Home / Iqtisodiyot / Mijozning kredit olishga layoqatliligini belgilovchi mezonlar

Mijozning kredit olishga layoqatliligini belgilovchi mezonlar

Mijozning kreditga layoqatliligi deganda qarz oluvchining olgan qarzini (asosiy qarzi va uning foizini) to’la va o’z vaqtida qaytara olish qobiliyatini tushunamiz. Jahon va mamlakatimiz bank amaliyotida mijozning kreditga layoqatliligini belgilovchi quyidagi mezonlar o’rnatilgan:

  • mijoz xarakteri (fel-atvori);
  • mablagni qarz olish qobiliyati;
  • joriy faoliyat davomida qarzni uzish uchun mablag’ ishlab topish qobiliyati;
  • mijoz kapitali;
  • kreditningtaminlanganligi;
  • kredit operasiyasini bajarish chog’idagi sharoitlar;
  • qarz oluvchi faoliyatining qonuniy jihatlarini nazorat qilish darajasi.

Mijozning fel-atvori deganda uning yuridik shaxs, yoxud menejer sifatida o’zini ko’rsata olish, qarzni o’z vaqtida qoplashdagi masuliyati, kreditni olishdan maqsad va uning bank kredit siyosatiga mosligini aniq bilishi kabilar tushuniladi. Yuridik shaxs sifatida o’zini ko’rsata olishi esa mijozning yuritayotgan faoliyatini mukammal bilishi, o’z korxonasidagi iqtisodiy ko’rsatkichlarning mazkur tarmoqning o’rtacha ko’rsatkichlariga mos kelishi, ishbilarmonlar (ishlab chiqaruvchilar va etkazib beruvchilar, kreditorlar) doirasidagi bilimdonligi kabilar bilan belgilanadi.

Menejer sifatida o’zini ko’rsata olishi mijozning quyidagi jihatlarida namoyon bo’ladi:

  • o’z kasbini mukammal bilishi (malumoti, ish tajribasi);
  • axloqi;
  • shaxsiy va oilaviy moliyaviy holati;
  • bank bilan rahbarlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlardagi o’rni.

Mijozning qarz olish qobiliyati uning kredit olish bo’yicha buyurtmaga va kredit shartnomasiga imzo qo’yish huquqiga yoki vakolatiga ega ekanligi, o’zaro kelishuv va bitimlarni tuzish yoshiga etganligida namoyon bo’ladi.

Mijoz kapitalini baholashda quyidagi ikkita mezonga etibor beriladi:

  • ustav fondining minimal darajasiga (aksioner kapitaliga) nisbatan qo’yiladigan talabga mijoz kapitalining javob bera olishi, uning etarliligi va moliyaviy leveraj koeffisientlari darajalari;
  • kreditlanayotgan operasiyaga o’z kapitalini qo’yish darajasi. Bu ko’rsatkich bank bilan qarz oluvchi o’rtasida riskning taqsimoti to’g’risida dalolat beradi.

Uz kapital qanchalik ko’p qo’yilsa, shunchalik qarz oluvchini kredit riski omillarini sinchkovlik bilan kuzatishga majbur etadi.

Kreditning taminlanganligi deganda qarz oluvchi aktivining qiymati va qarzni uzish bo’yicha aniq ikkilamchi manbalar (garov, kafolat, sug’urta kabilar)ning kredit shartnomasida o’z aksini topganini tushunamiz. Agar aktiv qiymati va qarz majburiyatlarining nisbati qarz oluvchi bankrot bo’lganligi to’g’risida xabar qilgan holda bank ssudasini uzish uchun ahamiyatli bo’lsa, aniq ikkilamchi manbalarning sifati esa moliyaviy tanglik holatida mijozning o’z majburiyatlarini bajarish kafolatini taminlaydi. Garov sifati, kafolatning puxtaligi, sug’urta ham bank mijozlari va pul oqimi kamayib ketganda, bank balansida likvidlik muammosi tug’ilganda yoki kapitalning taqchilligi sezilgan hollarda o’ta muhimdir.

