Home / Iqtisodiyot / Bank omonatlari va hisobvarag’i shartnomalari

Bank omonatlari va hisobvarag’i shartnomalari

Bank omonati shartnomasi shartnomaning alohida turlaridan biri bo’lib, unga ko’ra birinchi tarafdan (omonatchidan) qabul qilib olgan yoki uning nomiga kelgan pul summasini (omonatni) qabul qilib olgan ikkinchi taraf (bank) shartnomada nazarda tutilgan shartlar asosida va tartibda omonat summasini qaytarish va unga foizlar to’lash majburiyatini oladi (FK, 759-modda).

Yuridik adabiyotlarda bank omonati shartnomasiga ayrim mualliflar qarz shartnomasining bir turi, irregulyar saqlash (pul, narsalarni tur belgilari bo’yicha saqlash) sifatida qarasalar, qolganlar uni qarz shartnomalari qismlarining majmui deb hisoblaydilar.

hisomvaraqa

Bank omonati shartnomasi real bo’lib, omonatchi (boshqa shaxs) bankka omonat puli summasini berayotgan vaqtda tuziladi. Omonatchi banqdan faqat omonat puli summasini va u bo’yicha foizlarini qaytarishini talab qilish huquqiga ega bo’ladi, o’z sherigi oldida hech qanday majburiyat olmaydi. Bank omonat puli summasini va u bo’yicha foizlarni to’lashi shart.

Shunday qilib, bank omonati shartnomasi bir tomonlama va haq evaziga tuziladigan mustaqil shartnoma bo’lib, uning ildizlari qarz shartnomasiga borib taqaladi. U bank (qarzdor) bilan omonatchi (kreditor) o’rtasidagi kredig munosabatlarini rasmiylashtiradi. Fuqaro bilan tuziladigan bank omonati shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi.

Demak, yuzaga kelgan munosabatlarga FKning 358-moddasida bunday shartnomalar to’g’risida ko’zda tutilgan umumiy qoidalar, xususan, xizmat ko’rsatuvchining shartnoma tuzishdan bosh tortishi taqiqlanishi, bir shaxsning boshqa shaxsga nisbatan afzal ko’rishini istisno etilishi, Uzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tomonlar uchun majburiy bo’lgan qoidalarning chiqarilishi mumkinligi kabilar tatbiq etiladi.

Nakd pulsiz olib boriladigan hisob-kitob va kredit operasiyalarini tashkil etish va amalga oshirishning zaruriy vositasi bank hisobvarag’ining alohida shartnomasini tuzish vaqtida vujudga keladi. Bank hisobvarag’ini buxgalteriya hujjati deb ham qarash mumkin, chunki unda muayyan shaxsga tegishli pul mablag’lari va moddiy boyliklar harakati aks ettiriladi.

Biroq o’z shakliga ko’ra, bu, avvalambor, shartnoma hisoblanadi. Bunday hisobvaraqlar depozit, hisob-kitob, joriy valyuta, kapital qo’yilmalarni moliyalash hisobvaraqlari bo’lishi mumkin, ular hisob-kitob operasiyalari uchun mo’ljallangan. Ularni ochish uchun hamma vaqt bank hisobvarag’i shartnomasi tuziladi. Ayni ular FKning 44-bobi qoidalari bilan tartibga solinadi.

Fuqarolik kodeksida bank hisobvarag’i shartnomasiga mustaqil shartnoma sifatida qaraladi. Uning 771-moddasida bu shartnomaga shunday tarif berilgan:

«Bank hisobvarag’i shartnomasi bo’yicha bir taraf bank yoki boshqa kredit muassasasi (bank) ikkinchi tarafning-mijozning (hisobvaraq egasining) hisobvarag’iga tushayotgan pul mablag’larini qabul qilish va kiritib qo’yish, mijozning hisobvaraqdan tegishli summalarini o’tkazish va to’lash hamda hisobvaraq bo’yicha boshqa operasiyalarni amalga oshirish haqidagi farmoyishlarini bajarish majburiyatlarini oladi».

