Home / Iqtisodiyot / Markaziy bankning pul-kredit siyosati va uni amalga oshirish vositalari

Markaziy bankning pul-kredit siyosati va uni amalga oshirish vositalari

«O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi Qonunning IV qismida quyidagi moddalar Markaziy bankning pul-kredit operasiyalari sifatida qayd etilgan:

  • 23-modda. Monetar siyosatning asosiy yo’nalishlari.
  • 24-modda. Pul massasi o’zgarishining aniq maqsadli mo’ljallari.
  • 25-modda. Ochiq bozordagi operasiyalar.
  • 26-modda. Markaziy bankning hisob operasiyalari.
  • 27-modda. Hisob va kredit operasiyalarining foiz stavkalari.
  • 28-modda. Majburiy rezerv talablari.
  • 29-modda. Majburiy rezerv talablari normasini bajarmaganlik uchun sanksiyalar.
  • 30-modda. Markaziy bankning banklarni qayta moliyaviy taminlashi.
  • 31-modda. Markaziy bankning mijozlarga xizmat ko’rsatishi.

Markaziy bank kelgusi yil uchun O’zbekiston Respublikasi monetar siyosatining asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqadi va har yili keyingi moliya yili boshlanishida kamida o’ttiz kun oldin Oliy Majlisga bu haqida axborot beradi.

Monetar siyosatni amalga oshirishda Markaziy bank quyidagi asosiy yo’nalishlar doirasidagi operasiyalarni bajaradi. Bu operasiyalar quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • iqtisodiy konyunkturaning tahlili va istikbol ko’rsatkichlari;
  • muomalada bo’lgan pul massasining iqtisodiy jihatdan asoslangan chegaralari;
  • pul massasi yillik o’sish suratining aniq maksadli ko’rsatkichlarini, shu jumladan, Markaziy bank ichki aktivlarining o’zgarishi;
  • valyuta hamda foiz siyosatining asosiy yo’nalishlari;
  • pul-kredit sohasini tartibga solishga doir harakatlarning aniq maqsadli asosiy ko’rsatkichlari.

Monetar siyosat davlatning pul muomalasini tartibga solishdagi g’oyat muhim usullaridan biri bo’lib, u pirovardida jamiyatda makroiqtisodiy barqarorlikka erishishga qaratilgan. O’z navbatida, makroiqtisodiy barqarorlik keng qamrovli tushuncha bo’lib, quyidagi ko’rsatkichlarda o’z ifodasini topadi:

5655843

Bir-biriga bog’liq bo’lgan bunday ko’rsatkichlar makroiqtisodiyotni tartibga solishning sehrli kvadrati deb yuritiladi.

Bank tizimining taraqqiy etishini va o’z vazifasini ishonchli darajada barqaror bajarishining asosi bu iqtisodiyotni pulkredit vositasida tartibga solishning moslanuvchan mexanizmini shakllantirishdir. Bu mexanizm Markaziy bankka:

  • xo’jalik faolligiga samarali tasir ko’rsatish;
  • muassasalar faoliyatini nazorat qilish;
  • pul muomalasi barqarorligiga erishish;
  • naqd va nakd pul bo’lmagan jami pul massasining o’zgarishini nazorat qilish;
  • o’z faoliyatining maqsadlari, ustuvor yo’nalishlarini tanlash;
  • pul-kredit siyosatining strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish;
  • qo’yilgan masalalarga erishishning muayyan usullari, dastaklari xdmda vositalarini tanlash imkonini beradi.

Markaziy bank pul-kredit siyosatini amalga oshirish jarayonida kreditlar va pul massasi miqdorlarining zarur darajada kengayishini taminlashga harakat qiladi. Bu esa ichki narxlar barqarorligiga rioya qilgan holda o’sib borayotgan iqtisodiyotning uzoq muddatli ehtiyojlariga mosdir. Birmuncha qisqa muddatlar uchun pul-kredit siyosati, odatda, nomatlub inflyasiya va deflyasiya jarayonlariga qarshi turish maqsadida amalga oshirilishi kerak.

