Home / Iqtisodiyot / Markaziy bankning pul tizimi va pul muomalasini tashkil etishdagi hamda valyutani tartibga solishdagi roli

Markaziy bankning pul tizimi va pul muomalasini tashkil etishdagi hamda valyutani tartibga solishdagi roli

«O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida» gi qonunning 32-moddasida pul tizimi to’g’risida quyidagicha yozilgan:

«O’zbekiston Respublikasining pul tizimi rasmiy pul birligini, pul muomalasini tashkil etilishini va uni tartibga solishni o’z ichiga oladi. O’zbekiston Respublikasining rasmiy pul birligi so’mdir. Bir so’m yuz tiyindan iborat. So’m O’zbekiston Respublikasida yagona, cheklanmagan va qonuniy to’lov vositasi hisoblanadi».

wahrung

Umuman, pul tizimi deganda gurli mamlakatlarda tarixan vu-judga kelgan va odatda qonun hujjatlari bilan mustahkamlab qo’yilgan pul muomalasining tashkiliy shakli tushuniladi.

Pul tizimini tavsiflovchi eng muhim tarkibiy qismlar quyidagilardan iborat:

Pul tizimining tarkibiy qismlari

Tovarlar va xizmatlar narxlaring’ ifodalovchi milliy pul birligi Naqd oborotda qonuniy to’lov vositasi vazifasini bajaruvchi kredit va qogoz pullar, mayda tangalar tizimi Pul emissiyasi tizimi, muomalaga pul chiqarish tartibi Pul muomalasi masalalarini tartibga soluvchi muassasalar

Muomaladagi pul turlariga qarab vaqt o’tishi bilan pul muomalasining ikki tizimi ajralib chiqadi:

  • Metall tangalarning muomalada bo’lish tizimi. Bunda pulning barcha vazifalarini bajaradigan to’laqonli oltin va kumush tangalar muomalada bo’ladi, qog’oz pullar esa pullarga birinchi talab bilanoq metall (tanga va quyma tarzdagi)ga aylantirilishi mumkin.
  • Oltinga almashtirilishi mumkin bo’lmagan kredit va qog’oz pullar muomalasi tizimi. Bunda oltinning o’zi muomaladan chiqarib yuborilgan bo’ladi.

Pul tizimi haqida gapirilar ekan, Tomas Grexem (XVI asrda yashagan angliyalik bankir) qonuni haqida eslatmasdan hech iloj yo’q. Bu qonunga ko’ra sanoat endigina paydo bo’lgan davrlardayoq pul «yomon» va «yaxshi» pullarga bo’lingan.

Ushbu qonunga muvofiq «yomon» pullar «yaxshi» pullarni chetga surib chiqaradi. Buning mohiyati shundaki, «yomon» pullar va rasmiy belgilangan kursga nisbatan bozor qiymati oshib boradigan pullar muomaladan chiqib ketadi. Ular shunchaki xususiy uylarda, bank seyflarida yashirib qo’yiladi yoki pinxoniy (xufiya) iqtisodiyotga o’tib ketadi va shu tariqa muomala muhitidan chetga chiqib qoladi.

XX asrda turli mamlakatlarda kundalik pul muomalasidan oltinni chetga chiqarib qo’ygan xilma-xil qog’oz banknotlar «yomon» pul rolini o’ynagan.

Metall pullar tarixan metall tangalar shaklida ikki ko’rinishda shakllangan (7-chizma).

Monometallizmda pul metali roli faqat bitta qimmatbaho metallga biriktirib qo’yiladi. Bimetallizmda esa bu vazifani ikki metall (oltin va kumush) bajaradi.

Qiymati yuqoriligi va ixchamligi tufayli oltin pul vazifasini bajarishga ko’proq mos keladi. Shu bois oltin monometalllizmi oxiroqibatda kumush monometallizmini va bimetallizmni siqib chiqaradi. XX asr oxiriga borib u ustuvor pul tizimiga aylanadi.

Shuni takidlab o’tish zarurki, pul muomalasida pul metali deb qabul qilingan metalldan tayyorlangan tangalar asosiy rolni o’ynadi: kumush monometallizmida kumush, oltin monometallizmida oltin. Bulardan tashqari muomalada mis chaqalar, shuningdek, qiymat belgilari kredit va qog’oz pullar xam mavjud bo’lgan.

Bimetallizm uzoq vakt saqlanib turdi. Masalan, AQSh da butun XIX asr mobaynida kumush bilan oltin o’rtasidagi rasmiy tenglik darajasi (paritet) bir unsiya oltin uchun 15-16 unsiya kumushni tashkil etib kelgan, lekin metallarning bozor kurslari ancha keng o’zgarib borgan. Bu esa doim ham oltin foydasiga bo’lavermagan. O’tgan asr oxiriga kelib kumush sekin-asta mayda tanga holatiga o’tib qoldi. 1933 yil AQShda bimetallizm tizimi butkul tugatildi.