Tarifdan ko’rinib turibdiki, bank hisobvaragi shartnomasi konsensual shartnoma ekan, chunki u hisobvaraq ochilayotgan vaqgda uning egasi hisobvaraqqa mablag’ qo’yish-qo’ymasligiga bogliq emas. Agar tomonlar shartnomaning barcha mavjud shartlari bo’yicha kelishib olishga erishsalar, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

Bank hisobvarag’i shartnomasi uning qatnashchilari, huquq hamda majburiyatlarga ham ega bo’lganligi tufayli ikki taraflama shartnoma hisoblanadi. Bu agar tomonlar kelishuvida boshqacha tartib o’rnatilgan bo’lmasa, to’lovli shartnomadir (FK, 781-modda).

Bankda mijozning hisobvaraqdagi mablaglaridan o’z maqsadlarida foydalanish huquqi bo’ladi, bunda u mijozga ushbu mablaglardan hech qanday to’siqsiz tasarruf etish huquqini kafolatlaydi. Bank mijozning pul majburiyatlaridan foydalangani uchun unga shartnomada belgilangan mikdorda foizlar (mukofot puli) to’laydi.

Bank omonati shartnomasida to’lanadigan foizlar miqdori haqida shart bo’lmagan taqdirda, bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarga to’lanadigan miqdorda foizlar to’lashi shart (FK, 763-734 moddalar). Mukofot summasidan (odatdagi hisobvarakda) foizlar mijozning hisobvaragiga har chorakda kiritiladi. Mijoz bankning hisobvarakda turgan pul mablag’lari bilan operasiya qilish bo’yicha xizmatlariga bank hisobvarag’i shartnomasida nazarda tutilgan shartlar asosida haq to’lashi shart. Bu haq bank tomonidan har oyning oxirida mijozning hisobvarag’idagi mablag’lar hisobidan undirib olinadi (FK, 780-modda). Bunda bankning mijozga va mijozning bankka o’zaro muqobil talablari yuzaga kelishi mumkin, ular bir-birlarining talablarini hisobga olish yo’li bilan bank tomonidan bekor qilinadi (FK, 782-modda).

Bank hisobvarag’i shartnomasining o’ziga xosligi shundaki, na bank, na yuridik shaxs mijoz uni tuzishdan bosh tortishga haqli emas. Mazkur holda mijozning majburiyati yuridik shaxslarning hisob-kitoblarni naqd pulsiz tartibda amalga oshirish to’g’risidagi qoidalardan kelib chiqadi. Bankning shartnoma tuzish majburiyati uning qonunda ko’zda tutilgan subektiv xususiyatlaridan kelib chiqadi (FK, 775-modda).

Shartnoma tomonlari bank (shu jumladan, lisenziyaga ega bo’lgan kredit muassasasi) va mijoz (hisobvaraq egasi)dir. Bu shartnomada xizmat ko’rsatuvchi hamma vaqt bank yoki bunday turdagi harakatlar (bitimlar)ni amalga oshirish uchun lisenziyaga ega bo’lgan kredit muassasasi bo’ladi. Mijoz sifatida har qanday yuridik va jismoniy shaxslar qatnashishi mumkin.

Shartnoma predmeti shartnoma bilan kelishilgan operasiyalarni amalga oshirish uchun mijozning bankdagi hisobvarag’ida mavjud bo’lgan pul mablag’laridir. Bank o’z mijozlarining ko’pincha naqd pulsiz shaklda, hisobvarakdagi yozuv shaklida mavjud bo’lgan pul mablaglarini tom manoda aytganda, saqlamaydi. Shuningdek, bank omonati shartnomasi kabi bank bilan mijoz o’rtasida oddiy huquqiy munosabatlar emas, balki majburiyatli huquqiy munosabatlar tarkib topadi.

Mijozning huquqiy maqomi va uning hisobvarag’i kiritilgan pul mablag’lari bilan amalga oshirilgan operasiyalar doirasiga qarab bank hisobvaraqlari quyidagi turlarga bo’linadi (35-chizma).

10102

Asosiy hisobvaraq hisob-kitob hisobvarag’i bo’lib, u tijorat tashkilotlariga to’lovlarni to’lash, kreditlar olish, tushumlarni kiritish va bank hisobvarag’i shartnomada ko’zda tutilgan boshqa operasiyalarni amalga oshirish uchun ochiladi. Hisob-kitob varaqlari ko’pg’ina tijorat tashkilotlariga (fondlar, ko’ngilli birlashmalar, matlubot kooperasiyalari nafaqat mulk egasi, balki boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan muayyan turdagi muassasalarga) ochiladi. Hisob-kitob varaqlari yuridik shaxs ariza iltimosnomasi bilan uning filiali va vakolatxonasiga ham ochilishi mumkin.

