Home / Madaniyat / Farishtalar va Rosululloh sallallohu alayhi vasallam-ning fazilatlari

Farishtalar va Rosululloh sallallohu alayhi vasallam-ning fazilatlari

Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- shunday marhamat qilganlar: «Kim ilm talabida yo’lga chiqsa, Alloh uning jannatga bo’lgan yo’lini oson qilib qo’yadi». Alloh taolo insonlarni bir-biridan farqli, ayrimlarini afzal qilgani kabi, bazi farishtalarni ham boshqalaridan afzal qilgandir.

Bandaning taqvosi va iymoni qancha ziyoda bo’lsa, Allohning huzurida shu qadar fazilatli bo’ladi. Bir kuni Abdulloh ibn Abbos -roziyallohu anhu- aytib qoldilar: – “Alloh taolo Muhammad -sallallohu alayhi vasallam-ni barcha payg’ambarlardan va osmon ahlidan afzal qildi”. Shunda yonidagi odamlar so’rashdi: – “Ey Ibni Abbos, Alloh taolo nima bilan u zot -sallallohu alayhi vasallam-ni osmon ahlidan afzal qildi”? Abdulloh ibn Abbos javob berdilar:

club-p-angel

“Alloh taolo osmon ahliga «Ulardan kimda kim: “Men Allohdan o’zga ilohman”, – deb aytsa, ana o’shani jahannamda jazolaymiz. Biz zolim kimsalarni mana shunday jazolaymiz» (Anbiyo surasi 29-oyat), – dedi va Muhammad -sallallohu alayhi vasallam-ga: «(Ey Payg’ambar), toki Olloh sizning gunohingizdan ilgari o’tgan va keyin kel(adi)gan narsalar (barcha gunohlaringiz)ni mag’firat qilishi uchun Biz sizga ochiq-ravshan fath — g’alaba ato etdik», – dedi. Yani, samovot ahliga Alloh taolo qattiq vaid qilib, po’pisa qilgan bo’lsa, Muhammad -alayhis-salom-ga marhamat bilan, gunohlarini kechishni vada qilib, yumshoq xitob yo’lladi. – “Muhammad -sallallohu alayhi vasallam- boshqa payg’ambarlardan nimalari bilan afzal?”, – deb so’radilar.

Abdulloh ibn Abbos javob berib aytdilar: – Alloh taolo bir oyatda: “Biz har bir payg’ambarni (hukmlarimizni) bayon qilib berishi uchun o’z qavmining tili bilan (so’zlaydigan qilib) yuborganmiz», deb barcha payg’ambarlar faqat o’z qavmiga yuborilganini malum qilgan. Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- esa barcha odamlarga payg’ambardirlar.

Bu haqda Alloh taolo shunday deydi: «(Ey Payg’ambar), Biz sizni shak-shubhasiz, barcha odamlarga (mo’minlarga jannat haqida) xushxabar eltguvchi, (kofirlarni esa do’zax azobidan) ogohlantirguvchi bo’lgan holingizda, payg’ambar qilib yubordik». (Dorimiy rivoyati).

Яна маълумот

grudnoe-moloko-v-tchem-tsennost

Ona ko’kragidan boqishda uchraydigan qiyinchiliklar

Ko’krakdan boqishda onada uchraydigan qiynichiliklar: Surgichlarning notugri shakllanishi: ular kichkina, yassi, kukrak bezi ichiga tortilgan …