Home / Madaniyat / Mussavir Farishtalar

Mussavir Farishtalar

Ayrim farishtalar ona qornidagi homilaga muvakkaldir. Ona qornidagi homila to’rt oylik bo’lganda Alloh taolo bir farishtani yuboradi va chaqaloqning rizqi, umri, qiladigan amali va saodatmand yoki badbaxt ekanini yozishga buyuradi. Alloh taolo ayrim farishtalarni inson yaratiladigan nutfaga, ona qornidagi embrionga surat berib, unga ruh puflab kirgazmoqlikka muvakkal qilgan.

angels

Mana shu xaqida Abdulloh ibnu Masud roziyallohu anhu- aytadilar: “Haqiqiy baxtsiz kimsa onasining qornida baxtsiz, deb bitib qo’yilgan kimsadir, Chin baxtli inson esa boshqalarning holatidan saboq chiqarib yurgan kishidir”. Bu gapni eshitgan kishilardan biri bir sahobadan so’radi: – “Kishi hech qanday amal qilmay turib, qanday baxtsiz bo’ladi?” Sahobiy unga dedi: – “Bundan ajablanma! Chunki men Rosululloh sallallohu alayhi vasallam-dan ushbu hadisni eshitganman: «Agar nutfa qirq ikki kunlik bo’lsa, Alloh unga (nutfaga) bir farishtani yuboradi.

Bu farishta nutfaga shakl beradi, qulog’i, ko’zi, terisi va suyaklarini yaratadi. Keyin: “Ey robbim, o’g’ilmi yo  qizmi?” – deydi. Robbingiz xohlaganini xukm qiladi va farishta uni yozadi. Keyin farishta: “Ey robbim, ajali (qachon etadi)?” – deydi. Robbingiz xohlagini xukm qiladi, farishta esa uni yozadi. Keyin farishta: “Ey robbim, rizqi (qancha):” – deydi. Robbingiz xohlaganini hukm qiladi va farishta esa yozadi. Keyin farishta qo’lida varaq bilan chiqadi. Bunga ziyoda ham qilinmaydi va bundan kamaytirilmaydi ham». ( Muslim rivoyat qilgan).

Яна маълумот

moloko-1024x768

Yangi tug’ilgan chaqaloqni ko’krakdan boqish

Yangi tug’ilgan sog’lom chaqaloqni kqkrakdan boqishni u tug’ulgandan sung dastlabki 30 minut ichida boshlagan makul. …