Home / Iqtisodiyot / Markaziy bankning asosiy vazifalari

Markaziy bankning asosiy vazifalari

  1. Monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish.
  2. O’zbekiston Respublikasida xisob-kitobning samarali tizimini tashkil etish va taminlash.
  3. Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish, ularga kredit berish.
  4. O’zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta rezervlarini, shu jumladan, kelishuv bo’yicha xukumat rezervlarini saqlash va tasarruf etish.
  5. Davlat byudjetining kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etish.
  6. Rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini saqlash, pul emissiyasini amalga oshirish.
  7. Bank faoliyati bilan shugullanishga lisenziya (ruxsatnoma) berish. Hukumatning moliyaviy agenti vazifasini bajarish.
  8. Hisobga olish, xisobot berish, hisob-kitob, ssuda va valyuza operasiyalarini amalga oshirishning yagona qoidalari va. meyorlarini belgilash
  9. Tashki iqtisodiy faoliyat operasiyalarini amalga oshirishi va h.k.

Markaziy bank yagona markazlashtirilgan boshqaruv tizimi sifatida o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tegishli xizmatlar va muassasalarni tashkil etadi. U Qoraqalpog’iston Respublikasi poytaxti, viloyatlarning markazlari va Toshkent shahrida yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan bosh boshqarmalarni tuzadi. Markaziy bankka qarashli xizmatlar va muassasalar Markaziy bank boshqaruvi tasdiqlaydigan nizomlar asosida faoliyat ko’rsatadi. Markaziy bank yuridik shaxs sifatida davlat mulkiga asoslangan bo’lib, iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasa sifatida xarajatlarni o’z daromadlari hisobidan qoplaydi. Markaziy bankning mol-mulki uning pul va boshqa boyliklaridan iborat bo’lib, ularning qiymati Markaziy bank balansida aks etgiriladi.

centr-bank

Markaziy bank iqtisodiyotni boshqarish va bank tizimini nazorat qilishda muhim o’rin tutgani sababli uning faoliyati butun dunyo amaliyotida qo’llaniladigan Ustav va mazkur mamlakatda bank sohasida amal qilayotgan qonun bilan tartibga solinadi. O’zbekistonda amal qilayotgan bunday qonun 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’grisida»gi qonundir.

Markaziy bank o’z faoliyati jarayonida boshqa banklarga o’xshab foyda olishni maqsad qilib qo’ymagan. Shuning uchun ham, u moliya bozorlarida tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari bilan raqobat kurashini olib bormaydi. Uning bosh maqsadi mamlakat pul birligining barqarorligini taminlashdir. Asosiy maqsadi xo’jaliklarni uzluksiz to’lov vositalari bilan taminlash (yani ularning to’lov qobiliyatlarini etarli darajada bo’lishiga yordam berish), hisob-kitoblar tizimini tartibga solish, boshqa banklar faoliyatini nazorat qilishdir. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun Markaziy bank quyidagi tadbirlarni amalga oshiradi:

  1. tijorat banklari zaxiralarini sakdaydi;
  2. banklarga mavsumiy moliyaviy uzilishlarni qoplashga va boshqa qisqa muddatli ehtiyojlariga kredit beradi;
  3. mamlakat miqyosida naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qiladi;
  4. boshqa banklar faoliyatini o’rganadi, tahlil qiladi va nazorat qiladi.

Hozirgi kunda dunyoning ko’pgina mamlakatlarida tijorat banklari o’zlari jalb qilayotgan resurslarning Markaziy bank tomonidan belgilangan bir qismini Markaziy bankda saqlaydilar. Bu zaxiralar miqdorining yuqori va past chegaralarini Markaziy bank belgilaydi.

Markaziy bank tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari uchun eng yuqori pogonadagi kredit beruvchi organ hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 124-moddasida: «O’zbekiston Respublikasining bank tizimini respublika Markaziy banki boshqaradi»deyilgan. Shu sababli u banklarning banki deb ataladi.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risidagi qonunning 6-moddasida Markaziy bank va Davlatning munosabatlari haqida shunday yozilgan:

«Markaziy bank o’z vakolatlari doirasidagi qarorlar qabul qilish borasida mustaqildir. Davlat Markaziy bankining majburiyatlari yuzasidan, Markaziy bank esa davlatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo’lmaydi, basharti, bular o’z zimmalariga bunday majburiyatlarni olmagan bo’lmasalar yoki qonunlarda boshqa qoida nazarda tutilmagan bo’lsa».

Markaziy bank mustaqil yuridik shaxs sifatida quyidagi vakolatlarga ega.

Uning birinchi va eng asosiy vakolati bu davlat bank tizimining markazi bo’lish huquqiga egaligidir. Bu vakolat doirasida u bank tizimi sohasida Nizom, qoida, tartiblarni ishlab chiqish, yani banklar va banklarga qarashli bo’lmagan tashkilotlar uchun bajarilishi shart bo’lgan bank operasiyalarini amalga oshirish, banklarda hisob-kitob yuritish, buxgalterlik va statistik hisobotlar tuzish va takdim etish qoidalarini ishlab chiqish huquqiga ega.

