Home / Madaniyat / Xush-xabar beruvchi farishtalar

Xush-xabar beruvchi farishtalar

Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- aytdilar: «Farishtalar nurdan yaratilgan, jinlar tutunsiz olovdan yaratilgan, odam esa sizlarga aytilgan narsadan (balchiq loydan) yaratilgan». (Muslim rivoyati). Alloh taolo Maryam -alayhas-salom-ga Zakariyo alayhis-salom-ni vakil qilib qo’ydi.

FarishtalarHar qachon Zakariyo Maryamning oldiga — hujraga kirganida uning huzurida bir rizq-nasiba ko’rardi.   «Ey Maryam, bu narsalar senga qayoqdan keldi?» — deb so’raganida (Maryam) javob qildi:  «Bular Olloh huzuridandir. Albatta Olloh O’zi istagan kishilarga behisob rizq berur». Shunda Zakariyo Parvardigoriga duo qilib dedi:  «Ey Robbim, menga ham O’z huzuringdan bir pokiza farzand ato et».

Zakariyo -alayhis-salom-ning yoshi katta, qariya edi, ayoli ham tug’mas edi. Alloh u kishining duolarini ijobat qilib, u kishiga xushxabar bermoq uchun farishtalarni yubordi. Alloh taolo quronda bu haqda bunday degan:  «Farishtalar unga nido qildilar: «(Ey Zakariyo), Alloh senga Allohning so’zini tasdiq etadigan, (o’z qavmiga) xoja bo’ladigan, (shahvatlardan o’zini) tiyadigan va solih payg’ambarlardan bo’ladigan Yahyo ismli farzand xushxabarini berur».

Яна маълумот

15eaa5e682f758fa8c5ac06cef0383ec

Farishta va shahid

Farishtalarga iymon keltirmoq samaralaridan biri ularni yaxshi ko’rmoqdir. Chunki ular doimo Allohning ibodatida qoim bo’lib, …