Joriy hisobvaraqlar ayrim muassasa, filial, vakolatxona, bo’linmalarga hamda tijorat tashkiloti bo’lmagan yuridik shaxslarning alohida bo’linmalariga ochiladi. Bunday varaqlar faqat cheklangan hisob-kitob operasiyalarini, asosan, mehnatga haq to’lash va mamuriy xo’jalik xarajatlari bilan bog’liq operasiyalarni amalga oshirishga imkon beradi.

Byudjet hisobvaraklari byudjet mablag’larini tasarruf etish huquq berilgan subektlarg’a (kreditlarni tasarruf etuvchilar hukumat idoralari, mamuriyatga) ochiladi.

Vakillik (korrespondentlik) hisobvarag’i bank xisobvarag’i shartnomasi turlaridan biri bo’lib, uning o’ziga xos xususiyati subekt tarkibiga bog’liqligidadir. Yani, bu shartnomada nafaqat bank muassasalari tomonlar bo’la oladi (FK, 789-modda). Vakillik xisobvaraqlari kontokorrent hisobvaraqlarning bir turidir.

Kontokorrent hisobvaraqlarni rasmiylashtirish vaqgida bank hisobvaraq egasini, unda mablag’lar mavjud bo’lmagan yoki etarlicha bo’lmagan xolda, kreditlash majburiyatini o’z zimmasiga oladi.

Bank hisobvarag’i shartnomasi oddiy yozma shaklda bo’ladi. U hisobvaraq ochish va shartnoma tuzish jarayoni bilan bog’liq.

Hisob-varaq ochish uchun mijoz bankka quyidagi hujjatlarni takdim etishi shart:

  • hisobvaraq ochish to’g’risida ariza;
  • yuridik shaxs tuzish to’g’risidagi qaror loyihasi (tasis shartnomasi);
  • mijoz rahbari va bosh buxgalterining imzo namunalari qo’yilib, muhr izi tushirilgan varaqa.

Bank amaliyotida bunday shaxslarni identifikasiyalashning yangi vositalari yaratilgan bo’lib, shartnomada elektron to’lov vositalari, kadrlar, parollar va hisob varakda turgan pul mablag’larini tasarruf etish huquqini tasdiqlaydigan boshqa axborot tashuvchi vositalardan foydalanish ko’zda tutilishi mumkin.

Qonunchilikda yuridik shaxsga hisobvaraq ochish uchun majburiy bo’lgan boshqa hujjatlar belgilangan. Mijoz tomonidan hisobvaraq ochish to’g’risida ariza berish oferta (shartnoma tuzish uchun taklif) bo’lib, bank rahbarining bunga ruxsat berish to’g’risidagi yozuvi aksept (shartnoma tuzishga rozilik)dir.

Bank hisobvaraqni ochishni rad etishga haqli emas, ana shunday rad etishg’a bank xizmati ko’rsatishga qabul qilish imkoniyati yo’qligi sabab bo’lgan hollar bundan mustasno (FK, 775-modda).

Bankka hisobvaraq ochish uchun zarur bo’lgan hujjatlar to’plami (paketi)ni takdim etgan va asossiz rad javobi olgan har qanday shaxs FKning 377-moddasi 6 qismida belgilangan tartibda uni tuzishdan bosh tortsa, ikkinchi taraf uni shartnoma tuzishga majbur qilish talabi bilan sudga murojaat qilishga haqli. Bundan tashqari, mijoz bankidan shartnoma tuzishdan asossiz ravishda bosh tortib, unga etkazilgan zarar o’rnini qoplashni talab qilishga haqli.

Bank hisobvarag’i shartnomasini tuzish amaliyotida ikki usul:

  • bankning standart blankasida yagona xujjat tuzish va uni imzolash;
  • bank rahbarining ruxsat imzosini qo’yish yo’li bilan amalga oshiriladi. Shartnoma tuzish tegishli hisobvaraqni ochishni taqozo etadi.

Bank hisobvarag’i shartnomasini bekor qilish nafaqat umumiy qoidalarga asosan, balki bir tomonlama ham amalga oshiriladi. Bank hisobvaragi shartnomasi mijozning arizasiga muvofiq istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin. Bankning talabiga ko’ra, bank hisob varag’i shartnomasi qonunda belgilangan quyidagi ikki muayyan holda sud tomonidan bekor qilinishi mumkin.

