Home / Madaniyat / Farishta va shahid

Farishta va shahid

Farishtalarga iymon keltirmoq samaralaridan biri ularni yaxshi ko’rmoqdir. Chunki ular doimo Allohning ibodatida qoim bo’lib, hamisha Allohning buyruqlariga itoat qiladilar. Uhud jangi kuni Jobirning otasi Abdulloh shahid bo’ldi. Musulmonlar uni yuzi yopiq holatda olib keldilar. Chunki Mushriklar uning quloqburunlarini kesib tashlagan edi. Jobir otasining yuzini ochmoqchi bo’ldi. Odamlar qaytardilar.

15eaa5e682f758fa8c5ac06cef0383ecShunda Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- otasining yuzini ochib ko’rishiga ruxsat berdilar. Otasining yuzi ochilgan vaqtda bir ayolning Jobirning otasi nomini aytib yig’layotganini eshitdilar. Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- “Kim yig’layapti?” – dedilar. “Amirning qizi (yani Jobirning ammasi)” – deb javob berishdi.

Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- “Nega yig’laydi?! Axir farishtalar unga bu yoqqa olib kelgunlariga qadar soya qilib turgan bo’lsa?! (Yani, farishtalar ham hurmat qilib, uning atrofida xizmat qiladigan darajada ulug’ martabaga musharraf bo’ldi. Bu ishdan xursand bo’lmoq kerak, yig’lash emas)”. (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Яна маълумот

moloko-1024x768

Yangi tug’ilgan chaqaloqni ko’krakdan boqish

Yangi tug’ilgan sog’lom chaqaloqni kqkrakdan boqishni u tug’ulgandan sung dastlabki 30 minut ichida boshlagan makul. …