Home / Iqtisodiyot / Markaziy bankning moliyaviy ahvoli

Markaziy bankning moliyaviy ahvoli

«O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi qonunning P-qismi «Bankning moliyaviy ahvoli» deb atalib, unda 10-14 moddalar o’z aksini topgan. 10-moddada «Markaziy bankning ustav kapitali» to’g’risida quyidagilar yozilgan:

Markaziy bankning ustav kapitali miqdori 2 milliard so’mdan iborat. Bu mikdor O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qaroriga muvofiq oshiriladi. Markaziy bankning ustav kapitali boshqa shaxslarga berilishi mumkin emas.

Bu ustav kapitali Nizom jamg’armasi deb yuritilib, u faqatgina Markaziy bankning o’z faoliyati uchun ishlatilishi mumkin. Markaziy bank Nizom jamg’armasini xorijiy davlat valyutasida ham tuzishi mumkin.

8000

Nizom jamg’armasidan tashqari Markaziy bank turli maqsadlarga mo’ljallangan jamg’armalar tashkil qiladi, ularni o’z Nizomiga asosan boshqaradi va ulardan foydalanadi. Bu jamg’armalarning manbai bo’lib Markaziy bankning’ olayotgan foydasi xisoblanadi.

Markaziy bankning kredit resurslari quyidagilardan tashkil topadi:

  1. Markaziy bank ustavi;
  2. zaxira va boshqa g’amlamalar;
  3. tijorat banklari tomonidan majburiy o’tkazilgan ajratmalardan tashqari qo’shimcha ravishda o’tkazilgan omonatlari;
  4. boshqa mamlakat banklari va xukumatlarining omonatlari;
  5. Markaziy bank ustavida ko’zda tutilgan boshqa mablag’lar.

Markaziy bankning’ foydasi har bir moliya yili uchun: ishonchsiz, shubhali qarzlar va boshqa aktivlar bo’yicha ehtimoliy yo’qotishlarni qoplash zaxiralari shakllantirilgandan so’ng;

umumiy qabul qilingan buxgalterlik amaliyotiga muvofiq amalda barcha daromadlar va chiqimlar hisoblanganidan, shuningdek, aktivlar va passivlar baholanganidan so’ng aniklanadi.

Markaziy bankning foydasi Boshqaruv belgilagan tartibda, yillik hisobotni tasdiqlash bilan bir paytda taqsimlanadi. Boshqaruvning qaroriga muvofiq aniq maqsadli turli jamg’armalar va fondlar shakllantirilishi mumkin.

Fondlar va majburiy g’amlamalar belgilangan tartibda to’ldirilganidan keyin foydaning qolgan qismi respublika byudjeti daromadiga yo’naltiriladi.

Yillik hisobot ko’rib chiqilmag’uncha foydaning respublika byudjetiga o’tkazilishiga yo’l qo’yilmaydi.

Markaziy bank va uning’ muassasalari soliqdar, yig’imlar, bojlar va boshka to’lovlardan ozod qilinadi (12-modda)

Markaziy bankning hisobot davri 1 yanvar 31 dekabr qilib belgilanadi. Yillik hisobot 15 maydan kechiktirilmay, Oliy Majlis ko’rib chiqishi uchun taqdim etiladi (13-modda).

Markaziy bankda auditorlik tekshiruvi mustaqil auditor tashkilotlar tomonidan har yili o’tkaziladi (14-modda)

Bank tomonidan ko’rsatilgan xizmat turlari, ularning hajmi bankning moliyaviy hisobotida o’z aksini topadi. Bank boshqaruvchisi, mijozlar (ayniqsa, depozitlari sugurtalanmagan yirik mijozlar) nazorat va muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar vakillarini eng avvalo ikki turdagi moliyaviy hisobot qiziqtiradi:

  • moliyaviy balans (moliyaviy holat bo’yicha hisobot);
  • daromad, xarajat va foyda to’g’risida hisobot.

Moliyaviy holat bo’yicha hisobotda pul mablaglarining hajmi va manbalarining tarkibi batafsil ko’rsatiladi. Ular moliyaviy oqimlar kirimi hisoblanadi. Bu mablag’lar bank tomonidan investision faoliyatni hamda kreditga bo’lgan o’zining ehtiyojlarini moliyalash uchun ishlatiladi. Shuningdek, ularning bir qismi kredit berish yoki qimmatli qog’ozlarni sotib olish va boshqa maqsadlar uchun sarflanadi (moliyaviy oqimlar chiqimi). Bu balans va hisobot quyidagi ko’rinishga ega (20-chizma).

Jalb qilinadigan moliyaviy omillar va daromad, xarajat, foyda bo’yicha moliyaviy faoliyat natijalari bank faoliyati uchun ishlatilgan depozitlar va boshqa mablaglardan qay darajada foydalanganligini ifodalaydi. Xarajatlar qismiga omonatchilarga va bankning boshqa kreditorlariga to’lanadigan foizlar, ish haqi bo’yicha to’lovlar, bino va uskunalarni sotib olish, ulardan, shuningdek, davlat xizmatlaridan foydalanganligi uchun to’lovlar kiradi. Daromad. xarajat va foyda bo’yicha hisobotda keng ommaga ko’rsatilgan bank xizmati, lizing operasiyalari, mijozlarga kredit berilgani va depozit xizmatlari uchun tushgan daromadlar yoritiladi.

Va nihoyat, bu hisobotda bankning sof daromadlari to’g’risida malumot ham keltiriladi.

Яна маълумот

909

Bank foizi va undan foydalanish mexanizmi

Suda foizi vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun to’lanadigan o’ziga xos to’lovdir. Uning to’lovchisi ham, …