Home / Madaniyat / Farishtalar hayosi

Farishtalar hayosi

Hayo farishtalarning xulqlaridan biri bo’lib, ular ham odamlardek hayo qiladilar. Oisha -roziyallohu anha- dedilar: “Rosululloh sallallohu alayhi vasallam- bir kuni uyda sonlari yoki boldirlari ochiq holatda o’tirgan edilar Abu Bakr -roziyallohu anhu- kirishga izn so’radilar. Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- o’tirgan holatlarida kirishga izn berdilar va suhbat qilib o’tirdilar. Keyin Umar roziyallohu anhu- kirishga izn so’radilar.

maxresdefaultRosululloh -sallallohu alayhi vasallam- yana o’sha holatlarida kirishga izn berdilar va suhbat qurib o’tirdilar. Keyin Usmon -roziyallohu anhu- kirishga izn so’radilar Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- rostlanib o’tirib, kiyimlarini tuzatdilar. Usmon -roziyallohu anhu- kirdilar va suhbat qurib o’tirdilar. Oisha -roziyallohu anha- aytadilar: Ular chiqib ketganlaridan keyin so’radim: “Avval Abu Bakr roziyallohu anhu- kirdilar, holatingizni o’zgartirmadingiz, keyin Umar -roziyallohu anhu- kirdilar, holatingizni o’zgartirmadingiz.

Oxiri Usmon -roziyallohu anhu- kirganida, o’tirib kiyimlaringizni tuzatdingiz. Buning sababi nima?”. Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- javob berdilar: “Farishtalar hayo qiladigan kishidan hayo qilmaymanmi?!”.

Яна маълумот

moloko-1024x768

Yangi tug’ilgan chaqaloqni ko’krakdan boqish

Yangi tug’ilgan sog’lom chaqaloqni kqkrakdan boqishni u tug’ulgandan sung dastlabki 30 minut ichida boshlagan makul. …