Home / Madaniyat / Farishtalar va Maryam -alayhassalom

Farishtalar va Maryam -alayhassalom

Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- aytdilar: “Qaysi biringiz bir joyda namoz o’qib, birovga gapirmasdan, hech kimga ozor bermay, shu namoz o’qigan joyida o’tiradigan bo’lsa, farishtalar: «Ey Alloh, bu bandangni mag’firat qil, ey Alloh, unga rahm ayla, ey Alloh, uning tavbasini qabul qil», – deb uning haqqiga duoda bo’ladilar.

6Maryam -alayhas-salom- yoshligidan toatibodatda o’sib, soliha ayol bo’lib ulg’aydi. Maryam alayhas-salom-ning onasi uni Allohga nazr qilgan edi va Allohga ibodat qilib katta bo’lishi uchun ibodatxonaga olib kelib bergan edi. Maryam -alayhas-salom- voyaga etganidan so’ng farishtalar uning oldiga kelib, Alloh uni boshqalardan saralab, tanlab olgani haqida xushxabarni berdilar. Alloh taolo bu haqda shunday degan:  Farishtalar Maryamga: «Yo Maryam, albatta Alloh seni (ayollar orasidan) tanlab oldi va (barcha gunohlardan) pokladi hamda seni butun olamlarning ayollaridan afzal qildi.

Yo Maryam, Parvardigoringga itoat qil va ruku (Allohga ibodat) qilguvchilar bilan birga sajda va ruku (yani ibodat qil!») — deganlarini eslang!}. Maryam -alayhas-salom- bu xushxabardan quvondi. Farishtalar boshqa bir xushxabarni ham etkazdilar:   Eslang (ey Payg’ambar), farishtalar: «Yo Maryam, albatta Alloh senga O’zining So’zini xushxabar qilib beradiki, uning ismi alMasih Iyso ibni Maryam bo’lib, dunyoyu oxiratda obro’li va (Allohning) yaqinlaridan bo’lur hamda odamlarga go’daklik paytida ham, voyaga etgan chog’ida ham (bir xil) gapirur.

Va solih bandalardan bo’lur», deganlarida,   Maryam: «Parvardigorim, menga odamzod tegmagan bo’lsa, qayoqdan menda farzand bo’lsin?» — dedi.  Alloh aytdi: «Shunday, Alloh O’zi xohlagan narsasini (O’zi xohlagan suratda) yaratadi. Qachon biron ishni iroda qilsa, unga: «Bo’l!» — deydi. Bas, u ish bo’ladi».

Яна маълумот

moloko-1024x768

Yangi tug’ilgan chaqaloqni ko’krakdan boqish

Yangi tug’ilgan sog’lom chaqaloqni kqkrakdan boqishni u tug’ulgandan sung dastlabki 30 minut ichida boshlagan makul. …