  • mijozning hisobvarag’ida saqlanayotgan pul mablag’lari summasi bank qoidalariga mos kelmasa yoki shartnomada ko’zda tutilgan eng kam miqdoridan oz bo’lsa, agar bunday summa bank bu haqda ogohlantirgan kundan boshlab bir oyda tiklanmasa;
  • agar shartnomada boshqa muddat nazarda tutilgan bo’lmasa, ushbu hisobvaraq bo’yicha bir yil davomida operasiyalar qilinmagan bo’lsa, hisobvaraqdagi pul mablag’larining qoldig’i mijozning tegishli yozma arizasi olinganidan keyin kechi bilan etti kun ichi da mijozga beriladi yoki uning ko’rsatmasiga muvofiq boshqa hisobvaraqqa o’tkaziladi.

Bank hisobvarag’i shartnomasi yuridik shaxs qayta tashkil etilganida o’zgartiriladi, bunda hisobvaraq qayta rasmiylashtiriladi. Bank hisobvarag’i shartnomasi yuridik shaxs tugatilgan yoki mijoz fuqaro vafot etgan taqdirda tugatiladi. Shartnomani buzish yoki to’xtatish mijoz hisobvarag’ini yopish bilan tugallanadi.

Bank hisobvarag’i shartnomasi mazmunini bank bilan mijozning hisobvaraqlari huquq va majburiyatlari tashkil etadi. Bankning asosiy majburiyatlari quyidagilardan iborat:

  • Mijoz uchun bank qonunda, qonunga muvofiq belgilab qo’yilgan bank qoidalarida va bank amaliyotida qo’llanadigan ish muomalasi odatlarida ushbu turdagi hisobvaraqlar uchun belgilab qo’yilgan operasiyalarni amalga oshirishi shart (FK, 777-modda).
  • Bank sirini saqlashi shart. Bank mijozning topshirig’i bo’yicha mijozga tushgan pul mablag’larini qabul qiladi va hisobvaraqqa kiritadi, mijozning mablag’larini hisobvaraqdan o’tkazish, naqd pullarni hisob varakdan berish to’g’risidagi farmoyishlarni bajaradi.

Bank mijoz pul mablaglaridan foydalanish yo’llarini nazorat etish va mijozning o’z ixtiyoriga ko’ra pul mablag’larini tasarruf etish xuqukini qonunda yoki shartnomada ko’zda tutilgan ravishda cheklashga haqli emas. Mijoz bankka hisob-kitoblarni amalga oshirish, pul mablaglarini depozitga o’tkazish, hisobvarakdan chiqarish to’g’risida ko’rsatma beradi. Mijoz hisobvaragi bo’yicha operasiyalar belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi (FK, 778-modda).

Bank tegishli to’lov hujjati bankka tushgan kunning ertasidan kechiktirilmasdan tushgan pul mablag’larini hisobvaraqqa kiritib qo’yishi shart. Tegishli xisob-kitob hujjati kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirilmasdan bank mablag’larini hisobdan chiqarish yoki hisob-kitob hujjatlarini boshqa bankka jo’natish yo’li bilan mijozning topshiriqnomasini bajara boshlashi kerak. Mijozning’ hisobvarakdan mablag’larni berish to’g’risidagi farmoyishlari ham xuddi shunday muddatlarda bajarilishi kerak.

Agar mijoz hisobvarag’ida pul mablag’lari mavjud bo’lmasa, bank uning topshirig’ini bajarmasligi lozim. Ammo bank hisobvarag’i shartnomasida hisobvarag’ida pul mablag’lari yo’q bo’lgan taqdirda ham to’lovlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan bo’lishi mumkin. Bu holda bank mijozga kredit beryapti, deb hisoblanadi. Mijozning bank oldidagi qarzi vujudga keladi va bu holda bank bilan mijoz o’rtasidagi munosabatlarga qarz va kredit to’g’risidagi qoidalar qo’llaniladi (FK, 779-modda).

Bank hisobvarag’i va bank omonati, hisobvaraq bo’yicha operasiyalar hamda mijoz haqidagi malumotlar sir saqlanishini kafolatlaydi. Bank sirini tashkil etuvchi malumotlar faqat mijozlarning o’zlariga yoki ularning vakillariga berilishi mumkin (FK, 786-modda).

