TALIM KREDITI ShARTNOMASI № ______
Termiz sh. |
____.Noyabr.2020 y. |
«TuronBank» Aksiyadorlik Tijorat Banki nomidan 13.04.2020 yildagi №100-sonli ishonchnoma asosida xarakat qiluvchi «Turonbank» ATB Termiz filiali boshkaruvchi urinbosari A.T.Mengnarov, keyingi o’rinlarda «Bank» deb ataluvchi bir tomondan, 19.11.2001 yilda Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida tug’ilgan, Surxondaryo viloyati Oltinsoy tuman Bo’ston MFYda ro’yxatda turuvchi, Surxondaryo viloyati Oltinsoy tuman IIB tomonidan 06.12.2018 yilda berilgan, Pasport: AS 0377795 raqamli pasport egasi, fuqaro Sayibnazarov Alimuxammad G’ayrat ug’li keyingi o’rinlarda «Qarzdor» deb ataluvchi uchinchi tomondan Termiz davlat universiteti nomidan rektor Toshqulov Abduqodir Hamidovich ushbu shartnomani quyidagilar to’g’risida tuzdilar.
-
Shartnoma mazmuni.
- «O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 26.07.2001 iyldagi №318-sonli «Oliy o’quv yurtlarida to’lov – kontrakti asosida o’qish uchun, Talim kreditlari berish to’g’risida»gi Nizomi hamda “Turonbank” ATB Boshkaruvining 29.01.2020 yildagi 730/1-sonli karoriga asosan, Bank shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida Talim krediti berish, Qarzdor esa olingan ssudaning shartnomada ko’rsatilgan muddatlarda qaytarish majburiyatini oladi.
1.1.1“Qarzdor” tomonidan kreditning asosiy va foiz to’lovi kredit qaytarish jadvalida belgilangan sanada amalga oshirilmagan hollarda “Bank” “Qarzdor”ning har qanday bank plastik kartalaridan (bundan buyon matnda – BPK) qarzdorliklarni qo’shimcha roziliksiz undirib olish huquqiga ega;
1.2. Bank tomonidan ajratilgan ssuda qarzdor tomonidan quyidagi maqsadda sarflanadi: Sayibnazarov Alimuxammad G’ayrat ug’li bilan Termiz davlat universiteti o’rtasida 02.10.2020 yilda tuzilgan № BUX/KUND35-sonli to’lov kontrakt shartnomasiga asosan 2020-2021 o’quv yili kontrakt to’lovi uchun naqd pulsiz shaklda pul o’tkazish yuli bilan o’tkazib beriladi.
-
Tomonlarning majburiyatlari.
2.1. BANKning majburiyatlari:
a) Bank o’z mablag’i xisobidan mazkur shartnomaning 1.2. bandida qayd etilgan maqsadni amalga oshirish uchun, 60 (OLTMISh) oy muddatga, imtiyozli davrsiz asosida, yillik 23% ustama xaqi to’lash sharti bilan, 8 216 937 (sakkiz million ikki yuz un olti ming tukkiz yuz uttiz etti) so’mlik kredit liniyasi ochish;
b) ajratilgan ssuda xisobini yuritish uchun, kredit shartnomasi imzolangan kundan so’ng Qarzdorga aloxida ssuda xisob raqami ochiladi;
v) Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi o’zgargan taqdirda karzdorga malum qilish.
2.2. KARZDORning majburiyatlari:
a) mazkur shartnomaning 1.2. bandida qayd etilganidek, ajratilgan kreditdan maqsadli foydalanish;
b) Kreditdan foydalanish jarayonida quyidagi asosiy talablarga amal qilish: maqsadli ishlatish, qaytarishlik, muddatlilik, to’lovni kechiktirmaslik va taminot;
v) Kredit taminotining batafsil tarifi:
- Kredit taminoti sifatida, Mengnarova Nurjamol Toshpulatovnaning 10 271 172 (un million ikki yuz etmish bir ming bir yuz etmish ikki) so’mlik ish haqi kafillik shartnomasi taqdim etiladi.
g) Ajratilgan kredit muddatli majburiyatnomaga asosan qaytarish;
d) Bank xodimlari tomonidan muntazam ravishda o’tkaziladigan monitoring tekshiruvlariga qarshilik ko’rsatmaslik, malumotlar olishga yordam berish;
e) Qarzdorning moliyaviy xolati yoki o’qish joyi o’zgarayotgan taqdirda bu xaqda Bankni kamida bir oy oldindan ogoxlantirish.