Pul-kreditni tartibga solishdan asosiy maqsad narxlar barqarorligini taminlash, ortiqcha xarajatlarning oldini olish, iqtisodiy o’sishga yordam beruvchi sharoitlarni yaratish, nomatlub inflyasiya va deflyasiya jarayonlariga qarshi tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.

Malumki, pul massasining haddan tashqari ko’payishi mamlakatda ishlab chiqarilgan yoki chetdan keltirilgan tovarlarga qilinadigan xarajatlarning yuqori suratlar bilan o’sishiga, yoxud narx-navoning ko’tarilishiga olib keladi. Mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning cheklangan miqdorda taklif qilinishi tufayli pul mablag’larining talaygina qismini chetda ishlab chiqarilgan tovarlarga yo’naltirilishi oqibatida to’lov balansida tang holat yuz beredi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida Markaziy bank pul-kredit siyosatini ro’yobga chiqarishda quyidagi usullardan foydalanadi (6chizma).
294953296

6-chizma. Markaziy bankning pul-kredit siyosatini ro’yobga chiqarish usullari.

Mamuriy usullarga Markaziy bankning tijorat banklari faoliyatiga, uning mikdor va sifat ko’rsatkichlariga nisbatan belgilaydigan bevosita cheklovlar (limitlar) yoki taqiqlar kiradi. Mamuriy tasir ko’rsatish choralarini qo’llashda ko’pincha quyidagi vositalardan foydalaniladi:

  • turli toifadagi qarzlarni berishning va kredit resurslarini jalb qilishning eng yuqori miqdor (yoki limit)larini joriy etish;
  • tijorat banklarining filiallari va bo’limlarining ochilishini cheklash;
  • vositachilik haqining, har xil xizmatlar ko’rsatganlik uchun tariflarning, foiz stavkalarining mikdorlarini limitlash;
  • operasiyalarning, taminotning ayrim turlarini, shuningdek, bazi xil operasiyalarni amalga oshirishga ruxsat berilgan banklar ro’yxatini belgilash.

Bu usullar yordamida bankdan tashqari sohada vujudga kelayotgan moliyaviy sharoitlar, yani foiz stavkalari va kreditlar ustidan to’g’ridan-to’g’ri nazorat amalga oshiriladi.

Iqtisodiy usullarga asosan bilvosita tasir ko’rsatadigan tadbirlar kiradi. Bu usullar ko’proq, bozor iqtisodiyotiga xos bo’lib, bunda o’z-o’zini boshqarish jarayonlarining rivojlanishi ikkilamchi darajaga mansub har bir kredit muassasasi tomonidan mikro darajada mustaqil pul-kredit siyosati amalga oshirilishini taqozo etadi. Bu siyosatning natijalari va samaradorligi mazkur kredit muassasasining bank tizimidagi ahamiyatini belgilab beradi va raqobatni rag’batlantiradi.

Bu usullar banklar va bankdan tashqari muassasalarning harakatlariga faqat bozor kuchlari yordamida tasir ko’rsatish yo’li bilan amal qiladi. Ana shu maqsadda Markaziy bank o’zining vakolatlaridan muomaladagi pul massasi hajmini belgilash uchun foydalanadi va iqtisodiyotga pul bozoridagi foiz stavkalarining o’zgarishiga qarab ish tutish imkonini beradi.

Mamuriy va iqtisodiy usullarga quyidagicha tariflar berish mumkin:

  • mamuriy usullar direktiv boshqaruvchi va meyoriy qoidalar shaklini oladi, iqtisodiy usullar esa bozor mexanizmi orqali bilvosita amal qiladi:
  • mamuriy usullar tijorat banklar balansining o’zgarishlariga bevosita sabab bo’ladi, iktisodiy usullarning tasiri esa Markaziy bank balansida bilvosita aks etadi;
  • mamuriy usullar tijorat banklari beradigan kreditlarga to’g’ridan-to’g’ri tasir ko’rsatadi, iqgisodiy usullar esa banklarning kredit imkoniyatlarini kamaytirib yoki ko’paytirib, ularning likvidligiga bilvosita tasir ko’rsatadi.