O’sha davrda, o’tg’an asr oxiriga kelib, oltin ayniqsa katga ahamiyat kasb etdi. Oltin monometallizmi deb ataluvchi tizim yoki oltin tanga andozasi kapitalizmgacha malum bo’lgan barcha pul tizimlari orasida eng barqaror mavqeni egalladi. Birinchi jahon urushi oqibatida aksariyat davlatlarda bu tizim ham barham topdi. Shu urushda qatnashgan barcha mamlakatlarda (AQSh dan tashqari) banknotlarni oltinga almashtirish to’xtatildi, oltin tangalar muomaladan chiqib ketdi va ularning o’rnida qadrsizlanadigan qog’oz pullar paydo bo’ldi.

«Buyuk depressiya» nomi bilan tanilgan 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy tangligi pul tizimlarining yangi turi kredit va qog’oz pullar tizimining shakllanishiga asos soldi. Bu tizimning vujudga

1929-1933 yillardagi Buyuk delressiyaga kadar jaxonda oltkn andoza tizimi ustuvor zdi. Bu tizimga muvofiq kar bir pul tizimi u yoki bu ogirlnkdagi oltin bilan tamiklakgandi Mamlakatlar orasidagi tovar ayirboshlashda vujudga keladigan saldo (koldik) oltik transferi bilak tulakardi Chunki ayni shu metall jaxinda to’lov va jamgarish vositasi bo’lib xizmat knlardi.

Klassik banknotlarning ikki tomonlama kredit va metall bilan taminlanishi banknotlar muomalasining nisbatan barqaror va moslashuvchan bo’lishiga kafolat beradi. 30-yillardan boshlab barcha rivojlangan mamlakatlarda oltinga almashtirilmaydigan banknotlargina chiqarila boshlandi. Hozir faqatayrim mamlakatlar qonunlarida banknotlar oltin bilan taminlanishi ko’zda tutilgan. Aksariyat davlatlarda u qonun yo’li bilan bekor qilingan.

Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda tarixan pulning to’lov vositasi vazifasidan vujudga kelgan va bank tizimi yuqori darajada rivojlangan sharoitda keng qo’llaniladigan kredit vositasi bo’lgan cheklar ayniqsa ko’p tarqalgan.

Chek ing’l. Chekk bank (yoki boshqa kredit muassasasi) dagi hisobvaraq egasining chekda ko’rsatilgan summani shu xisobvaraqdan chek ushlovchiga to’lash yoki uni chek ushlovchining xisobvarag’iga o’tkazish to’g’risidagi yozma topshirig’i.

Cheklar bilan haq to’lash ayniqsa mamlakatning ichki to’lov oborotida keng rivojlangan, biroq ulardan eksport va import, chet el sayyohligi bo’yicha hisob-kitoblar hamda nosavdo to’lovlari chog’ida tashqi to’lov oborotida ham foydalaniladi. Chekdan foydalanish nakd pul bilan qilinadigan hisob-kitoblarni sezilarli darajada kamaytiradi.

Shuni takidlash zarurki, chek oborotining asosiy unsurlari umumiy bo’lgani holda ayrim mamlakatlar qonunchiligida chek operasiya

  • kelishi quyidagi zaruriyatlar bilan izoxdanadi:
  • oltinning muomaladan to’la chiqib ketishi;
  • banknotlarni oltinga almashtirishni to’xtalishi va ular qadrining oltin bilan o’lchanishini bekor qilinishi;
  • davlat tomonidan tadbirkorlik sohasini keng kreditlash maqsadida pul emissiyasining ko’paytirilishi;
  • nakdsiz oborotning sezilarli kengayishi.

Bundan tashqari qog’oz pullarning paydo bo’lishi tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi hamda metall pullarning edirilishi, ishdan chiqishi va yo’qolishi tufayli ularning haddan ziyod qimmatga tushishi hollari bilan bog’liq.

Qog’oz pullarni chiqarishga qilinadigan xarajatlar metall pullarni chikarishga qilinadigan xarajatlarga nisbatan kam darajadadir.

U yoki bu davlatda ishlab chiqarish kuchlari rivojlangani sayin muomaladagi qog’oz pullar tobora kamayib, ular o’rnini kredit pullar egallay boshlaydi.

1251254556

Яна маълумот

909

Bank foizi va undan foydalanish mexanizmi

Suda foizi vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun to’lanadigan o’ziga xos to’lovdir. Uning to’lovchisi ham, …