Home / Madaniyat / Farishtalar duosi

Farishtalar duosi

Farishtalar iymon keltirgan kishilarga mag’firat so’raydilar, mo’minlar haqqiga yaxshilik bilan duo qiladilar. Bu haqda Alloh taolo shunday marhamat qiladi:    «(Farishtalar) Iymon keltirgan kishilarni mag’firat qilishini so’rarlar».

Farishtalar mo’minlarning haqlariga duo qiladilar, mo’minlar duo qilayotgan vaqtda ularning duosiga jo’r bo’lib: “Omiyn (Ey Alloh, duolarini ijobat qil)”, – deb aytadilar. Shuning uchun Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- bizlarga doim yaxshi duo qilib yurishni, duoyi bad, qarg’ishlarni ishlatmaslikni tavsiya qilganlar.

webp-net-compress-image-3

Abu Salama -roziyallohu anhu- vafot etgan kuni Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- uning janozasiga keldilar, Muborak qo’llari bilan Abu Salama -roziyallohu anhu-ning ko’zini yumdilar. So’ng atrofdagi odamlarga: “Ruh – jon (jasaddan) chiqsa, ko’z unga ergashib qoladi (yani, ortidan qarab qoladi)”, – dedilar. Shu vaqtda Abu Salamaning oila azolari tarafidan ovoz eshitildi. Shunda Rosululloh sallallohu alayhi vasallam-: – “O’zlaringiz xaqingizga faqat yaxshilik bilan duo qilinglar. Farishtalar aytayotgan so’zlaringizga (yani duolaringizga) omiyn aytib tururlar”, – dedilar.

Keyin Abu Salamani xaqqiga shunday duo qildilar: – “Ey Alloh, Abu Salamaning gunohlarini mag’firat qilgin, hidoyatda bo’lgan kishilar qatorida uning ham jannatdagi darajasini yuqori qilgin, uning ortida qolganlariga O’zing yordamchi va saqlovchi bo’lgin! Ey olamlarni robbi! Bizlarning va uning gunohlarini o’zing mag’firat qilgin, uning qabrini keng va munavvar qilgin!”. (Muslim rivoyat qilgan).

Яна маълумот

moloko-1024x768

Yangi tug’ilgan chaqaloqni ko’krakdan boqish

Yangi tug’ilgan sog’lom chaqaloqni kqkrakdan boqishni u tug’ulgandan sung dastlabki 30 minut ichida boshlagan makul. …