Home / Madaniyat / Bulat farishtalar

Bulat farishtalar

Alloh taolo ayrim farishtalarga aniq bir ishlarni vazifa qilgan. Ayrim farishtalarni yomg’irga, ayrim farishtalarni tog’larga, ayrim farishtalarni rizqlarga vakil qilgan. Bir kuni bir kishi yo’lda ketayotgan edi. Osmondagi bulutdan “Falonchining bog’ini sug’or”, – degan ovozni eshitdi. Bulut osmonda suzib uzoqlasha boshladi. Boyagi kishi bulutning orqasidan ergashdi. Bulut bir erga borib o’zidagi suvni to’kdi – yomg’ir yog’di.

a9-dc96fefc-club

Yomg’ir suv to’planib, bir tarafga qarab oqa boshladi. Boyagi kishi suvning orqasidan ergashdi. Suv aylanib-aylanib bir bog’ga etib bordi. Bog’ning egasi qo’lidagi bel bilan oqib kelayotgan suvni bog’ tomonga burar edi.

Boyagi kishi: “Ey Allohning banbasi, isming nima?” – deb so’radi. Bog’ning egasi: “Falonchi”, – deb bulutdan eshitilgan ismni aytdi-da, “Nega ismimni so’rading?” – deb u ham savol qildi. Avvalgi odam: “Mana bu suvni yog’dirgan bulutdan: “Falonchining bog’ini sug’orgin” – deb sening isming zikr qilinganini eshitdim. Bu bog’ingda qanday sir-sinoat bor?” – dedi.

Bog’ning egasi: “Sen bu xabarni aytganing uchun ham aytaman. Men bu bog’dan chiqadigan hosilning uchdan birini sadaqa qilaman, uchdan birini oilam bilan o’zim eyman, uchdan birini bog’ning o’ziga sarflayman” – dedi. (Muslim rivoyati). Alloh taolo bulutlarga farishtalarni vakil qilib qo’ygan. Farishtalar bulutlarni Alloh buyurgan o’ringa olib boradilar.

Яна маълумот

moloko-1024x768

Yangi tug’ilgan chaqaloqni ko’krakdan boqish

Yangi tug’ilgan sog’lom chaqaloqni kqkrakdan boqishni u tug’ulgandan sung dastlabki 30 minut ichida boshlagan makul. …