Kredit operasiyasini bajarish chog’idagi sharoitlarga mamlakatdagi va uning mintaqalaridagi, shuningdek, tarmoqdagi iqtisodiy holat va siyosiy omillar kiradi. Bu sharoitlar bankning tashqi riski darajasini belgilaydi. Aynan shularga asoslanib pul oqimi, balansning likvidligi, kapitalning etarlilik darajasi, qarz oluvchining menejerlik mahorati kabilarga baho beriladi.

Nihoyat, mijozning kreditga layoqatliligini belgilovchi so’nggi mezoni, yani qarz oluvchi faoliyatining qonuniy jihatlarini nazorat qilish darajasi bankirni quyidagi savollarga javob olishga undaydi:

  • qarz oluvchining kredit olishi va kredit tadbirlarini amalga oshirishi uchun huquqiy va meyoriy asoslari mavjudmi?
  • qonunchilikda kutiladigan ehtimoliy o’zgarishlar (masalan, soliqda) qarz oluvchining faoliyati natijalariga qanchalik tasir o’tkazadi?
  • qarz oluvchining ssuda, kredit olishi bo’yicha tuzgan biznesrejasida, shartnomada ko’rsatgan talabnomasi qanchalik darajada kredit siyosatiga mos keladi?

Qayd etilgan mezonlar mijozning kreditga layoqatliligi va uning mohiyatini baholash usullarini aniqlashga yordam beradi. Bunday usullar qatoriga quyidagilar kiradi:

  • riskni baholash;
  • menejmentni baholash;
  • moliyaviy koeffisientlar asosida mijozning moliyaviy barqarorlik darajasini baholash;
  • pul oqimini tahlil qilish;
  • mijoz to’g’risida malumotlar yig’ish;
  • mijozning ish faoliyatini kuzatish va h.k.

Garchi baholash usullari va mezonlar yagona tarzda qo’llanilsada, yuridik va jismoniy shaxslarning kreditg’a layoqatliligini tahlil qilishda ularning kichik, o’rta va yirik ekanliklariga alohida etibor beriladi. Shunga binoan u yoki bu usullarni kompleks holda qo’llash zaruriyati tug’iladi.

Jahon va mamlakatimiz bank amaliyotida mijozning kreditga layoqatliligini baholashda bir qator moliyaviy koeffisientlar qo’llaniladi. U yoki bu koeffisientni qo’llash mazkur bank mijozlarining fel-atvori, moliyaviy tanglikka duch kelishidagi extimollik darajasi, bankning kredit siyosati kabilarga bog’liq. Shu nuqtai nazardan barcha moliyaviy koeffisientlarni quyidagi besh guruhga bo’lish mumkin:

  1. Likvidlik koeffisientlari;
  2. Samaradorlik yoki aylanuvchanlik koeffisientlari;

Moliyaviy leveraj koeffisientlari;

  1. Rentabellik(foydalilik) koeffisientlari;
  2. Qarzni qoplashni tavsiflovchi koeffisientlari.

Qayd qilingan barcha moliyaviy koeffisientlar mazkur yoki istiqbol rejalari malumotlariga asoslanib hisoblanishi mumkin. Barqaror iqtisodiyot yoki mijozning holatidagi barqarorlikning davomiyliligiga qarab qarz oluvchining kreditga layoqatliligini aniqlash oldingi yilgi malumotlar asosida ham amzlga oshirilishi mumkin. Xorijiy davlatlar amaliyotida odatda so’nggi uch yil malumotlari asosida kreditga layoqatlilik darajasi aniqlanadi. Bunda koeffisientlar o’rtacha bir yil uchun hisoblanadi. Ularni xisoblashda oborot mablag’lari qoldig’i, debitorlik va kreditorlik qarzlari, kassadagi va hisob raqamlaridagi mablag’lar, aksionerlik kapitali miqdori (ustav fondi). o’z kapitali va h.k. lar asos qilib olinadi.

