Home / Madaniyat / Farishtalar va Quron

Farishtalar va Quron

Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- shunday marhamat qildilar: «Qaysi bir qavm Alllohni zikr qilib o’tiradigan bo’lsa, albatta, ularni farishtalar o’rab, qurshab oladilar, ularni har taraflaridan rahmat qamrab olur, ularga sokinlik tushur va Alloh o’zining huzurida bo’lgan (farishtalar) jamoasida ularni (maqtab) zikr qilur».

quronTunlarning birida Usayd ibn Huzayr roziyallohu anhu- otini bog’lab qo’yib, bir chekkada namoz o’qiyotgan edi. Usayd -roziyallohu anhu- xushovoz kishi bo’lib, quroni karimni juda yoqimli tilovat qilar ekan. O’sha tunda Baqara surasidan o’qiy boshlabdi. Birdan oti bezovtalanib, bog’lab qo’yilgan erida u yoq-bu yoqqa irg’ib, sakray boshlabdi. Usayd qiroat qilishdan to’xtasa, ot ham tinchlanar ekan. Yana qiroat qilsa, ot ham yana bezovta bo’lib, o’zini u yoq-bu yoqqa ota boshlabdi. Usayd yana qiroat qilishdan to’xtagan ekan, ot ham tinchlanibdi.

Usayd -roziyallohu anhu- uchinchi marta yana qiroatni davom ettiribdi. Ot yana bezovtalanib, u yoq-bu yoqqa o’zini urayotganini ko’rib, Usayd roziyallohu anhu- yana qiroatini to’xtatibdi. Chunki Usaydning o’g’li Yahyo otga yaqin erda uxlab yotgan ekan. O’g’lini ot bosib, tepkilab yuborishidan qo’rqib, tez namozini tugatibdi-da, o’g’li Yahyoni chetroqqa olib qo’yibdi.

Shu vaqt Usayd -roziyallohu anhu-ning ko’zi osmonga tushib qolibdi va ilgari hech ko’rmagan ajoyib bir manzarani ko’ribdi. Osmonda soyaga o’xshash bir narsa ko’rinar, uning ichida esa chiroqlarga o’xshash tovlanib turgan bir ajib xilqat bor edi. Tong otgach Usayd -roziyallohu anhu- Rosululloh sallallohu alayhi vasallam- huzurlariga borib, tundagi voqeani aytib berdi.

Uning so’zlarini diqqat bilan eshitib turgan Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- “Ey Huzayrning o’g’li, qiroatni to’xtatmay o’qishing kerak edi! Ey Huzayrning o’g’li, qiroatni to’xtatmay o’qishing kerak edi!” – dedilar. Usayd -roziyallohu anhu-: “Ey Rosululloh sallallohu alayhi vasallam-, o’g’lim Yahyo otga yaqin erda yotgan edi, ot uni bosib tashlashidan qo’rqib, uning oldiga bordim. Shu payt osmonga ko’zim tushdi, soyaga o’xshash bir narsa ko’rdim, uning ichida esa chiroqqa o’xshab tovlanib turgan bir narsa bor edi. Bu narsa asta ko’tarilib ketdi va menga ko’rinmay qoldi”, – dedi.

Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam-: “U narsaning nima ekanini bilasanmi?” – dedilar. Usayd -roziyallohu anhu-: “Yo’q,” – deb javob berdi. Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam-: “Ular farishtalar edi, sening tovushingga kelgan edilar. Agar tilovatda davom etganingda edi, ular odamlarga ko’rinar va odamlar esa ularni ko’rar edilar. (Buxoriy rivoyati).

Яна маълумот

moloko-1024x768

Yangi tug’ilgan chaqaloqni ko’krakdan boqish

Yangi tug’ilgan sog’lom chaqaloqni kqkrakdan boqishni u tug’ulgandan sung dastlabki 30 minut ichida boshlagan makul. …