaoladi.

Markaziy bank O’zbekiston Respublikasi hududi va uning tashqarisida O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga hamda xalqaro amaliyotga muvofiq chet el valyutasidagi operasiyalarni amalga oshirishga xaqlidir (43-modda).

Яна маълумот

909

Bank foizi va undan foydalanish mexanizmi

Suda foizi vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun to’lanadigan o’ziga xos to’lovdir. Uning to’lovchisi ham, …