 Kreditga layoqatlilikni baholash korxonaning mol etkazib beruvchilar, xaridorlar va banklar bilan o’zaro munosabatlarni o’rnatishlari uchun juda katta ahamiyatga ega. Zero, ijobiy kreditga layoqatlilik ko’rsatkichiga ega bo’lgan korxonalar hech qanday to’siqlarsiz kredit olishlari va uning hisobidan tovar-moddiy boyliklarni sotib olishi, salmoqli mablag’larni ishlab chiqarishni rivojlantirishga, oldindan olingan kreditlar bo’yicha qarzlarni to’lashga yo’naltirishlari mumkin.

Salbiy kreditga layoqatlilik ko’rsatkichiga ega bo’lgan korxonalar bankdan kredit olmasa-da, o’z moliyaviy ahvolini yaxshilash, ishlab chiqarish, sotuv xajmini, o’z mablaglari mikdorini, rentabellik ko’rsatkichlarini oshirish bo’yicha choralar ishlab chiqish lozimligi to’g’risida axborotga ega bo’ladilar.

Kreditga layoqatlilikni tahlil qilishda malumotlarning har xil manbalaridan foydalaniladi:

  • bevosita mijozlardan olingan materiallar;
  • mijoz haqida bank arxivida mavjud bo’lgan materiallar;
  • mijoz bilan ish yuzasidan aloqada bo’lgan shaxslar (uning mol etkazib beruvchilari, kreditorlari, uning mijozlari, banklar va boshqalar) tomonidan berilgan malumotlar;
  • shaxsiy va davlat agentliklari va tashkilotlarining hisobotlari va materiallari (kreditga layoqatlilik haqidagi hisobotlari, investisiya bo’yicha malumotlar va boshqalar). Ammo bunday tashkilotlar hozirgacha bizning amaliyotimizda yo’q (Markaziy bank qoshidagi KAMP dan tashqari).

Bank tomonidan o’rganib chiqilgan materiallarni olgan kredit bo’limining ekspertlari o’z bank arxiviga murojaat qiladi. Agar mijoz oldin ham kredit olgan bo’lsa, arxivda uning kechiktirib to’langanligi va boshka kamchiliklari haqidagi malumotlar bo’ladi. Undan tashqari, bank boshqa kredit tashkilotlari bilan aloqa o’rnatib, ushbu qarzdor to’g’risida malumot olishi mumkin.

Kreditga layoqatlilikni baholashda quyidagi sifat jihatlarga ham etibor beriladi:

  • qarz oluvchining reputasiyasini o’rganib chiqish;
  • kredit maqsadini aniqlash;
  • asosiy qarz va foizlarning qaysi manbalar hisobidan qoplanishini aniqlash;
  • bank qisman o’z bo’yniga oladigan qarz oluvchining risklarini baholash.

Qarz oluvchining reputasiyasi (obro’, shuhrat, dongi) sinchkovlik bilan tekshiriladi, bunda mijozning kredit tarixini o’rganib chiqish juda muximdir. Korxona rahbarining shaxsiy va ish bilan bog’liqbo’lgan xislatlariga katta etibor beriladi.

AQShda potensial qarz oluvchining kreditga layoqatliligini aniqlash uchun, o’z navbatida, kredit riskini minimallashtirish uchun, yuqorida takidlab o’tganimizdek, (277-betg’a qarang) 5 «S» nomli usul foydalaniladi. Bu usul quyidagi jihatlarga asoslanadi:

  • mijozning reputasiyasi (obro’si, shuhrati va dong’i) kustomer charakter;
  • to’lov qobiliyati kapakity to rau;
  • kapital kapital;
  • ssudaning taminlanganligi kollateral;
  • iqtisodiy konyunktura va uning istiqbollari kurrent business konditions and goodwill.

Bu usulga binoan mijozning obro’si, masuliyat darajasi, qarzni to’lashga bo’lgan istagi va tayyorgarligi tekshiriladi. Dastavval bank mijozning: o’tmishda o’z majburiyatlariga qanday munosabatda bo’lganligi, qarzlarni to’lashda kamchiliklar bo’lganligi, kreditlanuvchi subektning iqtisodda, bozorda qanday mavqega ega ekanligini tekshiradi. Bunda bank qarzdor bilan suhbat olib boradi, arxivdan mijoz to’g’risida materiallarni olib tahlil qiladi, boshqa firma va banklar bilan maslahatlashadi va h.k.

