Home / Madaniyat / Farishtalar va yahudiy

Farishtalar va yahudiy

«Kim Ollohga va uning farishtalariga, payg’ambarlariga, Jabroil va Mikoilga dushman bo’lsa, bas, albatta Olloh (bunday) kofirlarga dushmandir». Baqara surasi 98-oyat. Abdulloh ibn Salom musulmon bo’lishidan avval yahudiy edi. Bir kuni bog’ida ishlab turgan vaqtida Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam-ning Madina shahriga etib kelganlarini eshitib qoldi.

3208820_900U Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- huzurlariga kelib: “Men sizdan faqat payg’ambar biladigan uch narsa xaqida so’rayman: qiyomatning eng birinchi alomati nima; jannat ahlining eng birinchi taomi nima; qachon farzand otasiga yoki onasiga o’xshaydi?”, – deb so’radi. Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam-: “(Men bu savollarning javobini bilmasdim). Hozir Jabroil menga xabar berdi”, – dedilar. Abdulloh ibn Salom: “Jabroil?!” – deb hayron bo’ldi. Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam-: “Ha”, – dedilar.

Abdulloh ibn Salom: “Jabroil farishtalarning ichida yahudiylarning dushmaniku!” – dedi. Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- bu oyatni tilovat qildilar: Ayting (ey Payg’ambar): «Kim Jabroilga dushman bo’lsa, (U Allohga dushmandir). Zero u (Jabroil) Allohning izni bilan qalbingizga o’zidan avvalgi kitoblarni tasdiq etadigan va mo’minlarga hidoyat va xushxabar bo’lgan Quronni nozil qildi».

So’ng Abdulloh ibn Salomning savollariga javob berdilar: «Qiyomatning eng birinchi alomati insonlarni mashriqdan mag’ribga qarab to’playdigan o’t-olov; Jannat ahlining eng birinchi taomi kit balig’ini jigaridan bir bo’lak; Agar kishining maniysi ayolning maniysidan ilgarilab ketsa, farzand otasiga o’xshaydi, aksincha, ayolning maniysi ilgarilab ketsa, farzand onasiga o’xshaydi”, – dedilar. (Buxoriy rivoyati).

Яна маълумот

moloko-1024x768

Yangi tug’ilgan chaqaloqni ko’krakdan boqish

Yangi tug’ilgan sog’lom chaqaloqni kqkrakdan boqishni u tug’ulgandan sung dastlabki 30 minut ichida boshlagan makul. …