Home / Iqtisodiyot / Markaziy bankni boshqarish

Markaziy bankni boshqarish

 O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida hisobot beradi va o’z vakolatlari doirasida qarorlarni mustaqil qabul qiladi. Markaziy bankning oliy organi uning Boshqaruvidir. Boshqaruv Markaziy bank siyosati va faoliyatining asosiy yo’nalishlarini belgilab beradi, bankni boshqaradi.

Boshqaruv tarkibi o’n bir kishidan iborat bo’lib unga Markaziy bank Raisi, uning o’rinbosarlari, shuningdek, bankning asosiy bo’limlari rahbarlari kiradi. Markaziy bank Raisi Boshqaruvning Raisi hisoblanadi. Boshqaruv azolarini Markaziy bank Raisining takdimnomasiga ko’ra Oliy Majlisning Kengashi tasdiqlaydi.

centr-bank-2

Markaziy bank Raisi:

  • Markaziy bank va uning Boshqaruvi faoliyatiga rahbarlik qiladi, bankning fondlarini tasarruf etadi va Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun javobgar bo’ladi;
  • Markaziy bank faoliyati masalalarini hal qiladi;
  • boshqaruv qarorlarini imzolaydi, buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
  • Markaziy bank faoliyati va joriy operasiyalarini operativ tarzda boshqarish bo’yicha harakatlarni amalga oshiradi;
  • Oliy Majlisda, hukumatda, vazirliklar va idoralarda, sudlarda, xalqaro va chet el tashkilotlarida bank faoliyatiga doir barcha masalalar bo’yicha Markaziy bank nomidan ish ko’radi;
  • ayrim masalalarni hal qilishni o’zining o’rinbosarlariga, markaziy apparat tarkibiy bo’linmalarining rahbarlariga, hududiy muassasalarning rahbarlariga topshiradi;

Markaziy bank Raisining vakolat muddati besh yil.

 Boshqaruv quyidagi vakolatlarga ega:

  1. Monetar siyosatning asosiy yo’nalishlarini, shu jumladan, Markaziy bankning ochiq bozordagi operasiyalari ko’lami, Markaziy bankning hisob va ssuda berishdagi foiz stavkalari hamda banklarning Markaziy bankdagi majburiy rezervlari normasini belgilaydi.
  2. Markaziy bankning xalqaro tashkilotlardagi ishtiroki masalasini hal qiladi.
  3. Banknotlar va tangalarning nominal qiymati va namunalarini, shuningdek, pul belgilarini muomalaga chiqarish shartlarini belgilaydi.
  4. O’zbekiston Respublikasi Hukumatiga beriladigan ssudalar miqdori va shartlarini tasdiqlaydi:
  5. Banklar uchun iqtisodiy normativlarni tasdiqlaydi va ularga rioya etilishini kuzatib boradi.
  6. Bank faoliyati bilan shug’ullanish uchun lisenziyalar berish va ularni qaytarib olish to’g’risida qarorlar qabul qiladi.
  7. Markaziy bankning tashkiliy tuzilmasini belgilaydi.
  8. Markaziy bank xarajatlari va daromadlari smetasini tasdiqlaydi.
  9. Markaziy bankning yillik va moliya xisobotlarini ko’rib chiqadi.
  10. Markaziy bankning tarkibiy bo’linmalari, muassasalari va korxonalari rahbarlarini tasdiqlaydi.
  11. Markaziy bank tarkibiy bo’linmalari, uning muassasalari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlari hamda maruzalarini tinglaydi.
  12. Markaziy bank xodimlarini yollash, ishdan bo’shatish, ularning mehnatiga haq to’lash shartlarini, shuningdek, ularning kreditlar olish va aksiyalar sotib olish tartibini qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi
  13. Bulardan tashqari, Boshqaruv Markaziy bank vakolati doirasidagi boshqa masalalarni ko’rib chiqadi va hal qiladi.
  14. Boshqaruv o’z majlislarini oyiga kamida bir marta o’tkazib turadi. Majlisni Markaziy bank Raisi chaqiradi. Majlislar, shuningdek, Boshqaruvning kamida uchta azosining talabnomasi bo’yicha chaqirilishi mumkin. Boshqaruv majlislariga Markaziy bank raisi, u bo’lmagan paytlarda esa o’rinbosarlardan biri raislik qiladi.
  15. Boshqaruv azolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan Boshqaruv majlisi haqiqiy hisoblanadi. Boshqaruv qarorlari qatnashayotgan azolarining oddiy ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng kelgan takdirda Markaziy bank raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
  16. Boshqaruv majlislari, odatda, yopiq tarzda o’tadi. Boshqaruvning to’xtami esa qaror shaklida qabul qilinadi.