Malumotlar faqat sud va sud xo’jaliklariga (sudyalarga), davlat soliq xizmat idoralariga, bojxona idoralariga va surishtiruv, tergov organlariga prokurorning roziligi bilan berilishi mumkin. Mijoz fuqaro hisobvarag’idan malumotlar u vafot etgan taqdirda merosxo’rlariga, shuningdek, notarius va konsulxona muassasalariga beriladi. Bank sirini tashkil etuvchi malumotlar bank tomonidan oshkor qilingan takdirda huquqlari buzilgan, mijoz keltirilg’an zararning o’rnini qoplashni bankdan talab qilishga haqli (FK, 786-modda). Xuddi shunday javobgarlik bank sirini oshkor qilgan bank xodimlari zimmasiga ham yuklatiladi (FK, 798-modda).

Mijoz hisobvaraq bo’yicha operasiyalarni amalga oshirish vaqtida bank qoidalariga rioya qilish va (agar bank hisob varag’i shartnomasida ko’zda tutilgan bo’lsa) hisob varaq bo’yicha operasiyalarni amalga oshirish bo’yicha bank xarajatlarini to’lashi lozim.

Faqat mijozning farmoyishiga asosan bank pul mablag’larini hisobvaraqdan o’chiradi (qonunda, shartnomada ko’zda tutilgan va sud qarori bilan amalga oshirilgan hollar bundan mustasno). Agar mijozning hisobvaragidan mablag’larni o’chirish qonunga asosan amalga oshirilayotgan bo’lsa, uni so’zsiz (nizosiz) hisobvarakdan akseptsiz o’chirish deb qabul qilingan.

  • . Hisobvaraqdagi pul mablag’lari unga qo’yilgan barcha talablarni qondirish uchun etarli bo’lmagan taqdirda, yani quyidagi hollarda majburiy navbatda o’chiriladi:
  • birinchi navbatda byudjet va byudjetdan tashqari fondlarga to’lovlarni nazarda tutuvchi to’lov hujjatlari bo’yicha;
  • mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablarni;
  • alimentlar undirish to’g’risidagi;
  • mualliflik shartnomalari bo’yicha haq to’lash;
  • hayotga va salomatlikka etkazilgan zararning o’rnini qoplash to’g’risidagi talablarni qondirish uchun hisobvarakdan pul o’tkazishni yoki pul berishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo’yicha pul ko’chiriladi.

Keyin boshqa pul talablarini qondirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlar bo’yicha pul ko’chiriladi va nihoyat, boshqa to’lov hujjatlari bo’yicha kalendar navbat tartibida pul ko’chiriladi (FQ, 784-modda). Sanab o’tilgan har bir navbatda kalendar tartib amal qiladi.

Hisobvaraq bo’yicha operasiyalar o’z vaqtida amalga oshirilmaganligi va pul mablaglari asossiz o’chirilganligi uchun javobgarlik o’zaro javobgarlik xususiyatiga ega.

Bank mijozga kelgan pul mablaglarining hisobvaraqqa o’z vaqtida kiritib qo’yilmagani yoki hisobvaraqdan mablaglar asossiz ravishda ko’chirilgani, shuningdek, hisobvaraqdan mablag’larni o’tkazish haqidagi farmoyishlarini o’z vaqtida bajarilmaganligi uchun javobgar bo’ladi (FK, 785-modda).

Noqonuniy ravishda foydalanilgan summa uchun javobgarlik FKning 327-moddasida belgilangan bank hisob stavkasiga asosan belgilangan tartib va miqdorda foizlar to’lashdan iborat. Shu moddaning uchinchi qismida bank o’z vaqtida kiritilmagan yoki asossiz o’chirilgan summaga foizlar to’lash va zararning o’rnini qoplashi ham shart.

Bank hisobvarag’i shartnomasida tomonlar boshqa majburiyatlarning buzilganligi (mijoz hisobvaragi bo’yicha kredit berilmagani, bank xizmat ko’rsatishdan bosh tortgani) uchun ham jazo choralarini qo’llash huquqiga egadirlar.

 

Яна маълумот

909

Bank foizi va undan foydalanish mexanizmi

Suda foizi vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun to’lanadigan o’ziga xos to’lovdir. Uning to’lovchisi ham, …