yo) Talaba o’quv muddati tugagunga qadar talabalar safidan chiqarib yuborilgan taqdirda oliy o’quv yurti rektorining buyrug’i chiqqan kundan boshlab un ish kuni ichida bankka bu xaqda xabar berishi zarur, qarz oluvchi esa o’z navbatida uch oy muddat mobaynida berilgan kredit va unga xisoblangan foizlarning to’liq summasini qaytarishi lozim.
j) Qarzdor vafot etgan taqdirda, uning ssuda qarzdorligi bo’yicha majburiyatlari mexnatga layoqatli oila azolaridan biriga (mustaqil va to’lov qobiliyatiga ega shaxsga) qayta rasmiylashtiriladi. Kredit majburiyatlari qayta rasmiylashtirish imkoniyati bo’lmagan taqdirda va to’lov muddatining kelishidan qatiy nazar bank qarzdorning vafotidan so’ng olti oylik muddat ichida uning merosxo’r yoki vorislariga sud orqali mulkiy davo qo’zg’atishga xaqli.
z) «Bank» «Qarzdor» tomonidan kreditning asosiy qarz to’lovi kredit qaytarish jadvalida belgilangan sanada amalga oshirilmagan hollarda, kredit qaytarish jadvalida belgilangan sanadan keyingi kundan boshlab aynan to’lov kechiktirilgan kunlar uchun kreditning muddati o’tgan qismiga mazkur shartnomaning 2.1 bandida
belgilangan foiz stavkasiga qo’shimcha ravishda yillik 5 (besh) foiz mikdorida qo’shimcha foiz to’lovi undirishga xaqli (chet eldan jalb qilingan kredit liniyalari orqali berilgan kreditlar bundan mustasno)»;
l) O’quv muassasasi tomonidan talabalar safidan chiqarilganligi to’g’risidagi buyruq chiqarilganidan so’ng, qarz oluvchi 10 kalendar kuni ichida bankga xabar berish, xabar bermagan hollarda shu davr uchun hisoblangan foizlarni bankka to’lab berish.
m) Agar «Qarzdor» tomonidan kredit mablag’lari o’z muddatida qaytarilmaganda kreditning asosiy qismi «Bank» tomonidan sud jarayonidagi kreditlar hisob raqamiga o’tkazilsa yoki ko’zda tutilmagan xolatlar (95413) hisob raqamiga o’tkazilishi taminlansa mazkur shartnomaning 2.1. b) bandida belgilangan foiz stavkasiga kushimcha ravishda yillik 5 (Besh) % mikdorida qo’shimcha foiz to’lash qo’llaniladi va hisoblangan foizlar «Qarzdor»dan undiriladi.
-
Tomonlarning xuquqlari
3.1. Bankning xukuklari :
a) Kreditlash jarayoni davomida (moliyaviy-xujalik axvoli, kreditga layoqatliligi, kreditni maqsadli ishlatilishi va Taminoti yuzasidan) kreditni tekshiruv monitoringini o’tkazish.
b) Mazkur shartnoma yuzasidan qarzdor majburiyatlarini bajarmagan taqdirda:
- Bank talab qilgan xujjatlar 30 (O’ttiz) kun ichida taqdim etilmagan taqdirda, kredit
ajratishni to’xtatadi, yani rad etadi;
- Ssuda maqsadli ishlatilmaganda, asosiy qarz to’lovi kechiktirilganda, moliyaviy axvoli og’irlashganda va shartnomada ko’zda tutilgan boshqa majburiyatlar buzilganda kreditni muddatidan oldin qaytarish choralari ko’riladi.
- Undiruv kafillikka qaratilgan taqdirda bu to’g’rida Bank qarzdorga besh kun oldin malum qiladi.
- Shartnomani bir tomonlama bekor qilish;
- Qarzdor shartnoma shartlaridan kelib chiqib, o’z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda,
Bank O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga asosan fuqarolik sudiga murojat qilmasdan kafil sifatida ishtirok etgan kafil fuqarolar xisobidan mavjud bo’lgan kredit qarzdorligini qoplaydi.
