Jabroil -alayhis-salom- payg’ambarlarga vahiy olib kelishga vakil qilingandir. Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- payg’ambar bo’lishlaridan oldin ham ibodatda edilar. Ramazon oyida Makkaning tashqarisidagi Hiro nomli g’orda ibodat qilib o’tirgan edilar. Huzurlariga Jabroil -alayhis-salom- kelib: “O’qing!” – dedi. Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam-: “Men o’qishni bimayman,” – dedilar. Jabroil -alayhis-salom- Rosululloh sallallohu alayhi vasallam-ni bir siqib, qo’yib yubordi-da, yana: “O’qing!” – deb aytdi.
Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- bu safar ham: “Men o’qishni bilmayman,” – dedilar. Jaboil -alayhis-salom- ikkinchi bor Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam-ni siqib, qo’yib yubordi va: “O’qing!” – dedi. Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- yana: “Men o’qishni bimayman,” – dedilar. Jabroil -alayhis-salom- uchinchi bor Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam-ni siqib, qo’yib yubordi va: «(Ey Payg’ambar, barcha mavjudotni) yaratgan zot bo’lmish Parvardigoringiz nomi bilan (boshlab) o’qing!.
U insonni laxta qondan yaratgan (zotdir). O’qing! Sizning Parvardigoringiz (insoniyatga) qalamni (yani yozishni — xatni) o’rgatgan o’ta karamli zotdir», – dedi. Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- qalblari titragan holda uyga qaytdilar. Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- Xadicha -roziyallohu anha- huzuriga kirdilar.
Xadicha roziyallohu anha- Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- ni tinchlantirib, amakisining o’g’li Varaqa ibn Navfal oldiga olib bordi. Varaqaning yoshi katta edi. Varaqa Rosululloh sallallohu alayhi vasallam-ning so’zlarini eshitib: “Bu Muso -alayhis-salom-ga kelgan Jabroil payg’ambardir,” – dedi.