Home / Iqtisodiyot / Mikrokreditlash uzi bu nima?

Mikrokreditlash uzi bu nima?

Bugungi kunda Respublikamiz bank tizimi tadbirkorlik tuzilmalarining moliyaviy resurslaridan unumli foydalanishiga xizmat qiluvchi amaliy mexanizmini shakllantirishga alohida etibor qaratmokda. Byudjetdan tashqari fondlarning mablag’lari hisobidan kreditlar berish tartibi anchagina soddalashtirildi va bunday mablag’lar bugungi kunda yakka tadbirkorlarga ham ajratilmoqda. Bu tartib tadbirkorlikni endigina boshlayotganlarga mikrokreditlar berish to’g’risidagi yangi koidalar bilan to’ldirildi.

2-1

Mikrokredit deganda kredit beriladigan kundagi birjadan tashqari valyuta bozori kursi hisobida 5000 (besh ming) AQSh dollariga ekvivalent mikdoridan oshmaydigan hajmda milliy yoki chet el valyutasida beriladigan kreditlar tushuniladi.

Mikrokreditlash bilan, odatda, jahon tajribasida kredit uyushmalari yoki jamiyatlari, bank hisoblanmagan tashkilotlar shugullanadi. Markaziy bank boshqa mamlakatlardagi tajribalarni o’rganib chiqib, manfaatdor idoralar bilan birgalikda «Kredit kooperativlari to’g’risida»gi Qonun loyihasini (2000 yil yanvar) ishlab chikdi. Bu loyiha hozirgi paytda xalqaro ekspertlar tomonidan ko’rib chiqilmokda.

Markaziy bank yangi qonun qabul qilingunga qadar va vaqtdan yutish maqsadida «Tijorat banklari tomonidan kichik va o’rta biznes subektlari, dehqon va fermer xo’jaliklari, yakka tartibdagi tadbirkorlarni barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan milliy va chet el valyutasida mikrokreditlash tartibi» ni ishlab chiqdi. Ushbu tartibning 1,4 bandida: «Mikrokreditlar faqat O’zbekiston Respublikasi rezidentlarigaginaberiladi»,deyilgan.

Tijorat banklari mikrokreditlarni qarz oluvchilarga shartnoma asosida 3 yilgacha bo’lgan muddatga beradilar. Kreditlar mijozning talab qilib olinadigan depozit xisob raqami joylashgan manzil bo’yicha beriladi.

Mikrokreditlarning 50 foizigacha mikdori, 1,5 yil (18 oy) gacha bo’lgan muddatda qaytarish sharti bilan nakd pulda berilishi mumkin.

Banklarga o’z daromadlari hisobidan maxsus mikrokreditlash jamg’armasini tashkil qilish tavsiya etiladi.   ’

Mikrokreditlar qarz oluvchilarga quyidagi maqsadlar uchun beriladi:

  • kichik(mini) uskunalarni xarid kilish;
  • xususiy ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirish, shu jumladan, urug’lik, chorva mollari, yosh chorva mollari, parranda, em-xashak va omuxta em, veterinariya dori-darmonlari, o’simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalari va mineral o’gitlarni sotib olish;
  • xom ashyo va materiallarga birlamchi ishlov berish;
  • mehnat qurollari, xom ashyo, yarim tayyor maxsulotlar va yordamchi ashyolarni xarid qilish;
  • xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanati buyumlarini ishlab chiqarish;
  • hunarmandchilikni rivojlantirish, uy mehnati (kasanachilik) ni tashkil qilish;
  • servis xizmati va maishiy xizmat ko’rsatishni rivojlantirish;
  • sog’liqni saqlashni rivojlantirish;
  • sayyohlik (turizm) sohasini rivojlantirish;
  • kichik ko’lamdagi ishlab chiqarishlarni tashkil qilish;
  • O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan xalq istemoli mollarini ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasi bilan bog’liq tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari.

Mikrokreditlar quyidagi maqsadlarga berilishi mumkin emas:

  • ilgari olingan kreditlarni yoki boshqa xar qanday qarzlarni qoplash;
  • tamakichilik va spirtli ichimliklarni ishlab chiqarish;
  • savdo-vositachilik faoliyatini amalga oshirish;
  • foydalanilmaydigan shaxsiy mulkni ishlab chiqarish maqsadlarida xarid qilish.

Mikrokreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkalari miqdori qarz oluvchi va bank o’rtasidagi o’zaro kelishuvga ko’ra kredit shartnomasi asosida, ammo Markaziy bank tomonidan rasmen o’rnatilgan qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo’lmagan mikdorda belgilanadi.

qarzga va foizga olish uchun mikrokredit

Respublikamizda iqtisodiy o’sishni taminlash, yangi ish o’rinlarini yaratish maqsadida mikrokreditlarga keng etibor qaratilmoqda.