Markaziy bank vakolatining asosiy yo’nalishi uning pul-kredit sohasida davlat nazoratini amalga oshirishini tashkil etishdir. U o’z nazoratidagi subektlarning operativ xo’jalik faoliyatiga aralashmagan holda bank faoliyatining qonuniyligini nazorat qiladi.

Markaziy bank davlat boshqaruvi organi sifatida davlat pulkredit siyosatini amalga oshirish bo’yicha faoliyat yuritadi.

Qayd qilingan vakolatlar doirasida Markaziy bank mustaqil qarorlar qabul qiladi va u O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobot beradi.

Markaziy bank hukumat bilan munosabatlarga kirishadi hamda jahon amaliyotiga muvofiq uning bankiri, fiskal (xazina) agenti (vakili) hamda o’z vakolatlariga kiruvchi hamma muammolar yuzasidan maslahatchisi vazifalarini bajaradi, shuningdek, iqtisodiy hamda moliyaviy masalalar yuzasidan davlat byudjetini tayyorlashga doir tavsiyalarni o’z ichiga olgan malumotni hukumatga takdim etadi. Markaziy bankka bunday vakolatlarni berilishi ikki bosqichli bank tizimining unumli ish yuritishini taminlash imkonini beradi.

Markaziy bank kredit tizimida etakchilik va boshqaruvchi, yani bank tizimini tartibga solib turuvchi vazifasini bajaradi. Markaziy bank to’g’risidagi qonunning 3-moddasida takidlanganidek, Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini taminlashdan iborat. Mazkur maqsad bank oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:

Markaziy bank mamlakatda muomalaga pul belgilarini chiqarish borasida monopol huquqqa ega bo’lgan organdir va bu huquq banklar faoliyati to’grisidagi konunda belgilab qo’yilgan. Markaziy bank boshqa barcha banklar va kredit muassasalari uchun turli qoidalar va yo’riqnomalar ishlab chiqadi hamda ularning to’laligicha bajarilishini nazorat qiladi.

Markaziy bank hukumatning bosh bankiri va moliyaviy maslahatchisi hisoblanib, davlatlararo turli kelishuvlarda barcha moliyaviy hamda umumiqtisodiy masalalarni hal qilishda ishtirok etadi.

«O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi Qonunning 3-moddasida takidlanganidek, quyidagi faoliyat turlari Markaziy bank uchun taqiqlanadi:

  1. moliyaviy yordam ko’rsatish bilan shug’ullanish;
  2. tijorat bilan shug’ullanish;
  3. O’zbekiston Respublikasi Xalq bankining, shuningdek, Markaziy bank faoliyatini yuritishni taminlovchi korxonalar va tashkilotlarning kapitallarida ishtirok etishini istisno etganda, banklar va boshqa yuridik shaxslar kapitalida qatnashishga haqli emas.

Bulardan tashqari, Markaziy bank tijorat banklari bilan raqobat qilmasligi uchun uning funksiyalari biroz cheklangan bo’la-di, yani Markaziy bank faqat banklarga va davlatga xizmat qiladi.

Markaziy bank xorijiy banklar bilan hamkorlik qiladi. Uning boshqa davlatlar banklari va kredit muassasalari bilan o’zaro munosabatlari O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, shuningdek, banklararo bitimlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida Markaziy bank quyidagilarga (9-modda), yani:

  • boshqa davlatlarning markaziy banklari, xalqaro banklar va o’zga moliya-kredit muassasalarida O’zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilishga;
  • moliyaviy operasiyalarni bajarishga, shu jumladan chet el xukumatlari, chet el markaziy banklari va pul-kreditni tartibga solish organlariga, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi azo bo’lgan xalqaro tashkilotlarga bank xizmati ko’rsatishga;
  • xorijiy davlatlarda vakolatxonalar ochishga;
  • O’zbekiston Respublikasida chet el banklarining vakolatxonalarini akkreditasiya qilishga xaklidir.

Markaziy bank mamlakatning iqtisodiy, valyuta va boshqa turli manfaatlarini taminlashga ko’maklashgan holda:

  • davlatlararo savdo, to’lov bitimlarining shartlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
  • xorijiy valyutada aksiyalar, obligasiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar (devizlar) sotib oladi, xorijiy valyutadagi foyda hisobidan valyuta fondlarini tashkil qiladi;
  • boshqa turli tijorat banklarining tashqi iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtiradi;
  • milliy pul birligi «so’mining xorijiy valyutalarga nisbatan kursini belgilaydi, tartibga soladi, mustahkamlaydi va bu borada turli tadbirlar ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi.

Яна маълумот

909

Bank foizi va undan foydalanish mexanizmi

Suda foizi vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun to’lanadigan o’ziga xos to’lovdir. Uning to’lovchisi ham, …