Markaziy bank Raisining egallab turgan lavozimidan ozod etish uchun quyidagilar asos bo’ladi:

  • vakolat muddati tugaganida;
  • istefoga chiqishni so’rab, sabablarini ko’rsatgan holda yozgan shaxsiy arizasiga ko’ra;
  • jinoyat sodir qilishda qonunda belgilangan tartibda aybdor deb topilganda;
  • o’zining xizmat vazifalarini salomatligiga ko’ra bajara olmaganda, davlat tibbiy komissiyasining xulosasi asosida;
  • egallab turgan lavozimiga munosib bo’lmagan xatti-harakatlar qilganida, shu jumladan, «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi qonunni qo’pol ravishda buzganida va Markaziy bank manfaatlariga katta zarar etkazganida.

Bulardan tashqari, Markaziy bank Raisi qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko’ra ham egallab turgan lavozimidan ozod qilinishi mumkin. Raisning birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlari esa Markaziy bank Raisining taqdimiga ko’ra Oliy Majlis Kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyati O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegishli qo’mita yoki uning topshirig’iga asosan auditor tashkilotlar tomonidan tekshirilishi mumkin.

 Markaziy bank bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilinishini taminlash maqsadida banklar faoliyatini nazorat qiladi, tartibga soladi va banklar o’rtasida haqiqiy raqobat tamoyillariga amal qilinishiga xizmat qiladi.

Tijorat banklarning haqiqiy moliyaviy mustahkamligini taminlash, ularning mijozlari manfaatlarini himoya qilish maqsadida Markaziy bank:

  • kapitalning monandlik koeffisientini;
  • bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga tavakkalchilikning eng ko’p mikdorini;
  • yirik kredit tavakkalchiligi va investisiyalarning eng ko’p miqdorini;
  • likvidlik koeffisientlarini;
  • aktivlarni tasniflash va baholashga doir talablarni, shuningdek, bunday tasniflar asosida bankning operasiya xarajatlari jumlasiga kiritiladigan chegirmalardan shubhali va harakatsiz karzlarga qarshi tashkil etiladigan zaxiralarni shakllantirishni;
  • qarzlarga doir foizlarni hisoblab chiqish va ularni bank daromadlari hisobvarag’iga kiritishga doir talablarni;
  • ochiq valyuta mavqei limitlari kabi meyoriy iqtisodiy normativlarni belgilaydi va ularga asoslanib, banklar faoliyatini tartibga solib turadi.

Markaziy bank iqtisodiy normativlarning o’zgarishi to’g’risida kamida bir oy oldin elon qiladi.

Markaziy bank bank operasiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va bank statistik hisobotini yuritish, yillik hisobotlar tuzish yuzasidan banklar uchun majburiy bo’lgan qoidalarni belgilaydi.

Markaziy bank, banklar faoliyatini nazorat qilish bo’yicha quyidagi vakolatlarga ega:

  • banklarning hisoboti va boshqa hujjatlarini olish hamda tekshirish, ularning faoliyati, shu jumladan, operasiyalari to’g’risida axborot so’rash va olish;
  • olingan axborot yuzasidan izoh talab qilish;
  • banklar, ularning filiallari va bank bilan uzviy bog’langan yuridik shaxslarning faoliyatini tekshirish va tartibbuzarlarga nisbatan sanksiyalar qo’llash;
  • banklarning ichki auditi bo’yicha qo’yiladigan talablarni belgilash;
  • bank aktivlarini ularning sifatiga qarab tasnif qilish va akgivlar bo’yicha kutilishi mumkin bo’lgan zararlar o’rnini qoplash uchun shunga monand rezervlar yaratishni talab qilish;
  • ishonchsiz aktivlarni hisobdan chiqarish shartlari va tartibini aniqlash;
  • banklarga ularning faoliyatida aniqlangan tartib buzilishlarni bartaraf qilish to’g’risida ijro etilishi majburiy bo’lgan ko’rsatmalar yuborish;
  • bank aksiyadorlari bank aksiyalarining 20 foizidan ortigini sotib olgan taqdirda ularning moliyaviy ahvoli va mavqei to’g’risida axborot so’rash va olish;
  • banklar va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgalterlariga nisbatan malaka talablarini qo’yish.