2006 yilda maxsus “Mikrokreditbank” tashkil etildi. 20072008 yillarda ushbu bank aktivlari mikdori 3.5 barobar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash hajmi 4 barobarga oshdi va bu maqsadlarga 150 mlrd so’mdan ortiq mablag’ yo’naltirildi.

Prezident Farmoni asosida “Mikrokreditbank” ustav jamg’armasi 72 mlrd so’mga oshirish va uning hajmini 150 milliard so’mga etkazish haqida qaror qabul qilindi.

Prezidentning 2008 yil 10 noyabrdagi PF-4051 sonli Farmoniga asosan Mikrokreditbank foiz stavkalari boshlang’ich sarmoyani tashkil etishga 5 foizdan 3 foizga, aylanma mablaglarni to’ldirish uchun 14 foizdan 7 foizga va mikrolizing xizmatlari uchun 7 foizdan 5 foizgacha tushirildi

Maxsus mikrokreditlash jamgarmasi mablaglari hisobidan beriladigan mikrokreditlar bo’yicha imtiyozli foiz stavkalarini belgilash tavsiya etiladi.

  • Mikrokredit olish uchun yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko’rsatayottan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo’jaliklari tomonidan bankka quyidagi xujjatlar taqdim etiladi:
  • so’ralayotgan mikrokredit miqdori ko’rsatilgan kredit arizasi;
  • kreditni qaysi maqsadga ishlatilishi ko’rsatilgan biznesreja.

Bundan tashqari, yakka tartibdagi tadbirkor yoki dehqon xo’jaligi boshlig’i o’z pasportini shaxsan ko’rsatadi va pasport nusxasi kredit yig’majildiga tikib qo’yiladi.

Kreditning qaytarilmay qolish xavfining oldini olish maqsadida qarz oluvchi bankka quyidagi taminot turlaridan birini taqdim etish huquqiga ega:

  • mulk yoki qimmatli qog’ozlar garovi;
  • bank yoki sug’urta tashkiloti kafolati;
  • uchinchi shaxsning kafilligi;
  • sug’urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmaslik xatarini sugurta qilingani to’g’risidagi sug’urta polisi;
  • fuqarolar yig’inlarining mahalla, qishloq, ovul kengashlari kafilligi.

Banklar, o’zlari bilan doimiy aloqaga ega, bank hisob raqamida muntazam pul oqimi mavjud bo’lgan, yaxshi obro’ va kredit tarixiga ega qarz oluvchilarga blankli (ishonchli) mikrokredit berish huquqiga egadirlar.

Mikrokreditlarning qaytarilish taminoti shakllarndan biri sifatida mol-mulk garovi xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasining «Garov to’g’risidalgi Qonuniga muvofiq, muomaladan chiqarilgan buyumlardan tashqari, har qanday mulk, shu jumladan, buyumlar va mulkiy huquqlar (talablar), qimmatbaho buyumlar, zargarlik buyumlari, erkin ayirboshlanadigan valyuta va boshqalar garov predmeti bo’lishi mumkin.

Kredit hisobiga sotib olingan mulk, uning qiymatining 80 foizi miqdorida mazkur kredit bo’yicha garov predmeti bo’lib xizmat qilishi mumkin.

Kafillik bank-benefisiar foydasiga qarz oluvchi va kafil o’rtasida tuziladigan yozma shakldagi kafillik shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Fuqarolar yig’inining mahalla, qishloq, ovul Kengashi, kafillik shartnomasiga muvofiq, qarz oluvchining majburiyatlari bo’yicha o’z mulki bilan javob beradi.

Kredit so’rab berilgan arizaning bankka kelib tushgan kundan boshlab, ushbu ariza bo’yicha bank tomonidan xulosa berish muddati 5 ish kunidan oshmaydi.

Kredit shartnomasi tuzilganidan so’ng kredit bo’limi xodimi, muddati va foiz stavkasini ko’rsatgan holda, ssuda hisob raqamini ochish to’g’risida buxgalteriyaga ko’rsatma beradi.

Mikrokredit berish to’grisida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab qarz oluvchiga kredit varaqachasi ochiladi va uning yordamida kredit ustidan nazorat amalga oshiriladi.

