Home / Madaniyat / Farishtalar va jannat ahli

Farishtalar va jannat ahli

«Parvardigorlarining Yuzini ko’zlab, (mehnat-mashaqqatlarga) sabr-toqat qilib, namozlarini to’kis ado etgan va Biz rizq qilib bergan narsalardan maxfiy va oshkora infoq-ehson qilgan hamda yomonlikni yaxshilik bilan qaytaradigan zotlar — ana o’shalar uchun oxirat diyori bordirki, (u diyor) abadiy turiladigan jannatlar bo’lib, ular u joylarga, ota-bobolari, jufti halollari va zurriyotlaridan iborat bo’lgan solih bandalar bilan birga kirurlar.

fariSo’ng ularning huzurlariga har eshikdan farishtalar kirib (derlar): «(Alloh yo’lida mehnat-mashaqqatlarga) sabr-toqat qilib o’tganlaringiz sababli (endi bu jannatlarda) sizlarga tinchlik-osoyishtalik bo’lgay. Bu oxirat diyori naqadar yaxshi!». Rad surasi, 22-24oyat. Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- bir kun sahobalaridan so’radilar: – Allohning bandalari ichida jannatga birinchi bo’lib kim kiradi, bilasizlarmi?

Sahobalar: “Alloh va uning elchisi bilur”, – dedilar. Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- ularga dedilar: – Allohning bandalari ichida jannatga eng birinchi kiruvchilar kambag’al muhojirlardir (boshqa rivoyatda: kambag’allar va muhojirlar), ayni shu insonlar (yani, kambag’al muhojirlar) sababli chegaralar qo’riqlanadi – tinch-omon bo’ladi, ofat-balolar kelmaydi. Bular ko’ngillaridagi hojatlarini o’tashga qodir bo’lmay vafot etadirlar.

Alloh o’zi xohlagan farishtalariga: «Ularni oldilariga borib, salom beringlar!» – deydi. Farishtalar (bu buyruqning hikmatini so’rab) aytadilar: “Ey Parvardigor! Biz Sening osmoningni maskan tutguvchilarmiz, bandalaring ichida yaxshilarimiz, nega bizlarni ularning oldilariga borib, salom berishga buyurursan?”. Shunda Alloh aytadi: «Ular menga ibodat qilib, menga biror narsani sherik keltirmaydigan bandalar edi.

Shular sababli chegaralar qo’riqlanar, insoniyat balo-ofatlardan saqlanar edi. Shunday bo’lsada, bular dillaridagi ehtiyojlarini bajarishga qodir bo’lmay vafot etgan ulug’ insonlardir». Shunda bu kambag’allarning huzurlariga har eshikdan farishtalar kirib derlar: «(Olloh yo’lida mehnat-mashaqqatlarga) Sabr-toqat qilib o’tganlaringiz sababli sizlarga tinchlikosoyishtalik bo’lgay. Bu oxirat diyori naqadar yaxshi!».

Яна маълумот

moloko-1024x768

Yangi tug’ilgan chaqaloqni ko’krakdan boqish

Yangi tug’ilgan sog’lom chaqaloqni kqkrakdan boqishni u tug’ulgandan sung dastlabki 30 minut ichida boshlagan makul. …