Home / Madaniyat / Kishi suratidagi farishta

Kishi suratidagi farishta

«Agar sizlar mening huzurimdan chiqqanlaringizdan keyin ham huzurimda bo’lgan holatda davom etsangizlar edi, farishtalar sizlarning uylaringizga ziyorat qilib borar edilar».(Termiziy rivoyat qilgan).

farishtalarRosululloh -sallallohu alayhi vasallam- bir kuni ushbu voqeani hikoya qilib bergandilar: «Bir kishi o’zining boshqa bir qishloqda yashaydigan birodarini ziyorat qilmoq uchun yo’lga chiqdi. Alloh taolo bu kishi o’tadigan yo’liga bir farishtani (odam suratida) poyloqchi qilib qo’ydi. Bu kishi farishtaning oldiga etib kelganida farishta undan: “Qaerga ketayapsan?” – deb so’radi. U kishi: “Mana bu qishloqdagi birodarimni ziyorat qilgani ketayapman”, – dedi. Farishta undan: “Sen unga biron yaxshilik qilganmisan, endi shu yaxshilikni to’liq qilay deyapsanmi (yani, u seni quling yoki bolangmi, uning nafaqasi seni bo’yningdayu, sen shu nafaqani o’tay deyapsanmi)?

Boshqa bir rivoyatda aytilishicha: “U senga biron yaxshilik qilgani-u, sen shu yaxshilikka tashakkur bildirmoq uchun ketyapsanmi?” – deb so’radi. Haligi kishi: “Yo’q, men uni faqat Alloh uchun yaxshi ko’raman, shu sababdan ziyorat qilayapman”, – deb javob berdi. Farishta: “Men Allohning senga yuborilgan elchisiman. Sen u birodaringni Alloh uchun yaxshi ko’rganingdek Alloh seni ham yaxshi ko’radi”, – dedi. (Muslim rivoyat qilgan).

Яна маълумот

moloko-1024x768

Yangi tug’ilgan chaqaloqni ko’krakdan boqish

Yangi tug’ilgan sog’lom chaqaloqni kqkrakdan boqishni u tug’ulgandan sung dastlabki 30 minut ichida boshlagan makul. …