Shunday qilib, Markaziy bank pul muomalasiga ikki yo’l bilan, yani kreditlar hajmlarining va ular bo’yicha foiz stavkalarining miqdorlarini (yoki o’zgarishlar yo’lagini) bevosita belgilash yoki pul bozoridagi talab bilan taklif shartlarini tartibga solish yo’li bilan tasir ko’rsatishi mumkin.

Foiz stavkalari ustidan nazorat turli shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Binobarin, foiz miqdorini mamuriy tartibda bevosita belgilabgina qolmay, balki banklar uchun qayta moliyalashning tartibga solinadigan stavkalari va qatiy belgilangan marjalarni joriy etish yo’li bilan ham nazorat qilinadi.

Moliyaviy munosabatlar soxasida tijorat banklari bilan ularning bankdan tashqaridagi mijozlari o’rtasidagi depozit va jamg’arma omonatlari bo’yicha foiz stavkalari mustaqil belgilanadi va Markaziy bank tomonidan faqat meyoriy qoidalar yordamida bevosita nazorat qilinadi.

Markaziy bank o’zining hisob va kredit operasiyalari bo’yicha stavkalarni mustaqil ravishda belgilaydi. (27-modda)

Pul bozoridagi foiz stavkalari pul muomalasi tezligiga va pul-kredit siyosatining samaradorligiga o’z tasirini ko’rsatadi. Masalan, muomaladagi pul massasining ko’payishi pulni arzonlashtiradi yoki foiz stavkalarini kamaytiradi. Ammo foiz stavkalarining pasayishi amalda depozit va kredit bozorlarida ko’pincha bir xil bo’lmaydi, yani:

  • banklar depozit stavkalari pasayganda kredit foiz stavkalarini pasaytirmasliklari mumkin, bunda muomala tezligi uncha o’zgarmasligi yoki umuman o’zgarmasligi mumkin. Bu hol ko’zlangan maqsadlarni barqaror qilib ko’yadi.
  • foiz stavkalari bir tekis pasayib borganida depozit va kredit foiz stavkalarining pul mablag’lari muomalasi tezligiga tasiri bir-birini yo’qqa chiqarib yuboradi va pul-kredit siyosatining amal qilishi tobora samarador bo’ladi.

Pul taklif qilish maqsadlari bilan foiz stavkalari o’rtasidagi nomuvofiqlik maqsadlar dilemmasini keltirib chiqaradi. Bu dilemma rahbar pul taklif qilishni hamda foiz stavkalarini bir vaktning o’zida barqarorlashtira olmaganida ham kelib chiqadi.

Qarama-qarshi maqsadlar kolliziyasi natijasida ancha pragmatik, maqsadli o’rtacha pozisiyani ishlab chiqish mumkin bo’ladiki, bunda foiz stavkalariga ham, shuningdek, pul taklif qilishga ham malum darajada etibor beriladi. Biroq ularning birortasi ham ochikdan-ochiq afzal ko’rilmaydi.

Moliya bozorlari etarli rivojlanmagan bir sharoitda pul-kredit siyosati vositalari bilan foiz stavkalari o’rtasida boglanish kuchsizligi ayniqsa aniq kuzatiladi. Masalan, 1990-1995 yillarda O’zbekistonda bozor iqtisodiyotini shakllantirish sharoitida pul-kredit siyosati pul bozorlarida foizlar hosil bo’lishiga sezilarli tasir ko’rsatgani yo’q. Tijorat banklarini qayta moliyalashda markazlashtirilgan va banklararo kreditlarning ustunlik qilishi, zaxira talab qilishdagi yuqori meyorlar pul bozorlarida foiz belgilash shakllantirilishiga to’sqinlik qildi.

Moliya bozori rivojlanmaganligi natijasida turli foiz stavkalari o’rtasida o’zaro kuchsiz bog’lanish mavjud bo’lib turdi. Bu hol Markaziy bankning foiz siyosatiga to’sqinlik qilgan va uni tijorat banklari krediti bo’yicha foizlar belgilash ustidan nazorat qilishning bevosita choralarini qo’llashga majbur qilgan edi.