3.2. QARZDORning xuquqlari:
a) Mazkur shartnoma shartlarida qayd etilgan summani muddatida qaytarish sharti bilan olish;
b) Taraflarning roziligi bilan mazkur shartnoma muddatini uzaytirish (prolongasiya), shartlarini o’zgartirish yoki bekor qilish qushimcha shartnoma bilan amalga oshiriladi (sababini ko’rsatgan xolda).
v) Qarzdorik summasini muddatidan oldin qaytarish.
-
Tomonlarning javobgarligi
Taraflar o’z shartnomaviy majburiyatlarini bajarmagan yoki tegishli darajada bajarmagan taqdirda, O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq javobgardirlar. Shuningdek o’zlari taqdim etgan malumotlari yuzasidan O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgardirlar.
-
Nizolarni xal qilish.
Mazkur shartnoma shartlari yuzasidan taraflar o’rtasida yuzaga keladigan nizo va kelishmovchiliklar o’zaro muzokaralar olib borish yuli bilan xal qilinadi. Taraflar yuzaga kelgan nizoni o’zaro xal qila olmagan taqdirda, ushbu muammoni echishlik uchun xududiy Fuqarolik sudiga murojaat qilinadi.
-
Fors – major.
- Engib bo’lmaydigan kuchlar va tomonlarga bog’lik bo’lmagan xolatlar, yani tabiy ofatlar, sel, yongin, zilzila, portlash, epidemiya, urush yoki xarbiy va favqulotda xolatlar sababli tomonlar mazkur shartnoma imzolangandan so’ng shartnoma shartlarini qisman yoki to’liq bajarmasalar javobgarlikdan ozod etiladilar.
6.2. Mazkur fors-major xolatlar shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirishga sabab bo’ladi.
-
Shartnoma muddati
7.1. Mazkur shartnoma taraflar tomonidan imzolangan kundan etiboran tuzilgan sanaladi va taraflar o’z shartnomaviy majburiyatlarini to’liq bajargunlariga qadar amal qiladi. Talim krediti 60 (oltmish) oy muddatga, ____.Noyabr.2020 yildan ____.Noyabr.2025- yilga qadar, asosiy qarz to’loviga yillik 23% ustama xaqqi to’lash sharti bilan beriladi.
-
Qo’shimcha shartlar
8.1. Taraflar tomonidan imzolangan va muxr bosilgan, yozma ravishda tuzilgan mazkur shartnomaga
qo’shimchalar yuridik kuchga egadir va ushbu o’zgartish va qo’shimchalar taraflarning roziligi bilan amalga oshiriladi.
8.2. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo’lgan uch nusxada tuzildi. Tomonlarga bir nusxadan taqdim etiladi.
BANK: |
QARZDOR: |
«TURONBANK» ATB TERMIZ FILIALI
Termiz shaxar, Barkamol Avlod ko’chasi 32- uy. Tel: (76)223-18-99 Faks: (76) 223-18-99 MFO: 00328 INN: 201677164 X\r: 16103000400000328001
Filial boshqaruvchi urinbosari:
A.T.Mengnarov __________ M.U.
Filial bosh buxgalteri:
F.M.Mirzaev __________ M.U.
Filial yuristi:
A.B.Fozilov__________
|
Sayibnazarov Alimuxammad G’ayrat ug’li
Manzil: Surxondaryo viloyati Oltinsoy tuman Bo’ston MFY. Pasport: AS 0377795, Surxondaryo viloyati Oltinsoy tuman IIB tomonidan 06.12.2018 yilda berilgan.
Tel: +998
Karzdor ____________________ A.G’.Sayibnazarov
|
Oliy Talim muassasasi Termiz davlat universiteti
Pochta manzili:190111,Termiz shaxar Barkamol avlod kuchasi 43-uy Sh/X № 400910860224017950100079001 INN : 200473474
Talim muassasasi Raxbari: ________________ (imzo)
Yurist ________________ (imzo)
Bosh xisobchi: ________________ (imzo)
|
(karz oluvchining F.I.Sh tulik, uz kuli bilan yoziladi)
Ushbu shartnomani ukib chikdim, ushbu shartnomaning suzlari, bulimlari va bandlarining manosi, mazmuni va axamiyati menga tushunarli, shu munosabat bilan ushbu shartnomani imzolayman va suzsiz ijro etish uchun kabul kilaman.