Tekshirishlar Markaziy bankning vakolatli vakillari va Markaziy bank belgilaydigan auditorlar tomonidan amalga oshiriladi.

Bir yoki o’zaro shartnomalar bilan bog’langan bir necha shaxslar, shuningdek, sho’ba yoki bir-biriga qaram bo’lgan yuridik shaxslar guruhi bank aksiyalarining 20 foizidan ortig’ini sotib olishi uchun oldindan Markaziy bankning roziligini olishi talab qilinadi.

Aksiya sotib oluvchilarning moliyaviy ahvoli qoniqarsizligi aniqlangan taqdirda Markaziy bank bank aksiyalarining 20 foizidan ortig’i xarid qilinishi va sotilishiga rozilik bermaslik huquqiga ega. Markaziy bank iltimosnoma olingan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmay, ariza beruvchiga o’z qarori to’g’risida yozma ravishda xabar beradi.

Markaziy bank auditorlardan Markaziy bankning normativ hujjatlariga, shu jumladan, tartib va uslubiyatlariga rioya etishlarini talab qilishga, shuningdek, ulardan bank auditi bilan bog’liq har qanday malumotlarni bevosita olishga haqli.

Banklar va ularning filiallari iqtisodiy normativlarni belgilovchi banklarga oid qonun hujjatlarini buzgan taqdirda Markaziy bank ustav kapitalining eng kam mikdoridan 0,1 foizgacha jarima undirish yoxud ayrim operasiyalarni o’tkazishni 6 oygacha bo’lgan muddatga cheklab qo’yish huquqiga ega.

Agar yo’l qo’yilgan tartibbuzarliklar yoki bank o’tkazayotgan operasiyalar omonatchilar va kreditorlarning manfaatlariga aniq xavf tug’dirsa, u holda Markaziy bank quyidagilarga haqlidir:

  • banklardan ustav kapitali eng kam mikdorining bir foizidan oshmagan summada jarima undirish;
  • bankdan bankni moliyaviy sog’lomlashtirish, shu jumladan, aktivlar tuzilmasini o’zgartirish, bank xarajatlarini kamaytirish va aksiyadorlarga dividendlar to’lashni to’xtatish tadbirlarini ko’rishni, bank yoki uning filiali rahbarlarini almashtirishni, bankni kayta tashkil etishni, filialni tugatishni talab qilish:
  • bank uchun ikgisodiy normativlarni 6 oylik muddatgacha o’zgartirish;
  • bankning ayrim bank operasiyalarini amalga oshirishini bir yilgacha bo’lgan muddatga, shuningdek, filiallar ochishni gam shuncha muddatga takiklab qo’yishga;
  • bankni moliyaviy sog’lomlashtirish yoki Markaziy bank ko’rsatmalarini bajarish uchun zarur bo’lgan davrda mansabdor shaxslar aksiyadorlar ega bo’lgan barcha vakolatlarni vasiyga berib, bankka vasiylik qilish tartibini belgilash to’g’risida qaror kabul kilish,
  • bank operasiyalarini amalga oshirish xuquqini beruvchi lisenziyani kaytarib olish.

Bank filiallari to’lovlarni o’z vaqtida o’tkazmagan va ularning vakillik hisobvaraqlari qoniqarsiz ahvolda bo’lgan hollarda, Markaziy bank bank filiali ushbu harakat natijasida olgan daromadni qatiy tartibda undirib oladi, shuningdek, shunday miqdorda jarima soladi.

Яна маълумот

909

Bank foizi va undan foydalanish mexanizmi

Suda foizi vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun to’lanadigan o’ziga xos to’lovdir. Uning to’lovchisi ham, …