Bank mijozning kreditga layoqatliligini baholashda ular mablag’larining uch manbasini chuqur o’rganib chiqadi. Bular:

  • joriy kassatushumlari;
  • aktivlarni sotish;
  • moliyalashtirishning boshqa manbalari (aytaylik, pul bozoridagi qarzlar).

Bulardan tashqari, bank asosiy eyuibirini boshqa omillarga ham, xususan, firmalarning aksionerlik kapitaliga, uning tuzilishiga, aktiv va passivlarning boshqa moddalariga bo’lgan nisbatiga hamda qarzning taminlanishiga, uning etarlilik darajasiga, sifatiga va qarzni to’lamaslik holda garovni sotish darajasiga qaratadi.

Buyuk Britaniyada ham «Parts» nomli qarz oluvchining kreditga layoqatliligini tahlil qilish usuli keng tarqalgan bo’lib, unda:

  • kreditning maqsadi purpose;
  • ssudaning hajmi amount;
  • qarzni to’lash repayment;
  • muddati term;
  • ssudaning taminlanganligi sekurity kabilar tahlil qilinadi.

Baholash so’ngida umumiy shart-sharoitlarga, xususan, davlatdagi ishbilarmonlik sohasidagi iqlim, bank bilan qarzdorlar holatiga tasir etuvchi omillar, mamlakatdagi iqtisodiy holat, monand tovarlar bo’yicha ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobatning mavjudligi, soliqlar, xom ashyoga bo’lgan narx-navolar va boshqa jihatlarga ham etibor beriladi.

Qarz oluvchining likvidligi deganda uning pul majburiyatlarini o’z vaqtida bajara olish qobiliyati tushuniladi. Likvid mablaglar o’zining pulga tez aylanishi darajasiga qarab uch guruhga bo’linadi (44-jadval).

Agar mijozning likvid aktivlari uning qisqa muddatli majburiyatlaridan 2 baravar va undan ortiq bo’lsa, mijoz moliyaviy jihatdan barqaror hisoblanadi (44-jadvalga qarang).

 

Mijoz balans va boshqa moliyaviy hujjatlarga asosan kreditga layoqatlilikning quyidagi ko’rsatkichlarini hisoblash mumkin:

1 va 2 guruh likvid mablaglar____________

Qisqa muddatli karz majburiyatlari

Likvidlik koeffisienti qarz oluvchi o’z mablag’lari hisobidan qarzning qancha qismini to’lay olish qobiliyatini ko’rsatadi, yani bu koeffisientdan mijozning yaqin kelajakda tezkor ravishda bank qarzini to’lab borish qobiliyatini prognoz qilish uchun foydalaniladi. Likvidlik koeffisienti qancha yuqori bo’lsa, kreditg’a layoqatlilik shuncha yuqori bo’ladi.

Qoplash koeffisienti (KKT) barcha likvid mablag’larining yigindisini qisqa muddatli qarz majburiyatlariga bo’lish yordamida hisoblanadi:

1, 2 va 3 guruh likvid mablag’lar
Qisqa muddatli qarz majburiyatlari

Qoplash koeffisienti mijozning qisqa muddatli majburiyatlarini to’lash uchun barcha turdagi aylanma mablag’larning etarli darajasini aniqlashga imkon beradi.

Aylanma mablag’larning aylanish koeffisienti (Kdmd) joriy aktivlarning aylanish tezligini aniqlash maqsadida hisoblanadi. U muayyan davr ichida aylanma mablag’larning necha marta aylanganligini ifodalaydi:

Яна маълумот

909

Bank foizi va undan foydalanish mexanizmi

Suda foizi vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun to’lanadigan o’ziga xos to’lovdir. Uning to’lovchisi ham, …