Kredit mijozning talab qilib olinguncha depozit hisob raqami joylashgan manzili bo’yicha beriladi. Kreditlar alohida ssuda hisob raqamini ochish va ushbu hisob raqamidan qarz oluvchining to’lov topshiriqnomalari asosida moddiy-tovar boyliklar uchun naqd pulsiz o’tkazish yo’li bilan yoki mikrokreditning 50 foizgacha mikdorida naqd pul shaklida, pul cheklarini to’lash yo’li bilan beriladi.

Nakd pul shaklida berilgan mikrokreditlarni qaytarish va ularning foizlarini to’lash majburiy tarzda bank kassasiga naqd pul topshirish yo’li bilan amalga oshiriladi.

Yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko’rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo’jaliklariga berilgan mikrokreditlar kredit ajratish muddatiga qarab mos ravishda 12601 «Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli ssudalar» va 13801 «Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan o’rta muddatli ssudalar» balans hisob raqamlarida hisobga olinadi.

Alohida ssuda hisob raqamlari bo’yicha berilgan mikrokreditlar bo’yicha kredit bo’limi xodimining farmoyishiga ko’ra muddatli majburiyatnomalar rasmiylashtiriladi va ular kreditlash muddatlariga qarab, to’la qaytarilguniga qadar 91901 «Qarz oluvchilarning qisqa muddatli ssudalar bo’yicha majburiyatlari» va 91903 «Qarz oluvchilarning o’rta muddatli ssudalar bo’yicha majburiyatlari» nomli, ko’zda tutilmagan sharoitlar hisob raqamlarida hisobga olinadi. Qaytarish muddatlari pul oqimining kelib tushish istiqboliga qarab, bir necha bosqichda qoplashni ko’zda tutuvchi jadval shaklida takdim etilishi mumkin.

Qaytarish muddati etib kelganda va qarz oluvchining pul mablag’lari mavjud bo’lmagan taqdirda, kredit muddati o’tgan ssudalar hisob raqami orqali undirib olishga takdim etiladi, u bo’yicha muddatli majburiyatnomalar esa 2-kartotekaga joylashtiriladi.

Tijorat banklari kreditdan foydalanishning butun muddati davomida doimiy monitoring amalga oshiriladi va u qarz oluvchi tomonidan uning loyihasi va kredit shartnomasi shartlarining amalga oshirilishiga har tomonlama ko’maklashishga qaratilgan bo’lishi lozim.

Monitoring jarayonida bankka berilgan garov holati va kreditdan samarali hamda maqsadli foydalanish bo’yicha joylarga borib tekshiruvlar o’tkazib turiladi. Berilgan kreditdan boshqa maqsadda foydalanganlik holati aniqlanganda, bank kredit shartnomasida berilgan tartibda, kreditning maqsadga nomuvofiq ishlatilgan qismini qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisob raqamidan muddatdan oldin undirib olish huquqiga ega.

Qarz oluvchi tomonidan asosiy qarzni va unga hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida kelishilgan muddatda qaytarilmasa, bank Fuqarolik kodeksining 280-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq mustaqil ravishda, sudga murojaat qilmasdan, garov predmetini tasarruf qilish huquqiga ega bo’ladi.

Tijorat banklari o’z Nizomlariga va valyuta operasiyalarini amalga oshirish uchun ularga O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan lisenziyada ko’rsatilgan huquqlarga muvofiq ravishda faqat o’z ishlab chiqarish faoliyati uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, xom ashyo va butlovchi qismlarni import yo’li bilan xarid qilish uchun chet el valyutasida mikrokreditlar berishlari mumkin.

Tijorat banklari tomonidan chet el valyutasidagi mikrokreditlar o’z kredit resurslari va chetdan jalb qilingan kredit mablag’lari, shu jumladan, xorijiy banklarning kredit liniyalari hisobidan amalga oshiriladi.

Chet el valyutasidagi mikrokreditlar banklar bilan qarz oluvchilar o’rtasida tuziladigan kredit shartnomalaridan belgilanadigan tijorat shartlari asosida naqdsiz shaklda beriladi.

Chet el valyutasida berilgan kreditlar bo’yicha foizlarning to’lovi, to’lov sanasidagi birjadan tashqari valyuta bozori kursi bo’yicha milliy valyutada amalga oshiriladi. Asosiy qarz.chi to’lash chet el valyutasida amalga oshiriladi, qarzdorning chet el valyutasidagi hisob raqamida mablag’ mavjud bo’lmagan takdirda to’lov sanasidagi birjadan tashqari valyuta bozori kursi bo’yicha milliy valyutada to’lanishi mumkin.

Яна маълумот

909

Bank foizi va undan foydalanish mexanizmi

Suda foizi vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun to’lanadigan o’ziga xos to’lovdir. Uning to’lovchisi ham, …