Home / Madaniyat / Farishtalarning qo’l berib ko’rishishi

Farishtalarning qo’l berib ko’rishishi

Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- aytdilar: «Madinaning (kirish) ko’chalarida farishtalar bor, vabo ham dajjol ham Madinaga (aslo) kira olmaydi». (Buxoriy rivoyati). Bir kuni Madina ko’chalaridan birida Abu Bakr roziyallohu anhu- Hanzala -roziyallohu anhu-ni uchratib qoldilar. Hanzala -roziyallohu anhu- juda g’amgin, qayg’uda edi. Abu Bakr -roziyallohu anhu-: “Ey Hanzala, tinchlikmi, xafa ko’rinasan?”, – dedi.

Hanzala -roziyallohu anhu-: “Men munofiqman, shekilli” – deb javob berdi. Abu Bakr -roziyallohu anhu-: “Subhanalloh! Nimalar deyapsan?!” – dedi. Hanzala: “Rosulullohning huzurlarida bo’lganimizda U zot bizga jannatni va do’zaxni eslatadilar. Biz ularni o’z ko’zimiz bilan ko’rgandek bo’lamiz. Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- huzurlaridan chiqsak, yana xotin, bola-chaqa va tirikchilik tashvishiga tushamiz, U zot oldilaridagi ruhiy holatni unutamiz”, – dedi. Abu Bakr -roziyallohu anhu-: “Allohga qasamki, menda ham shunday bo’ladi” – dedi. Keyin Abu Bakr va Hanzala -roziyallohu anhuma- ikkisi Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- huzurlariga bordilar. Hanzala -roziyallohu anhu-: “Ey Rosululloh! Hanzala munofiq bo’ldi, shekilli”, – dedi. Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam-: “Nima bo’ldi, nega bunday deyapsan?” – dedilar.

Hanzala: “Ey Rosululloh, biz sizning huzuringizda bo’lganimizda bizga jannatni va do’zaxni eslatasiz. Biz ularni o’z ko’zimiz bilan ko’rgandek bo’lamiz. Huzuringizdan chiqqanimizdan so’ng xotin, bola-chaqa va tirikchilik bilan ovora bo’lib, u ruhiy holatni unutamiz,” – dedi.  Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam-: “Ey Hanzala, jonim egasi bo’lgan Allohga qasamki, agar sizlar mening huzurimda bo’lgan holatlaringizday holatda, doimo zikr qilmoqda davom etsangizlar edi, farishtalar sizlar bilan ko’chalarda qo’l berib ko’rishardi. Lekin, ey Hanzala, bir unday, bir bunday bo’ladi (yani, kishi bunday holatga tushsa, munofiq bo’lmaydi)”, – deb javob berdilar.

Яна маълумот

moloko-1024x768

Yangi tug’ilgan chaqaloqni ko’krakdan boqish

Yangi tug’ilgan sog’lom chaqaloqni kqkrakdan boqishni u tug’ulgandan sung dastlabki 30 minut ichida boshlagan makul. …