Davlatning xalqaro siyosati ham foiz stavkalariga o’z tasirini ko’rsatadi. Foiz stavkalarini oshirish mamlakatga chet el moliyaviy investisiyalarni ko’paytiradi, ichki milliy valyutaga bo’lgan talabni kuchaytiradi. Milliy valyuta qiymatining oshishi uning chet el valyutalariga nisbatan kursi oshishiga, sof eksportning pasayishiga olib keladi.

Foiz stavkasining pasayishi xorijdan moliyaviy kapital kirib kelishini kamaytiradi. Binobarin, milliy valyuta kursi pasayadi, sof eksport esa oshib boradi. LUy sababli, mamlakatda foiz stavkasining o’zgarishi tufayli kelib chiqqan kapital oqimlari mamlakat ichida pul-kredit siyosatini kuchaytiradi.

Kreditning eng yuqori miqdoriy chegarasini belgilash usuli yordamida pul-kredit siyosatini o’tkazish, odatda, iqtisodiyot tuzilmasini qayta qurish davrida muvaffaqiyatli qo’llaniladi. Bunday kredit resurslari birinchi navbatda ustuvor tarmoqlarga ajratiladi. Boshqa tarmoqlar uchun cheklangan kreditlash tartibi joriy etiladi. Kreditning eng ko’p mikdorlarini belgilash quyidagi hollarda amalga oshiriladi.

Birinchidan, iktisodiyotning faqat ustuvor sohalariga ko’p miqdorda kredit ajratish. Bunday kreditlash tanlab amalga oshirilgan kreditlash deb yuritiladi. Bu kredit qarzlarning muayyan turlari (masalan, istemol va ipoteka qarzlari) uchun yuqori darajani belgilashga asoslangan ijobiy nazoratga va iqtisodiyotning bir qator ustuvor sohalari (masalan, qishloq xo’jaligi uchun) qarzlarning quyi miqdorlarini belgilashni o’z ichiga oladigan salbiy nazoratga bo’linadi.

Tanlab amalga oshiriladigan ijobiy nazorat bankning extiyotkorligi (iqgisodiyotning muayyan sohasiga bank qarzlarini berishni, ularning tabaqalanishi va shu tariqa kredit tavakkalchiligining qisqarishini rag’batlantirish uchun cheklash) nuqgai nazardan yoki makroiqgisodiy barqarorlikni taminlash maqsadida amalga oshiriladi.

Tanlab amalga oshiriladigan salbiy nazorat makroiqtisodiy barqarorlikni taminlash uchun emas, balki u mikroiqtisodiy maqsadni, yani mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti uchun hayotiy muhim va ayni paytda tanazzulni boshidan kechirayotgan sektorlarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan. Hozirgi kunda O’zbekistonda qishloq xo’jaligiga nisbatan ana shunday usul qo’llanilmoqda.

Ikkinchidan, bank tomonidan beriladigan kreditlarning umumiy summasiga nisbatan joriy etiladigan kreditning eng yuqori miqdori. Bu miqdor, odatda, ayrim banklar uchun bir xil bo’lmaydi va ko’pincha har bir bankning uzilmagan kreditlar summasiga bog’liq. Limitlarni belgilash chog’ida mezon sifatida bank sarmoyasining mikdoridan ham foydalanish mumkin.

Uchinchidan, kredit ekspansiyasining inflyasiya oqibatlari (uni moliyalash usuli)ga bog’liq ekanligini hisobga oladigan kreditning yuqori miqdorlari. Banklar o’z kreditlarini uzoq muddatli qimmatli qog’ozlar chiqarish yoki uzoq muddatli jamgarma omonatlarini jalb qilish hisobiga moliyalashlari mumkin. Bu hol kreditlarni joriy omonatlar hisobidan moliyalashga qaraganda inflyasiyada kamroq aks etadi.

Яна маълумот

909

Bank foizi va undan foydalanish mexanizmi

Suda foizi vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun to’lanadigan o’ziga xos to’lovdir. Uning to’lovchisi ham, …