Home / Madaniyat / Inson aziyatlangan narsadan farishtalar ham aziyat chekadi

Inson aziyatlangan narsadan farishtalar ham aziyat chekadi

Alloh taolo farishtalarga turli ishlarni topshirib qo’ygan. Ayrim farishtalar odamlarni turli balo-ofatlardan, ko’ngilsiz hodisalardan himoya qilsalar, boshqalari odamlarning qilayotgan amallarini nomayi amollariga yozib boradilar. Insonlarning shu kabi manfaatlari uchun farishtalar muakkaldir.

ludi-angeliInsonlar Alloh taoloning bu inoyatiga shukr qilmoqlari farishtalarga iymon keltirishning samaralaridan biridir. Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- piyoz va sarimsoq piyoz eb masjidga kirmoqdan qaytarganlar.

Shu narsalarni egisi kelgan kishilarni avval hidini ketkizib, yaxshilab pishirib, keyin eyishga buyurganlar. Chunki bu sabzavot, o’simliklarning hididan odamlar ham, farishtalar ham bir xilda ozor tortadilar.

Bir kun bir sahoba shu o’simliklardan birini eb masjidga kirgan ekan. Badbo’y hid masjiddagi namozxonlarga aziyat etkazdi. Shunda Rosululloh sallallohu alayhi vasallam- dedilar: «Kim bu yomon hidli o’simlikdan egan bo’lsa, (to hidi yo’qolguncha) masjidlarimizga yaqinlashmay tursin. Chunki farishtalar ham insonlar ozor chekadigan narsadan ozor tortadi”. (Muslim rivoyat qilgan).

Яна маълумот

a9-dc96fefc-club

Bulat farishtalar

Alloh taolo ayrim farishtalarga aniq bir ishlarni vazifa qilgan. Ayrim farishtalarni yomg’irga, ayrim farishtalarni tog’larga, …